Fransiya fransiya (France). Fransiya Respublikasi



Download 74,77 Kb.
Sana12.01.2022
Hajmi74,77 Kb.
#338620
Bog'liq
fransiya


FRANSIYA

FRANSIYA (France). Fransiya Respublikasi (Republigue Franchise) — Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Gʻarbda va shim. da Atlantika okeani hamda LaMansh boʻgʻozi, jan. da Oʻrta dengiz bilan oʻralgan. Mayd. 547,03 ming km2. Aholisi 60,424 mln. kishi (2004). Poytaxti — Parij sh. Maʼmuriy jihatdan 22 region (viloyat), 96 departamentga boʻlingan. Fransiya tarkibida dengiz orti departamentlari (Gvadelupa, Martinika, Gviana, Reyunyon), dengiz orti hududlari (Taiti, Yangi Kaledoniya, Fransiya Polineziyasi, Tinch okeandagi Uollis va Futuna o. lari va b.), hududiy birliklar (Mayotta va SenPyer va Mikelon) bor.

Davlat tuzumi. Fransiya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1958-y. referendum da qabul qilintan (bir necha marta oʻzgartishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi — prezident. U umumiy va toʻgʻridantoʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5 y. muddatga saylanadi va yana 1-marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi xrkimiyat — parlament 2 palata (Milliy majlis va Senat)dan iborat. Ijrochi hokimiyatni prezident va Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi.

Tabiati. Fransiyaning sharq va jan. da togʻ tizmalari, markazining jan. qismida togʻ va keng tekisliklar bor. Alp togʻlari bilan Yura togʻlari Italiya va Shveysariya bilan tabiiy chegarani tashkil etgan. Fransiya dagi Alp togʻlarining koʻp choʻqqilari 4000 m dan ziyod. Eng baland joyi — Monblan togʻi (4807 m). Balandligi 1700 m gacha boʻlgan Yura togʻlari Belfort pastligi tomonga Rona daryosi vodiylari uzra pasayib boradi. Belfort pastligining shim,sharqiy tomonidan Reyn boʻylab, Fransiya Germaniya chegarasi oʻtadi. Bu joyda bal. 1424 m boʻlgan Vogez togʻ tizmasi mavjud. Fransiya va Ispaniya oʻrtasida tabiiy chegara boʻlgan Pirenei togʻlarining balandligi Fransiya tomonida 3298 m ga (Vinmal) yetadi. Fransiyada foydali qazilmalardan kumir, temir rudasi, uran, tabiiy gaz, volfram va surma, talk xom ashyosi, qoʻrgʻoshin, oltingugurt va rux bor. Neft va gaz juda kam mikdorda.

Iqlimi asosan uch xil: okean, kontinental va dengiz ikdimi. f. iqlimi q. x. uchun qulay. Mamlakatning koʻp qismida okean iqlimi. Gʻarb va shim. da Atlantika okeanidan nam havo oqimi kelib, moʻtadil iklimni hosil qiladi: yozda salqin, qishda iliq. Yil boʻyi yomgʻir yogʻib turadi. Oʻrta dengiz soxdllari, Yura, Rona pasttekmsliklari va Korsikaning iqlimi subtropik. U yerlarda qish iliq, yoz esa quruq va issiq. Sharq va shim. sharkdagi tekislik hamda pasttekisliklarda yanv. fev. da oʻrtacha t-ra 13°, gʻarb va jan. gʻarbda 5—7°, mamlakat jan. da 8—10°. Iyul va avg. da tekisliklarda 16—18°, shim. da 20—22°, jan. gʻarbda 23—24». Yillik yogʻinning eng kupi (1500—2000 mm) Alp, Vogez, Sevenn va Pirenei togʻlarining gʻarbiy qismiga toʻgʻri keladi. Yirik daryolari: Luara, Rona, Sena, Garonna, mamlakat sharqida Reyn daryosining bir qismi oʻtgan. Fransiyada koʻl kam, Jeneva koʻlining koʻp qismi Shveysariya xududida joylashgan. Tuprogʻi qoʻngʻir oʻrmon tuproqlari, shoʻrxok kulrang, chimli kulrang, qoʻngʻir rendzin, kulrang xamda «terra rossa» deb ataluvchi qizil tuproqlardan iborat. Oʻrmonlar mamlakat hududining 20% ni tashkil etadi. Shim. da keng bargli urmonlar (dub, qayin, shumtol), Oʻrta dengiz sohilida dub va qaragʻay usadi. Hayvonot dunyosi: sut emizuvchilardan yovvoyi oʻrmon mushugi, tulki, boʻrsiq, bugʻu, kiyik, toʻngʻiz, olmaxon, quyon; togʻ tepalarida togʻ echkisi, olmaxon, alp sugʻuri, qora echki uchraydi. Qushlardan kaklik, bulduruq, loyxurak, yakantovuq, olaqargʻa, qorayaloq, chumchuq, kaptar, burgut, jan. da qizil gʻoz yashaydi. Daryolarda turli baliklar bor. Mamlakat hududining 10% himoya ostiga olingan. Ular: milliy bogʻ (Ekren, Sevenn va b.), hududiy milliy bogʻ va kichik tabiiy qoʻriqxonalar. Koʻp qoʻriqxonalar togʻlarda joylashgan (Alpdagi Vanuaz va Pelvu milliy bogʻlari, Pireneydagi Neuvyel qoʻriqxonasi).



Aholisining 90% dan koʻproga fransuzlar; shuningdek, elzas va lotaring, katalon, breton, flamand va basklar ham yashaydi. 3,5 mln. muhojir (jazoir, portugal, italyan, ispan, arman va b.) bor. 4 mln. musulmon istiqomat qiladi. Rasmiy tili — fransuz tili. Bundan tashqari, bir qancha mahalliy shevalar ham mavjud. Shahar aholisi 73%. Aholining 80% xristian (katolik), 5% ga yaqini musulmon, 2% protestant, 1% yaxudiy. Yirik shaharlari: Parij, Marsel, Lion, Tuluza, Nissa, Nant, Strasburg, Bordo, Monpelye, Lill.

Tarixi. Fransiya hududida odam juda kddim zamondan, taxm. 1 mln. yildan buyen yashab keladi. Mil. av. 6—5-a. larda Fransiya hududining deyarli barcha qismida kelt qabilalari (rimliklar ularni gallar, mamlakatni Galliya deb atashgan) yashagan. Mil. av. 2-a. oxiri — 1-a. Urtalarida Galliyani rimliklar bosib oldi. Mil. 2—4-a. larda aholi oʻrtasida xristianlik tarqaldi, romanlashtirish natijasida lotin tili kelt tillarini siqib chiqardi. 3—6-a. larda Galliyani german qabilalari (vestgotlar, burgundlar, franklar) bosib olib, uning xududida bir qancha davlatlarni tashkil qildi. Ular orasida eng kattasi Frank davlati edi («Fransiya» franklar nomidan kelib chiqqan). Karolinglar imperiyasining parchalanishi (843) natijasida Gʻarbiy Frank qirolligi tashkil topdi. Shu davrdan Fransiya mustaqil davlat boʻlib qoldi. 10-a. dan mamlakat «Fransiya» deb atala boshladi. 1302-y. dastlabki Bosh shtatlar chaqirilib, tabaqali monarxiya oʻrnatildi. Fransiya bilan Angliya urtasida boʻlgan Yuz yillik urush (1337—1453) natijasida i. ch. va savdo keskin kamaydi, xalq ommasining ahvoli ogʻirlashib, Jakeriya (1358) va xalq qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi. 15-a. 2yarmida Fransiya iqtisodiyoti astasekin qayta tiklandi, qirol hokimiyati mustahkamlandi. 16 — 17-a. lardan iqtisodiy rivojlanish davri boshlandi. Fransiya qirollari Gʻarbiy Yevropada oʻz siyosiy taʼsirini oʻrnatishga uringan Gabsburglar bilan uzoq muddat kurash olib bordilar (q. Oʻttiz yillik urush). 17-a. ga kelib Fransiya mustamlakachilik siyosatini boshladi: Amerika (Kanada, VestIndiya) va Hindistonning bir qismini bosib oldi. 17-a. ning 2yarmida F. Gʻarbiy Yevropaning eng kuchli davlatiga aylandi. Ammo Ispaniya merosi uchun boʻlib oʻtgan urush (1701 — 14) va nihoyat Yetti yillik urush (1756—63) natijasida Fransiyaning Shim. Amerika (Kanada va b.) hamda Hindistondagi deyarli barcha mustamlakalari Angliyaga oʻtdi. 16 — 17-a. larda fransuz millati shakllandi, shim. fransuz tili yagona til sifatida keng tarqaddi. 18-a. oxirida oʻtgan Buyuk fransuz inqilobi natijasida, ayniqsa, uning choʻqqisi boʻlgan yakobinchilar diktaturasi davrida absolyutizm munosabatlari yemirildi. Yangi saylangan Milliy konvent 1792-y. 22 sent. da Fransiyada respublika tuzumini oʻrnatdi. Konvent 1793-y. 24-iyunda demokratik konstitutsiyani qabul qildi. Aksilinqilobiy termidor Konvent (1794—95) va Direktoriya rejimi (1795—99) dan soʻng Napoleon I Bonapartning Birinchi imperiya shaklidagi harbiy diktaturasi (dastlab konsullik, 1804-y. dan imperiya) urnatiddi. Napoleon davrida Fransiya kupgina bosqinchilik urushlarini olib bordi, Fransiya hududi birmuncha kengayib, Yevropada Fransiyaga tamomila qaram bulgan davlatlar paydo boʻldi. Ammo shunga qaramay, Fransiyaning Yevropada oʻz hukmronligini oʻrnatishga boʻlgan intilishi magʻlubiyatga uchradi. 1814—15 va 1815—30 y. larda Burbonlar monarxiyasi qayta tiklandi. 1815-y. martda Napoleon yana hokimiyatni egalladi, yuz kundan keyin Vaterloo yonidagi jangda (1815-y. 18 iyun) u magʻlubiyatga uchragach, Parij sulhiga muvofiq, Fransiya 1790-y. gi chegarasiga qaytarildi. 1830-y. Iyul inqilobi natijasida Burbonlar sulolasi agʻdarib tashlandi. Fransiyada monarxiya vujudga keldi, orleanlik gersog Lui Filipp qirol deb eʼlon qilindi.

1848-y. fev. inqilobi natijasida Fransiyada Iyul monarxiyasi tugatilib, Ikkinchi Respublika qaror topdi (184852). 1851-y. 2 dek. da boʻlib oʻtgan davlat toʻntarishidan soʻng Lui Napoleon Bonapartning harbiy diktatura tuzumi oʻrnatildi. 1852-y. 2 dek. da u Napoleon III nomi bilan imperator deb eʼlon kilindi. Ikkinchi imperiya deb nomlangan tuzum karor topdi (1852 — 70). Demokratik erkinliklar bekor qilindi. Ikkinchi imperiya toʻxtovsiz bosqinchilik urushlari olib bordi. 1870—71 y. lardagi Fransiya — Prussiya urushida Fransiya yengilib turgan sharoitda (1870) Sent. inqilobi yuz berdi. Ikkinchi imperiya barham topdi. Fransiya respublika deb eʼlon qilindi. Ammo hokimiyatni respublikachilar egallab oldi. Xalqning inqilobiy faolligidan qoʻrqqan Muvaqqat xukumat amalda taslimchilik siyosatini olib bordi. Hukumatning ishchilarni qurolsizlantirish siyosatiga karshi Parij ishchilari 1871-y. 18-martda qoʻzgʻolon koʻtarib, Parij: kommunasini eʼlon qildilar. 1871-y. Frankfurt sulh shartnomasiga koʻra, F. Elzas va Lotaringiyaning talaygina qismidan mahrum boʻlib, Germaniyaga katta tovon toʻladi. Monarxiyachilarning monarxiyani qayta tiklashga urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 1875-y. Milliy majlis tomonidan Uchinchi Respublika (1870 — 1940) konstitutsiyasi kabul qilindi. 19-a. oxiriga kelib, Fransiya mustamlakachilik imperiyasi koʻlami va iqtisodiy ahamiyati jihatidan Buyuk Britaniyadan soʻng 2oʻringa chiqdi. 20-a. boshlarida Fransiya sanoati tez surʼatda rivojlandi, lekin u 1-jahon urushigacha agrarindustrial mamlakat boʻlib qolaverdi. Fransiya bilan Germaniya oʻrtasidagi ziddiyatlar kuchayishi sababli 1891—93 y. larda Fransiya — Rossiya ittifoqi tashkil topdi. Bu ittifoq 1904-y. gi Fransiya — Buyuk Britaniya bitimi b-n Antantanp tashkil etishda muhim rol oʻynadi. Fransiya 1jaqon urushi (1914— 18)da qatnashdi. Germaniyaning urushdagi harbiy magʻlubiyatidan foydalanib, F. Yevropada oʻzining hukmronligini oʻrnatishga harakat qildi. 30-y. lardagi jahon iqtisodiy boʻhroni Fransiyada boshqa mamlakatlarga nisbatan kechroq boshlandi va uzoqroq davom etdi. Mamlakatda fashistik guruhlar faollasha boshladi. Fashizm xavfiga qarshi F. dagi demokratik kuchlar Xalq frontiga uyushib, harakat qildilar (1935). 1936-y. iyunda Xalq fronti madadiga tayangan hukumat tuzildi. 1938-y. boshlarida reaksiya kuchlari Xalq frontiga rahna solib, yangi xukumat tuzishga muvaffaq boʻldilar. 1939-y. 3 sent. da F. Germaniyaning Fransiya ittifoqchisi boʻlgan Polshaga hujumidan soʻng unga qarshi urush eʼlon qildi. Ammo Polshaga yordam berish uchun hech qanday tadbir koʻrilmadi. 1940-y. may oyida Germaniya qoʻshinlari Fransiya hududiga bostirib kirdi. 10-iyunda Fransiyaga Italiya urush eʼlon qildi. 14-iyunda esa Germaniya qoʻshinlari Parijni urushsiz egalladilar. 22-iyunda Fransiya hukumati taslim boʻlish shartlariga rozi boʻldi. Germaniya qoʻshinlari Fransiya hududining 2/3 kismini bosib oldi. Mamlakatning qolgan qismini boshqarish uchun Vishi sh. da A. F. Peten boshchiligida qoʻgʻirchoq (Vishi) hukumati tuzildi. 1942-y. 11 noyab. da Germaniya bilan Italiya bu xududni ham ishgʻol qildi. Fransuz xalqi fashistlar okkupatsiyasining dastlabki kunlaridanoq Qarshshshk koʻrsatish harakatinm boshlab yubordi. 1940-y. general Sh. de Goll boshchiligida «Ozod Fransiya» harakati (1942-y. dan «Kurashayotgan Fransiya») tuzildi. Bu harakatga Fransiyaning Afrikadagi mustamlakalari (Chad, Kamerun, Oʻrta Kongo, Gabon va b.) ning fransuz harbiy qismlari va maʼmurlari ham qoʻshildi. 1941-y. 24 sent. da de Goll fransuz milliy qoʻmitasini tashkil etdi, bu qoʻmita keyinroq muhojirlikdagi Fransiya hukumatiningoʻzagi boʻldi. 1943-y. 3-iyunda Jazoirda general de Goll raqbarligida F. Milliy ozodlik qoʻmitasi (FMOQ) tuzildi. 1944-y. 2-iyunda AQSH, Buyuk Britaniya va SSSR tomonidan tan olingan FMOQ F. respublikasining Muvaqqat hukumatiga aylandi. 1944-y. oxmriga kelib, Fransiya hududi fransuz vatanparvarlari va Angliya, Amerika qoʻshinlari tomonidan ozod etildi.

2-jahon urushida mamlakat iqtisodi katta zarar koʻrdi. Uning xalqaro mavqei pasayib, Fransiya mustamlakachilik imperiyasining parchalanishi boshlandi. 1946-y. 24 dek. da demokratik ruxdagi yangi konstitutsiya qabul kilindi.

Toʻrtinchi respublika davri (1946— 58) boshlandi. 1949-y. Shim. Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO)ga aʼzo boʻldi. Mamlakat va armiya ichidagi reaksion kuchlar 1958-y. mayda Jazoirda respublikaga qarshi isyon koʻtardilar. Jazoirdagi fransuz armiyasi qoʻmondonligi de Goll boshchiligida «milliy najot» hukumatini tuzishni talab qildi. 1-iyunda Milliy majlis de Gollga hukumat tuzish vakolatini berdi. 1958 i. yangi konstitutsiya qabul qilindi. Sh. de Goll prezident etib saylandi. Shu yildan Fransiya Beshinchi respublika nomini oldi. 60-y. larda F. Afrikadagi mustamlakalari — Gvineya, Sudan, Madagaskar, Dagomeya (hoz. Benin), Niger, Yuqori Volta (hoz. Burkina Faso), Fil Suyagi Qirgʻogʻi (hoz. Kotdʻ Ivuar), Chad, Markaziy Afrika Respublikasi, Kongo, Gabon, Mavritaniya, Togo, Kamerun va Jazoirga mustaqillik berishga majbur boʻldi. 1966-y. martda Fransiya NATO harbiy tashkilotidan chiqib, oʻz hududidagi AQSH harbiy bazalarini tugatdi. 1965-y. 19 dek. da Sh. de Goll qaytadan 7 y. ga prezident etib saylandi. 1968-y. gi talabalar gʻalayoni va umumiy ish tashlash harakatlari, ijtimoiy siyosiy tanglik Fransiyani larzaga keltirdi. 1968-y. kuzda Beshinchi respublika tuzumi chuqur moliyaviy tanglikni boshidan kechirdi. Fransiya oʻz oltin valyuta rezervlarining yarmini yoʻqotdi, frankning kursi beqaror boʻlib qoldi. 1969-y. de Goll maʼmuriyhududiy boshqarish tizimini oʻzgartirish va Senatni isloh qilish toʻgʻrisida referendum oʻtkazdi, ammo muvaffaqiyat qozonmadi. Natijada de Goll isteʼfoga chiqsi. 1969-y. «Respublika uchun demokratlar ittifoqi» partiyasining nomzodi J. Pompidu, 1974-y. Mustaqil respublikachilar milliy federatsiyasi rahbari Valeri Jiskar dʻ Esten, 1981-y. soʻl kuchlar yetakchisi Fransua Mitteran prezident etib saylandi. 1986 — 88 y. lar oʻng va soʻl kuchlar bahamjihatligining birinchi davri boshlandi va 1988-y. F. Mitteran yana prezident etib saylandi. 1995-y. prezident saylovi natijasida Jak Shirak hukumat tepasiga keldi. 2000-y. 25 sent. dagi referendumga asosan prezidentlik davri 7 y. dan 5 y. ga oʻzgartirildi. 2002-y. J. Shirak qayta prezident etib saylandi. Fransiya — 1945-y. dan BMT aʼzosi. OʻzR mustaqilligini 1992-y. 3 yanv. da tan olgan va 1992-y. 1-martdan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 14-iyul — Bastiliya ishgol qilingan kun (1789).

Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. F. sotsialistik partiyasi, 1971-y. tashkil etilgan; Respublikani qoʻllabquvvatlash birlashuvi partiyasi, 1962-y. tuzilgan, 1976-y. gacha turli nomda boʻlgan; Fransuz demokratiyasi uchun ittifoq partiyasi, 1978-y. asos solingan; Fransuz demokratiyasi uchun xalq partiyasi, 1965-y. tashkil etilgan, 1995-y. dan hoz. nomda; F. kommunistik partiyasi, 1920-y. tuzilgan; Milliy front partiyasi, 1972-y. asos solingan. Umumiy mehnat konfederatsiyasi Fransiya dagi eng katta kasaba uyushmasi boʻlib, 1895-y. tuzilgan; F. demokratik mehnat konfederatsiyasi, 1919-y. asos solingan; F. xristian mehnatkashlari konfederatsiyasi, 1919-y. asos solingan; «Fors uvriyer», kasaba uyushma markazi, 1947-y. tuzilgan.

Xoʻjaligi. Fransiya — yuksak darajada rivojlangan industrialagrar mamlakat. Jahondagi eng rivojlangan yetti davlatdan biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 24,9%, q. x., oʻrmon, baliq xoʻjaligining ulushi 2,7%., xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 72,4% ni tashkil etadi (2002).

Sanoati. Fransiya sanoat i. ch. boʻyicha AQSH, Yaponiya va Germaniyadan soʻng dunyoda 4oʻrinni egallaydi. Asosiy i. ch. tarmoqyaari: aerokosmik sanoati, mashinasozlik (aviasozlik, kemasozlik), elektron texnika, radioelektronika, qora va rangli metallurgiya, kimyo va farmatsevtika mahsulotlari, toʻqimachilik, tikuvchilik, neftni qayta ishlash, neft kimyosi kabilar. Fransiyada temir rudasi (asosan, Lotaringiyada), uran rudasi (LaKruziy, LʻEkarpyer va b. konlar), boksit (Var va Ero departamentlarida) va alyuminiy rudalari qazib olinadi. Lotaringiya kumir qazib chiqarishning anʼanaviy markazi hisoblanadi. Keyingi davrda mamlakat markazi va jan. da kumir qazib olish birmuncha kamaydi. Nikel, kaliy tuzlari, gips, volfram va oltingugurt, bariy, kaolin, asbest, plavik shpat, oz miqdorda qoʻrgʻoshin, pyx va kumush qazib chiqariladi. Fransiyaning jan. gʻarbiy xududi, Landesda neft va gaz zaxiralari mavjud. Metallurgiya k-tlarida poʻlat (LeKryozo, SentEtyen), alyuminiy (Gardann, Salendr, Noger), mis (LePale), qoʻrgʻoshin va rux (NuayelGodo, Lion, Vivye), nikel (Gavr), kobalt, volfram va b. eritiladi. Kurilish materiallari, jumladan, qum, shagʻal, tosh butun Fransiya hududida qazib olinadi. «Reno» va «Pejo» kompaniyalari avtomobil ishlab chikaruvchi eng yirik kompaniyalardir. Avtomobil sanoati markazlari Parij, Monbelyar, Lionda joylashgan. Aviatsiyakosmos tarmoqlari (harbiy va fuqaro samolyotlari, vertolyot, dvigatellar, raketa va kosmik texnika)ning asosiy markazlari — Parij, Tuluza, Bordo. Kemasozlik rivojlangan (Nant, Dyunkerk, Marsel). Lokomotiv va vagonlar, stanok, traktor, q. x. mashinalari va b. ishlab chiqariladi. Fransiya kompaniyalari mudofaa, transport mashinasozligi va b. tarmoqlarda oʻzining eng yangi texnologiyalari bilan mashhur. Yiliga oʻrtacha 475,6 mlrd. kVtsoat elektr energiya (shundan 3/4 qismi atom elektr styalarida) hosil qilinadi. Atom sanoatining asosiy markazlari — LeBushe, Pyerlat, Markul. Neft va neft kimyosi sanoati plastmassa, sintetik kauchuk va smola, kimyoviy tola, harbiy kimyo mahsulotlari, mineral oʻgʻit, doridarmon, upaelik va b. mahsulotlar ishlab chikaradi (Parij, Lion, Gavr va Marsel). Yengil sanoatning asosiy tarmogʻi — toʻqimachilik boʻlib, Parij, Lill, Armantyer, RubeTurkuen, Myuluz, Epinal, Truada yirik ip gazlama, jun, zigir, jut, trikotaj korxonalari mavjud. Toʻqimachilik va galantereya, poyabzal, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Konyak, vino, likyor, shampan vinolari dunyoda nom chikargan.



Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar mamlakat hududining 35,6% ni tashkil qiladi, shundan 40% yaylov va pichanzor. Chorvachilik q. x. ning yetakchi tarmogʻi (mahsulot qiymatining 55%). Qoramol, qoʻy, choʻchqa, parranda boqiladi. Asosiy q. x. ekini boʻlgan bugʻdoy Shim. Fransiya pasttekisligida ekiladi. Arpa va makkajoʻxori katta ahamiyatga ega. Markaziy Fransiya massivining unumsiz yerlarida javdar, Rona deltasida sholi yetishtiriladi. Texnika ekinlaridan qand lavlagi, zigʻir, xmel va tamaki muhim oʻrin oladi.

Bordo departamenti hamda Rona, Sona, Garonna, Dordoni va Luara dare vodiylarida tokzorlar katga maydonni egallaydi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik, gulchilik rivojlangan. Oʻrmonlarda yogoch tayyorlanadi. Atlantika okeani va Oʻrta dengizda baliq ovlanadi.

Transporti. T. y. uzunligi 42000 km. Soatiga 300 km yoʻl bosadigan tez yurar poyezd Parij va Fransiyaning boshqa shaharlarini Angliya, Belgiya, Niderlandiya, Germaniya bilan bogʻlaydi. Ichki yuklarning aksar qismi avtomobilda tashiladi. Avtomobil yoʻllari uz. 812,7 ming km. Parij, London, Marsel, Nissa, Strasburg va Tuluzada yirik aeroportlar bor. Sena, Reyn daryolarida, Sena—Sevr, Marna—Reyn kanallarida kema qatnaidi. Dengiz savdo flotining tonnaji 4981 ming t dedveyt. Yirik dengiz portlari: Marsel, Gavr, Dyunkerk, Ruan, Nant, SenNazer, Bordo. Ichki suv yoʻllari uz. 8,6 ming km. Neft va b. suyuq mahsulotlarning bir qismi quvurlar orqali tashiladi.

Tashqi savdosi. Fransiya chetga elektron va maxsus mashina, uskunalar, samolyot, temir va poʻlat, ofis mashinalari, don mahsulotlarini qayta ishlash vositalari, alkogolli ichimliklar, gazlama, pishloq, goʻsht, sut, kiyimkechak, poyabzal, upaelik va h. k. larni chiqaradi. Chetdan yonilgʻi, sanoat xom ashyolari, transport jihozlari, mashinalar, isteʼmol mollari keltiriladi. Tashqi savdoda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari: Belgiya, Germaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, shuningdek, AQSH va Yaponiya bilan hamkorlik qiladi. Fransiyada xalqaro turizm rivojlangan: yiliga 50 mln. kishi kelibketadi. Pul birligi — frank.

Tibbiy xizmati. Sogʻliqni saklash sohasi kasalxonalardan va «shahar tibbiyoti» deb ataluvchi erkin tibbiy muassasalardan iborat. Tibbiyot tarmogʻida 2 mln. ga yaqin kishi ishlaydi (60 mingi kasalxonalarda). Davlat sogʻliqni saklash tizimi rivojlangan. Fransiyada profilaktik tibbiyotning ahamiyati katta. Bu — tugishgacha va undan keyingi davrlarda ayollarni nazorat qilib, tadqiqotlar olib borish va ayrim koʻp tarqalgan kasalliklar (asosan, chekish, alkogolizm, OITSga qarshi kurash va h. k.) boʻyicha ish joylarida va axborot kompaniyalarida konsultatsiyalar olib borish va h. k. lardir. Shu tufayli Fransiyada bolalar oʻlimi dunyoda eng past darajada. Vrachlar 33 un-tning tibbiyot f tlarida tayyorlanadi. Mashhur balneologiya kurortlari: Vittel, Vishi, PlombyerleBen, EksleBen va b. ; iklimiy kurortlari: Antib, Kann, Mentona, Nissa (Lojuvard sohil), Biarris, Dyep.

Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Davlat maorif tizimi markazlashgan. Davlatning maktab ustidan nazorati 19-a. boshida Napoleon I davridan boshlangan. Zamonaviy taʼlim tizimi 19-a. oxirlarida qabul qilingan. 1905-y. dan davlat va cherkov maktablari ajratilgan. 1959-y. dan majburiy taʼlim joriy kilingan. 6 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun taʼlim majburiy va un-t darajasiga barcha oʻrta maktablarda oʻqish bepul. Maktabgacha taʼlim muassasalari hamda oʻrta maktablarda 12 mln. 236 ming bola tarbiyalanadi va taʼlim oladi (2002). Oʻsmirlar savodxonligi dunyoda eng yukrrilardan biri — 99%. 2—3 y. maktabgacha tarbiyadan soʻng 6 yoshdan 11 yoshgacha boʻlgan bolalar boshlangʻich maktabda oʻqiydilar. Oʻrta maktabdagi taʼlim 2 bosqichdan iborat boʻlib, oʻquvchilar 15 yoshgacha kollejlarda, soʻng umumiy litsey, akademik kurslarda oʻqiydilar yoki hunar litseylarida texnika taʼlimi oladilar va hunar oʻrganadilar.



Oliy taʼlim tizimiga un-tlar, oliy oʻquv yurtlari, texnika maktablari kiradi. 90 un-t, 3600 oliy oʻquv yurtida 2 mln. 129 ming talaba taʼlim oladi (2003). Eng yirik oliy taʼlim muassasalari — Parij universitetы, Oliy normal maktab, Milliy politexnika inti, Oliy amaliy maktab, Milliy maʼmuriy maktab, Oliy konchilik maktabi, Kollej de Frans va b.

Eng yirik kutubxonalari: Parijdagi Milliy kutubxona (7 mln. dan ortiq asar), Fransiya in-ti kutubxonasi (1,5 mln. asar), Sorbonna kutubxonasi (1,8 mln. asar), SentJenevyev kutubxonasi (1,5 mln. dan ortiq asar), Arsenal kutubxonasi (1,5 mln. dan ziyod asar), Strasburgdagi Milliy va un-t kutubxonasi (3 mln. dan ortiqasar). Eng yirik muzeylari: Parijdagi Luvr (225 galereya va 400 mingdan ortiq eksponat) Versal, Karnaval (Parij tarixi) muzeylari, J. Pompidu nomidagi sanʼat va madaniyat milliy markazi, Pikasso muzeyi, Zamonaviy sanʼati muzeyi, Impressionistlar muzeyi, Amaliy sanʼat muzeyi, Balzak, Gyugo, Roden muzeylari, Graf MonteKristo qasri deb atalgan If o. dagi muzey va b. Ilmiy muassasalari, asosan, Parij va uning atrofida joylashgan. I. t. larning asosiy kismi oliy taʼlim maktablarida olib boriladi. Davlat i. t. muassasalari: Kosmik tadkikrtlar milliy markazi, Atom energiyasi boʻyicha komissarlik, tibbiyot tadqiqotlari va sogʻliqni saklash milliy inti, ijtimoiy tadqiqotlar milliy inti, Okeanografik tadqiqotlar milliy markazi va Informatika vakolatxonasi. Yirik i. t. markazlari: «Noraviasion», «Elektrisite de Frans», «Sharbonaj de Frans», «Gaz de Frans», «SenGoben», «FransAtom», «MerlenJeren», «Krezo» va «Shneyder» kompaniyalari.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Fransiyada matbuot davlat nazorati va senzuradan mustaqil. Fransiyada nashr etiladigan yirik gaz. va jur. lar: «Figaro» (kundalik gaz., 1826-y. dan), «Le Pariziyen» («Parijlik», kundalik gaz., 1944-y. dan), «Mond» («Tinchlik», kundalik gaz., 1944-y. dan), «Frans Suar» («Fransiya oqshomi», kundalik kechki gaz., 1941-y. dan), «Oror» (kundalik gaz., 1944-y. dan), «Krua» («Xoch», kundalik kechki katolik gaz., 1880-y. dan), «Yumanite» («Insoniyat», kundalik gaz., 1904-y. dan), «Uest—Frans» («Gʻarbiy Fransiya», kundalik gaz., 1944-y. dan), «Syud— Uest» («JanubiGʻarb», kundalik gaz., 1944-y. dan), «L ekspress» (haftalik ijtimoiysiyosiy jur., 1953-y. dan), «Pari match» («Parij matchi», haftalik bezakli jur., 1949-y. dan), «MariKler» (oylik jur., 1954-y. dan) va b.

Frans Press agentligi — muxtor tijorat agentligi (1944-y. da tashkil etilgan) dunyodagi eng yirik agentliklardan biri; 1835-y. tuzilgan Gavas fransuz axborot agentligining davomchisidir. Radio va televideniye xizmatlari mustaqil, jamoat tomonidan taʼminlanuvchi tashkilotlar va xususiy tijorat operatorlari tomonidan boshqariladi. Telekoʻrsatuvlar mustaqil komissiya — Conseil Superieur de G Audiovisuel (CSA) tomonidan nazorat qilinadi. 100 dan ortiq telekoʻrsatuv mavjud, ulardan tashqari, tekin va pullik tarmoqlar, kabel va yoʻldosh kanallar bor. Yirik radio va televideniye tashkilotlari: «Radio Frans», 1975-y. tuzilgan, Televizion fransez — 1, «Antenn—2», «Frans rejyone» davlat televideniye kompaniyalari, 1975-y. tashkil etilgan.

Adabiyoti. Eng qad. adabiyot namunalari 9-a. ning 2yarmiga toʻgʻri keladi. Ular, asosan, diniy mavzuda boʻlgan (mas, «Avliyo Yevlaliya haqida kantilena»). 10—11-a. larda birinchi epik afsonalar paydo boʻlgan. «Roland haqida qoʻshiq» asari Buyuk Karl nomi bilan bogʻliq. «Russilyonli Jirar» asari ham oʻsha davrga mansub. Epik afsonalar 11-a. dan 13-a. gacha yozib kelingan. Bu davrning mashhur yozuvchilari: Gas Bryule va shampanlik Tibo (1201—53). 12-a. oʻrtalaridan ritsarlik romanlari paydo boʻla boshladi. Dastlabki romanlar tarixiy afsonalarning qayta ishlanishi maqsulidir. Ularga Benua de SentMoraning «Aleksandr haqida roman», «Fiva haqida roman», «Eney», «Troya haqida roman» (barchasi 1140—65 y. larda yaratilgan), Kretyen de Truaning (taxm. IZO—taxm. 1191) «Erek va Enida», «Iveyn», «Perseval» va b. romanlari kiradi. 12-a. ning oxirlarida «Tristan va Izolda» afsonasi, «Fluar va Blansheflor», «Okassen va Nikolet» kabi sevgi romanlari yozilgan. 14—15-a. lar Fransiya adabiyoti uchun oʻtish davri hisoblanadi. Oʻsha davrning mashhur yozuvchilari Gilyom de Masho (taxm. 1300—77), Estash Deshan (taxm. 1346 — taxm. 1407), Kristina Pizanskaya (1363— taxm. 1431), Alen Shartye (1385 — taxm. 1434), orleanlik Karl (1394—1465)lar oʻz asarlarida davr ruhiyatini — 1337— 1453-y. gi 100-y. lik urush fojeasini aks ettirdilar.

15-a. oxirlarida Fransiyada uygʻonish davri boshlandi. Italiya bilan aloqalar kuchaydi, matbaa rivojlandi, antik va gumanitar fanlarga qiziqish ortdi. Uygʻonish davri adabiyotining Fransiya dagi yirik vakili Fransiya Rable (1494—1553) «Gargantyua va Pantagryuel» asari bilan mashhur boʻldi. 16-a. 1yarmida Fransiya lirikasi italyan neopetrarkizmi taʼsiri ostiga tushib qoldi va asr oʻrtalariga kelib, fransuz adabiyotida islohot oʻtkazildi. «Pleyada» deb nomlangan fransuz sheʼriy maktab shoirlari adabiyetda gumanizm gʻoyalarini olgʻa surdi, uni yangi shakllar (sonet, oda, epik asar va b.) bilan boyitdi. Bu esa milliy adabiy tilning shaklanishiga olib keldi. «Pleyada» sheʼriy maktabining mashhur shoirlari P. de Ronsar (152485), J. Dyu Belle (1522 — 60), R. Bello (152877), E. Jodel (1532—73) va b. dir. 16-a. ning oxirida shoirlar T. A. dʻObinye (1552 — 1630), J. Voklen de la Frene (1535 — 1606), F. Deport (1546—1606) «Pleyada»ning ijobiy uslublari kridalariga amal qilgan holda barokko unsurlarini ham qoʻlladilar. 17-a. boshida fransuz adabiyoti realistik, klassik va barokko janrlarining qayta ishlanishi kabi jarayonni boshdan kechirdi. Klassitsizm estetikasi J. Shaplen (15951674), K. Vojl (15851650), G. de Balzak (1597—1654), F. dʻObinyak (1604—76) nazariy asarlarida aks etdi. 1635-y. tashkil topgan Fransiya akademiyasi faoliyati va R. Dekart (1596 — 1650)ning ratsionalistik falsafasi klassitsizm doktrinasining shakllanishiga olib keldi. Klassitsizm teatrning tragediya janriga koʻproq taʼsir oʻtkazdi. Klassitsizm komediyasining asoschisi va uning buyuk vakili Molyer hisoblanadi. U oʻzining «Tartyuf», «Mizantrop», «Xasis», «Don Juan» va b. asarlarida jamiyatning salbiy tomonlarini, aristokratiyaning munofikligini, tekinxoʻrligini zoʻr isteʼdod bilan aks ettirdi. Jan de Lafonten masallari jaxrn adabiyotida masal janri rivojiga samarali taʼsir kursatdi.

17-a. 2yarmida klassitsizmning yangi qirralari ochildi. Bu davrda F. Fenelonning «Telemakning sarguzashtlari» romani, Sh. SentEvremonning makrlalari, dramaturg J. Rasin (1639 — 99) ning «Andromaxa», «Britannik», «Fedra» asarlari yaratildi. 18-a. ning boshida rokoko adabiyoti paydo boʻldi. U oʻzining geodenizmi, skeptizmi va juda erkin fikri bilan ajralib turgan. J. B. Russo oʻynoqi rokokoni klassitsizm meʼyorlari bilan uygunlashtirishga harakat qilgan. Monteskye, Volter, Didro kabi maʼrifatparvarlar ham rokoko usullaridan keng foydalanishgan. 18-a. 1yarmida komediya va roman janri rivojlandi. Molyer, A. R. Lesaj, P. K. Marivo, F. N. Detush, Sh. L. Monteskye («Fors maktublari») bu janrning yetuk namoyandalari boʻlsa, unda Volter yetakchi rol oʻynadi. 1751-y. dan D. Didro, J. L. DʻAlamber va b. maʼrifatparvarlar tomonidan Ensiklopediya nashr etila boshlandi.

18-a. 2yarmi — 19-a. boshida Fransiya adabiyotida sentimentalizm oqimi paydo boʻldi. Buyuk Fransuz inqilobi arafasida sentimentalizm bilan bir qatorda romantizm kurtaklari koʻrina boshladi. Bu J. Kazot, E. Parni, J. B. Luve de Kuvre asarlarida va, ayniksa, P. A. F. Shoderlo de Lakloning «Xavfli aloqalar» romani, Bomarshening «Figaroning uylanishi» komediyasida namoyon boʻldi. K. J. Ruje de Lillning «Marselyeza» qoʻshigʻi, Robespyer, Maratlarning publitsistik maqolalari oʻsha davrda keng tarqaddi. 19a. boshlarida Fransiya adabiyotida romantizm yetakchi oqim boʻldi, uning 2bosqichida inqilob shabadasi esa boshladi. Bu davr V. Gyugo asarlarida oʻzining yorqin aksini topdi. Shuningdek, Jorj Sand, A. Dyuma, E. Syu asarlarida ham yorqin ifoda etildi. Stendal va O. de Balzakning jamiyatda mehnatkash inson fojiasi katta mahorat bilan koʻrsatilgan romanlarida, P. J. Beranje (1780—1857)ning satirik sheʼr va qoʻshiklarida realizm tamoyillari oʻzining yuksak ifodasini topdi. 60—70-y. lardagi ilmiy texnika taraqqiyoti sharoitida J. Vernning ilmiy fantastik asarlari keng tarqaldi. 1870—71 y. F. Prussiya urushi va Parij Kommunasi davrida adabiyotning yangi rivojlanish davri boshlandi. E. Potye 1871-y. iyunda «Internatsional» sheʼri va 1876-y. «Parij Kommunasi» dostonini yezdi. E. Zolya ijodida, Gi de Mopassan novellalarida jamiyat muhitining oʻta tubanligi, mehnatkash insonning ogʻir qismati oʻz badiiy ifodasini topdi. 19-a. oxirida nazmda koʻproq simvolizm asosiy yoʻnalish boʻlib qoldi. 1-jahon urushi davrida A. Barbyus asarlari fransuz adabiyotida oʻchmas iz qoldirdi. Barbyus 1919-y. «Klarte» Xalqaro yozuvchilar tashkilotini tuzdi. 20—30-y. lar adabiyotida Alen, P. Valeri, B. Sandrar, P. Reverdi, J. Kokto, T. Tsara, A. Breton, P. Elyuar, L. Aragon, F. Supo kabi shoir va yozuvchilar ijodi salmokli oʻrin egalladi. 2jaqon urushi davrida antifashistik ruxdagi adabiy asarlar yozila boshladi. P. Elyuar, L. Aragon, E. Gilvik, M. Riffo, A. SentEkzyuperi kabi yozuvchilar asarlarida urush voqealari aks etdi. 50—60-y. larda fransuz adabiyotida ekzistensializm oqimi vujudga keldi. J. P. Sartr, A. Kamyu, E. Ionesko, S. Bekket, N. Sarrot, M. Byutor, K. Simon (1985-y. Nobel mukofoti laureata boʻlgan) va b. bu oqimning namoyandalaridir. Margerit Yursenar (1903 — 87), Margerit Dyura (1914—96) kabi yozuvchilar Fransiya adabiyotida beqiyos iz qoldirdilar. Zamonaviy yozuvchilardan Mishel Turnye, Filipp Sollers, JanMari LeKlezio, Patrik Modiano, Patrik Grenvil, Paskal Kinyar mashhur.

Fransiya yozuvchilaridan O. de Balzak, V. Gyugo, Mopassan, A. SentEkzyuperi, J. Bern, A. Dyuma, Stendal, Volter, Fransua Moriak, Sharl Perro, Monteskye, L. Argon kabi adiblarning asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Meʼmorligi. Fransiya hududidagi eng qad. sanʼat yodgorliklari paleolit davriga mansub. Temir davrida Rim tomonidan kelt (gall)lar shaharlari zabt etilgach, bu yerda gallrim sanʼati rivojlandi: toshdan makbara, teatr, zafar darvoza, akveduklar kurila boshladi, tobut, sarkofaglar tayyorlandi. 5-a. dan varvarlar davlati tashkil topgandan soʻng oʻrta asrlar sanʼati shakllana boshladi. Karolinglar sanʼati roman uslubining vujudga kelishi uchun asos boʻldi (10—12-a. lar), ibodatxona va monastirlar koʻproq qurildi (Akvitaniyadagi Klyuni cherkovi, 3-a., Perigyodagi SenFron, 1120-y. dan keyin, Langedokdagi cherkovqoʻrgʻonlar).

12-a. da Shimoliy Fransiya shaharlarida gotika vujudga keldi. Bu davrda shaqarlar soni ortdi, shaharlarda soborlar koʻplab qurila boshladi. Ularning eng yiriklari: SenDeni abbatligidagi cherkov (1137—44), Sane (taxm. 1140) va Lan, Shartr, Reyms, Amyendagi soborlar, Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi (1163—1257). 15-a. ning 2yarmidan meʼmorlikda fransuz Uygʻonish davrining hashamdor va goʻzal uslubi shakllana boshladi. Shu davrda vujudga kelgan Ambuaz (1492—98), Gayon (1501 — 10) qirol va dvoryanlar qoʻrgʻonlari oʻzining qulayligi hamda hashamatliligi bilan ajralib turadi. Qirol Fransisk I tomonidan Italiyadan taklif qilingan mashhur meʼmorlardan (jumladan, Leonardo da Vinchi) tashqari, Fransiyaning oʻzida ham N. Bashelye, F. Delorm, P. Lesko, J. A. Dyuserso kabi isteʼdodli meʼmorlar yetishib chiqa boshladi. Fransuz Uygʻonish davri meʼmorligining eng yuksak milliy durdonalari qatoriga Bluadagi Fransisk I qasrining qanotlari, Luara vodiysidagi AzeleRido, Shenonso, Shambor kabi qoʻrgʻonqarorgohlar, Fontenblo saroyi va Parijdagi Yangi Luvr binosini (meʼmor P. Lesko, haykaltarosh J. Gujon) kiritish mumkin.

17-a. da absolyutizm kuchayishi bilan sanʼatda monarx shaxsi va hokimiyatini ulugʻlash kuchaydi. Qirollik rassomlik va haykaltaroshlik (1648) hamda meʼmorlik (1671) akademiyalari tashkil topdi. Klassitsizmning sipo va vazminligi bilan kenglik kulamini uygʻunlashtirgan absolyut monarxiya deb atalgan uslub shakllandi. U klassitsizmning ulugʻvorligi, mantiqiy tuzilishini aks ettirgan edi. Bu shahar va shahar tashqarisidagi ansambllar, qirol qarorgohlari va zodagonlar uylari kurilishida namoyon boʻldi. Parij geometrik jihatdan toʻgʻri, uslubiy yaxlit Dofina, Vogezov, Gʻalaba, Vandom maydonlari bilan bezaldi. PaleRuayal saroyi (1629—36), Nogironlar uyi (1671 — 76), Sorbonna binosi (cherkov bn, 1629—54), Versal saroyi (1661—89), zafar darvozalar va koʻpriklar kurildi.

Saroy va binolar plastik naqshlari hamda ixchamligi bilan ajralib turadi. 18-a. ning 1yarmida hashamatli reja uslubi qoʻllanildi. Bordodagi maydon va koʻchalar tarmogi, Nansidagi maydonlar, Lyudovik XV maydoni shular jumlasidandir.

18-a. 2yarmida absolyutizmning inqirozi munosabati bilan maʼrifatparvarlik klassitsizmi yoʻnalishi vujudga keldi. Klassitsizm ruxida cherkovlar (SentJenevyev, hoz. Parijdagi Panteon), saroylar (Versaldagi Kichik Trianon), teatrlar (Bordodagi Katta teatr) va b. jamoat inshootlari (Parijdagi harbiy maktab) qurildi. 19-a. boshlarida yangi meʼmoriy uslub — ampir uslubida ulugʻvor, mahobatli inshootlar kurildi (La Madlen cherkovi, Vandom kolonnasi). 19-a. oʻrtalarida Parijda yirik kurilish ishlari amalga oshirildi, 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida Amyen, Nant, Orlean, Tuluza va b. shaharlar qisman rekonstruksiya qilindi. 19-a. 2yarmida kurilishlar eklektizm ruhida olib borildi («GrandOpera» teatri, SakreKyor bazilikasi). Yopiq bozor, universal magazin, passaj, vokzal, kutubxona (Parijdagi SentJenevyev kutubxonasi va Milliy kutubxona), elevator, depo va b. lar kurildi. Mashhur Eyfel minorasi ham shu davrda kurildi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida modern uslubida inshootlar yaratildi (Parij metrosining bekatlari, Parijdagi «Kastel Beranja» mehmonxonasi). 1860-y. dan qurilishda temirbeton ishlatila boshlandi. 1920— 30 y. larda zamonaviy meʼmorlikning asosiy qirralarini shakllantirishga kirishildi. Meʼmor Le Korbyuzye shakllarning funksional va konstruktivligini, beton, oyna va poʻlatning keng qoʻllanilishini zamonaviy meʼmorlikning 5 asosiy prinsipiga aylantirishga harakat qildi. 1960—70-y. larda Parij va uning atroflarida kurilishlar avj oldi. Bu davrning mashhur meʼmorlari R. Kamelo, J. de Mayi, B. Zerfyuss va muhandis N. Eskvillan meʼmorlikda ajoyib inshootlar yaratdilar. Bunga misol qilib, Parijdagi sanoat va texnika milliy markazi zali, YUNESKO binosi va Radio uyini koʻrsatish mumkin.

1980-y. lardan Fransiya meʼmorligida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, xorijiy meʼmorlarning gʻoyalariga keng yoʻl ochib berildi. Luvr muzeyi amerikalik meʼmor Mario Pey tomonidan toʻliq qayta rekonstruksiya qilindi. Shishadan yasalgan piramida Luvrning ramziga aylandi. Keyingi yillarda yaratilgan meʼmoriy inshootlardan Parij sh. dagi SenLazar vokzali perronidagi Arman kompozitsiyasi (1985), P. Pikasso sharafiga qurilgan Sezar kompozitsiyasi (1985), SenJermen o. dagi Jan Dyubyuffe haykallari bilan bezalgan minora (1988), «Ateney» teatridagi rassom JanPyer Shamba tomonidan chizilgan asarlar (1989)ni koʻrsatish mumkin.

Tasviriy sanʼati. Fransiya hududidagi eng qad. sanʼat asarlari paleolit davriga mansub. Polixrom rasmlar (Lasko, FondeGom), hayvonlar tasviri va haykallari (LaMadlen, TyukdʻOdeber) saqlanib qolgan. Temir davri galыitat madaniyati va laten madaniyati yodgorliklari bilan namoyon buldi. 5-a. dan varvarlar davlati tashkil topishi bilan oʻrta asrlar sanʼati (merovinglar sanʼati) vujudga kelgan.

10—12-a. larda karoling sanʼati roman uslubining vujudga kelishi uchun asos boʻldi. Bu davrdan har xil taqinchoklar, Limoj emallari, mato va kashtalar, gilamlar saklanib krlgan. Fransiyaning gotik haykaltaroshligida insonning jismoniy goʻzalligi va hislariga, real tabiiy shakllarga qiziqish ortdi. Bu Parij Bibi Maryam ibodatxonasidagi haykallar, Amyen soborining haykal va obrazlarida namoyon boʻldi. 14-a. da haykaltaroshlik majmualari kamroq yaratildi, interyerlarda koʻproq tasviriy sanʼat asarlari va boʻyalgan yogʻoch haykallar paydo boʻldi. Gotika tasviriy sanʼatida interyerni rangli bezatishda vitraj eng asosiy unsur boʻlib qoldi (Parijdagi SentShapel ibodatxonasi va Shartr sobori vitrajlari). 13-a. 2yarmidan vitrajlarda koʻproq yorugʻ ranglar qoʻllanila boshladi. Freska saroy va qasrlar devorlarida koʻproq uchraydi. 14—15-a. larda niderland va italyan sanʼati taʼsiri ostida dastgoxli kartina va portretlar paydo boʻla boshladi. Tevarak atrofii real tasvirlash akauka Limburglar ijodidan boshlandi. Ularning «Berriy gersogining eng boy chasoslovi» (taxm. 1411 — 16) asari saklanib qrlgan. 15-a. urtalarida qirol saroyi qoshida fransuz Uygʻonish davri kurtaklari boʻlgan maktablar tashkil topgan. Uning eng mashhur vakili J. Fuke boʻlgan. Uygʻonish davri haykaltaroshligini M. Kolomb boshlab bergan. 15-a. 2yarmida Uygonish davri uslubi yogochdan ishlanadigan gravyuralarga ham taʼsir qildi. 16-a. boshlarida qirol saroyi tasviriy sanʼat markaziga aylandi.

Inson shaxsiyatiga boʻlgan qiziqish qalam va rangli portretlarda ham oʻz aksini togshi. Bu davr sanʼatiga kenja J. Klue, Kornel de Lion, Etyenn va Pyer Dyumustyelar kabi rassomlar uzlarining hissalarini qoʻshdilar. 17-a. ga kelib, klassitsizm uslubi maydonga chikdi. Rasmiy tasviriy sanʼatning rahbari S. Vue Rim barokkosi, Bolonya maktabi akademizmi va Fontenblo maktabi manyerizmini uygunlashtirdi. 17-a. 2-choragida tasviriy sanʼatda klassitsizm yetakchi rol oʻynay boshladi. Bu davr sanʼat asarlari plastik shakllari aniq boʻlishi, tabiat manzaralarining chuqur lirizmi b-n ajralib turadi. 17-a. oʻrtalarida Fransiya sanʼat hayotining peshqadami Sh. Lebren Parij va Versal saroylarini bezashga rahbarlik qildi. Bu davrdagi G. Rigo, N. Larjilyer, R. Nanteyl, J. Odran, J. Edelink, F. Jirardon, A. Kuazevoks kabi rassom va haykaltaroshlarning koʻp asarlari hozirgacha yetib kelgan. Portret, gravyura, haykaltaroshlik, amaliy sanʼat, zargarlik rivojlandi. 18-a. tasviriy sanʼatida A. Vatto asarlari rokoko uslubiga asos boʻldi. Rokoko uslubi manzarali naqshin pannolarda, gilamlar, afsonaviy sahnalarga ega boʻlgan desyudeportlarda, allegoriyalarda aks etdi. F. Bushe, K. Vanloo, N. Lankrelar rokoko uslubi namoyandalaridir. 18-a. 1yarmida bezak plastika ham rivojlana bordi. M. K. Latura, J. B. Lemuan, J. B. Perronno kabi rassomlar ijodida analitik aniklik, emotsional jozibadorlikkoʻrinadi. 18a. oʻrtalariga kelib tabiatga boʻlgan qiziqish peyzajning vujudga kelishiga turtki berdi. J. Berne, L. G. Moro, Yu. Rober, O. Fragonar, J. A. Gudon, J. L. David bu davrning mashhur rassomlari qatoriga kiradilar. 19-a. boshida baʼzi rassomlarning asarlarida avvalgi qahramonlik obrazlari oʻrnini Napoleon I ni ulugʻlaydigan asarlar egalladi. Restavratsiya va Iyul monarxiyasi davrida romantik maktab tashkil topdi. T. Jeriko, E. Delakrua asarlarida romantizm yaqqol namoyon boʻldi. Haykaltaroshlikda romantizm tamoyillari F. Ryudaning «Marselyeza» asarida, P. J. David dʻAnje portretlarida va A. L. Bari asarlarida aks etdi. 1848-y. gi inqilob Fransiya sanʼatiga demokratlashtiruvchi taʼsir koʻrsatdi. 1851-y. toʻntarishdan soʻng reaksiya kuchlari qukmronligi sharoitida demokratik sanʼat koʻp jihatdan oʻzining ommaviyligini yoʻqotdi. 1860y. larda mamlakat tasviriy sanʼatida E. Manening realistik izlanishlari markaziy oʻrinni egallaydi. Mane ijodi impressionizm yoʻnalishi bilan yaqinlashdi. Bu yoʻnalishda Manedan tashqari K. Pissarro, A. Sisley, O. Renuar va E. Degalar ham ijod qilishgan. 1850—60-y. lar x,aykaltaroshlikda J. B. Karloning dekorativ, aniq va quvnoq asarlari, J. Daluning mehnat odamlarining xayratli va jiddiy obrazlari, O. Domyening ekspressivgrotesk plastikasi alohida oʻrin tutadi. 19-a. soʻnggi choragida fransuz xaykaltaroshligining eng yorqin namoyandasi O. Roden hisoblanadi.



19-a. oxiri — 20-a. boshlarida impressionizm bilan birgalikda «modern» uslubining paydo boʻlishiga taʼsir etgan simvolizmnnng turli variantlari ham rivojlandi. 19-a. oxirida tasviriy sanʼatda ijtimoiy mavzulardan birmuncha chekinish seziladi. 20-a. boshidan Parijga koʻplab chet el rassomlari kela boshladi va ularning ijodi fransuz sanʼatining ajralmas qismiga aylandi. 1905-y. da A. Matiss boshchiligida fovizm (A. Marke, J. Ruo, A. Deren, M. Vlamink, R. Dyufi va b.), 1907-y. da esa kubizm okimi (P. Pikasso, J. Brak, X. Gris) vujudga keldi. 1-jahon urushidan soʻng syurrealizm, 2-jahon urushidan keyin abstrakt sanʼatning turli yunalishlari vujudga keddi. 1970-y. larda sanʼatda abstraksionizmdan chekinish va sanʼatning turli xil figurativ turlari (gipperrealizm)ga oʻtish kuzatiddi. Umuman olganda, Fransiya tasviriy sanʼatida gumanizm koyalari saklanib qolgan. P. Pikasso va F. Leje asarlarida urush va fashizmga qarshi alangali gʻalayon, xalqlarning tinchlik uchun kurashi mavzulari koʻp aks etgan. 1945-y. dan soʻng neorealizm okimi paydo boʻldi, karikatura sanʼati rivojlandi, qoniqmaslik va tushkunlik kayfiyati asketik rassomchilikda aks etdi. Gumanistik sanʼat anʼanalari haykaltaroshlikda ham yetakchi rolni egallaydi. A. Burdelning qahramonona dramatik obrazlarida, A. Mayolning garmonik haykallarida, J. Bernarning oʻtkir psixologik portretlarida bu narsa oʻz aksini topdi. Umuman, Fransiya 21-a. da ham jahon badiiy sanʼatining eng yirik markazlaridan biri xisoblanadi. Musiqasi. Fransiya milliy musiqasi qad. kelt, gall va frank qabilalari folkloridan boshlanadi. 11 — 13-a. larda trubadur va truver (shoirxonandalar) musiqa sanʼati rivojlangan. 14-a. dagi ilk Uygʻonish davrida cherkov ijrochiligi rivoj topdi. Oʻsha davr mashhur kompozitorlari Gilyom de Masho, Filipp de Vitri Are nova (yangi sanʼat) musiqa harakatining eng yetuk namoyandalari edilar. Musiqaning keyingi rivoji G. Dyufai, Josken Depre, I. Okegem, xor polifoniyasi ustasi K. Janeken, gugenot xorali asoschisi K. Gudimel, buyuk polifonist, niderland maktabi vakili O. Lasso ijodi bilan bogʻliq. 1672— 87 y. lar «Grand opera» teatrini milliy opera maktabi hamda lirik tragediya janri asoschisi Lyulli boshqargan. 17-a. dan cholgʻu musiqa — lyutnya (D. Gotye), klavesin (J. Shambonyer, L. Kuperen), viola (M. Mare) maktablari tashkil topdi. Cholgʻu syuita janrida ijod qilgan F. Kuperenning badiiy merosi — fransuz musiqiy klassitsizmi choʻqqisidir. 18-a. ning eng yirik kompozitori J. R. Ramo K. V. Glyukning opera islohotiga zamin yaratgan, garmoniya faniga asos solgan. 18-a. oʻrtalarida milliy simfoniya paydo boʻldi (F. Gossek). Bu davrda yangi janr — komik opera ham paydo boʻla boshladi. Uning yetuk mualliflari qatoriga E. Duni, F. Filidor, kompozitorlardan P. A. Monsini («Dezertir», 1769), A. E. M. Gretri («Lyusil», 1769) kiradi. Komik operalar «Opera komik» teatri (1715-y. SenJermen yarmarkasida teatr sifatida tashkil topgan, 1801-y. dan yuqoridagi nom)da qoʻyilgan. 1792-y. J. Ruje de Lil tomonidan «Marselyeza» yoziddi va u keyinchalik Fransiya milliy madhiyasiga aylandi. 1793-y. Parijda Milliy musika in-ti (1795-y. dan Musiqa va deklamatsiya konservatoriyasi) ochildi. 19-a. boshlarida Parij jaxrn musika madaniyatining markazlaridan biriga aylandi. Fransuz musiqasidagi romantizm G. Berlioz asarlarida, 19-a. 2yarmida esa lirik opera janri paydo boʻlgach, Sh. Guno, J. Masne, A. Toma, L. Delib asarlarida oʻz aksini topdi. J. Bize ijodi fransuz musiqasida opera realizmining choʻqqisiga aylandi («Karmen», 1874). 19-a. 80-y. larida Fransiya buyuk R. Vagnerni qarshi oldi. 19-a. 2yarmida operetta janri rivoj topdi (J. Offenbax, F. Erve, Sh. Lekok, R. Planket). 19-a. oxiri — 20-a. boshida S. Frank, K. SenSane, E. Lalo, E. Shosson turli janrlarda samarali ijod qilishdi. Fransiyada shanson (ommabop qoʻshiq) janri gullab yashnadi. 20-a. musiqasida impressionizm yaratildi (K. Debyussi, M. Ravel). 1-jahon urushidan soʻng Fransiya musiqa sanʼatida neoklassitsizm, ekspressionizm, konstruktivizm tobora rivojlandi («Oltilik» kompozitorlari D. Dyurey, D. Miyo, J. Orik, A. Onegger, F. Pulenk, J. Tayfer va b.). 2-jahon urushidan soʻng Fransiya musiqa hayoti jonlandi. O. Messian, F. Pulenk, D. Miyo, A. Jolive, A. Core, J. Orik, J. Franse, M. Landovski kabi kompozitorlar ijodi faollashdi. 1950-y. lardan dodekafoniya, aleatorika, elektron muyeщa, sonorizm, konkret musiщa kabi yangi musiqa yoʻnalishlari rivoj topdi (P. Bulez, Ya. Ksenakis, P. Sheffer va b.). 20a. fransuz yirik ijrochilari: dirijyorlar — P. Montyo, I. Markevich, A. Klyuitens, Sh. Myunsh, L. Forestye, P. Pare, Sh. Bryuk, S. Bodo, J. Martinon, P. Bulez; pianinochilar — A. Korto, M. Long, R. Kazadezyus, I. Nat; skripkachilar — J. Tibo, 3. Francheskatti, J. Neve; violonchelchilar — M. Mareshal, P. Furnye, P. Tortelye; organchilar — Sh. Turnsmir, Sh. Vidor, M. Dyupre, M. Dyurufle; xonandalar — D. Dyuval, J. Krespen, L. Pens; shansonyelar — M. Shevalye, E. Piaf, Sh. Aznavur, J. Beko, J. Dassen, J. Brassens, M. Matyo va b. Parij, Avinyon, EksanProvans, Strasburg, Bezanson, Bordo, Tur, Ruan, LaRoshelda musiqa tanlov va festivallari oʻtkazib turiladi. Parijda eng muhim musiqa oʻquv yurtlari — konservatoriya, «Sxola kantorum» (1894-y. asos solingan), «Ekol normal de myuzik» (1919) hamda grammofon firmalari, musiqa jamiyatlari, F. Milliy musika qoʻmitasi joylashgan. Bir qancha musika jur. lari chop etiladi.

Teatri. Fransiya teatr sanʼati oʻrta asrlardagi sayyor aktyor va sozandalar, jonglyorlar tomoshalaridan boshlanadi. 9—10-a. lardayoq oʻrta asr teatrida diniy drama vujudga keldi. Ulardan eng mashhuri 15 a. oʻrtalaridagi A. Grebanning «Xudo ehtiroslari misteriyasi»dir. 1599-y. dan professional artistlar truppasi ishlay boshladi. Bu birinchi doimiy akterlar jamoasi edi. Ular tragediya, tragikomediya va pastorallar qoʻyar edilar. 17-a. dan J. Rotru, M. Skyuderi pyesalari qoʻyila boshladi. 1634-y. «Mars» teatri ochildi. P. Kornel, J. Rasin tragediyalari va Molyer komediyalari teatr sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshdi. Molyer vafotidan soʻng tashkil etilgan «Komedi Fransez» teatrida (1680) aktyor M. Baron va tragik aktrisa A. Lekuvryor uning sahna prinsiplarini davom ettirdilar. Fransuz maʼrifatparvarlari teatrni xalqni tarbiyalash vositasi deb bildilar. Maʼrifatparvar klassitsizmning eng yirik aktyorlari J. Brizar, F. Mole, J. Ofren va J. Dyugazondir. Buyuk fransuz inqilobi qahramonlik sanʼatini vujudga keltirdi. 1791-y. «Teatrlar erkinligi haqida dekret»dan soʻng, Parijda 19 teatr tashkil topdi. «Komedi Fransez» teatrida V. Gyugo, A. Vini, A. Dyuma asarlari koʻrsatildi. Gyugoning «Ernani» dramasining qoʻyilishi (1830) fransuz teatrida muhim voqea boʻldi. 19-a. 1yarmida bulvar teatrlari paydo boʻldi. 1848-y. dan qahramonlik mavzusi yana oldinga chiqdi. 19-a. oxirida E. Zolya yangi realistik dramaturgiyani yaratish va teatrlarni isloh etishni talab qilib chiqdi. Fransuz sahnasidagi chuqur oʻzgarishlar A. Antuan nomi bilan bogʻliq. «Erkin teatr» va «Antuan teatri» asoschisi, «Odeon» teatri boshqaruvchisi boʻlgan Antuan oʻz davrining dolzarb muammolarini sahnaga olib chikdi. 1910-y. J. Rushe tomonidan «Teatr dez Ar» tashkil etildi. 1926-y. toʻrt buyuk rej.: G. Bati, Sh. Dyullen, L. Juve va J. Pitolar ittifoqi — «Kartel» tuzildi. Ular koʻproq klassikaga — Molyer, Shekspir, A. P. Chexov, B. Shou, L. Pirandello, P. Klodel, J. Dyuamel, J. Romen, J. Jirodu, J. Anuya, A. Salakru asarlariga murojaat etishdi. 1930-y. lar boshida demokratik va antifashistik harakat rivojlandi, xalq teatri katga rol oʻynadi. 2-jahon urushi yillari — nemisfashist okkupatsiyasi davrida fransuz teatrlari deyarli ishlamadi. Ilgʻor jamoatchilik Fransiyaning qadimiy teatrlaridan boʻlgan «Komedi Fransez»ni qoʻllabquvvatladi. Unda yirik aktyor va rej. lardan J. L. Barro, M. Reno, P. Dyuks, J. Rusiyon va b. lar voyaga yetdilar. 40-y. lar 2yarmi — 50-y. lar 1yarmida mamlakatda drama markazlarining keng tarmoklari tashkil topdi. Lion, Grenobl, Tuluza, Kann, Bordo, Strasburg va b. shaharlarda teatrlar paydo boʻldi. Milliy xalq teatri teatr sanʼatining yetakchi markaziga aylandi. Unda buyuk fransuz aktyorlari J. Filipp, M. Kazares, J. Vilson, D. Sorano, S. Monforlar faoliyat olib bordi. 1970-y. larda Buyuk fransuz inkilobiga bagʻishlangan «1789» va «1793» teatrlarining tashkil topishi Fransiya teatri hayotida katta voqea boʻddi.

Fransuz sahna sanʼatining rivojiga aktyor va rej. J. L. Barro katta hissa koʻshdi. Turmush oʻrtogʻi M. Reno bilan birgalikda «Kompani Reno—Barro» truppasi yaratildi va u 20-a. da fransuz dramaturgiyasini targib etdi. 1950 — 60-y. larda teatr hayotida «absurd teatri» katta oʻrin egalladi. 20-a. 2yarmidan Fransiya teatr sanʼati yanada rivojlandi. Bunga 1981 —86 va 1988—93 ylarda Fransiya madaniyat vaziri boʻlib ishlagan J. Lang katta hissa qoʻshdi. Parijning koʻp teatrlari, jumladan, «Grandopera», «Komedi Fransez», «Odeon» va «Shayo» milliy teatrlari hukumat tomonidan qoʻllab quvvatlandi. J. L. Barro, A. Vite, A. Mnushkin, P. Bruk, R. Blen, R. Planshon, J. Savari kabi rej. lar mashxur. Fransiyada 42 milliy dramatik markaz mavjud; 170 teatr guruhi shartnoma asosida, 398 guruh dotatsiya asosida faoliyat yuritadi. «Komedi Fransez» teatri milliy teatr anʼanalarini davom ettirmoqda. 1954-y. tashkil etilgan «Xalklar teatri»da xalqaro teatr festivallari oʻtkaziladi.



Kinosi. Akauka L. va O. Lyumyerlar tomonidan qoʻyilgan kinematografiyaning dastlabki asarlari (xronikal syujetli «Poyezdning kelishi», «Bolani emizish», «Shalabbo boʻlgan suv sepuvchi» filmlari) 1895-y. 28 dek. da Parijda namoyish etilgan. Fransiya kinosining ilk davrdagi rivoji kinotryuklarni suratga olish ixtirochisi J. Melyesu nomi bilan bogʻliq. Uning «Film dʻar» firmasi kinoga mashxur dramaturg, aktyor va kompozitorlarni jalb etdi. 1919-y. da rej. A. Gans urushga qarshi ruhdagi «Men ayblayman» pamfletini, rej. A. Antuan esa bir qancha filmlar («Yer», 1921; «Arlezianlik ayol», 1922)ni yaratdi. 1-jahon urushidan keyingi yillarda kinodan tijorat yoʻlida foydalanishga qarshi chiqqan va kinoni badiiy jihatdan yangilashni talab qilgan kino nazariyachilari va amaliyotchilaridan L. Dellyuk, A. Gans, M. L. Erbye, J. Epshteyn, J. Dyulak «Avangard» harakatiga birlashdilar. Bu harakatdagi bir qancha realist rej. lar qad. anʼanalarga tayangan holda koʻpgina asarlarni yaratdilar [«Krenkebil» (1922) va «Yangi janoblar» (1928, rej. J. Feyder), «Nana» (1926) va «Kichik gugurt sotuvchi» (1927, rej. J. Renuar), «Somon shlyapa» (1927, rej. R. Kler)].

30-y. lardan fransuz kino sanoati ovozli filmlar chiqara boshladi. 30-y. lar oʻrtalarida Fransiya kinematografiyasining ijtimoiy yoʻnalishi Milliy front harakati bilan bogʻliq; «Oktyabr» va «Erkin kino» uyushmalari tashkil topdi. Bu davr uchun «Marselyeza» (1938, rej. R. Renuar), «Buyuk sarob» (1937, rej. R. Renuar), «Oxirgi milliarder» siyosiy satirasi (1934, rej. R. Kler), «Ahil kompaniya» (1936, rej. J. Dyuvivye) kabi filmlar xarakterlidir. 2-jahon urushi va natsistlar okkupatsiyasi davrida fransuz kinematograflari kurash va jasoratga chorlovchi «Kechki mehmonlar», «Osmon sizlarga tegishli» kabi filmlarni yaratdilar. 1944-y. «Parijni ozod etish» filmi chiqarildi. «Rayka bolalari» filmi (1945) milliy madaniyatning eng yaxshi gumanistik anʼanalarini oʻzida aks ettirgan, fashizmga qarshi ruhsagi film boʻldi. Rej. R. Klemanning «Relslar ustidagi jang» filmi ozod etilgan Fransiyaning birinchi kartinalaridan hisoblanadi. Shu davrda yaratilgan mashxur filmlar: «Parma ibodatxonasi» (1948, rej. KristianJak), «Qizil va kora» (1954, rej. K. OtanLara, ikkisi ham Stendal asarlari asosida), «Tereza Raken» (1953, rej. M. Karne), «Jerveza» (1956, rej. R. Kleman, ikkisi ham Zolya asarlari asosida), «Oʻlimga mahkum qilingan qochdi» (1956, rej. R. Bresson). 1940 —50-y. lar boshlaridaJ. Filipp, Burvil, J. Mare, M. Kazares, L. de Fyunes, S. Rejani va b. aktyorlar mashxur. 50-y. larning 2yarmida yaratilgan filmlarning kupi koʻngil ochar filmlar boʻldi. Fransiya kinematografiyachilari kuchli ijtimoiy qahramonni fashistlarga qarshi kurash mavzusidan topdilar. «Kun va soat» (1963), «Parij yonyaptimi?» (1966) filmlari fashizmga qarshi ruhda yaratildi. 1968-y. dan keyin asosan siyosiy mavzuda, fransuz mehnatkashlarining hayoti haqida filmlar yaratila boshladi. J. Tatining «Bayram kuni» (1949), «Mening amakim» (1958), Kristian Jakning «FanfanTyulpan» (1952), «Qonun — bu qonun» (1958), P. Eteksning «Ohtortuvchi» (1963), «Yoyo» (1965) filmlari komediya janriga mansub. Fransiya kiska metrajli filmlari (rej. A. Lamorisning «Qizil shar»), P. Grimoning multiplikatsiyalari, J. Rushaning ijtimoiy filmlari mashxur. 70ylar oʻrtalariga kelib, fransuz kinosida oʻtkir mavzulardan chekinish kuzatiladi, bu davrda koʻngil ochar kinolarni i. ch. keng rivojlandi. 60 —70-y. lardagi eng mashxur aktyorlar sirasiga: J. Gaben, J. Moro, J. L. Trentinyan, J. P. Belmondo, K. Denyov, A. Delon, A. Jirardo va b. kiradi. Eng yaxshi fransuz tasvirchilari: R. Yuber, A. Tirar, R. Kutar, A. Alekan, A. Deke. Fransuz va jahon kinosi tarixi va nazariyasiga oʻzlarining fikr va goyalari b-n katta xissa qoʻshgan kishilar: L. Mussinak, J. Sadul, A. Bazen, J. Mitri, A. Ajel, K. Mets va b. 1943-y. tuzilgan Oliy kino taʼlimi instituti rej., tasvirchi, montajchilarni tayyorlaydi. 1946-y. dan Kannda har yili Xalqaro kinofestival oʻtkaziladi. 1936-y. «Sinematika», 1972-y. Kino tarixi muzeyi ochilgan. 1976-y. da Amerikaning «Oskar» mukofotiga oʻxshash «Sezar» milliy kino mukofoti taʼsis etilgan. 1970 —90-y. larda rej. lar J. Sh. Takell («Jiyanlar», 1975), D. Vin («Martin Gerrning qaytishi», 1984), D. Kyuri («Oramizda», 1985), K. Berri («Jan de Florett», 1987), J. Rivett («Maftunkor yongʻoq daraxti», 1991), R. Varnyer («Hindixitoy», 1992) hisʼhayajonli hamda anʼanaviy mavzularda filmlar yaratishdi. Fransiyada 4400 kinoteatr mavjud, yiliga 130 ga yaqin toʻliq metrajli film yaratiladi (2003).

Oʻzbekiston — F. munosabatlari. Ikki davlat oʻrtasidagi diplomatiya munosabatlari 1992-y. fev. da oʻrnatilgan boʻlsada, mamlakatlar orasidagi aloqalar uzoq tarixga borib taqaladi. Fransiya qiroli Karl VI de Valua (1368 — 1422) va Amir Temur davridagi oʻzaro savdo-sotiq va doʻstona munosabatlarga oid yozishmalar bizga maʼlum.

1992-y. F. ning Oʻzbekistondagi elchixonasi, 1995-y. Oʻzbekistonning Fransiya dagi elchixonasi oʻz faoliyatini boshlagach, oʻzaro aloqalar, delegatsiyalarning tashriflari yoʻlga qoʻyildi. Ikki tomonlama aloqalar rivojlanishining tamal toshlari OʻzR Prezidenti I. Karimovning 1993-y. okt. da Fransiyaga davlat tashrifi paytida qoʻyilgan boʻlib, unda bir qator shartnomalarga imzo chekildi. Oʻzbekiston Respublikasi va F. Respublikasi oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi «shartnoma, hukumatlar oʻrtasida investitsiyani himoyalash va oʻzaro ragʻbatlantirish haqidagi bitim, hukumatlarning madaniy va ilmiytexnikaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimi shular jumlasiga kiradi. 1994-y. apr. da Fransiyaning sobiq prezidenti F. Mitteran eng rivojlangan yetti davlat rahbarlari orasida birinchi boʻlib, OʻzRga davlat tashrifi bilan keldi. Prezident I. Karimovning Fransiyaga 1996-y. apr. dagi ikkinchi tashrifi va OʻzR Prezidenti I. Karimov hamda Fransiya prezidenti J. Shirakning 1996-y. iyunda Florensiya da Yevropa Ittifoqi rahbarlarining sammitidagi, 2002-y. davlat rahbarlarining NATOga aʼzo davlatlar rahbarlarining Pragadagi sammitida uchrashuvlari ikki tomonlama aloqalarni yangi darajaga koʻtarish imkoniyatini berdi. OʻzR Prezidenti I. Karimovning 1996-y. 21—24 apr. dagi ikkinchi tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni yangi poyunaga koʻtardi. I. Karimovning F. Respublikasi Prezidenti J. Shirak bilan uchrashuvi chogʻida ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi. Ushbu tashrif davomida I. Karimov YUNESKO qarorgoxdsa tashkil kilingan «Temuriylar davrida fan, madaniyat va taʼlimning rivoji» mavzusidagi koʻrgazmada ishtirok etdi.

Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasida oʻzaro tovar aylanmasi 2003-y. 72,3 mln. AQSH dollari, shundan eksport 24 mln., import 48,3 mln. dollarni tashkil etdi. Eksportda paxta tolasi 74,4%, toʻqimachilik mahsuloti 13,4%, kimyo mahsulotlari 8,8%, agrosanoat majmuasi mahsulotlari 2,9%ni, importda esa elektronika va elektr uskunalar 26,2%, kimyo mahsulotlari 23,3%, mexanika uskunalari 13,7%, farmatsevtika va parfyumeriya mahsulotlari 13,6%, maishiy texnika 7,9%, transport vositalari 5,5%, oziq-ovqat mahsulotlari 3,6%ni tashkil etdi.

2003-y. da Oʻzbekistonda Fransiyaning 14 kompaniyasi va 2 banki («Kredi Kommersial de Frans» va «Sosiyete Jeneral») ishladi. Bundan tashqari, Oʻzbekistonda 15 qoʻshma korxona, 100% fransuz sarmoyasi bilan 2 korxona faoliyat olib boradi. 2004-y. 14 —16 yanv. da Oʻzbekiston — F. savdoiqtisodiy hamkorlik hukumatlararo komissiyasining 2majlisi boʻlib oʻtdi. Ikki davlat hamkorligi rejalariga muvofiq, «Sosiyete Jeneral» bankining krediti hisobiga «Buxoro viloyatida suv taʼminotini yaxshilash» dasturi (8,1 mln. AQSH dollari) amalga oshiriladi va 2 ta «Boing—767300 ER» samolyota (187,9 mln. AQSH dollari) sotib olinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi «Rom Pulek» fransuz kimyo korxonasi bilan rasmiy aloqa oʻrnatgan. Toshkentda bu korxonaning vakolatxonasi ochilgan. OʻzR Pochta va telekommunikatsiya agentligi bilan Fransiyaning pochta va telekommunikatsiya vazirligi oʻrtasida telekommunikatsiya jihozlarini i. ch. va ulardan foydalanish soxasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish haqida bayonnoma imzolangan. Fransuz mutaxassislari yordamida «Sprint» elektron pochta tizimining faoliyati yoʻlga koʻyildi. «Oʻzbekneftegaz» milliy korporatsiyasi Fransiyaning «ElfAkiten» korxonasi bilan xamkorlikda Buxoroda neftni qayta ishlash z-dini qurish haqida shartnoma tuzdi. OʻzR Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bir qator fransuz banklari («Kredi Leone», «Sosiyete Jyuzi», «Bank Nasional de Pari», «Pariba», «Kredi Kommersial de Frans») bilan vakillik aloqalarini oʻrnatgan. Oʻzbekistonda «Bofur Ispen Interneyshnl», «Ronpulenk» fransuz korxonalari faoliyat olib bormokda. Shuningdek, Fransiyaning «Er Frans» va Oʻzbekistonning «Oʻzbekiston havo yoʻllari» aviakompaniyalari Toshkent — Parij — Toshkent marshruti boʻylab reyslarni amalga oshirmokda.

Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasidagi ilmiytexnikaviy aloqalar ham rivojlanmoqda. Bu aloqalar 1993-y. okt. da imzolangan madaniy, ilmiy va texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim asosida olib borilmoqda. Har yili yuzdan ortiq Oʻzbekiston fuqarosi Fransiyaning turli oʻquv yurtlarida malaka oshirib kelmokda. Ikki mamlakat oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida talaba va prof. oʻqituvchilar almashish, stajirovka, oʻqituvchilar malakasini oshirish kurslari, birgalikdagi seminarlar tashkil etish rivojlangan. Oʻz navbatida, Parij, Tuluza, Lion, Eks/Marsel, «Parijsyud» va «Parij IV» un-tlari bilan Toshkent, Samarqand, Buxoro un-tlari, Toshkent iqtisodiyot un-ti, «Bretansyud» un-ti b-n Oʻzbekiston jahon tillari un-ti oʻrtasidagi hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. F. Oʻzbekistonga Yevropa Ittifoqining TASIS dasturi doirasida ham kadrlar tayyorlash sohasida texnikaviy yordam koʻrsatyapti. F. Bosh vaziri huzuridagi Davlat boshqaruvi xalqaro instituta (DBXI) OʻzR Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasiga texnikaviy yordam koʻrsatish boʻyicha 1 mln. 400 ming ekyu kiymatidagi dastur muvaffaqiyat bilan amalga oshiriddi, fransuz mutaxassislari akademiya tinglovchilariga maʼruzalar oʻqishdi. Shuningdek, OʻzR vazirliklarining xodimlari har yili DBXI ning qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida oʻqib kelayotir.

Oʻzbek va fransuz olimlari oʻrtasidagi ilmiy hamkorlik ham muvaffaqiyat bilan davom etmokda. Bunda OʻzR Fanlar akademiyasi va Fransiya ilmiy tadqiqotlar milliy markazi oʻrtasidagi samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Ayniqsa, arxeol., astronomiya, oʻsimliklarni himoya qilish sohalaridagi hamkorlik yaxshi natija bermoqda.

1998-y. okt. da OʻzR Fanlar akademiyasi delegatsiyasi Fransiyaning Atrof muhit va energiyani boshqarish markaziga tashrif buyurdi. Kuyosh energiyasidan foydalanish boʻyicha oʻzbek olimlari tomonidan taklif qilingan loyiha Yevropa hamjamiyati doirasida SOR ERNICUS fantini olishga muvaffaq boʻldi. Tashrif davomida mazkur loyihaning tashkiliy masalalari muhokama qilindi. Fransiya bilan madaniy va ilmiytexnikaviy hamkorlikda 1995-y. dan Toshkentda faoliyat yuritayotgan F. Tashki ishlar vazirligi qoshida tuzilgan Markaziy Osiyoni oʻrganish fransuz in-ti katta rol oʻynayapti. Institut fransuz va oʻzbek olimlari hamda tadqiqotchilari hamkorligida gumanitar va ijtimoiy sohalarda turli tadkiqotlar olib boradi, ilmiy asarlar chop etadi. Institut arxeol., sanʼat, musiqashunoslik, Markaziy Osiyoning qad. va zamonaviy tarixi buiicha boy kutubxonaga ega boʻlib, dunyoning barcha mamlakatlarida Markaziy Osiyoga oid chop etilgan asarlarni yigʻishga kirishgan. Int kisqa vaqtda «19-a. dan beri Markaziy Osiyodagi islomiy islohotlar», «Hindiston — Markaziy Osiyo: savdo va fikr yoʻllari», «Rossiyada islom», «Temuriylar merosi», «Qoʻlyozmalarni saklash», «Islom va musiqa» mavzularida xalqaro konferensiyalar tashkil kildi va ularning materiallarini chop etdi.

OʻzR Fanlar akademiyasi bilan Fransiyaning ilmiy tadqiqotlar ilmiy markazi oʻrtasida tuzilgan shartnoma doirasida arxeol. sohasida samarali hamkorlik olib borilmoqda. 1995-y. yanv. da OʻzR Fanlar akademiyasining geol. va geofizika instituta bilan J. Furye hamda Grenobl un-tlari oʻrtasida seysmologiya sohasida shartnoma tuzilgan. OʻzR Fanlar akademiyasi Kime va oʻsimlik moddalari in-ti Fransiyaning «Lotoksan» tashkiloti bilan birgalikda uzoq muddatli shartnomalar asosida kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarmoqda.

Hoz. paytda Fransiya ilmiy tadqiqotlar markazi bir qator sohalarda, xususan, chorvachilik, vinochilik, nodir metallar, oʻsimliklar asosidagi yangi doridarmonlar, neft va gaz mahsulotlari va b. sohalarda hamkorlik oʻrnatish imkoniyatlarini oʻrganmoqda. Toshkent texnika un-ti bilan Parij un-ti oʻrtasidagi hamkorlik haqidagi shartnoma koinotdan olinadigan agrosuratlarni oʻrganuvchi oʻzbekfransuz ilmiy markaziga asos boʻldi.



Fransuz sanʼat muxlislarini oʻzbek sanʼati bilan tanishtirish Oʻzbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlangan. 1994-y. da tanikdi oʻzbek sanʼatkorlari Turgʻun Alimatov va Munojot Yulchiyeva Parij sahnalarida konsert berib, fransuz sanʼat muxlislari olqishlariga sazovor buldi, Parijda ularning bir necha lazer disklari chiqaridsi. «Soʻgʻdiyona» ansambli Liondagi milliy konservatoriyada uz repertuarini ijro etdi. Oʻzbek xonandasi Matluba Dadaboyeva 1996-y. birinchi marta uz qushiqlarini fransuz tomoshabinlariga havola etgan bulsa, 1997-y. da xalq qoʻshiqlari festivalida qatnashdi. 1998-y. da esa Xorazm xalq qoʻshiklari ijrochisi Zuhra Jumaniyozova bilan birgalikda Parijda boʻlib oʻtgan «Ijodiy fantaziya festivali»da muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Konsert kunlari «Musavvir» va «Usto» birlashmalari oʻzbek xalq xunarmandchiligi kurgazmasini tashkil etishdi. 2004-y. davomida Oʻzbekiston BA F. ning yirik shaharlarida oʻzbek zamonaviy tasviriy va amaliy sanʼati koʻrgazmalarini oʻtkazdi. 1996-y. Parijning «Katta saroy» muzeyidagi «Buyuk ipak yulida buddaviylik sanʼati» koʻrgazmasida Oʻzbekiston tarixi muzeyi kolleksiyasidan oʻrin olgan Buddaning loydan yasalgan haykali namoyish etildi. 1994-y. Mirzo Ulugʻbekning 600-yillik yubileyini nishonlash doirasida olimning ilmiy merosiga bagʻishlangan ilmiy anjuman, Oʻzbekiston sanʼat ustalarining konserti utkaziddi. «Temuriylar sanʼati va tarixini urganish hamda uzbekfransuz madaniy aloqalari» assotsiatsiyasining «Temurid» jur. ning maxsus soni Mirzo Ulugʻbekka bagʻishlab chiqarildi. 1996-y. Parijda Amir Temur tavalludining 660-yilligi, 1997-y. esa, YUNESKO rahbarligida Buxoro va Xiva sh. larining 2500-yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari utkazildi. Buxoro va Xiva sh. lari yubileyi tantanalariga «Oʻzbekiston madaniyati kunlari» ulanib ketdi. Shuningdek, Fransiyada oʻzbek yozuvchilarining, Oʻzbekistonda fransuz yozuvchilari asarlarining tarjimalari amalga oshirilib kitoblari nashr etilmoqda. Bu ishlarni amalga oshirish uchun F. Tashki ishlar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi dasturni ishlab chiqdi. 2003-y. fransuz yozuvchisi F. Bressanning Fransiyada fransuz tilida nashr etilgan «Maftunkor Samarkand» kitobining takdimoti bulib utdi. Toshkentdagi Fransiya elchixonasida 2002-y. dan V. Gyugo nomidagi fransuz madaniy markazi ishlamoqda. 2004-y. fev. da Parijda «Ibn Sino» uyushmasi tuzildi. 1998-y. apr. dan Oʻzbekistonda «Oʻzbekiston — Fransiya» dustlik jamiyati faoliyat yuritmoqda. Samarkand va Lion, Buxoro va RyuelMalmezon sh. lari oʻrtasida toʻgʻridantoʻgʻri hamkorlik aloqalari urnatilgan. Malika Sharipova, Mirshohid Aslanov.

TelegramFacebookTwitterOdnoklassnikiVKEmailРесурс
Download 74,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish