MAVZU : ELEKTROMAGNETIZM
fizika maruzA 712_21 GURUH
TUZUVCHI : ANNAQULOV NURBEK QABUL QILUVCHI :
Mavzu : Elektromagnetizm
Topshiriq rejasi :
Dielektriklar turlari.
Dielektriklarning qutblanishi va qutblanganlik.
Elektr maydonda dielektriklar.
Dielektriklardagi elektr maydon uchun Gauss teoremasi.
Elektrostatik maydondagi o’tkazgichlar.
Elektr sig’imi.
Zaryadlangan kondensatorlarning energiyasi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1 .Dielektrik(D) turlari D. qattiq (organik, anorganik), suyuq va gazsimon xillarga boʻlinadi. Qattiq organik D.ga sellyuloza, kauchuk, qat-ron, bitumlar, parafinlar, mum, yogʻoch, qogʻoz, plastmassalar, lok boʻyoqlar va b. kiradi. Bular kuch, signal ka-bellarini izolyasiyalashda, kondensatorlar, gʻaltaklar, qistirmalar tayyorlashda, elektr apparaturalar simlari va chulgʻamlarining izolyasiyalariga shimdirishda ishlatiladi. Qattiq anorganik D.ga radiotexnik keramika, segnetoelektriklar, pyezoelektriklar, elektronik shisha, slyudalar va b. kiradi. Bulardan izolyatorlar, yuqori chastotali kondensatorlar, pyezoelementlar, ballonlar, elektrovakuum asboblar va b. tayyorlanadi. Suyuq D.ga kuch transformatoriga, yuqori kuchlanishli ulab-uzgichlarga quyiladigan mineral moylar misol boʻladi. Gazsimon D.ga elegaz [oltingugurt (VI)- ftorid], vodorod, inert gazlar, havo va b. kiradi. Elegazlar kondensator va kabellarda, vodorod turbogeneratorlarda, inert gazlar ion asboblarda ishlatiladi.
2 . Qutblanish. Dielektriklar tashqi elektr maydonga kiritilsa, ulardanoldan farqli elektr momenti vujudga keladi. Boshqacha aytganda,dielektriklar qutblanadi. Qutblanish deb tashqi elektr maydoni ta’sirida dielektrikdagi diðollarning maydon bo‘ylab joylashib qolishiga yoki maydon bo‘ylab joylashgan diðollarning vujudga kelishiga aytiladi. Dielektriklarning uch turiga mos ravishda qutblanish ham uchturga ajrati ladi.1. E l e k t ro n q u t b l a n i s h . Qutblanmagan molekula elektr maydoniga kiritilsa, maydon ta’sirida elektron orbitalarining deformatsi yalanishiro‘y berib, atomlarda diðolmomentlari vujudga keladi . 2. D i ð o l ( y o ‘ n a l i s h b o ‘ y i c h a j o y l a s h i b ) q u t b l a n i s h Betartib harakatda bo‘lgan qutblangan molekulalarning diðollari tashqi maydon bo‘ylab batartib joylashib qoladi .3. I o n l i q u t b l a n i s h . Òashqi maydon ta’sirida kristall pan-jaradagi musbat ionlarning maydonbo‘ylab, manfiy ionlarning esa qaramaqarshi tomonga siljishi ro‘y beradi.Solishtirma elektr qarshiligi — 107—1020 Omm, dielektrik kirituvchanligi — 4—104. D. elektr tokini oʻtkazgichlarga nisbatan 1015—1020 marta yomon oʻtkazadi. "D" atamasini fanga M. Faradey kiritgan. Ionlashmagan barcha gazlar, baʼzi suyukliklar va qattiq jismlar D. hisoblanadi. Tashqi elektr maydon taʼsiri boʻlmagan hollarda D.ni kutbli D. hamda qutbsiz D.ga ajratish mumkin. Bunda D. molekulalarining dipol momentlari nolga teng (qutbsiz molekulalar) yoki fazodagi yoʻnalishlar boʻyicha ixtiyoriy ravishda taqsimlangan boʻladi (qutbli molekulalar). Ikkala holda ham D.ning yigʻindi elektr momenti nolga teng boʻladi. Qutblanish elektr maydon kuchlanishiga, t-raga, muhitning elektr xossasiga bogʻliq. Qutbli D.ga spirt, toza suv; qutbsiz D.ga inert gazlar, kislorod, vodorod, benzol, polietilen va b. kiradi.Qutbli molekulalardan tashkil topgan D. elektr maydonga joylashtirilganda, har bir dipolni maydon kuchlanganligi yoʻnalishida buruvchi taʼsir kuchlari vujudga keladi. Ammo toʻla burilishga issiklik harakatlari toʻsqinlik qiladi. Natijada musbat zaryadlar elektr maydon yoʻnalishida, manfiy zaryadlar esa teskari yoʻnalishda koʻchadi. Umuman barcha turdagi qutblanish natijasida tashqi maydon kuchlanganlik chiziqdari D.dan chiqayotgan nuqtalarda musbat va D.ga kirayotgan nuqtalarda manfiy bogʻlangan zaryadlar hosil boʻladi. Azot, kislorod, vodorod gazlari, toluol, benzol suyuqliklari va polistirol, polietilen, naftalin kabi kat-tik moddalar bularga misol boʻla oladi. Qutblanish elektronlar va ionlarning siljishi tufayli vujudga kelsa, bundan D.ning dielektrik kirituvchanligi 4 dan 15 gacha qiymatlarga ega boʻlishi mumkin.Tashqi maydon boʻlmaganda oʻz-oʻzidan qutblanish qobiliyatiga ega boʻlgan D. guruhi ham mavjud. Ular segneto-elektriklar deb ataladi. Ularning dielektrik kirituvchanligi bir necha mingga yetishi mumkin. Segnetoelektriklarda deformatsiya vaqtida qutblanishi kuzatiladi. Bu hodisa pyezoelektrik effekt deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |