Elektronlarning elektr maydondagi harakati Elektr maydon — elektr zaryadlar yoki oʻzgaruvchan magnit maydon hosil



Download 138,71 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana02.01.2022
Hajmi138,71 Kb.
#312624
  1   2
Bog'liq
Elektronlarning elektr maydondagi harakati



 

Elektronlarning elektr maydondagi harakati 

 

Elektr maydon

 

— elektr zaryadlar yoki oʻzgaruvchan magnit maydon hosil



 

qilgan fizik maydon. Vaqt boʻyicha oʻzgarmaydigan Elektr maydon 

elektrostatik maydon ). Elektr maydon tu

shunchasini birinchi boʻlib M. 

Faradey 19-asr 30-yillarida kiritgan. Elektr maydon materiyaning maydon 

koʻrinishidir. Materiyaning har qanday oʻzgarishlari, ularning oʻzaro taʼsirlari 

vaqt oraligʻida va fazoda roʻy beradi, har qanday fizik taʼsir faqat chekli 

tezlik bilan tarqaladi. Elektrlangan jismlarning bir-

biriga taʼsiri, ularning 

harakati Elektr maydonlari tufaylidir. Elektr zaryadlar bir-biriga bevosita 

emas, balki bilvosita taʼsir etadi. Har bir zaryad d oʻz atrofidagi fazoda 

Elektr maydon harakat q

iladi va shu maydon orqali boshqa maydonga taʼsir 

etadi. Demak, Elektr maydonning asosiy xususiyatlaridan biri mavjud 

boʻlgan Elektr maydonga zaryad kiritilganda unga Gʻ kuch taʼsir etishidir. 

Elektr maydon elektr maydon kuchlanganligi Yo va maydon potensiali f 

bilan tavsiflanadi. Elektr maydon kuchlanganligi maydonning kuch 

xarakteristikasi boʻlib, u miqdor jihatdan maydonning muayyan nuqtasidagi 

birlik musbat zaryadga maydon tomonidan taʼsir etadigan elektr kuchlanishi 

bilan oʻlchanadi. Kuchlanish 

vektor

 

kattalik boʻlib, yoʻnalishi musbat 



zaryadga taʼsir etuvchi kuch yoʻnalishi bilan bir xil. Barcha nuqtalarda Elektr 

maydon kuchlanganligi ham yoʻnalish, ham miqdor jihatdan bir xil boʻlgan 

magnit maydon bir jinsli maydon deb ataladi. Maydon 

potensiali

 skalyar 



 

kattalik, u Elektr maydonning energetik xarakteristikasi hisoblanadi. Elektr 

maydonni yaqqol tasavvur qilish maqsadida elektr kuch chiziqlari va 

ekvipotensial sirt tushunchalaridan foydalaniladi. Har bir nuqtasida Ye 

vektor oʻziga urinma boʻlgan chiziqni elektr kuch chizigʻi deyiladi. Elektr 

kuch chiziqlari Elektr maydonni faqat yaqqol tasvirlabgina qolmay, balki 

ularning zichligi orqali Ye ni baholash mumkin. Kuch chiziqlari zich 

oʻtkazilgan joylarda kichik boʻladi. Bir jinsli maydonning kuch chiziqlari 

oʻzaro parallel yotadi. Hamma nuqtalarida potensial qiymati bir xil boʻlgan 

sirtlar ekvipotensial sirtlar deyiladi. Bir jinsli Elektr maydon uchun 

ekvipotensial sirtlar oʻzaro parallel tekisliklardagi, nuqtaviy zaryad maydoni 

uchun markazi zaryad ustida yotgan konsentrik aylanalardan iborat. 




Download 138,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish