Fargʻona teatri
Fargʻona teatri
, Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi Fargʻona
viloyat musiqali drama va
komediya teatri — Oʻzbekistonning koʻhna teatrlaridan biri. 1930-yilda tashkil boʻlgan.
Tashkilotchilari Mamadali Haydarov, Soli Ahmedov. 1933-yil Margʻilon teatr truppasi ham
Fargʻona teatriga birlashtirildi. Muxammad Tojizoda bosh rej. etib tayinlandi. B. Poʻlatov,
M.Olimova, M. Qoriyeva, S.Qosimov, L.Sarimsoqova, S.Saidova, A.Rahmonov, Ya.Mamatxonov
kabilar teatrning dastlabki ijodkorlaridir. M. Tojizoda "Ichkarida" (K.Yashin; T. Jalilov) musiqali
dramasini sahnalashtirdi. Ona rolini ijro etgan L.Sarimsokrvaning
ijro mahorati qimmatli
tajriba maktabi boʻldi. Ketmaket sahnalashtirilgan "Halima", "Arshin mol olon", "Yondiramiz",
"Nomus va muhabbat", "Gulsara", "Rustam", "Platon Krechet" kabi spektakllar bilan teatr oʻz
mavkeini mustahkamladi. Teatr repertuari rangbarang mavzularga alohida eʼtibor berdi. "Ikki
boyga bir malay" (K.Goldoni), "Malikai Turandot" (K.Gotssi), "Uylanish" (N.Gogol), "Nomus"
(G.Mdivani) kabi tarjima asarlar sahnaga qoʻyildi. Pekin tomoshabin ruhiyatidan bir qadar
uzoq va sahnalashtirishda koʻringan tajribasizlik tufayli teatr faoliyatini ular emas, balki
xalqqa yaqin "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun" kabi musikali dramalar belgiladi. Ilk bor
Fargʻona teatrida sahnalashtirilgan "Tohir va Zuxra" (S.Abdulla; T.Jalilov) spektakli musiqali
drama rivojida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Teatrning birinchi 10 yilligida M.
Haydarov
asosiy ijodiy siymo boʻlib, uning ustozligida S.Ahmedov, S.Qosimov, A.Rahmonovlar rej.
sifatida yetildilar. S.Saidova, Ya.Mamatxonov, F.Xoʻjayeva, Yu.Oripov, A.Yunatonov kabi
isteʼdodli aktyorlar va Gʻ. Toshmatov, Z.Haydarov, Gʻ.Hotamov kabi sozanda va bastakorlar
tarbiya topdilar. Urush yillari T: Shevchenko nomidagi Ukraina va Moskva Lenin komsomoli
teatrlari bilan bir binoda ijod qildilar. "Nodira", "Besh soʻmlik kelin" kabi musiqali asarlar
hamkorlik namunasi boʻldi. "Qurbon Umarov", "Davron ota"
kabi asarlar ham shu yillar
mahsuli.
Urushdan keyingi yillarda yuqori va shirali ovozga ega boʻlgan aktyorlarning yetishuvi xalqqa
yaqin musiqali dramalarni tubdan qayta talqin etish imkonini berdi: "Layli va Majnun",
"Gulsara", "Nurxon", "Tohir va Zuhra" va boshqa Oʻtmish va shaxslarga qiziqish natijasi oʻlaroq
"Alisher Navoiy", "Muqimiy" spektakllari yuzaga keldi. Yangi yaratilgan musiqali dramalar
orasida "Alpomish", "Ravshan va Zulxumor", "Qumrining murodi" teatrga katta muvaffaqiyat
keltirdi. Zamonaviy mavzuda "Shohi soʻzana", "Ogʻriq tishlar", "Yurak sirlari", jahon mumtoz
asarlaridan "Aybsiz aybdorlar", "Makr va muhabbat" sahnalashtirildi. 60-
yillar teatr repertuari
"Togajiyanlar", "Toshbolta oshiq", "Meli xobbonu Nabi tovon", "Tobutdan tovush", "Oy tutilgan
tunda" kabi spektakllar bilan boyidi. 1966-yil ilk bor Fargʻona teatrida kuyilgan "Gul va Navroʻz"
(S. Abdulla, M. Muxamedov; T. Jalilov) spektaklidan boshlab musiqali drama yoʻnalishida
keskin koʻtarilish boshlandi. Bu yillar X. Qozoqova, F. Baratova, J. Oxunov, T. Qrdirov, K.
Ahmedova, X. Hojinabiyeva, Q.Hotamova
kabi aktyorlar, bosh dirijyor D. Jalilov, sozandalardan
M. Murtazoyev, M. Gʻiyosov, Y. Ergashev kabi va isteʼdodli rassom 3. Gʻoyibovlar yetakchilik
qildilar.
1970-yil teatrga bosh rej. boʻlib kelgan N. Otaboyev diqqatini ijtimoiy koʻlami keng asarlarga
qaratdi: "Parvoz" (Uygʻun), "Revizor" (N. Gogol), "Qandala" (V. Mayakovskiy), "Oʻtgan kunlar" (A.
Qodiriy), "Muxtor vakil" (N. Yusufiy) va boshqa shular jumlasidan. "Toʻylar muborak" (Oʻ.
Hoshimov), "Toʻydan keyin tomosha" (Shukrullo), "Oq buloq parizodi" (M. Mirzayeva), "Hokimi
mutlaq" (M. Karim) singari spektakllarni 3. Madaliyev sahnalashtirdi.
80- yillardan avj ola boshlagan milliy uygʻonish, oʻzlikni anglash Fargʻona teatrida ham oʻz
aksini topdi. Teatrga rej. boʻlib kelgan O. Salimoye Ch. Aytmatov asari asosida "Sohil boʻylab
chopayotgan olapar"
nomli ilk spektaklidayok, uning ijtimoiy muammolarni keskin ifoda
etishlik xususiyati namoyon boʻldi. Ifoda shaklining oddiyligi va maʼno koʻlamining kengligi
shu rej. sahnalashtirgan "Temir xotin" (Sh. Boshbekov) spetaklida namoyon boʻldi. Mazkur
spektakl Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston teatr festivalida oliy mukofotga sazovor boʻldi va shu
spektaklda Qoʻchqor rolini ijro etgan M. Yusupov "eng yaxshi erkak roli"
mukofoti bilan
tak,dirlandi. Rej.ning "Jafoga vafo" (Alp Jamol), "Qogʻoz qayiqchalar" (I. Tursunov),
"Qoʻngʻirokli yolgʻonchi" (A. Obidjon) spektakllari teatr mavkeini baland kutarilishida asosiy
omillardan boʻldi. Ajoyibgʻaroyib sarguzasht, samimiy yumor, oddiylik, soʻz
bilan harakat,
musiqiy va plastik vositalarning oʻzaro qovushimligi "Toshkentga sayohat" (Hamza asari
asosida B. Omonov tabdili) spektaklining keng dovrugʻ taratishiga sabab boʻldi.
Istiklol davri ijod erkinligi tufayli dunyoga kelgan qator original spektakllarda Fargʻona
teatrining hayotiy voqelikka yondashuvi oʻziga xos tarzda namoyon boʻldi. Oʻtmish tarixi bilan
faxrlanish tuygʻusi sahna temurnomasiga hissa boʻlib qoʻshilgan "Amir Temur va
Toʻxtamishxon" (T. Mirzo), AlFargʻoniyga qaratilgan "Osmonga sigʻmagan muxabbat" (Y.
Sulaymon), "Parijga sayohat" (Molyer pyesasi, Sh.Boshbekov tabdili), "Kampir topaymi,