O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O’ZBEKISTON DAVLAT
SAN’AT VA MADANIYAT INSITITUTI
FARG’ONA MINTAQAVIY FILIALI
“Professional cholg’u ijrochiligi”
yo’nalishi 2-bosqich talabasi
Turg’unboyev Hojimurodning
MUSTAQIL ISHI
Mavzu : Musiqali drama
Reja :
1. Musiqali drama janrining kelib chiqish tarixi
2. O’zbekistonga musiqali drama janrining
kirib kelishi va rivojlanishi
3. O’zbek musiqali dramalari haqida.
4.Xulosa
Musiqali drama - 1) musiqa (vokal va cholgʻu) hamda
soʻz sanʼatiga asoslangan saxna asari, musiqali teatr janri.
Musiqali drama namunalari Sharq (mas, 5-asr Xindiston,
12-asr Xitoy)da shakllangan. Mazkur janr Ozarbayjonda
20-asr boshida, Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda 1920-yillarda
vujudga kelgan va o’sha davrlarda rivojlana boshlagan .
Musiqali dramada sahna voqealari, qahramonlarning ichki
kechinma va holatlari, oʻzaro mu-nosabatlari soʻz, musiqa,
dramatik harakat, shuningdek, raqs orqali ifodalanadi,
musiqa va soʻz bir-birini toʻldirib, asar mazmunini ochishga
xizmat qiladi. Oʻzbekistonda musiqali drama janri 1910—
20 yillardan milliy adabiybadiiy tomosha sanʼati va musika
merosi zaminida shakllana boshladi. Uning tarkib
topishida oʻzbek xalq tomoshalarida musiqadan
foydalanish tajribalari, shuningdek, ozarbayjon teatrining
musiqali dramatik spektakllari muhim rol
oʻynadi. Hamzaning "Hoy, ishchilar", "Qarmoq",
"Quzgʻunlar" kabi inssenirovkalari, "Fargʻona fojiasi"
tetralogiyasi; Gʻulom Za-fariyning "Halima" pyesasi;
Xurshidning Navoiy dostonlari asosida yaratilgan "Farhod
va Shirin” , "Layli va Majnun" asarlarida Musiqali
dramaning oʻziga xos jihatlari mustahkamlana boshladi.
Oʻzbek Musiqali dramasi oʻz taraqqiyotida bir necha davrni
bosib oʻtdi. Dastavval pyesaga mos musiqa materiali xalq
ijodidan saralab olingan boʻlsa, 1930-yillarning boshida S
Abdullaning "Poʻrtana", M. Muhamedov va Komil
Yashinning"Ichkarida" kabi zamonaviy asarlari
sahnalashtirilganida xalq musiqa merosi namunalarini
qayta ishlashga urgʻu berilgan. Oʻzbek bastakor va kom-
pozitorlari Musiqali drama musiqasining ifodaviy
imkoniyatlarini kengaytirishdi. "Layli va Majnun"
(Navoiyning shu nomli dostoni asosida Xurshid librettosi;
T. Sodiqov va N. Mironov musiqasi), "Farhod va Shirin"
(Navoiy-Xurshid, V. Uspenskiy), "Gulsara" (K. Yashin; R.
Glier) kabi Musiqali dramalar shular jumlasidandir.
Musiqali dramaning adabiy va musiqa jihatidan
yuksalishida dramaturglardan K. Yashin, S. Abdulla va
bastakor T. Jalilovning xizmatlari katta. Ular qalamiga
mansub "Nurxon", "Ravshan va Zulxumor" (K. Yashin; T.
Jalilov), "Tohir va Zuhra", "Alpomish", "Muqimiy", "Gul va
Navroʻz" (S. Abdulla, T. Jalilov) kabi yetuk Musiqali
dramalar mavjud. 1950-yillardan boshlab bu janrda
mustaqil ijod qiluvchi oʻzbek kompozitorlari yetishib chikdi:
M. Leviyev, A. Muhamedov, S. Boboyev, H. Rahimov. Ik.
Akbarov, D. Zokirov, D. Soatqulov, S. Jalil, M. Yusupov, S.
Hayitboyev, M. Bafoyev, M. Mahmudov, F. Olimov va
boshqa Ular oʻzbek musiqa merosi, Yevropa professional
musiqa uslubi, ifoda vositalari va shakllari (jumladan,
ariya, duet va boshqa ansambllar, xor va raqs sahnalari)ga
tayanib, oʻz Musiqali dramalarida haqiqiy musiqiy
dramaturgiya hosil qilishga intilishdi. Dramaturg ,
kompozitor va ijrochilarning malakasi oshishi natijasida
Musiqali drama zamonaviy professional musiqalidramatik
janr darajasiga koʻtarildi va uziga xos xususiyatlariga ega
boʻldi. "Vatan ishqi" (3. Fatxullin, Sh. Saʼdulla; S. Boboyev),
"Momo yer" (Ch. Aytmatov qissasi asosida T. Tula
inssenirovkasi; I. Akbarov musikasi), "Navoiy Astrobodda"
I.Maxsumov; Yu. Rajabiy, S. Jalil), "Prometey" (Yu.
Marsinkyavichyus; M. Bafoyev), "Yusuf va Zulayho" (R.
Bobojon; F. Olimov), "Kumush shahar malikasi" (I. Sulton;
Ik. Akbarov) kabi Musiqali dramalar bunga misoldir. Sof
drama kabi Musiqali drama ham musikali drama, musiqali
fojia, musikali komediya kabi turlarni oʻz ichiga oladi.
Oʻzbek kompozitorlari ijodidan katta urin olgan musiqali
komediyani musiqashunoslar mustaqil janr sifatida tadqiq
qiladilar; 2) operaning dastlabki nomlaridan biri (ital.
dramma in musica, dramma per(la) musica). 16-asr oxiri —
17-asr boshlarida Italiya (mas, K. Monteverdi ijodi)da
paydo boʻlgan. 1639-yil paydo bulgan yangi "opera" nomi
Musiqali drama urnini egallay boshlagan. 19-asr oʻrtalarida
R. Vagner oʻzining yuksak musiqali-dramatik rivojiga ega
boʻlgan "Nibelunglar uzugi" tetralogiyasi, "Tristan va
Izolda", "Parsifal" operalarini Musiqali drama deb
taʼriflagan, M. Musorgskiy esa "Boris Godunov",
"Xovanshchina" kabi asarlarini xalq Musiqali dramalari deb
atagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |