Farg‘ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti bo’M



Download 5,86 Mb.
Sana20.06.2022
Hajmi5,86 Mb.
#681110
Bog'liq
Sobitova G. 18.54 Biokimyo
TARJIMAI HOL, Мустакил таълим мавзулари Лойихаларни бошкариш 3 курс 22 й (1), 93900, Rahmonova Shohsanam 18.54 Biokimyo va molekulyar biologiya, bayonnoma ko\'chirmasi Asal, zarur, farm.tex 10-mustaqil, 1 вавриант 19952

FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI BO’M
YO’NALISHI 18.54-GURUH TALABASI
SOBITOVA GULIRUXSOR
BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA
FANIIDAN
MUSTAQIL ISHI
MAVZU: Molekulyar biologiyani boshqa fanlar bilan aloqasi va fanni o’rganishda qo’llaniladigan metodlar.
REJA:
1
2
3
Molekulyar biologiyani boshqa fanlar bilan aloqasi
Molekulyar biologiyani ahamiyati va rivrivojlnishi
Molekulyar biologiyani o’rganishda qo’llaniladigan metodlar.
Molekulyar biologiya hozirgi kunda biokimyodan farq qiladigan o'z tadqiqot usullarini jadal rivojlantirish davrini boshidan kechirdi. Bularga, xususan, gen muhandisligi, klonlash, sun'iy ifoda va genlarni nokaut qilish usullari kiradi. DNK genetik ma'lumotning material tashuvchisi bo'lganligi sababli, molekulyar biologiya genetikaga yaqinroq va molekulyar genetika genetikaning ham, molekulyar biologiyaning ham bo'lagi bo'lgan birikmada hosil bo'ladi. Molekulyar biologiya viruslarni tadqiqot vositasi sifatida keng ishlatgani kabi, virusologiyada ham ular o'z muammolarini hal qilish uchun molekulyar biologiya usullaridan foydalanadilar. Genetika ma'lumotlarini tahlil qilish uchun kompyuter texnologiyalari qo'llaniladi, shuning uchun molekulyar genetikaning yangi sohalari mavjud bo'lib, ular ba'zan maxsus fanlar deb hisoblanadi: bioinformatika, genomika va proteomika.
Enter title
Enter title
Molekulyar biologiya - hayotning asosiy xususiyatlari namoyon boʻlishini molekulyar darajada oʻrganadigan fan. Molekulyar biologiyaning muhim yoʻnalishlariga irsiy axborotni amalga oshirish mexanizmlari va hujayraning genetik apparati strukturasi hamda funksional tuzilishini tekshirish (molekulyar genetika), viruslarning hujayra bilan oʻzaro taʼsiri mexanizmlarini oʻrganish (molekulyar virusologiya, organizmning immun reaksiyalari qonuniyatlarini aniqlash (molekulyar immunologiya), energiyaning hosil boʻlishi va oʻzgarishining molekulyar asoslari (molekulyar bioenergetika) va boshqalar kiradi. Molekulyar biologiya hayotiy hodisalarni makromolekulalar, yaʼni oqsil va nuklein kislotalar yoki juda sodda tuzilishga ega boʻlgan xayotiy obʼyektlar — hujayra komponentlari, yaʼni mitoxondriy, xloroplast, ribosoma, yadro, hujayra membranalari, viruslar va prionlar darajasida tekshiradi.
Molekulyar biologiya fani quyidagi fanlar bilan aloqador.
Nonobiotehnologiya
Hujayra va gen injeneriyasi
Tibbiyot genetikasi
Endokrinologiya
Fanning tadqiqot metodlari
1. Gomogenlash.
2. Ultrasentrifugalash.
3. Ekstraksiya.
4. Tahlil
Gomogenlash. Biokimyoviy tadqiqotlar hujayra, to`qima, organ tarkibiy qismlarida joylashgan organoid yoki uning bo`lakchalarida, masalan, membranalarida o`tkaziladigan bo`lsa, unda hujayra yoki to`qimani avval maydalash kerak bo`ladi. Buning uchun ko`pincha to`qimani gomogenizator yordamida mexanik parchalash usuli qo`llaniladi.
Sentrifugalash - suyuqlik tarkibidagi og`ir qismlarni markazdan qochuvchi kuch ta`sirida engil qismlaridan ajratish usuli. Aralashmadagi og`irligi katta bo`lgan bo`lakchalar birinchi navbatda cho`kadilar. Ular ajratib olingach, cho`kma usti suyuqligini (supernatant) qayta katta tezlikda sentrifugalab, boshqa qimslarini ham ajratish mumkin. Aralashmadagi komponentlarni aniqlash maqsadida o`tkaziladigan sentrifugalashni preparativ sentrifugalash deb atalib, undan qonning shaklli elementlarini ajratishda, siydikdagi hujayralarni cho`ktirib, ajratib olishda va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.
Tahlil usullari. Elektroforez deb tashqi elektr maydoni ta`sirida zaryadlangan zarralarni taqsimlanishiga aytiladi. Elektroforez biologik eksperimentlarda, klinik meditsinada qon oqsillari va peptidlari, ayniqsa, qon zardobini tahlil qilishda qo`llaniladigan zamonaviy usul hisoblanadi. Zaryadlangan zarralar o`lchovi va zaryadining katta-kichikligiga qarab elektr maydonida har xil tezlikda harakatlanadilar, bu esa ularni o`zaro ajralib, taqsimlanishiga olib keladi.
Xromatografiya. Xromatografiya har xil aralashmalarni o`z tarkibiy qismlariga taqsimlanishini o`rganadi.
Spektrofotometrik tahlil usulida eritmadagi yoki qattiq muhitdagi moddaning nur yutishi ma`lum to`lqin uzunligiga to`g`ri kelishi aniqlanadi. Spektrofotometrni qo`llab spektrni ko`zga ko`rinadigan (600 dan 1100 nm), ultrabinafsha spektr qismida (220 dan 650 nm gacha) ishlash mumkin.
Biologik birikmalarning tuzilishi, almashinuvi va vazifalarini o`rganish uchun kimyo, fizik-kimyo, matematika, fiziologiya usullari bilan bir qatorda biologik kimyoning o`zining xususiy tadqiqot usuli – fermentativ tahlil usuli ham bor. Bu usul amaliy tibbiyotda, farmasiya va ilm-fanning turli sohalarida hamda xalq xo`jaligida keng qo`llaniladi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.To`raqulov Yo.X. “Biokimyo” – T.: “O`zbekiston”, 1996.
2.Zikiryaev A., Mirhamidova P. Biokimyo” T.:“Tafakkur bo`stoni” 2013
3.Valixanov M.N. “Biokimyo” T.: “Universitet” 2008.
4.Mirhamidova P. va boshq. “Biokimyo, amaliy mashg`ulotlar” – T. “Universitet” 2002
T
Elektron ta`lim resursi
1. http://ziyonet.uz/
2. https://www.google.uz
thank you
Download 5,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
toshkent davlat
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
covid vaccination
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
haqida umumiy
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti