Energetika sistemasi. Energetikaning sanoat tarmog’i sifatidagi tavsifi



Download 25,09 Kb.
bet1/3
Sana12.04.2022
Hajmi25,09 Kb.
#546849
  1   2   3
Bog'liq
1-MA’RUZA. ENERGETIKA SISTEMASI.


1-MA’RUZA

ENERGETIKA SISTEMASI. ENERGETIKANING SANOAT TARMOG’I SIFATIDAGI TAVSIFI.




Reja


1.Jamiyat taraqqiyotida energetikaning roli.
2.Energiya turlari va undan foydalanish masshtablari. Elektr
energiyadan keng foydalanishning sabablari.
3.Energetika va energetika sistemasi. Energetika sistemasining boshqa
sistemalar bilan a’loqasi.
4.Energiya resurslari va ulardan foydalanish.
5.Energetik ishlab chiqarish jarayoni va uning bosqichlari.
6.Jahon va O‘zbekiston Respublikasi miqyosida energiyadan foydalanish
darajasi.


Tayanch iboralar: Energiya, energiya resursi, qayta tiklanuvchi energiya resursi, qayta tiklanmaydigan energiya resursi, asosiy energiya resursi, energetika, elektr energetikasi, energetika sistemasi, elektr sistemasi, birlamchi energiya, ikkilamchi energiya, ishlab chiqarish jarayoni.

KIRISH


Texnikaviy taraqqiyotda energetikaning roli
Insoniyat jamiyati va uning yutuqlari taraqqiyoti bevosita ishlab chiqarish darajasi va kishilar hayoti uchun zarur moddiy sharoitlarni yaxshilash bilan bog‘lik. Ilmiy-texnikaviy va sotsial taraqqiyot odatda iste’mol qilinuvchi energiyaning ortishi, energiyaning yangi – yanada samarali turlaridan foydalanishni o‘zlashtirish bilan hamohangdir.
Hozirgi zamon mashinalarida iste’mol qilinuvchi energiya miqdori juda ko‘p. Buni quyidagi solishtirish asosida ifodalashimiz mumkin. Jahonning barcha ishga yaroqli aholisi bir yil davomida har sutkada 8 soat davomida to‘liq fizik kuch bilan ishlagan taqdirda ham hozirgi zamon issiqlik va gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqariluvchi energiyaning yuzdan biri miqdorida ham energiya ishlab chiqara olishmaydi. Energiyani iste’mol qilish bundan keyin ham ishlab chiqarish darajasini o‘sishini ta’minlagan holda oshib boradi.
Iqtisodiy taraqqiyotni fizik va aqliy bo‘lmagan mehnatni almashtiruvchi mukammal avtomatik boshqariluvchi mashinalar asosida tezlashtirish faqat iste’mol qilinuchi energiyani va ishlab chiqarish darajasini oshirish orqaligina mumkin.
Insoniyat o‘z taraqqiyoti davomida taxminan 900-950 TVt.soat energiyani sarf qildi. Buning uchdan ikki kismidan ko‘prog‘i so‘nggi 40 yilga to‘g‘ri keladi. Energiyani iste’mol qilishdagi nojinslilik alohida xarakterlidir. Bu ko‘rsatkich, ayniqsa xozirgi davrda elektr energiya uchun juda kattadir. Masalan, 1983 yilda bir kishiga to‘g‘ri keluvchi elektr energiya iste’moli Norvegiyada 21350 kVt.soatni tashkil etgan bo‘lsa, Hindistonda 184 kVt.soatni, Burundida 11 kVt.soatni tashkil etdi.
Energiyaga ehtiyoj uzluksiz ravishda ortib bordi. Bu o‘z navbatida yangi energiya resurslarini qidirib topish, energiyani bir turdan boshqa turga o‘zgartirishning yangi usullarini ishlab chiqish zaruratini yaratdi. Hozirgi davrda turli xil energiyalardan – Quyosh energiyasi, organik yoqilgining ximiyaviy energiyasi, daryolar, dengizlar va okeanlar suvlarining mexanik energiyasi, shamol energiyasi, og‘ir yadrolarning parchalanishida hosil bo‘luvchi yadro energiyasidan foydalanish ananaviylashgan.
YUqori darajadagi texnik taraqqiyot va u bugungi kunda erishgan yutuqlar sifat jihatidan yangi turdagi energiyadan, xususan elektr energiyadan foydalanmasdan mumkin bo‘lmasdi. Elektr energiya xozirgi davr insoniyat taraqqiyotida keng foydalaniladi. Elektr energiya sanoatda turli mexanizmlarni harakatga keltirishda, bevosita texnologik jarayonlarda, transportda va madaniy-maishiy hayotda keng qo‘llaniladi. Zamonaviy a’loqa vositalari – telefon, telegraf, radio, televedine kabilarning ishlashi ham elektr energiyasidan foydalanishga asoslangan. Usiz kibernetika, hisoblash texnikasi kosmik texnika kabilarni rivojlantirish mumkin bo‘lmas edi. Elektr energiyaning asosiy xususiyati shundan iboratki, u uzoq masofaga oson uzatilishi va nisbatan sodda va kam isrof bilan boshqa turdagi energiyalarga o‘zgartirilishi mumkin.
Bir yil davomida Quyosh kosmosga juda ko‘p mikdorda energiyani nurlantirib, undan yuzasi 5*108 km2 bo‘lgan Ergacha taxminan 7,5*1017 kVt.soat energiya etib keladi.
1983 yil davomida Er yuzi bo‘yicha taxminan (80-83)*1012 kVt.soat miqdorida birlamchi energiya foydalanildi. Birlamchi energiya resurslarini iste’mol qilishdagi o‘rtacha quvvat 9-10 mlrd.kVt ni tashkil etdi. Jahonda elektr energiya ishlab chiqarish 8360 TVt.soatni, barcha elektr stansiyalarning o‘rtacha quvvati 2 mlrd.kVt.soatni tashkil etdi.
1994 yilda O‘zbekiston Respublikasi 46487,4 mln.kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, shundan 6939,4 mln.kVt.soati GESlarda va 39548 mln.kVt.soati IESlarda ishlab chiqarildi. Blok stansiyalarda 1254,7 mln.Kvt.soat elektr energiya ishlab chiqarildi.
Elektr va issiqlik energiyalarini ishlab chiqaruvchi energetika sistemasi bevosita yoqilgi bilan ta’minlash sistemasi, ya’ni birlamchi energiya bilan ta’minlash sistemasi bilan bog‘liqdir (K.1-rasm).
Energetika sistemasini qurish va uning ish sharoitlari bevosita tabiiy faktorlar (masalan, suv xavzalarining mavjudligi, energetika resurslarining geografik joylashuvi va iste’molchilarning joylashuvi) bilan bog‘liqdir. Bioseraning holati, uni energetika qurilmalarining ishi bilan bog‘liq ifloslanganlik darajasi energetika sistemasining texnik xarakteristikalari va ish holatlariga nisbatan ma’lum cheklovlarni vujudga keltiradi.
Energetika sistemasini boshqarish faqat uning biosferaga ta’sirini emas, balki yoqilgi bilan ta’minlash sistemasining sotsial funksiyalari, sanoat, transport va boshka faktorlarning ham ta’sirini e’tiborga olib amalga oshiriladi.







K.1-rasm. Energetika sistemasining boshqa sistemalar bilan bog‘lanish sxemasi.

Energetika resurslaridan foydalanish

Download 25,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish