Farg’ona davlat universiteti ijtimoiy ish yo’nalishi magistranti
Mullojonov Muxriddin Obloyor o’g’li tomonidan yozilgan “Oʼzbekistonda keksalarni ijtimoiy himoyalashda ijtimoiy taʼminot tizimini rivojlantirish mexanizmlari” nomli magistrlik dissertatsiyasiga
T A Q R I Z
Ijtimoiy ta’minot – aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlamlari uchun yo‘naltirilgan moddiy, nomoddiy, moliyaviy yordam turidir. Ijtimoiy ta’minot ijtimoiy xizmatlar va moliyaviy yordam orqali keksalarni ijtimoiy himoyalashning muhim ko‘rinishidir. Hozirda ijtimoiy ta’minot ko’rsatish doimiy rivojlanayotgan butun bir tizimdir. Respublikamizda ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarni rivojlantirish, yangi turdagi yordam va xizmat shakllarining joriy etilishi, bu yo‘nalishga katta e’tibor qaratilayotganini bildiradi. Keksalar jamiyatning eng zaif qatlamlaridan biridir, shuning uchun ular samarli ijtimoiy himoyaga muxtojdir. Ijtimoiy ta’minot keksalarni himoya qilish vositalaridan biridir. Yakka yolg’iz keksalarning institutsional muassasalari tomonidan ijtimoiy himoyasini ta’minlash va bu borada samarali faoliyatni tashkil etish, muhim ahamiyatga ega.
Dissertant Mullojonov Muxriddin Obloyor o’g’li tomonidan yozilgan “Oʼzbekistonda keksalarni ijtimoiy himoyalashda ijtimoiy taʼminot tizimini rivojlantirish mexanizmlari” nomli magistrlik dissertatsiya ishi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo’nalishlariga mos keladi hamda dissertatsiyaning shaklu-shamoyili, hajmi, mazmuni, yozilish uslubi, qo’yilgan masalalar bayoni, muammolar yechimi aniq-ravon izohlangan bo’lib,kirish, uchta bob, sakkizta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.
Tadqiqot ishida keksalarning ijtimoiy ta’minotini o‘rganishning ilmiy-metodologik asoslari, keksalik davridagi fuqarolar alohida demografik guruh sifatida, xalqaro miqyosda keksalarning ijtimoiy ta’minoti va himoyasi, Ijtimoiy ta’minot tizimining elementlarini shakllantirishning asosiy tamoyillari, O‘zbekistonda keksalarni ijtimoiy ta’minotining ko‘rinishilari, keksalarning pensiya ta’minoti, nafaqalari va ijtimoiy kompensatsiyalari, keksalarning sog‘liqni saqlash va tibbiy sanitar yordam ko‘rinishlari, O‘zbekistonda keksalarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini rivojlantirish muammolari va istiqbollari sotsiologik tadqiqot asosida Farg’ona viloyati Farg’ona shahridagi “Saxovat” keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uyi misolida yoritilib berilgan.
Tadqiqot ishi natijalarining amaliyotda qo’llanilishi esa keksalarni ijtimoiy himoyasini ta’minlashda samarali metodik asos hamda ijtimoiy ishda kasbiy ijtimoiy aralashuvni amalga oshirishda muhim yo’naltiruvchi bo’lib xizmat qiladi.
Ushbu ishda mazkur yutuqlar qatorida ayrim kamchiliklar ham mavjud bo’lib, mavzuning dolzarbligidan kelib chiqib, mavjud yakka yolg’iz keksalar bilan ishlovchi lavozim egalari faoliyatini, ish funksiyalarin ham ochib berishga harakat qilinganda edi yanada maqsadga muvofiq bo’lar edi. Lekin ishning hozirgi holati va sifatiga ta’sir etmaydi. Aksincha kamchiliklarni to’ldirilishi, ishning sifatini yanada ortishiga xizmat qiladi.
Dissertatsiya ishi ilmiy-mantiqiyligi va hozirgi zamon talablari darajasida yozilgani uchun himoya qilishga tavsiya etaman.
Farg’ona viloyati Farg‘ona shahar “Sahovat” keksalar va nogironligi
bo’lgan shaxslar uchun internat uyi rahbari:
_________ N.Askarova
Do'stlaringiz bilan baham: |