Dars ishlanmasidan na`muna
6-«B»-sinf
Fan nomi: Matematika
Darsning mavzusi: Proporsiyaning asosiy xossasi
Dars maqsadi:
Ta`limiy maqsad: O`quvchilarda "Proporsiyaning asosiy xossasi" haqida yangi ilmiy-nazariy bilimlarni yetkazish va bu tushunchalar haqida to`la tasavvur hosil qilish qobiliyatini shakllantirish;
Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ularda do`stlik tuyg`ularini shakllantirish, komil inson sifatida voyaga yetishiga hissa qo`shish. Ajdodlarimiz buyuk me’rosi bilan o’quvchilarni tanishtirish,olingan bilimlarni hayotda qo’llay olish
Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish, dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars metodi: Zinama-zina, Aqliy hujum va misol masalalar yechish
Darsda foydalanadigan jihozlar: Darslik, AKT jihozlari, tarqatma materiallar, rag`bat kartochkalari, didaktik materiallar, slayd.
I.Tashkiliy qism: Darsni tashkil qilish, o`quvchilar bilan salomlashish, sinf xona tozaligini tekshirish, navbatchi axborotini tinglash, kun yangiliklari bo`yicha suhbat, kun hikmati eslatib o`tiladi:``Birlashgan o`zar-birlashmagan to`zar``.
II.O`tgan mavzuni takrorlash: O`tgan mavzu ya`ni: ``Nisbat va proporsiya`` mavzusini takrorlash maqsadida o`quvchilar bilan "Aqliy hujum" metodidan foydalanamiz. Ya'ni bu metod orqali oʻquvchilarga oʻtilgn mavzu yuzasidan tezkor savollar berib ularning xotirasini,bilimini va tezkorligini baholab olamiz.Bunda quyidagi savollar va misollardan foydalanamiz:
Ogʻzaki soʻrov metodi orqali tezkor savollar beramiz:
1. Nisbat deganda nimani tushunasiz?
2. Nisbatning hadlarini ayting.
3. Nisbatning hadlariga misollarda keltiring.
4. Nisbatning xossalarini ayting.
5. Nisbatning xossalariga misollar keltiring.
6. Proporsiya deb nimaga aytiladi? Misollar keltiring.
7. Biror misolda proporsiyaning o’rta va chetki hadlarini koʼrsating.
Tezkor javob bera olishga qiynalgan,ya'ni tezligi pastroq oʻquvchilarga esa oʻtilgan mavzuga doir 5 lik,4 lik va 3 lik baholarga moslashtirilgan misollar yozilgan kartochkalarni tarqatamiz va ularni baholash jarayonida ragʻbat kartochkalari ham berib boramiz.Natijada oʻquvchilar yangi mavzuni tushunish uchun oʻtilgan mavzuni yanada mustahkamlab oladi va ularning mavzuga qiziqishi yanada ortadi.
1. 3 ta sonning nisbati 2:3:8 kabi, yigʻindisi esa 67,6 ga teng.Shu sonlarni toping.
2. 135 m uzunlikdagi simni 3:5:15 nisbatda teskari proporsional qismlarga ajrating.
3.To‘rtta sonning yig‘indisi 1740 ga teng. Birinchi son bilan ikkinchi son 3:6 nisbatda, ikkinchi son bilan uchinchi son 4:5 nisbatda, uchinchi va to‘rtinchi sonlar 10:7 nisbatda bo‘lsa, sonlarning barchasini toping?
4. Uzunligi 35 m va massasi 840 g bo‘lgan mis simdan 24,5 m sim qirqib olindi. Qolgan sim bo‘lagining massasi qancha?
III.Yangi mavzuni tushuntirish:
Ikki nisbatning tengligi proporsiya deyiladi. Demak, = tenglik proporsiyadir. Uni 4 : 5 = 8 : 10 deb yozsa ham bo’ladi. Bundan 4 ∙ 10 = 5 ∙ 8, ya’ni 40 = 40 tenglikni olamiz. 5 va 8 sonlari proporsiyaning o’rta hadlari, 4 va 10 sonlari esa uning chetki hadlari deyiladi.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: Yangi mavzuni mustahkamlash uchun "Zinama- zina" metodidan foydalanamiz.Ya`ni bu metod o`yin tarzida tashkil etishga mo`ljallangan bo`lib, zinalarda berilgan misollarni to`g`ri zinama-zina yechib borib, marraga kim birinchi yetib borish o`ynaladi. Albatta bunda har bitta zinaga chiqqandan so`ng, zinalardagi savollar ham shuncha qarab qiyinlashib boraveradi ya`ni marra qancha yaqinlashgani sari unga yetishish usuli ham shuncha qiyinlashadi. Bu o`yin bolalarni ayniqsa 6-sinf o`quvchilarini diqqatini darsga qaratib olish uchun juda ham samarali metod hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda o`quvchini fikrlash qobiliyati ham oshiradi.
+x):14=(
60 : 15 = x : 2
3x : 4 = 9 : 20
V.O`quvchilarni baholash: O`quvchilarni olgan bilimlari hamda qilgan ishlarini nazorat qilib baholanadi, ularni yo`l qo`ygan kamchiliklarini to`g`rilaydi.
VI.Uyga vazifa berish: O`quvchilarga darslikdagi uyga vazifa 557-558-559- masalalarni mustaqil ishlab kelish.
Tashkiliy qism: 4 daqiqa
O`tgan mavzuni takrorlash: 10 daqiqa
Yangi mavzuni tushuntirish: 15 minut
Yangi mavzuni mustahkamlash: 8 daqiqa
O`quvchilarni baholash: 2 daqiqa
Uyga vazifa berish: 1 daqiqa
Hammasi: 40 daqiqa
Do'stlaringiz bilan baham: |