2-MAVZU: Fizika darslarida Edraw Max dasturi yordamida elektron didaktik materiallar tayyorlash.
Reja
Didaktik materiallar
Edraw Max dastur imkoniyatlaridan foydalanish.
Edraw Max dastur yordamida didaktik materiallar tayyorlash
Annotatsiya: Ushbu mavzuda didaktik materiallar xaqida umumiy ma’lumotlar va didaktik materiallarni yaratishda foydalaniladigan Edraw Max dastur imkoniyatlari, xamda undan foydalanish bo’yicha ma’lumotlar bayon etilgan.
Tayanch so‘z iboralar: Didaktik material, didaktik vositalar, elektron o‘quv qo‘llanma, electron darslik, Edraw Max dasturi, proyektor, slayd, diagramma, grafika, biznes rejalar.
Didaktik materiallar
Bugungi kunda ta'lim sohasida fan va texnikaning so‘nggi yutuqlari asosida ishlab chiqilgan audio, video, telekommunikatsiya va informatsion texnika va texnologiyalarning qo‘llanilishi katta axamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun ularning didaktik imkoniyatlari bilan tanishib chiqish va mashg‘ulotlarda ularni qo‘llashni o‘rganish bo‘lajak o‘qituvchilar uchun ularning kelajak faoliyatida katta yordam beradi.
Didaktik materiallar - bu biror bir ko‘rinishda ifodalangan bilimni taqdim qilishdir. Umumiy qilib didaktik materiallar deganda, bilish jarayonida pedagogik jihatdan ishlov berilgan va tizimga solingan maqsadli vazifalar to‘plamini tushunish mumkin.
Didaktik vositalar bizga tanish, hayotimizda uchraydi-gan, xatto biz foydalanib yurgan vositalar bo‘lishi mumkin. Ularning hammasi ham aynan ta'lim berish uchun ishlab chiqarilgan vosita bo‘lishi shart emas. Masalan, televidenieni olsak, u turmushimizda dam olish uchun qo‘llaniladigan maishiy texnik vositasi bo‘lsa, aholi orasida targ‘ibot ishlarini olib borishda ommaviy axborot vositasi hisoblanadi. Lekin undan ta'limda ham keng foydalanmoqdamiz. Masalan, masofadan turib o‘qitishda u didaktik vosita sifatida qo‘llanilayapti.
O‘quv mashg‘ulotlarida o‘quvchilarga beriladigan, namoyish qilinadigan, bajarib ko‘rsatiladigan va shunga o‘xshash barcha turdagi o‘quv axborotlarini biz didaktik materiallar deymiz. Ularni qachon va qaysi maqsadda qo‘llashimizga qarab alohida guruxlarga ajratib chiqamiz. Ushbu materiallarni qo‘llash va tayyorlashda didaktik vositalardan foydalanamiz. Masalan, plakatlar, diapozitivlar, fotosuratlar, audio, televizion va videomateriallar, axborot texnologiyalari asosidagi materiallar va h.k. O‘z navbatida vositalarni tuzilishi, ishlash tamoyili va didaktik imkoniyatlariga qarab tasniflaymiz. Shundan kelib chiqqan holda biz mashg‘ulot davomida bir necha turdagi didaktik materiallarni qo‘llaymiz, buning uchun tegishli didaktik vositalardan foydalanamiz. Bular esa birgalikda shu mashg‘ulot uchun tuzilgan didaktik vositalar majmuasi hisoblanadi.
Elektron darslik va qo‘llanmalar masofali o‘qitishda yuqori faollikka ega bo‘lishi lozim.
Elektron o‘quv qo‘llanmani shartli ravishda elektron o‘quv-uslubiy majmua (EUUM) deb atash mumkin. Uning tarkibiga mazmunan o‘zaro bog‘langan quyidagi bloklar kiritiladi:
• tashkiliy-uslubiy blok;
• axborot-ta'lim bloki;
• ma'lumotlar bloki;
• amaliy mashq va topshiriqlar bloki;
• natijaviy nazorat bloki.
Didaktik materiallar:
- kognitiv faollikni faollashtirish,
- bilimga undaydi,
- o'qitish,
- bolalarni turli xil axborot manbalari bilan ishlashga o'rgatish.
Didaktik materiallar - bolalar bog'chalarida va maktablarda bilim olishga yordam beradigan turli xil yordamchi materiallar, qo'llanmalar. Bular asosiy o'quv qo'llanmalari va dasturlariga qo'shimcha ravishda ishlatiladigan materiallar. Bunday materiallar o'qitish, fikrlash va boshqa ko'nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi.
Didaktik materiallarga mustaqil ishlarning matnlari, testlar, matematik diktantlar kiradi.
Ular didaktik materiallarni to'ldiradi va o'quv dasturidagi ba'zi mavzularni to'liq ochib beradi. Ular birinchi navbatda o'quvchilarning bilim qobiliyatini rivojlantirishlari uchun zarurdir. Didaktik materiallar ular bilan faqat mustaqil ish olib borilishi bilan ajralib turadi. Odatda, ushbu materiallar ingl. - xaritalar, jadvallar, kartalar, raqamlar va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |