Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!



Download 15,67 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi15,67 Kb.
#301245
Bog'liq
STEAM TA'LIM TEXNOLOGIYASIOEng katta boylik


Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!

Sh. Mirziyoyev

STEAM ta’lim texnologiyasi maktab o‘quvchilarni yangicha o‘qitish metodikasi bo‘lib, an’anaviy o‘qitish metodikasidan farqli tizim hisoblanadi. U o‘quvchilarni bir vaqtning o‘zida beshta –fan (Science), Texnologiya (Technology) injenerlik san’ati (Engineering), Tasviriy san’at (Art), Matematika (Math) bo‘yicha o‘qitishga mo‘ljallangan. Bu esa barkamol avlodning fikrlash qobiliyatini, irodasi, ijodiy salohiyati va kirishuvchanligini yanada rivojlantirish imkonini beradi. Steam ta’limda amaliy mashg‘ulotlar yordamida ilmiy-texnik bilimlarni real hayotda qo‘llash tushuniladi. Steam texnologiyasi aslida O‘rta Osiyoda azaldan qo‘llangan, faqat bu fanlaro bog‘lanish ya’ni integratsiya deb yuritilgan.

Steam texnologiya aslida ham integratsiya faqat fanlar bo‘yicha emas balki “mavzu”lar bo‘yicha integratsiyalashgan o‘qitish tizimidir.

Maktab darsliklardagi mavzular bir-birini uzviy bog‘liqligi, mavzularo bog‘liqlik aslida STEAM yondashuv asosida tartibga solingan. Faqatgina Steam yangicha termin xolos.

Shu o‘rinda buyuk sohibqiron Amir Temur so‘zlari esimga tushdi “Bizning qudratimizga shubha qilsangiz, biz qurgan binolarga boqing”. Fanlararo , mavzulararo integratsiya qo‘llanilmaganida edi Amir Temur qurdirgan diyorimizda qad ko‘tarib turgan tarixiy obidalar o‘z jozibasi bilan chet ellik sayyohlarni maftun qilmas, hozirgacha tik turmas (Math-matematika, ART-San’at, Engineering –Muhandislik Texnology-Texnologiya, Geografy-Geografiya)), Mirzo Ulug‘bekning “Ziji Kuragoniy” asari yozilmas, go‘zal O‘zbekistonimizning yana bir bezagi Ulug‘bek rasatxonasi shu kungacha dunyo olimlarini hayratga solmas (Texnology-Texnologiya, Science-Fan, Astronomy-Astranomiya, Geografy-Geografiya), Alisher Navoiy yozgan g‘azallari yod olinmas,  asarlari yetib kelmas edi (Art-san’at). Shunga o‘xshash juda ko‘p misollar keltirish mumkin.

Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi bilan Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi hamkorligida STEAM yondashuv va xalqaro baholash dasturlari yuzasidan trenerlarni tayyorlash loyihasida o‘z tajribalari bilan ishtirok etish maqsadida tashrif buyurgan AQShlik mutaxassis Allan Millerning aytishicha -“Sizlarning ta’limingizda ham Steam ta’lim texnologiyasidan foydalaniladi, faqat o‘quvchilarga beriladigan topshiriq va masalalarda aniq muammoni qo‘yilishi muhim o‘rin tutadi, muammoni hal etishda esa mavzulararo integratsiyaga muhim e’tibor qaratish kerak. O‘qituvchi o‘quvchilarni mustaqil fikrlashini kengaytirish uchun muammoli vaziyatlarni keltirib chiqaradigan topshiriqlarni oldindan tayyorlashi shart”.

Masalan, texnologiya yoki geometriya darslarida oldindan tashkil qilingan guruhlarga “10 ta A4 formatdagi qog‘ozlardan eng uzun, eng baquvvat, eng chiroyli va asosining yuzasi eng kichik bino maketini yasang” topshirig‘i beriladi. O‘ylab ko‘ring-a bu yerda qaysi fanlar va nechta mavzu integratsiyasi mavjud. Bu masalani yechashda o‘quvchilar geometriya (geometrik shakllarning yuzasini hisoblash), fizika (hajm, massalar markazi, zichlik), tasviriy san’at (dizayn), muxandislik (loyiha, chizma, maket), geografiya (masshtab, qulay yer maydoni) kabi mavzular integratsiyasi bilan shug‘ullanadilar.



Men Steam yondashuv va xalqaro baholash dasturlari yuzasidan trenerlarni tayyorlash loyihasi ishtirokchisi sifatida shuni ayta olamanki, o‘z kasbining fidoiysi, o‘qituvchidek mashaqqatli va huzurli kasbni o‘z yelkasiga olgan har bir pedagog Steam trener bo‘la oladi, Steam yondashuvni esa nafaqat Prezident maktablarida balki barcha umumta’lim maktablarida qo‘llay olamiz.

Karshiyeva Dilnoza Utkirjonovna

Samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi o‘qituvchisi
Download 15,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish