Energetik sathlar va ular orasidagi o‘tish ehtimoliyati
Reja:
Energetik sathlar orasidagi o‘tishlar haqida umumiy tushunchalar
Eynshteyn koeffitsiyentlari
Zarralarning uyg‘ongan holatda yashash vaqti
Metastabil holat
Har bir spektral chiziq (yutilish, chiqarish va sochilish) o‘zining chastotasi, integral va spektral intensivligi, qutbsizlanish koeffitsiyenti, yarim kengligi va boshqa kattaliklari bilan xarakterlanadi (1-rasm).
1-rasm. Spektral chiziq konturi
Spektral chiziqlarning intensivliklari o‘tish ehtimoliyatiga bog‘liq. Faraz qilamizki Е1 va Е2 energiyalar bilan xarakterlanadigan statsionar holatlar berilgan bo‘lsin. Bu holatdagi sermolekulalikni yoki molekulalarning zichligini N1 va N2 bilan belgilaymiz (2-rasm).
Energetik sathlar orasidagi o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan ikki holni qaraylik.
Birinchi hol: Biron dt vaqt ichida birinchi holatdan ikkinchi holatga energiyani yutish bilan o‘tgan molekulalarning soni quyidagiga teng bo‘ladi .
(1)
Bu vaqtda yutilgan energiyaning umumiy miqdori
(2)
(1) - formuladan koeffitsiyent
(3)
(3) - formuladan ko‘rinadiki a12 - dt vaqt ichida o‘tgan molekulalar sonini umumiy molekulalar soniga nisbatini bildiradi yoki molekulalarning o‘tish ehtimoliyatini xarakterlaydi. Boshqacha aytganda bitta zarrachani ko‘rsatilgan vaqtda energiyani yutish yo‘li bilan o‘tish ehtimoliyatini ko‘rsatadi.
Ikkinchi hol: Xuddi shunday formulalarni dt vaqt ichida E2 E1 holat uchun yozish mumkin ya’ni:
(4)
(4) dan
(5)
f21-dt vaqt ichida 21 holatga o‘tgan molekulalarning umumiy molekulalar soniga bo‘lgan nisbatini bildiradi yoki nurlanish ehtimoliyatini bildiradi. Uyg‘ongan molekulalar uyg‘ongan holatda abadiy yashamaydi biron yo‘l bilan asosiy stasionar holatga qaytib keladi. Shu molekulalarning qaytib kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi hodisalar bo‘lishi mumkin.
2-rasm. Energetik sathlar orasidagi o‘tish ehtimoliyati.
Energetik holatlar orasidagi o‘tish ehtimoliyati to‘g‘risidagi savolga oydinlik kiritaylik. Bu o‘z vaqtida A.Eynshteyn tomonidan 1917 yilda chiqarilgan bo‘lib o‘z-o‘zidan (spontan) va majburiy o‘tish deb yuritiladi.
1.Uyg‘ongan molekulalar tashqi maydonning ta’sirisiz ichki kuchlar ta’sirida asosiy holatga qaytadi. Bunday o‘tishga spontan yoki o‘z-o‘zidan o‘tish deyiladi bu vaqtdagi nurlanishga spontan nurlanish deyiladi.
2.Uyg‘ongan molekula tashqi maydon ta’sirida qaytib kelishi mumkin. Bunday o‘tishga majburiy o‘tish yoki majburiy nurlanish deyiladi.
3.Spektroskopiya uchun uncha katta ahamiyatga ega bo‘lmagan nurlanishsiz o‘tishlar.
Yuqorida aytilgan o‘tishlarni xarakterlash uchun Eynshteyn o‘z koeffitsiyentlarini kiritdi. Spontan o‘tishlarni xarakterlash uchun А21-ni kiritdi. Bu koeffitsiyent spontan o‘tishlar ehtimoliyatini xarakterlaydi. Majburiy yutilish ehtimoliyati quyidagiga teng
(6)
В12 - yutilish uchun Eynshteyn koeffitsiyenti deyiladi. - tashqi maydon energiyasini spektral zichligini xarakterlaydi.
Xuddi shunday majburiy nurlanish ehtimoliyati quyidagiga teng
(7)
В21—majburiy nurlanish uchun Eynshteyn koeffitsiyenti.
Shunday qilib nurlanishning to‘liq ehtimoliyatini quyidagicha yozishimiz mumkin
(8)
Eynshteyn koeffitsiyentlari А21, В12, В21 orasida bog‘lanishlar mavjud va bu bog‘lanishlardan biri quyidagicha
(9)
lar 1 va 2-statsionar holatlarning statistik og‘irliklari. А21 va В21 koeffitsiyentlari orasida ham bog‘lanishlar mavjud bu bog‘lanish quyidagiga teng:
. (10)
(10) dan А21 - ni qiymatini topib (8) ga qo‘yamiz
(11)
bundan
(12)
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |