O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
IQTISODIYOT FAKULTETI SIRTQI TA’LIM
“IQTISODIYOT (TARMOQLAR VA SOHALAR BO‘YICHA)”
ta’lim yo‘nalishi 2-kurs (o‘zbek) talabasi
Rahmonqulov Abdulvohid Dilmurodovichning
“Ekonometrika asoslari” fanidan
MUSTAQIL ISH
Toshkent-2022 yil
Mavzu: Auditorlik tashkilotining ish xujjatlari. Auditorlik tanlash va uning usullari.
Reja:
Kirish.
Auditorlik tashkilotining ish xujjatlari.
Ishchi hujjatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibi.
Auditorlik tanlash usullari, tanlash uslubini shakllantirish, tanlash risklari va natijalarini baholash.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Respublikamizdagi bozor iqtisodiyotiga o’tish tamoyillari va uning keyingi bosqichlarida ustivor yo’nalishlarning belgilanishi, ayniqsa ijtimoiy-siyosiy hayotni, jumladan, iqtisodiyotni erkinlashtirish mulkdorlar sinfini tashkil qilishdan kelib chiqqan holda bir qancha yangi malakali mutaxassislarga, nazariy va amaliy kurslarga, fanlarga ehtiyoj tug’iladi. Shulardan eng muhimi audit fani va auditorlik kasbidir. Ushbu sohada g’arb mamlakatlarida katta tajriba to’plangan.
Auditor (lotincha «auditor» - «eshituvchi», «o’quvchi» degan ma’nolarni anglatadi) – ma’lum muddat davrida korxona moliya-xo’jalik faoliyatini tekshiruvchi shaxsdir. Auditor so’zining lug’aviy ma’nosi ham uning iqtisodiy ma’nosiga ancha yaqin. O’rta asrlarda o’quv yurtlarida sinf, guruh ichida boshqa o’quvchilarga nisbatan bilimi kuchli, zukko o’quvchilarni auditor deb ham atashgan. Shu toifadagi o’quvchilarga boshqa o’quvchilarning darslarni qanday bajarayotganligini, bilimlarni qay darajada o’zlashtirayotganligi kabilarni tekshirish vazifalari yuklatilgan. Mana shu holatdan ko’rinib turibdiki, auditorni mijozning moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirib, uning ishonchini qozonadigan shaxs desa ham bo’ladi.
Bozor infratuzilmasi unsurlari ichida auditorlik kompaniyalarining roli va tutgan o’rni alohida ahamiyatga ega. AQSh, Yaponiya, Germaniya, Frantsiya, Angliya va boshqa rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ham ma’lumki, auditorlik kompaniyalari bozor infratuzilmasi unsurlarining zanjirli tizimida asosiy xalqalardan biri bo’lib hisoblanadi. Auditorlik kompaniyalari korporatsiyalar, firmalar va boshqa xo’jalik yurituvchi tuzilmalarning ishlab chiqarish, moliya-xo’jalik faoliyatida muomalalarning to’g’ri amalga oshirilganligini tasdiqlab, mijozlarning ularga bo’lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Auditorlik firmalari bozor infratuzilmasining eng muhim unsurlaridan biri bo’lib, ular mulkdorlar va davlatning mulkiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida mustaqil moliyaviy nazoratni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |