Doston yirik epik janr boʻlib, doston aytishda har viloyat, vohaning oʻziga xos anʼanalari boʻlganligi kabi Surxondaryo- qashqadaryo dostonchilik maktabining oʻziga xos maktablari shakllangan



Download 48,5 Kb.
Sana23.05.2022
Hajmi48,5 Kb.
#608275
Bog'liq
2.2. Qashqadaryo33-WPS Office


2.2. Qashqadaryo-Surxondaryo baxshi ijrochilik anʼanalari.
Doston yirik epik janr boʻlib, doston aytishda har viloyat, vohaning oʻziga xos anʼanalari boʻlganligi kabi Surxondaryo- Qashqadaryo dostonchilik maktabining oʻziga xos maktablari shakllangan. Surxondaryo- Qashqadaryo musiqa uslubida dostonchilik ayrimlarining oʻziga xoslik jihatlari dostonlar, ya'ni baxshi- shoirlar qaysi cholgʻu joʻrligida, qanday dostonlar ularning repertuaridan oʻrin olganligi va qaysi vaqtlarda aytilishi xususiyatlari bilan boshqa maktablardan farq qiladi. Bu vohada doston ijrochilari shoir, yuzboshi yoki baxshi deb ataladi.
Surxondaryo va Qashqadaryo dostonchilik an'analarining izchil rivojlanishi bugungi kunlarda ham tizimli tarzda davom etmoqda. Shuning uchun ham bu maktab bugungi kunda ham oʻz anʼanalarini yoʻqotmay kelmoqda. Doston adabiy- musiqiy asar boʻlib, uning tarkibida nasriy va sheʼriy ohang qismlari boʻlib, ular mazmunan oʻzaro mushtarak boʻlishi tabiiy holdir. Doston aytuvchi baxshilar sanʼatida soʻz ustasi, qoʻshiq kuylovchi va soz (doʻmbira) cholgʻu birlashgan boʻladi. Binobarin baxshilar dostonlarning nasriy qismlarini mahorat bilan badiiy soʻzlash orqali hikoya qilsalar, sheʼriy boʻlaklarni qoʻshiq shaklida maxsus ichki (bo'g'iq) ovoz bilan qoʻshiq aytib kuylaydilar. Bunda doʻmbira sozidan jo'rnavoz sifatida foydalanadilar.
Dostonlarni mavsumi Qashqadaryo va Surxondaryo asosan kech kuzda, qishloq ahli dehqonchilik bilan bogʻliq yigʻim-terim ishlarini tugatganidan soʻng boshlanib, to erta bahorga qadar davom etadi. Odatda baxshilar mahalliy aholi tomonidan maxsus uyushtirilgan dostonchilik kechalari oʻtkazish uchun xonadonlardan biriga taklif etiladi. Bu xonadonda mahalla ahli, qo'ni- qoʻshnilar ham yigʻilishib baxshining doston ijrolarini tinglashgan. Bunday kechalar bir necha kungacha davom etishi mumkin boʻlgan. Bundan tashqari baxshilarni oilaviy bayram, toʻy marosimlari va boshqa sayigl, hasharlarda, bayram tantanalarida ham baxshi- doston aytuvchilarni etishgan va bu odat tusiga kirgan.
Xalq ogʻzaki ijodida dostonlar nazm va nasrda boʻladi. Jahon mumtoz adabiyotida alohida doston janri mavjud boʻlib, ular oʻzining keng qamrovlilik, hajmining kattaligi, koʻtarib chiqqan ijtimoiy, siyosiy, ahloqiy muammolari, syujetining sertarmoqliligi, dramatizmining oʻtkirligi, personajlarining koʻpligi bilan ajralib turadi. Bunday dostonlar markazida jamiyat va xalq taqdiri, jamiyat, xalq va qahramonlar taqdiri bir butunlikda yaxlit tasvirlanadi. Xalq dostonlarida xususan, Qashqadaryo- Surxondaryo baxshilari tomonidan kuylanadigan ,, Alpomish ", ,, Go'ro'g'li " turkumidagi dostonlar ,, Erali va Sherali", ,, Oftobxon", ,, Gulnor pari", ,, Shirin bilan Shakar", kabi dostonlarda yaxshilik bilan yomonlik, mardlik, vatanni sevish, chin sevgi va xiyonat, halollik bilan manqurtlik oʻrtasidagi kurash badiiy boʻyoqlarda tasvirlanadi. Bunday dostonlar qahramonlarida vatanparvarlik, mardlik, jasurlik, insonparvarlik, mehr- muhabbat, doʻstlik va sadoqat, mehnatsevarlik g'oyalari mujassamlashadi.
Xalq dostonlarida ( Go'ro'g'li, Alpomish, Avazxon kabi) yuksallashtirish, mubolagʻa tasvir ustun boʻladi. Masalan, dostonlarda turli afsonalar, asirlar, hikoyatlar, dev parilar ( Go'ro'g'li, Avazxon, Ravshanxon va Zulhumor), Xizr, ajabtovur otlar (G'irkok, Boychibor kabi), shuningdek sehr jodu koʻp ishlatiladi. Bularning barchasi xalq orasida tarqalgan diniy- mantiq mazmunidagi qarashlar najitasi boʻlib, baxshilar tomonidan dostonlarni xalq tomonida qiziqish bilan tinglanishga boʻlgan ahamiyatini oshirish maqsadida qoʻllangan.
Xalq baxshilari anʼanaviy uslubda ( baxshi, dostonchi, xalq shoirlari), dutor, doʻmbira ayrim holatlarda boshqa cholgʻular joʻrligida ijro etib kelingan va bu anʼana hozirgi vaqtda ham oʻz qimmatini saqlab kelayotganligi diqqatga molikdir. Xalq folklorida mavjud boʻlgan dostonlar bilan yozma adabiyotdagi mavjud dostonlar shakl- shamoili jihatidan bir xil koʻrinishda boʻlsada, yozma adabiyotdagi dostonlar oʻquvchining dunyoni oʻziga xos tarzda idrok etishi, baholashi va oʻz fikr- g'oyalari bilan voqea- hodisalarni bayon qilish uslubi bilan farqlanadi.
Oʻzbek dostonchilik ijodi, xususan Qashqadaryo- Surxondaryo dostonchilik an'analari asrlar davomida oʻsib, sayqal topib, avloddan-avlodga ,, ustoz- shogird" anʼanasi orqali oʻtib, shakl va mazmun jihatdan rang- baranglashib kelgan. Hozirda xalqimiz maʼnaviyatidan muhim oʻrin olgan ,, Alpomish", va ,, Go'ro'g'li" turkum dostonlarida oʻzbek dostonchiligining taraqqiyot yoʻllari, rivojlanish davrlarini koʻrish mumkin.
Xalq ogʻzaki poetik ijodidagi qadimiy anʼana boʻlib, dastlabki davrlarda qoʻshiq shaklida, musiqa asbobisiz kuylanadigan asar sifatida maʼlum boʻlgan. Keyinchalik (X, XI asrlar) doʻmbira joʻrligida aytiladigan turlari yuzaga kelgan. Epik dostonlarni yaratuvchi va kuylovchi badihago'ylar koʻpayib borgan sari ustoz- shogird anʼanalari kela boshlagan. Natijada taxminan XV- XVI asrlarda dostonchilik maktablari shakllana boshlagan. XVII- XVIII asrlarga kelib doston ijrochiligida jiddiy koʻtarilish bosqichi boʻlib, XIX- XX asrlar esa uning eng rivojlangan davri boʻlganligi mutaxassis folklorshunoslar tomonidan maʼqullanadi. Manbalarda qayd etilishicha bu davrda baxshi- dostonchilik shu qadar ommalashadiki, bu davrda ijod etgan baxshilar ijodida 150 san ortiq xalq dostonlari boʻlib ularni Tilla kampir, Sulton kampir, Sholmon baxshi, Bo'ron shoir, Samarqandda Ergash Jumanbulbul, Jassoq baxshi, Xorazmda Xonimjon xalfa, Buvi shoira, Samarqand, Namangan, Qashqadaryo- Surxondaryo vohalarida Suyib baxshi, Amin baxshi Qoʻldosh bulbul, Sulton Murod baxshi, Qurbonbek baxshi, Sherka yuzboshi kabi namoyondalari ijod qilishgan. Ergash Jumanbulbul oʻgʻli, Fozil Yoʻldosh oʻgʻli, Polkan shoir, Islom shoir Nazar oʻgʻli, Saidmurod Panoh og'li, Berdi baxshi, Abdulla Nurali oʻgʻli, O'mir shoir, Bola Baxshi (Xorazm) Ahmad baxshi kabi yetakchi yetakchi sanʼatkorlar oʻzlariga zamondosh boshqa viloyatlar baxshilari bilan birgalikda bu epik anʼananie davom ettirdilar. Dostonlarda qatʼiy tartibga rioya qilingan. Doston eshitish uchun maxsus kechalar uyushtirilga, toʻy- hashamlar baxshilarsiz oʻtmagan. Tinglovchilar baxshilarni toʻrga oʻtkazib oʻzlari uning atrofida joʻr boʻlib oʻtirishgan. Baxshi doʻmbirasini sozlab tinglovchilarga
Download 48,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish