Dori vositalarining tanaga kiritilishi



Download 13,27 Kb.
Sana26.04.2022
Hajmi13,27 Kb.
#583371
Bog'liq
Dori vositalarining tanaga kiritilishi


Dori vositalarining tanaga kiritilishi
Dori vositalari ta’sirini o‘rganish va samarasini oshirish hamda kasallikning oldini olish yoki bemorga davo qilish maqsadida ular tanaga yuboriladi yoki sirtga qo‘llaniladi. Dori preparatlarining davo ta’siri samarali, tez, uzoq va asoratsiz bo‘lishi, ularning yuboriladigan yo‘liga va usuliga ko‘p tomondan bog‘liqdir. Masalan, shunday dori vositalari borki, og‘iz orqali yuborilganda ta’siri yuzaga chiqmaydi (adrenalin, insulin), in’yeksiya qilinganda esa ta’siri yaxshi namoyon bo‘ladi, yoki ta’siri boshqa yo‘l orqali yuborilganga nisbatan o‘zgacha bo‘ladi. Masalan, magniy sulfatning eritmasi ichilsa, ichni suradi, in’yeksiya qilinsa esa tinchlantiradi,qon bosimini tushiradi h.k.
Dori vositalari tanaga asosan 2 yo‘l bilan yuboriladi: enteral va parenteral.
Enteral yo‘l. Dori vositalarini me’da-ichak yo‘li orqali tanaga kiritish har tomonlama qulay va oson hisoblanadi. Bunga dorilarni og‘iz orqali (rer os), til ostiga qo‘yish ( sub lingua), to‘g‘ri ichakka yuborish (rer rectum ) usullari kiradi. Dori vositalarini og‘iz orqali qabul qilish juda keng ishlatiladi, chunki u tabiiy yo‘l bo‘lib, qabul qilinayotgan dori stirillangan bo‘lishi shart emas. Ushbu usuldan bemor ko‘pincha o‘zgalar yordamisiz foydalanadi. Og‘iz orqali har xil shakldagi ko‘pgina dori preparatlari yuboriladi. Qattiq (poroshoklar, tabletkalar, pilyulalar) va suyuq (eritmalar, tomchilab ichiladigan va boshqalar) dori shakllari shular jumlasidandir. Ko‘pchilik fitopreparatlar (damlama, qaynatma, tindirma, quruq va suyuq ekstraktlar va b.) og‘iz orqali yuboriladi. Shu bilan birga og‘iz orqali yuborishning kamchiliklari ham mavjud. Masalan, behush xolatda bu yo‘ldan foydalanib bo‘lmaydi; bemorga tez tibbiy yordam ko‘rsatish zarurligida qo‘l kelmaydi; ayrim dorilar me’da shirasida parchalangani uchun ularni yuborib bo‘lmaydi. Masalan, polipeptid tuzilishdagi va boshqa vositalar (adrenalin, insulin, penitsillin va hokazo); dori preparatlarning me’da - ichakdan so‘rilishi sharoitga qarab har xil bo‘lgani uchun ularning nafi ham kutilgandek bo‘lavermaydi; ayrim dori preparatlarni (sulfanilamidlar, antibiotiklar) og‘iz orqali uzoq yuborilsa, ichak mikroflorasini buzib, har xil ko‘ngilsiz asoratlarga olib kelishi mumkin. Ayrim dorilarni nahorga ichilsa (atsetilsalitsil kislota, rezerpin va boshqalar), me’da shilliq pardasini ta’sirlab, hatto yaralar (eroziya), qon ketishi hollarini keltirib chiqarishi mumkin.
Dori vositalarini og‘iz orqali yuborishdan yuqorida eslatib o‘tilgan kamchiliklarga qaramay, ularni yo‘qotish choralarini ko‘rgan holda tibbiyot amaliyotida keng foydalaniladi.
Dori preparatlarini til ostiga qo‘yish usuli asosan og‘iz shilliq pardasidan suvda va ayniqsa yog‘da eriydigan va yaxshi so‘riladigan dori vositalari uchun qo‘l keladi (nitroglitserin, trinitrolong, validol, metiltestosteron va boshqalar). Ushbu dorilar og‘izdan so‘rilib ta’siri tezda yuzaga chiqadi, chunki og‘iz shilliq pardasi qon tomirlarga boy bo‘lib, dori moddasi qonga so‘rilgandan keyin jigarga bormay, katta qon aylanishiga o‘tadi va ta’sir ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, og‘iz bo‘shlig‘ida bu dori preparatlar oshqozon-ichak fermentlari ta’siridan holi bo‘ladi. Shuning uchun ham ayniqsa yurak ishemik kasalligi xurujlarida (stenokardiya) ushbu yo‘ldan juda keng foydalanildi.
To‘g‘ri ichak orqali dori vositalarini tanaga kiritish yo‘li tibbiyot amaliyotida qisman qo‘llaniladi. Ayniqsa dorilarni og‘iz orqali yuborish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda (behush holat, tinmay qusish, og‘iz-me’dada operatsiyalari) ushbu yo‘l qo‘l keladi. Bundan tashqari, to‘g‘ri ichak kasalliklarida bu yo‘l orqali ishlatiladigan dori vositalari ijobiy maxalliy ta’sir etib, naf beradi. Mazkur usul bilan ko‘pincha dorilar shamchalar shaklida va eritma xolida (davolash klizmasi 100 ml gacha xajmda) qo‘llanildi. Agar eritmali dorilar maxalliy qitiqlovchi ta’sir ko‘rsatsa ularga shilimshiq (sliz) qo‘shiladi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, to‘g‘ri ichakdan qonga so‘rilgan dori moddalari jigarni chetlab o‘tgani sababli o‘z farmakologik ta’sirini butunlay saqlaydi va shu sababli ularning ta’siri og‘iz orqali berilgan dorilarga nisbatan tez va kuchliroq namoyon bo‘ladi. Ayrim hollarda klizma qilinadigan eritma 1-1,5 litrgacha yuboriladi. Chunki to‘g‘ri ichakdan suv, tuzlar,glukoza, aminokislotalar va kichik molekulali peptidlar qonga yaxshi so‘riladi.
Download 13,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish