Laboratoriya mashg’uloti №8 Mavzu: Galvanik elementlar. Ularni tuzish va E. Yu. K hisoblash. Ishning maqsadi



Download 166,24 Kb.
Sana21.06.2022
Hajmi166,24 Kb.
#687074
Bog'liq
LABARATORIYA 8 QURILISH KIMYOSI


Laboratoriya mashg’uloti № 8
Mavzu: Galvanik elementlar. Ularni tuzish va E.Yu.K hisoblash.
Ishning maqsadi: Galvanik elementning tuzilishi va ishlash prinsipini o’rganish.
Kerakli reaktivlar: Rux sulfatning 1n eritmasi, mis sulfatning 1n eritmasi, KCl eritmasi.
Kerakli asboblar: Stakan (50ml) rux elektrodi, mis elektrodi, U – simon naycha.
Тajriba № 1.Galvanik element tuzish.
Ikkita kichkina stakan (50ml) olib, 3/4 qismiga, birinchisiga rux sulfatning 1n eritmasidan, ikkinchisiga mis sulfatning 1n eritmasidan soling. Birinchi stakanga rux elektrodi va ikkinchi stakanga mis elektrodi tushiring, so’ngra plastinkalarni tashqi o’tkazgich bilan tutashtiring. Ikkala eritmani agar-agarning KCl eritmasi bilan aralashtirilgan kleysimon modda to’ldirilgan U – simon naycha bilan tutashtiring. Galvanometr strelkasining siljish sababini tushuntiring va elektrodlarda qanday oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini borishini ko’rsating. Reaksiya tenglamasini yozing. Galvanik elementning E.Yu.K. ni hisoblang.


Metallar korroziyasi.
Ishning maqsadi: Metallar korroziyasi va shu hodisaning oldini olish usullari va korroziya hodisasini tezlatuvchi va sekinlatuvchi omillar bilan tanishish.
Kerakli reaktivlar: Sulfat kislotaning 0,01 n eritmasi, rux lentasi, mis, CuSO4 eritmasi, alyuminiy simi, NaCl eritmasi, qizil qon tuzi K3[Fe(CN)6] temir plastinkalari, fenoftalin, konsentrlangan nitrat, temir mixchalar.
Kerakli asboblar: Тirsakli shisha nay, najdak qog’oz, probirka.
Тajriba № 2. Ikki xil metall bir-biriga tekkanda vujudga keladigan korroziya.
Тirsakli shisha nayga sulfat kislotaning 0,01 n eritmasidan 2-3 ml quyiladi va nayning bir tirsagiga ruxning ingichka lentasi tushiriladi. Bunda vodorod pufakchalarining ajralib chiqishi kuzatiladi. Keyin nayning ikkinchi tirsagiga mis sim tushiriladi, bunda mis sim tegmasligi kerak. u nayga chuqurroq tushirilib, rux lentasiga tekkizilsa, bunda mis sim sirtida vodorod pufakchalari paydo bo’lishi kuzatiladi. Bu galvanik juftda boradigan jarayonlarni tushuntiring. Bundagi katod va anodni ko’rsating.
Тajriba № 3. Metallarning kislotada erish jarayoniga galvanik juft hosil bo’lishining ta’siri.
CuSO4 eritmasidan 2-3-ml quyilgan probirkaga rux bulakchasini soling 4-5 minutdan so’ng eritmani to’king va usti mis bilan qoplangan ruxni suvda ehtiyotlik bilan bir necha marta yuving. Ikkita probirkaga 3-4 ml. dan xlorid kislota eritmasi quyib, probirkalardan biriga mis bilan qoplangan rux bo’lakchasini, ikkinchisiga esa toza rux bo’lakchasini soling. Probirkalarning qaysi birida vodorod kuchli ajralib chiqadi? Nima sababdan?
Тajriba № 4. Хlor ionlari orqali korroziyaning aktivlanishi.
Metallarning himoya pardasini buzib, ularning korroziyalanishini oshiruvchi ionlar aktivlovchi ionlar deb ataladi. Хlor ionlarining aktivlash ta’siri ayniqsa kuchlidir.
Ikkita probirkaga bir bo’lakdan alyuminiy simni solib, ustiga ozgina sulfat kislota qo’shilgan mis sulfat eritmasidan quying, ulardan biriga NaCl eritmasidan bir necha tomchi qo’shing. Qaysi probirkada reaksiya tezroq borishini kuzating. Тajriba natijasini tushuntiring va hosil bo’lgan galvanik juftlar sxemasini tuzing.
Metallarni korroziyadan himoyalash
Tajriba № 5. Epektrokimyoxiy korroziya.
a) Probirkaga 1 ml hajmda 1 n xlorid kislota quyib, rux bo‘lakchasidan tashlang. Vodorod ajralib chiqishiga e'tibor bering. So‘ngra rux bo‘lakchasiga mis simini tegizing. Vodorod ajralib chiqish tezligini kuzating. Mis simi bilan rux bo‘lakchasi o‘rtasida galvanik element hosil bo‘lishini va korroziyaning tezlanishini tushuntiring.
b) Mis sulfat eritmasidan bir ml probirkaga quyib, rux bo‘lakchasidan tashlang. Bir necha minutdan so‘ng rux bo‘lakchasini mis bilan qoplanishini kuzating. Mis bilan qoplangan rux bo‘lakchasini probirkadan chiqarib olib, distillangan suv bilan ehtiyotlik bilan yuving. So‘ngra boshqa ikkita probirka olib, 1 ml dan xlorid kislota eritmasidan quyib. Bittasiga mis bilan qoplangan rux, ikkinchisiga toza rux bo‘lakchasini tashlang. Qaysi birida vodorod ajralib chiqishi kuchliroq? Hosil bo‘lgan rux-mis galvanik elementning sxemasini tuzing va reaksiya tenglamasini yozing.
Tajriba № 6. Himoya qavatining roli.
Probirkaga 2 ml simob (II) nitrat tuzi eritmasidan uning ustiga yaxshilab tozalangan alyuminiy bo‘lakchasini tushirib, eritma bilan ho‘llang va uni probirkadan chiqarib olib, ochiq havoda qoldiring. Bir necha minutdan so‘ng korroziya mahsuloti - alyuminiy gidroksidi yengil kukun holida ajralib chiqadi. Alyuminiy faol bo‘lganligi uchun simobni siqib chiqaradi va alyuminiy yuzasida himoya qavatining paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi amalgama pardasini hosil qiladi. Reaksiya tenglamasini yozing.
Download 166,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish