O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
MAGISTRATURA BO’LIMI
Qo’lyozma usulida
UDK:______
DARMONOV JASURBEK MIRADILOVICH
KADASTR TIZIMIDA AXOLI XUJJATLARINI YARATISHDA WEB ILOVA YARATISH
Mutaxassislik: 5А230107 – “Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari va tizimlari”
Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan
DISSERTATSIYA
Ilmiy rahbar: _________ ________________________________
(imzo) (ilmiy darajasi va unvoni, familiyasi, ismi va sharifi)
ANDIJON-2022
Dissertatsiya Andijon mashinasozlik instituti “Axborot texnologiyalari” kafedrasida bajarilgan
Ilmiy rahbar _________ ________________________________
(imzo) (ilmiy darajasi va unvoni, familiyasi, ismi va sharifi)
Kafedra mudiri _________ ________________________________
(imzo) (ilmiy darajasi va unvoni, familiyasi, ismi va sharifi)
Magistratura bo’limi
boshlig’i _________ ________________________________
(imzo) (ilmiy darajasi va unvoni, familiyasi, ismi va sharifi)
“Kadstr tizimida aholi xujjatlarini yaratishda WEB ilova yaratish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi
ANNOTATSIYASI
Tayanch so’zlar: ko’chmas mulk, kadastr, arxiv, axborot, topografiya, geodeziya, fazoviy ma’lumot, tuproq bonitirovkasi, GIS, yer balansi, reestr, davlat royxatidan o’tkazish, abres, kadastr yig’majildi, kadastr portfeli.
Tadqiqot obyektlari: O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo’mitasi xuzuridagi Kadastr Agentligi Kadastrlar Palatasi Andijon viloyati Oltinko’l tumani filiali.
Ishning maqsadi: O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo’mitasi xuzuridagi Kadastr Agentligi Kadastrlar Palatasining elektron jarayonlari davlat yer kadastri va ko'chmas mulk davlat kadastrining avtomatlashtirilgan tizimini yaratish, ulardagi kadastr hujjatlari va ularning elektron tasvirlari bilan ishlashning qog'ozsiz texnologiyalariga o'tishini ilmiy taklifi va amaliy tavsiyalarini ishlab chiqish.
Tadqiqot metodlari: ilmiy abstraksiyalsh, induktsiya, deduktsiya, kuzatish, ma’lumotlar to’plash, tizimli taxlil, umumlashtirish, monografik taxlil, tarkibiy taxlil va operatsiyon qiymat.
Olingan natijalar va ularning yangiligi: Ko'chmas mulk ko'priklarini boshqarish samaradorligi axborotning tezligi, ishonchliligi va yetarliligi bilan ta'minlash bo’yicha nazariy tavsiyalar berish. Turli uslublar elektron tizimlar orqali kadastr hujjatlari bilan ishlashni takomillashtirish. Kadastrn xujjatlari bilan ishlashda yangicha web ilovalar tavsiya qilindi, asoslandi va amaliyotda qo’llash yo’llari ko’rsatib berildi.
Amaliy ahamiyati: tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar respublikamizdagi kadastr agentligi kadastrlar palatasi tizimida axoli kadastr xujjatlari bilan ishlashda va ish faoliyati sifati, samadorligini oshirish maqsadida foydalanishi mumkin.
Tatbiq etish darajasi va iqtisodiy samaradoqligi: tadqiqot jarayonida ishlab chiqilgan xulosa va takliflar O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo’mitasi xuzuridagi Kadastr Agentligi Kadastrlar Palatasi tizimidagi xujjatlar bilan ishlash kadrlarining o’quv jarayonida foydalanishga tavsiya etiladi.
Qo’llanish sohasi: O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo’mitasi xuzuridagi Kadastr Agentligi Kadastrlar Palatasi tizimi, oliy o’quv yurtlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |