O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
“BUXGALTERIYA HISOBI, SOLIQ VA MOLIYA” KAFEDRASI
BANKLARDA MOLIYAVIY HISOB FANIDAN
Sirtqi bo‘lim 3-bosqich 5230700 – “Bank ishi va audit” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun
NAZORAT ISHLARINI bajarish bo‘yicha
USLUBIY KO‘RSATMA
Samarqand-2022
Tuzuvchi: Adxamov.S.I.-TDIU “Buxgalteriya hisobi, soliq va moliya” kafedrasi assistenti
Taqrizchilar:
Aliqulov A. – iqtisod fanlari doktori, dosent, Samarqand veterinariya medisinasi instituti, “Chorvachilikda iqtisodiy samaradorlik va buxgalteriya hisobi” kafedrasi mudiri, (TurdoshOTM)
S.N.Tashnazarov – Sam ISI, “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi professori, iqtisod fanlari doktori (turdosh OTM)
Nazorat ishlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma kafedra (2022 yil ___ avgustdagi ____-sonli) majlisida muhokama qilingan va tasdiqlash uchun filial o‘quv-uslubiy Kengashiga tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri Xolmurzayev M.
Nazorat ishlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma filial o‘quv-uslubiy Kengashining 2022 yil ___ avgustdagi ___-sonli yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan.
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari F.B.Axrorov
KIRISH
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda tanlagan sohasi bo‘yicha mustaqil faoliyat ko‘rsata oladigan, o‘z bilimi va malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondoshgan holda muammoli vaziyatlarni to‘g‘ri aniqlab, taxlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan mutaxassisllarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan.
Ushbu fan jamiyatdagi iqtisodiy hodisalarni o’rganish hamda banklarda moliyaviy hisobini tashkil etishning nazariy, huquqiy va tashkiliy asoslari haqida bilimni berish, halqaro standartlar asosida moliyaviy hisobotlarni tuzish va tahlil qilish usullarini o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq etishda talabalarga ko‘nikma va malakalarni shakllanishida muhim ro'l o'ynaydi.
Banklarda moliyaviy va boshqaruv hisobining mazmuni hamda uni to‘g‘ri tashkil qilishning ahamiyati, banklarda buxgalteriya hisobi ob’yektlari va subektlari, buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari, bank operatsiyalarini hujjatlarda rasmiylashtirish va hisobini yuritish tartibi, shuningdek, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) amalda qo‘llash bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda tanqidiy fikrlash va samarali qarorlar qabul qilishni o‘rgatish o'rganish masalalari batafsil yoritiladi.
«Banklarda moliyaviy hisob» fani talabalarni jamiyatda ro’y byeradigan iqtisodiy hodisalar bo’yicha o‘z fikriga, natijalari va uni yaxshilashga ongli munosabatda bo’lish, mamlakatni dyemokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlarining mohiyatini ilmiy asosda tushunishda zarur bo’lgan bilimlar bilan qurollantiradi. Shuningdyek, bu fan jamiyatning har bir a’zosini ilmiy jihatdan yo’naltirish, ma’naviy dunyoqarashini kyengaytirish, iqtisodiy madaniyatini oshirishga ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi.
«Banklarda moliyaviy hisob» fani umum kasbiy iqtisodiy fanlar tarkibiga kiruvchi fan bo'lib hisoblanib, 2-kursda o’qitilishi maqsadga muvofiq. «Banklarda moliyaviy hisob» fani boshqa iqtisodiy fanlarning nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib, o’z rivojida aniq yo’nalishdagi iqtisodiy fanlar (Bank hisobi, Buxgalteriya hisobi, Banklarda boshqaruv hisobi, va h.k.)ga asoslanadi va ular bilan uzviy bog’langan holda o’qitiladi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
asosiy bank operatsiyalarini, jumladan pul mablag‘larini omonatlarga (depozitlarga) jalb etish, bank hisobvaraqlarini ochish hamda yuritish, kreditlar berish, lizing, faktoring va boshqa bank operatsiyalari hisobini yuritishni o‘rganadi;
banklarda asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa moddiy aktivlarni hisobga olish tartibini o‘rganish va tasavvurga ega bo’lishi;
moliyaviy hisobotlarni tuzishda tegishli buxgalteriya tushunchasi va tamoyillarini qo‘llashni bilishi kyerak;
tijorat banklarining moliyaviy hisobotlari tuzish va tahlil qilish usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
banklarda buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi qonuniy va me’yoriy hujjatlarni qo‘llash; dastlabki hujjatlarni tuzish va qayta ishlash; bank operatsiyalarini buxgalteriya hisobvaraqlarida aks ettirish va umumlashtirish; banklarda kassa operatsiyalari hisobi yuritish va ularni rasmiylashtirish; banklarda chet el valyutasidagi operatsiyalar hisobi va ularni rasmiylashtirish; ustav kapitalini shakllantirish va ularni hisobga olish; qimmatli qog‘ozlar operatsiyalari hisobini to‘g‘ri tashkil qilish; bank daromadlari va xarajatlari hisobini yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
moliyaviy va boshqa tegishli ma’lumotlarga ishlov berishda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmilariga ega bo’lishi kyerak;
tijorat banklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini halqaro standartlar talablariga muvofiq tashkil etish; zamonaviy kompyuter texnikasi vositalaridan foydalangan holda bank operatsiyalari hisobini dasturiy amalga oshirish tizimlari hamda interaktiv texnologiyalar asosida masofaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish; moliyaviy hisobotlar tuzish va tahlil qilish malakasiga ega bo‘lishi kerak.
Shuning uchun talabalarning nazorat ishlarini bajarish bo‘yicha mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida talabalarni o‘qitish bilan bir qatorda ularni ko‘proq o‘qishga o‘rgatish, bilim olish yo‘llarini ko‘rsatish, nazorat ishlarini yozish hamda o‘zlashtirish uchun yo‘l yo‘riq berish oliy ta’lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.