Burg`ulash paytida geologiyada texnologiya jarayonlari Reja: 1. Burg‘ilash qurilma va minoralari. 2. Quduqlarni burg‘ilash bosqichlari. 3. Burg‘ilash qurilmalari tarkibi va ularning tasnifi. 4. Burg‘ilash minoralari, ularning turlari va jihozlar. 5. Burg‘ilash minoralarini tik yо‘nalish bо‘yicha tanlash 1. Burg‘ilash qurilma va minoralari - Tog‘ jinslariga ta’sir etishga muvofiq burg‘ilash usullari quyidagi turlarga bо‘linadi: mexanik, issiqlik, fizik-kimyoviy, elektr uchqunli va boshqalar. Hozirgi kunda mexanik usulda tog‘ jinslarini parchalash keng qо‘llaniladi, qolgan usullar esa ekspremental ishlov va sinov ishlab chiqarishda qо‘llash mumkin.
- Mexanik burg‘ilash zarbali, aylantirish va zarbali-aylantirish usullarida amalga oshiriladi, lekin aylantirish usuli keng qо‘llaniladi.
- Aylantirish usulida burg‘ilash ishlari Rossiya, Azarboyjon, О‘zbekiston va boshqa kо‘pgina davlatlarda keng olib borilmoqda. Burg‘ilangan tog‘ jinslari quduq tepasiga tо‘xtovsiz eritmaning sirkulyatsiya harakati yoki quduqqa bosim bilan havo va gaz haydash yо‘li orqali chiqariladi.
- Burg‘ilash jarayonini olib borish quyidagi bosqichlardan tashkil topgan: tushirish-kо‘tarish ishlari (burg‘ilash quvurlarini burg‘i bilan quduq tubiga tushirish va ishlatib bо‘lingan burg‘ini burg‘ilash quvurlari bilan birgalikda kо‘tarib olish) va quduq tubida burg‘i bilan ishlov berish (burg‘i bilan jismlarni parchalash).
- Burg‘ilash jarayoni bosqichida quduq ustunida nurash paydo bо‘lganda hamda neft va suv gorizontlarini ajratishda, himoya quvurlarini quduqqa tushirish paytida burg‘ilash ishlari davriy ravishda tо‘xtatiladi.
- Quduqlarni burg‘ilash jarayoni bilan bir vaqtda bir qator yordamchi ishlar ham amalga oshiriladi: namuna olish, yuvuvchi eritmalarni tayyorlash, karotaj qilish, egrilikni о‘lchash, quduqqa neft (gaz) oqimlarini oqib kelishini himoya qilish va hokazo. Avariya va asoratlar sodir bо‘lganda kerakli qо‘shimcha ishlarni amalga oshirishga tо‘g‘ri keladi. Yuqorida sanab о‘tilgan jarayonlarni amalga oshirishda burg‘ilash minoralari qо‘llaniladi.
- 4.1-rasm. Burg‘ilash qurilmasi:
- 1-burg‘i;
- 2-burg‘i ustiga qo‘yilgan og‘irlashtirilgan burg‘ilash quvuri (OBQ);
- 3-o‘zgartma;
- 4-markazlagich;
- 5-muftali o‘zgartma;
- 6, 7- OBQ;
- 8-o‘zgartma;
- 9-oldindan himoyalovchi halqa;
- 10-burg‘ilash quvurlari;
- 11-oldindan himoyalovchi o‘zgartma;
- 12, 14-pastki va yuqori shtangali o‘zgartma;
- 13-yetakchi quvur (kvadrat);
- 15-vertlyug o‘zgartma;
- 16-vertlyug;
- 17-ustun;
- 18-shlang;
- 19-ilgak;
- 20-tal bloki;
- 21-minora;
- 22-kranblok;
- 23-reduktor;
- 24-chig‘ir;
- 25-rotor;
- 26-quyqum ajratgich;
- 27-burg‘ilash nasosi.
- Rotor burg‘ilash minorasining markaziga joylashtiriladi. Burg‘ilash quvurlari va yetakchi quvurlar rotorning ichki bо‘shlig‘iga joylashtiriladi.
- Yetakchi quvurning yuqori uchi bilan vertlyug biriktiriladi. Yetakchi quvur burg‘ilash tizmasi bilan birgalikda aylanadi, uning yuqori qismi esa doimiy qо‘zg‘almas bо‘ladi. Vertlyugning qо‘zg‘almas qismining teshigiga (gartaniga) egiluvchan shlang biriktiriladi hamda nasos orqali yuvish eritmasi quduqqa haydaladi. Yuvish eritmasi yetakchi quvurga hamda burg‘ilash quvurlari birikmasiga, burg‘iga uzatiladi, uning teshigi orqali quduqning tubiga yetkaziladi.
- Burg‘ilash vaqtida quvurlar tizmasi ilgakka osiladi va chuqurlikka ketishiga qarab pastga tushirib boriladi.
- Quduqning yer usti qismidan 30-600 metr oraliqlarda, loyiha asosida «konduktor» tushiriladi. Konduktor berqaror jinslar yoki quduq ichiga suvlarni oqib kelishini berkitish va burg‘ilash tizmalarining tik holatda joylashuvini ta’minlaydi. Konduktor tushiriladi va quduq tashqi qismi sementlanadi, sement aralashmasi quvur ichi orqali haydaladi.
- Sement aralashmasi quvur tashqi tepasiga kо‘tarilib tо‘ldiradi. Sement aralashmasi qotgandan sо‘ng sifati aniqlanadi, mustahkamligi tekshiriladi, dalolatnoma tuziladi.
- Quduqni burg‘ilash ishlari loyihaviy belgiga yetkazilgandan sо‘ng quduqqa mustahkamlash quvurlarining birikmasi tushiriladi va sementlanadi. Suvli va neftli qatlamlarni bir-biridan ajratish uchun sementlash amalga oshiriladi. Agarda burg‘ilash ishlatish birikmasi tagida yutilish, qisilish, angidrit qatlamlarda murakkabliklar paydo bо‘lsa, konduktordan keyin bitta yoki ikkita oraliqqa texnik tizmalar tushiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |