Burg`ulash paytida geologiyada texnologiya jarayonlari Reja


Quduqlarni burg‘ilash bosqichlari



Download 0,55 Mb.
bet2/10
Sana09.07.2022
Hajmi0,55 Mb.
#763533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1543416263 68407

2. Quduqlarni burg‘ilash bosqichlari

  • Burg‘ilash ishlarini boshlashdan oldin quduq burg‘ilanadigan joydagi maydon begona predmetlar tozalanadi, о‘rmon mavjud bо‘lganda daraxtlarni qirqish va kо‘ndalarni qazib olish ishlari amalga oshiriladi. Agar burg‘ilash ishlari botqoqli joyda olib boriladigan bо‘lsa, avtomobil yо‘llari tayyorlanadi. Maydonchaga qurilish materiallari tо‘planadi, burg‘ilash qurilmasi tagidagi botqoqlik bartaraf qilinadi.
  • Qurilish maydoni tekislanadi, elektr yuritmasi, aloqa va suv keltiriladi. Agar mahalliy relf yoki masofa yaqin bо‘lsa, burg‘ilash minorasi demontaj qilinmasdan - maxsus zanjirli telejkalarda yoki sirpanuvchi chanalarda hamda pnevmatik harakatlanuvchi usullar yordamida navbatdagi qazish ishlari boshlanadigan quduqning ustiga о‘rnatiladi.
  • Quduqlarni burg‘ilash jarayonida quduq ichiga tо‘xtovsiz burg‘ilash eritmalari haydaladi.
  • Burg‘ilash eritmalarini tayyorlash usullari quyidagi turlarda bо‘ladi:
  • 1. suv asosida tayyorlangan, ya’ni loy suvda kimyoviy reagentlarning qо‘shimchalari bilan eritilgan yoki oddiy texnik suvda eritilgan bо‘lishi mumkin;
  • 2. neft asosli eritmalar yoki karbonsuvchil eritmalar;
  • 3. emulsiya asosidagi eritmalar;
  • 4. gazsimon yoki aeratsiyali eritmalar;
  • 5.sirt-faol moddalar (SFM) va polimerlar, kо‘pincha poliakrilamid (PAA)li eritmalar.
  • Suv kо‘pgina ijobiy sifatlarga egadir, jumladan: quduq tubidagi parchalangan tog‘ jinslarini yaxshi tozalaydi, burg‘ilash jihozlarini sovitadi, boshqa eritmalar bilan taqqoslanganda arzon bо‘ladi, biroq texnologik suvning qо‘llanilishi chegaralanadi.
  • Mahsuldor qatlamlarni ochishda texnologik suv qatlamga filtratsiyalanib kollektorlarning о‘tkazuvchanligini pasaytiradi va natijada quduqdan neftni qazib olish debitining kamayishiga olib keladi. Suvning sirkulyatsiyasi tо‘xtab qolganda tog‘ jinslari zarrachalarini muallaq holda ushlab turolmaydi, loyli jinslarni bо‘kishga olib keladi va hokazo.
  • Shuning uchun gilli burg‘ilash eritmalaridan foydalaniladi. Gilli eritmalarni tayyorlash uchun bentonit, kaolin va boshqa shu turdagi loylar qо‘llaniladi. Bir tonna bentonitli gilga 14-15 m3 suv aralashtirilganda sifatli gilli eritma hosil bо‘ladi, о‘rta va past navli loydan 4÷8 m3 hajmdagi gilli eritma tayyorlanadi.
  • Gilli eritmalarning zichligi va qovushqoqligi eritmaning sirkulyatsiyasi tо‘xtatilganda parchalangan tog‘ jinsi zarrachalarini muallaq ushlab turishi, qatlamga filtratlarning kirib borishiga tо‘sqinlik qilishi, quduq devorini yaxshi loylashi va neftgazni ochiq otilishiga tо‘sqinlik qilishi kabi xususiyatlarga muvofiq tanlanadi.
  • Gilli eritmalar burg‘ilash sharoitiga bog‘liq holda kimyoviy reagentlarning qо‘shimchalari, sirt faol moddalar (SFM), poliakrilamid va boshqalar bilan tayyorlanadi.
  • Neft asosli eritmalar kо‘p komponentli tizim hisoblanadi va asosi neft yoki dezil yoqilg‘isidan iborat bо‘ladi, dispers fazasi sifatida esa bitum oksidi, asfalt yoki gidrofobli bentonit olinadi.
  • Neft asosli burg‘ilash eritmalaridan mahsuldor gorizontlarni ochishda hamda qatlamda bо‘kuvchi gillar va tuzlar mavjud bо‘lgan hollarda foydalaniladi.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish