Burchak o`lchash mohiyati prinsipi. Teodolit



Download 241,36 Kb.
bet1/4
Sana16.04.2022
Hajmi241,36 Kb.
#557206
  1   2   3   4
Bog'liq
Burchak o


      1. Burchak o`lchash mohiyati prinsipi.Teodolit



Joyda geodezik ishlarni bajarganda gorizontal va vertikal burchaklarni o’lchashga to’g’ri keladi. Gorizontal burchakni o’lchash prinsipini misol bilan tushuntiramiz. Joyda (A, B, C) nuqtalar
berilgan deylik (8.1-rasm). (A) nuqtaga urinma gorizontal (P) tekislik o’rkazilib, (AB va AC) chiziqlar yo’nalishi (AA’) tik chizig’idan o’tuvchi (M va N) vertikal

tekisliklar yordamida (P) tekislikka proyeksiyalansa, gorizontal va vertikal

8.1-rasm.Burchak o`lchash


sxemasi

tekisliklarning o’zaro kesishishi natijasida (Ab va Ac) chiziqlar hosil bo’ladi. Bu chiziqlar orasidagi burchakni (β) bilan belgilaymiz.
Demak joydagi bir nuqta (A)dan chiqqan ikkita yo’nalish (AB va AC) ning gorizontal (P) tekislikdagi proyeksiyalari (Ab va Ac chiziqlar) orasida hosil bo’lgan burchak (β) gorizontal burchak bo’lib hisoblanadi. Bu burchakning qiymatini topish uchun markazi burchak uchi (A) dan o’tgan tik chiziq (AA’) ga gradus va minutlar bo’lingan doira- limb o’rnatilgan deb faraz qilaylik. Doirada gorizontal burchak tomonlari (ab’) va (ac’) orasidagi yoy (b’c’) o’lchanishi kerak bo’lgan gorizontal burchak qiymatiga tengdir. Gorizontal burchakni o’lchash uchun limbdan tashqari, yoy (b’c’) ning boshlang’ich (b)’ hamda oxirgi (c’) nuqtalari belgilanadigan vertikal tekisliklar ham kerak. Bu vertical tekislikka vizirlash tekisligi deyiladi. Burchak o’lchanadigan asboblarda vizirlash tekisligi vazifasini qarash trubasi bajaradi. Qarash trubasi limb markazidan o’tgan o’qda aylanadigan alidada doirasi ustiga o’rnatiladi. Alidadaning gorizontal burchak qiymatini ifodalovchi yoy (b’c’) ning boshlang’ich (b’) va oxirgi (c’) nuqtalarini belgilaydigan moslamasi bor. Bu moslama shkala ko’rinishida bo’lib, vernyer deb ataladi.
Joyda gorizontal burchakni o’lchashda ishlatiladigan asbob quyidagi asosiy qismlardan iborat: gorizontal burchak proyeksiyasini ifodalaydigan doira-limb,

burchak yo’nalishini belgilash uchun xizmat qiladigan qarash trubasi hamda limb markazidan aylanadigan va sanoq olinadigan doira-alidada. Ana shu asbob teodolit deb ataladi. Teodolit nuqtaga shtativ va shovun yordamida o’rnatiladi. Teodolit qismlarining bir-biriga nisbatan qanchalik to’g’ri o’rnatilganligi adilak yordamida tekshiriladi.
Berilgan nuqtaning yerning tabiiy yuzasidagi o’rnini topish uchun ko’pincha joyda vertikal burchakni o’lchashga to’g’ri keladi. Vertikal burchak qiyalik burchagi deb ham yuritiladi. Qiyalik burchagi joydagi biror chiziq (AB) bilan uning gorizontal proyeksiyasi (Ab) orasidagi burchakdan iborat. Qiyalik burchagi (α1) gorizontal tekislik (P) dan yuqorida bo’lsa, musbat qiyalik burchagi deb atalib, ishorasi musbat bo’ladi. Qiyalik burchagi α2 gorizontal tekislik (P) dan pastda joylashgan bo’lsa, manfiy qiyalik burchagi yoki
pasayish burchagi deb atalib, ishorasi manfiy bo’ladi. Mamlakatimizda ishlab chiqariladigan teodolitlar gorizontal burchaklarnigina emas, balki vertikal burchaklarni o’lchashga ham moslangan. Vertikal burchakni o’lchash uchun teodolitning qarash trubasi yoniga vertikal doira o’rnatilgan. Vertikal doira, dalnomer va bussol bilan ta`minlangan teodolitlar teodolit-taxeometr deb yuritiladi.

Download 241,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish