Bu kabi savollar fanda yangi bir falsafa yo‘nalishini boshlab bergan buyuk Re­­ne Dekartni ham o‘ylantirgani sir emas



Download 0,66 Mb.
Sana12.12.2022
Hajmi0,66 Mb.
#884123
Bog'liq
Rene Dekart


Biz yashab turgan dunyo haqiqatan bor narsami? Agar u haqiqatan bor bo‘lsa, buni qanday bilsa bo‘ladi? Bilimlarimizning chin yoki soxtaligini tekshirish mumkinmi?..


Bu kabi savollar fanda yangi bir falsafa yo‘nalishini boshlab bergan buyuk Re­­ne Dekartni ham o‘ylantirgani sir emas.
Rene Dekart 1596 yil 31 mart kuni Frantsiyaning Laye shahrida asilzoda oilada dunyoga keldi. U bir yoshga to‘lganda onasi Janna Broxard vafot etadi. Otasi Yoaxim Dekart Renn shahri sudyasi bo‘lgani, ish bilan juda bandligi sababli Layega ahyon-ahyonda kelib-ketib turgan. Onasi vafotidan keyin Reneni opasi Janna va akasi Per bilan buvisining qaramog‘iga topshirishadi. Otasi 1600 yili ikkinchi marta uylanganidan keyin ham farzandlarini o‘zi bilan olib ketmaydi. Renening bu davrdagi hayoti xususida ma’lumotlar juda oz. Biroq shunisi ma’lumki, u jismonan juda nimjon va ayni damda bag‘oyat qiziquvchan bola bo‘lgan. Uning nimjonligi shu qadar ediki, 1607 yili La Fleshdagi iyezuit kollejiga qatnaganida unga ertalab soat 10 gacha uxlashiga ijozat berishgan. Holbuki, u yerda boshqa o‘quvchilar soat 5 dayoq uyqudan turishga majbur edilar. Rene bu kollejda “verbal (erkin) san’atlar” – grammatika, ritorika, dialektika va “matematik san’atlar” – arifmetika, musiqa, geometriya hamda astronomiyadan saboq oladi. O‘qish metafizika, falsafa va etika ta’limi bilan nihoyasiga yetgan. Dekartning matematikaga mehri o‘zgacha bo‘lsa-da, u yerda o‘qitilgan aksar fanlarning amaliy jihatdan befoydaligini o‘ylab, norozi edi. Shunga qaramay, u 1614 yili kollejni tamomlagunga qadar “erkin san’atlar”ni puxta o‘zlashtiradi.
Dekart 1615 – 1616 yillari diniy va dunyoviy huquq (qonunchilik) bo‘yicha Puate universitetida ta’lim olib, diplomga ega bo‘lgan va 1616 –1618 yillari Parijda yashagan. 1618 yil yozida ko‘ngillilar safida harbiy xizmatga yollanib, Niderlandiyaga jo‘naydi. Shu davrda u dunyoqarashiga kuchli ta’sir o‘tkazgan inson Isaak Bekman bilan uchrashadi. Aynan Bekman Dekartda fanga, xususan, matematikaga qiziqish uyg‘otadi. Dekart Bekmanga bag‘ishlab yangi yil sovg‘asi sifatida o‘sha davrda matematik soha deb hisoblangan musiqa haqida risola ham yozgan.
1619 yili u Bekman rahbarligida matematika va mexanika muammolari ustida ishlay boshlaydi. So‘ng Germaniya armiyasiga xizmatga o‘tish maqsadida Niderlandiyani tark etadi.
O‘sha yili Dekart Ulm shahridaligida g‘aroyib bir tush ko‘radi. Ana shu tush ta’sirida u go‘yoki yangi ilmiy metodologiya yaratish zarurligini anglab yetadi. 1620 yili yangi metodlar haqida qator asarlar yozadi, ammo ularni oxiriga yetkazmay chala qoldiradi. Hattoki tafakkurning birlamchi o‘n bir qonunini ishlab chiqadi. Bu paytda boshqa ilmiy tadqiqotlar, jumladan, optika bilan ham shug‘ullanadi.
1628 yil iyezuitlar uni dahriylikda ayblagach, va ayni damda, osuda hayot ilinjida Dekart Parijdan Niderlandiyaga ko‘chib borib, u yerda yigirma yil – qirolicha Kristinaning taklifi bilan Shvetsiyaga jo‘nab ketgunicha yashaydi. Bu orada Parijga vaqti-vaqti bilan borib-kelib yurgan, albatta. 1629 yili u “Dunyo” deb nomlangan risolasini yozishga kirishib, unga uch yil vaqtini sarflaydi. Bu asarni yozishdan ko‘zlangan maqsad – substantsial shakl­lar, tabiiy hodisalarni izohlash mumkinligini ko‘rsatish va geliotsentrik kontseptsiyani himoya qilish edi. Biroq Galileyni sud qilganlaridan xabar topgan Dekart ushbu asarini chop qildirishdan o‘zini tiyadi.
1634 – 1636 yillar davomida u “Dioptik”, “Meteorlar” va “Geomet­riya” kabi ilmiy esselarini yozib tamomlaydi. Keyinchalik “Metod haqida mulohazalar” nomi bilan mashhur bo‘lgan asari avval-boshda mazkur esselarga so‘zboshi sifatida yozilib, 1637 yil Parijda nashr qilinadi. Dekart­ning yana bir muhim asari “Birinchi falsafa haqida mulohazalar” 1641 yili lotin tilida chop qilinadi. Uning Bogemiya malikasi Yelezabeta bilan olib borgan yozishmalari ham e’tiborga molik. “Metod haqida mulohazalar”ni o‘qigan, o‘zining benihoya zehni va mulohazakorligi bilan tanilgan bu malikaga bag‘ishlab, Dekart “Falsafa tamoyillari” nomli tadqiqotini ham yozgan. Malika bilan bo‘lgan suhbatlar hosilasi shu bo‘ldiki, Dekart o‘zining yana bir “Ehtiroslar haqida” nomli asarini yozib, Shvetsiyaga jo‘namasidan sal oldin nashr qildiradi.
Dekart 1646 yilning oxirlarida Shvetsiya malikasi Kristina bilan ham maktublar yozishib turgan. Bu yozishmalar ham asosan axloqiy masalalar borasida bo‘lgan. Yozma bahsu munozara 1649 yil fevral oyida Dekartning Stokgolmdagi saroyga taklif qilinishi bilan yakun topdi. U o‘sha yilning sentyabrida Shvetsiyaga yetib boradi. Biroq birinchi kundanoq Dekartni mushkul vazifa kutib turardi. U qirolicha bilan uchrashib, falsafadan bahs yuritish uchun “dahshatli darajada barvaqt” – soat 5 da o‘rnidan turishi lozim edi. Binobarin, Shvetsiyaga borish qarori Dekart uchun eng nomaqbul qaror bo‘lib chiqadi. Bu orada u zotiljam kasaliga yo‘liqib (ba’zilar fikricha, ovqatdan zaharlanib), 1650 yilning 11 fevralida olamdan o‘tadi.
Endi Dekartning mashhur iborasi “Cogito, ergo sum” (“Fikrlayapman, demak mavjudman”) haqida to‘xtalsak. Bu iborani aksar hollarda “biz fikr­lasakkina mavjud bo‘lamiz”, “fikr­layotganimiz uchun ham mavjudmiz”, “doimo fikrlab yashashimiz kerak” qabilida talqin qilib kelinadi. (Dekart fikrlash zaruriyatini tan olgan, albatta.) Biroq bu tamoyil aslida Dekartning metodologiyasidan kelib chiqadigan “men shubhalanayotganimga shubhalanmayman” degan xulosaning o‘zgacha ifodasidir, xolos. Dekart ongimizga singgan barcha rostu yolg‘on tushunchayu qarashlardan ozod bo‘lishimiz to‘g‘ri dunyoqarashni shakllantirishdagi ilk qadamdir, deb hisoblaydi (Ya’ni, shunday qilsak, hamma narsani boshidan boshlaymiz). Buning uchun barcha narsaga shubha ko‘zi bilan qarashimiz lozim. Xo‘sh, unda nimaga ishonish mumkin? Sezgilarimizgami? Yo‘q, ular aldaydi. Uzoqdagi buyum ko‘zimizga o‘zining haqiqiy hajmidan kichikroq ko‘rinadi. Quloqlarimiz ba’zan noto‘g‘ri eshitadi. Bir marta aldagan sezgiga qanday qilib ishonib bo‘ladi? Sezgimiz bergan axborot shunchaki ro‘yo emasligini qanday qilib isbotlash mumkin? Biz ko‘rib turgan bu dunyo aslida yo‘g‘-u, Xudo bizni uni bordek his qilishga qobil mavjudot qilib yaratmaganmikan? Yo‘q, Xalloqi olam bandasini aldamaydi. Balki qandaydir yovuz bir kuch bizni aldayotgan bo‘lsa-chi? Xo‘p, sezgilarimiz yolg‘on ham deylik. U holda, aqlimiz-chi?! Aqliy mulohazalardagi chalkashliklar uni yanada ishonchsiz qilib qo‘yadi. Yagona chora – hech narsani mutlaq haqiqat deb ishonmaslik, har bir mulohazaga shubha bilan qarash, fikrlayotganimizda hech bir jihatni e’tibordan chetda qoldirmaslikdir. Faqat va faqat bir narsaga shubhalanib bo‘lmaydi – biz shubhalanayotganimizga shubhalana olmaymiz. Hatto bizni butun borliq aldasa ham, aldanadigan nimadir mavjud bo‘lishi kerak. O‘sha narsa “men”dir. Chin va yolg‘onning mavjudligi “men”ning mavjudligini ham taqozo qiladi. Binobarin, “men” fikrlayaptimi, aldanayaptimi yoki yo‘q, bundan qat’i nazar, u mavjud. “Men fikrlayapman, demak mavjudman”dagi “men” mening jismimmi, ruhimmi, ongimmi – bu ahamiyatsiz. Zero “men o‘zi nimaman?” degan savolga berilgan javobning o‘zi shubhalidir. Biz fikr­layotgan, shubhalanayotgan “men”ning mavjudligiga shubhalana olmaymiz, ammo uning aslida nimaligi haqida bahsga kirishishimiz mumkin. Dekart mana shunga o‘xshash bir qancha falsafiy kategoriyalarni tadqiq qilishni boshlab bergan faylasufdir.
Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish