4-Mavzu. OSYO VA SHIMOLIY AFRIKANING QADIMGI DAVLATLARIDA GEOGRAFIK BILIMLARNING PAYDO BO’LISHI. - REJA
- 1.Ajdodlarimizning geografyaga qushgan hissalari.
- 2. Xorazmiyning o’rta osyo va unga yondosh yerlar xaritas.
- 3. Abu Rayxon Beruniyning dunyo xaritasi.
Ajdodlarimizning geografyaga qushgan hissalari. - Abu Rayhon Beruniy, N osir Xisrav, M ahm ud K oshg‘ariylar ham
- geografiyaning rivojiga katta hissa qo‘shishgan va dunyo xaritalarini
- tuzishgan (3-rasm). Muhammad al-Xorazmiy (783-850-yy) «Surat
- ul-Arz» - «Yerning tasviri» nomli kitobini yozgan. 973-1048-yillarda
- yashab o ‘tgan Abu Rayhon B eruniy Yerning o ‘sha vaqtdagi eng
- mukammal modeli - Shimoliy yarimshar globusini yasagan va asarlarida Yer sharining narigi tomonida ham quruqlik borligi haqida yozib
- qoldirgan, dunyo xaritasini tuzgan (4-rasm). M ahm ud K oshg‘ariy
- (milodiy 11-asr) «Devonu lug‘otit turk» asarida ko‘plab geografik joy
- nomlari va terminlarga izoh yozgan, dunyo xaritasini ishlagan.
Ajdodlarimizning geografyaga qushgan hissalari. - O ‘rta osiyolik Nosir Xisrav (1004-1088-yy.) Janubi-g‘arbiy Osiyo
- va Shimoli-sharqiy Afrikaga sayohat qilib, juda k o‘p geografik m a’lumotlar to ‘plagan. Yetti yil davom etgan ikkita sayohatida 15 ming
- 8 kilometr (km)dan ortiq yo‘lni bosib o‘tgan (10-bet 5-rasm).
- Zahiriddin M uham m ad Bobur (1483-1530-yy.) «Boburnom a»
- kitobida Farg‘ona vodiysi, A fg‘oniston, Hindiston tabiati, joy nomlari
- haqida k o‘plab muhim m a’lumotlar yozib qoldirgan.
Xorazmiyning o’rta osyo va unga yondosh yerlar xaritas. - Qadimiy Xorazm Sharqda ilm-fanning rivojlanishida juda katta o`rin tutgan. Tarixchilarning tasdiqlashlaricha, Xorazmda aniq fanlar - geometriya, trigonometriya, astronomiya, topografiya, kimyo, mineralogiya va boshqa tabiiy fanlar VIII—IX asrlardayoq yuksak darajada taraqqiy etgan. Geografik bilimlarning yuksak darajada bo`lishi va jamlanishi xorazmlik savdogarlarga uzoq mamlakatlarga sayohatlarga bora olish imkonini bergan. Xorazm arab xalifaligi tarkibiga kirgach, xorazmlik olimlar o`z iqtidori va qomusiy bilim darajasining yuksakligi tufayli tez orada shuhrat qozonib, bir qator fanlar asoschilari orasida yetakchi o`ringa chiqib oldilar.
- Xorazm ilmiy maktabining ilk ko`zga ko`ringan namoyandasi Muhammad Xorazmiy bo`lib, u amerikalik sharqshunos D.Sarton ta’biri bilan aytganda «barcha zamonlarning eng ulug matematiklaridan biri» edi.
Xorazmiyning o’rta osyo va unga yondosh yerlar xaritas. - Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (qisqacha Al-Xorazmiy) Xorazmda tug`ilgan va Bag`dodda vafot etgan. Olimning tug`ilgan va vafot etgan yillari aniq ma’lum emas. Ammo ba’zi manbalarda Al-Xorazmiy 780-yilda tug`ilgan va 847-yilda vafot etgan, deb taxmin qilinadi. Qadimda yashagan bir qator olimlar kabi Al-Xorazmiy ham u yoki bu fan bilan chegaralanib qolmay, qomusiy ilm sohibi bo`lgan. Jumladan, olimning tarix matematika, astronomiya va geografiya sohasida yozib qoldirgan ilmiy merosi jahon ilm ahli tomonidan dunyo fani rivojiga qo`shilgan bebaho hissa sifatida tan olingan.
Xorazmiyning o’rta osyo va unga yondosh yerlar xaritas.
Beruniy 998-yilda Kaspiy dengizining janubi-sharqiy burchagida, dengizdan ichkaridagi alohida bir viloyatning markazi bo`lgan Jurjon shahriga ko`chib kelgan. Jurjonda istiqomat qilgan vaqtida, taxminan 1000-yilda 27 yoshida «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» nomli birinchi yirik asarini yozib tamomlagan. 1004-yilda Beruniy Xorazmning yangi hokimi ma’rifatparvar Abul Abbos Ma’mun chaqirig`iga binoan yana vataniga qaytib kelgan.
Agar Beruniyning butun umri davomida qilgan sayohatlarini sarhisob qilsaq, u shimolda Xorazmga, janubda Hindistonga, g`arbda Kaspiy sohili va Bag`dod oralig`ida sayohat qilgan, ilmiy ko`zatishlar o`tkazgan.
Abu Rayxon Beruniyning dunyo xaritasi - Manbalarda ko`rsatilishicha, Beruniy Xorazmda Kot va Urganch (Jurjoniya); hozirgi Eronda - Jurjon va Ray; Iroqda – Bag`dod; hozirgi Afgonistonda - Juzjon, Balx Bomiyon, Qobul, Gazna; hozirgi Pokistonda - Gandi, Dunpur, Peshovar, Vayxand (Attoq), Jaylam, Siyolqut, Lohyp, Nandna, Mo`lton shaharlarida bo`lgan. Olim bulardan tashqari Buxoro, Qoraqum cho`li, Qizilqum shimoli, Badaxshonda ham bo`lgan. Shuning uchun ham Beruniy bir necha tillarni, jumladan, qadimiy xorazm tilini, fors-tojik tilini, o`zbek tili (eski turkiy til)ni, arab va yunon tillarini bilgan.
- Beruniy Xorazmga qaytgach, ilm ahlining qadriga yetuvchi Ma’mun yordamida Xorazm olimlarini birlashtirib, «Ma’mun akademiyasi»ga asos solishda ishtirok etgan. Beruniy «Geodeziya» asarida yozishicha, Ma’mun akademiyasida ilmiy faoliyat olib borgan vaqtida ixtiyorida turli asboblar, jumladan, diametri 3 metr keladigan va oraliq minutlarga bo`lingan kvadrant bo`lgan ekan. Ammo o`sha vaqtlardagi siyosiy vaziyat tufayli «Ma’mun akademiyasi» qisqa muddat faoliyat ko`rsatgan.
Abu Rayxon Beruniyning dunyo xaritasi
Abu Rayxon Beruniyning dunyo xaritasi XULOSA - Xulosa shundan iboratki bizning ajdodlarimiz ham geogreafiya faniga juda kata hissa qushgan. Ularning erishgan yutuqlari taqsinga sazovordir. Hozirgi kunda ham bizning ajdodlarimiz amalga oshirgan bu ishlardan dunyo olqishlari bizni g’ururlantirib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |