Bozorning davlat tomonidan boshqarilishi va uning zaruriyati I. Bob. Iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarilishi va uning zaruriyati



Download 57,34 Kb.
bet1/6
Sana26.02.2022
Hajmi57,34 Kb.
#471085
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BOZORNING DAVLAT TOMONIDAN BOSHQARILISHI VA UNING ZARURIYATI


BOZORNING DAVLAT TOMONIDAN BOSHQARILISHI VA UNING ZARURIYATI


I.BOB. IQTISODIYOTNI DAVLAT TOMONIDAN BOSHQARILISHI VA UNING ZARURIYATI.
1.1. Bozor iqtisodiyotini faqat foyda olishni ta’minlaydigan tovarlar
1.2.Davlat tomonidan ijtimoiy muhitni ta’minlash o`z ichiga ichki tartibni saqlash

II.BOB. DAVLATNING MILLIY IQTISODIYOTINI TARTIBGA SOLISHDAGI ROLI HAKIDAGI NAZARIYA VA QARASHLAR
2.1. Iqtisodiy tafakkur tarixidan birinchi marta davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasi
2.2. Davlat o`zi ishlab chiqarishini moliyalashtirishdan tashqari ijtiomiy sug`urta va ijtimoiy ta'minotning bir qator dasturlarini amalga oshirshi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:


KIRISH
«Qanchalik qiyin va murakkab bo‘lmasin, haqiqiy bozor iqtisodiyotiga o‘tishimiz shart», — dedi Shavkat Mirziyoyev. «Agar biz yurtimizda barqaror iqtisodiyot qurmoqchi bo‘lsak, dunyodagi rivojlangan mamlakatlar kabi boy va farovon yashamoqchi bo‘lsak, yuzaki emas, balki qanchalik qiyin va murakkab bo‘lmasin, haqiqiy bozor iqtisodiyotiga o‘tishimiz shart.Yagona yo‘limiz shu. Bu-asosiy qonunimiz talabi. Boshqa yo‘l yo‘q. Biz boshlagan islohotlarimizni qat’iy davom ettiramiz va ular albatta o‘zining ijobiy natijasini beradi», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Yaxshi yashash uchun eng avvalo yaxshi mehnat qilish, huquq va erkinlik bilan birga javobgarlik va mas’uliyatni ham chuqur his etish zarurligini ta’kidladi. Yoshlarning ilmga intilishini kuchaytirish, tadbirkorlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy mamlakatlar bilan turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish bundan buyon ham islohotlar markazida bo‘lishini qayd etdi. «Chunki bilimli avlod — buyuk kelajakning, tadbirkor xalq — farovon hayotning, do‘stona hamkorlik esa — taraqqiyotning kafolatidir!» — dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 7 dekabr kuni O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirdagi nutqida.
Xar qanday jamiyat «nima ishlab chiqariladi?», «qanday ishlab chiqariladi?», «kim foydalanadi?» degan savollarga javob topishi lozim bo’ladi. Ushbu savollarga qanday javob topishiga qarab turli iqtisodiyot tiplari bir-biridan farqlanadi. Shu savolga qay tariqa javob topishiga qarab ularni tartiblash, boshqarish mexanizmlari ham turlicha bo’ladi. Masalan, ananaviy iqtisodiyot shu savollarga xalqning ananalari va odatdlari asosida javob beradi. Shunga ko’ra, u tartibsiz, o’zi bo’larchilikka asoslangan iqtisodiyot edi. Qo`mondonlik iqtisodiyoti deb ataladigan iktisodiyot asosan davlat ma’muriy buyrukbozlik boshqaruvi tizimi orqali «nima?», «qanday?», «kim?» degan savollarga javob izlaydi. Bu iqtisodiyot bir markazdan turib rejali tartibga solinadi va boshqariladi.

Bozor iqtisodiyotida «nima?», «qanday?», «kim?» degan savolga baho, narxlar orqali javob topiladi. Baho, narxlar iqtisodiyotni tartiblashning bozor mexanizmining muxim vositasi bo’lib xizmat qiladi. Bunda baho bozor posangisi, regulyatori bo’lib, ikki asosiy vazifani bajaradi: birinchidan, resurslar tovar va xizmatlar iste’molini cheklash; ikkinchidan, ishlab chiqarish uchun sabab bo’lish vazifasini utaydi. Ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinadigan resurslar va shaxsiy iste’mol tovarlari, ko’rsatiladigan qanchalik kamyob bo’lsa, ularning bahosi shunchalik yuqori bo’lib, shunga muvofiq ravishda ularni xarid qilish cheklangan bo’ladi. Bu xol xozirgi zamon bozor iqtisodiyoti fanida bahoning cheklovchi samarasi deb ataladi. Boshqacha qilib aytganda bozor iqtisodiyotida tovarlar va xizmatlar narxlariga binoan iste’mol qilinadi, taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. Narxlarni o’zgarib turishi, Ya’ni ko’tarilib Yoki pasayib turishi ishlab chiqaruvchilarning xatti-harakatiga ta’sir ko’rsatadi. Binobarin biron-bir tovar (xizmat) norxining o’sishi, uni ishlab chiqarish hajmining ko’payishiga, ushbu tarmoqka, muayyan tovar bozoriga yangi ishlab chiqaruvchilarning kirib kelishiga sabab bo’ladi. Bunga sabab - muayyan tovarga bozor narxining oshishi, uni ishlab chiqaruvchilar uchun yuqori foyda keltiradi.Bozor mexanizmi davlat tomonidan tartibga solishsiz ishlay olmaydi. Davlatning tartibga solishsiz normal bozorning bo‘lishi mumkin emas. Bu davlatning xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga bozor mexanizmining ishlashi uchun normal sharoitlar ta’minlash, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qilish maqsadida ta’siridir. Iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi o‘z ichiga turli: byudjet-soliq, pul-kredit, ma’muriy shakllarni oladi. Ma’muriy tartibga solish, masalan, majburan kartellashtirish, korxonalarni ochish uchun ruxsat olish va hokazo kabi choralar yordamida amalga oshiriladi. Byudjet-soliq shaklida tartibga solish byudjetining daromad va xarajat qismlarini tenglashtirishni ko‘zda tutadi.



Download 57,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish