Bozorning davlat tomonidan boshqarilishi va uning zaruriyati I. Bob. Iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarilishi va uning zaruriyati


I.BOB. IQTISODIYOTNI DAVLAT TOMONIDAN BOSHQARILISHI VA UNING ZARURIYATI



Download 57,34 Kb.
bet2/6
Sana26.02.2022
Hajmi57,34 Kb.
#471085
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BOZORNING DAVLAT TOMONIDAN BOSHQARILISHI VA UNING ZARURIYATI

I.BOB. IQTISODIYOTNI DAVLAT TOMONIDAN BOSHQARILISHI VA UNING ZARURIYATI.
1.1. Bozor iqtisodiyotini faqat foyda olishni ta’minlaydigan tovarlar
Bozor iqtisodiyotini faqat foyda olishni ta’minlaydigan tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqariladi. Ishlab chiqaruvchi uchun zarar keltiradigan, mutlaqo foyda keltirmaydigan tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqarilmaydi. Muayyan tovar narzining pasayishi, uni ishlab chiqarish foydani ta’minlay olmay kolganligidan dalolat beradi. Bunday tovarlarni ishlab chiqarish kamayib boradi, ushbu tarmoq va bozorni ishlab chiqaruvchilar tark eta boshlaydilar. Demak, narxning bozor posangisi, regulyatori vazifasini utashi tufayli ishlab chiqaruvchilar foydasiz yoki kam foyda keltiradigan tarmoqdan yuqori foyda keltiradigan tarmoqka, sohaga o`tib turadilar. Yuqori foyda keltirayotgan tarmoq Yoki bozorlardagi iqtisodiy sub’ektlar o’zgalarning kirib kelishiga to`sqinlik qiladilar.Iqtisodiy sub’ektlar aniq tovarlar bozorlarida o’z mavke’larini saqlash, mustahkamlash, yaxshilash maqsadlarida o’zaro raqobatga kirishadilar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bahoning ko’tarilib yoki pasayib turishiga talab va taklif sabab bo’ladi. Narxning o’sishi talabning o’sishini bildiradi. Buning oqibatida ishlab chiqarish ham o`sib, taklifning ko’payishi sodir bo’ladi. Ammo ma’lum muddatdan so`ng narxning muttasil oshib borishi talabning kamayib ketishiga olib keladi. Chunki narxning o`sib borishi tufayli uning cheklovchilik vazifasi ham ortib boradi. Shuningdek, narzning o`sib borishi ishlab chiqaruvchilarni yanada ko’proq tovarlar ishlab chiqarishga va bozorda sotishga rag`batlantiradi. Lekin ma’lum muddatdan sung bu hol taktifni talabdan ortib ketishiga olib keladi.Oqibatda tovarlar ortiqchaligi vujudga kelib, narxning o’sishi to`xtaydi. Narx asta-sekin pasayib boradi. Ortiqcha tovarlar va xizmatlar esa umumiy jarayoniga singib ketadi. Talab esa ortib boradi. Narxlarning tushishi taklifni qisqarib borish ma’lum chegarada, ya’ni taklifning talabga nisbatan ancha kamayib, tovarlar taqchilligi vujudga kelib talab qondirilmay qolganida to`xtaydi. Talabning taklifga nisbatan ancha ortib ketganligi tufayli narx yana ko’tarilib boradi. Bu xol yana ishlab chiqaruvchilarni tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni ko’paytirishga undaydi. Ana shunday talab va taklif nisbatining o’zgarishi, qarzlarni ko’tarilib yoki pasayib turishi oqibatida, ma’lum muddatda ularning miqdoran va tarkiban bir-birlariga muvofiq kelishi yuz beradi.Talab va taklifning miqdor va tarkibiy jihatdan bir-biriga muvofiq kelishiga, moslashishiga bozor muvozanati deyiladi. Bozor muvozanati mikro va makroiqtisodiyot darajasida vujudga keladi. Mikroiqtisodiyot darajasida muvozanatlashuv individual taklif va talablarning o’zaro ta’siri oqibatida ularning bir-biriga mos kelishi orqali vujudga keladi. Makroiqtisodiyot darajasida jami talab va jami taklifning bir-biriga moslashuvi, muvofiq kelishi orkali bozor muvozanati qaror topadi. Bu xolda ijtimoiy ishlab chiqarish bozor orqali ijtimoiy iste’mol bilan uyg`unlashadi, oqibatda iqtisodiy o`sish yuz beradi.Bozor muvozanati vujudga kelgan muddatda ijtimoiy ishlab chiqarish tarmoqlari va sohalari o’rtasida ham muvofiqlik, muvozanat yuz beradi. Shu boisdan turli tarmoqlardagi foyda me’yorlari tenglashib, o’rtacha foyda me’yori va ishlab chiqarish bahosi qaror topadi.Bozordagi ishlab chiqaruvchilar o’zlarining teng miqdordagi sarmoyalariga teng miqdorda foyda ola boshlaydilar. Shuni aloxida takidlash joizki, makroiqtisodiyot darajasida muvozanat nixoyatda qiyinchiliklar, tarmoqlararo raqobatlar natijasida tadbirkorlik sarmoyalarining foydasiz tarmoqlaridan muttasil ravishda foydali tarmoqlarga oqib o`tib turish oqibatida tasodifiy tarzda ma’lum qisqa muddatga qaror topadi. Chunki bozor posangisi, regulyatori mikroiqtisodiyotni tartiblashda yaxshi natija bergani bilan makroiqtisodiyot darajasida barqaror muvozanatni vujudga keltira olmaydi.Bozorning ob’ektiv mexanizmi orkali tartiblanib turuvchi iqtisodiyot sharoitida eng ko’p shaxsiy naf va foyda olish maqsadida o’zaro, bir-birlari bilan raqobatlashuvchi nihoyatda ko’p iqtisodiy sub’ektlarning faoliyatlari tufayli bozor muvozanati qisqa, muayyan muddatdan so`ng yana buziladi. Jami talab va jami taklifning o’zaro muvofiqligi buzilib, ularning tebranib turishi yuz beradi.Ular o’rtasidagi ziddiyat ishlab chiqarish bilan iste’mol o’rtasidagi ziddiyatda ifodalanadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishning ijtimoiy talab, ya’ni ijtimoiy iste’molga nisbatan usib ketishi tufayli davriy, siklik tangliklar tez-tez takrorlanib, yuz berib turadi. Bozor muvozanatining vujudga kelib, beqarorlikning muttasil takrorlanib turishi bozor regulyatorining, uning iqtisodiyotni tartiblashining ob’ektiv mexanizmining barqaror muvozanatni saqlashga qodir emasligadan dalolat beradi. Shuning uchun bozor muvozanatini ta’minlash, uni saqlash uchun iqtisodiyotni tartiblashning ob’ektiv bozor mexanizmidan tashqari, unga ko`maklashuvchi davlat mexanizmiga zarurat tug`iladi.Davlat iqtisodiyotini tartiblashning bozor mexanizmi to`lik bajara olmagan vazifalarni o’z zimmasiga oladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, mavjud tuzumni mamlakat ichida va xalqaro maydonda mustahkamlash va uni o`zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish hisoblanadi. Bu asosiy maqsaddan bir qator aniq maqsadlar kelib chiqadi. Ular jumlasiga iqtisodiy siklni barqarorlashtirish; milliy xo`jaliklarning tarmoq va mintaqaviy tuzilishini takomillashtirish, atrof-muhit holatini yaxshilash kabilarni kiritish mumkin. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi uning quyidagi vazifalarida aniq namoyon bo`ladi:
1) bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug`diruvchi huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta’minlash;
2) raqobatni himoya qilish;
3) daromad va boylikni qayta taqsimlash;
4) resurslarni qayta taqsimlash;
5) iqtisodiyotni barqarorlashtirish, inflyatsiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy o`sishni rag`batlantirish.
Davlat bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishining shart-sharoiti hisoblangan huquqiy asosni ta’minlash vazifalarini o`z zimmasiga oladi. Bozor iqtisodiyoti uchun zarur bo`lgan huquqiy asosni ta’minlash quyidagi tadbirlarning amalga oshirilishini taqozo qiladi: xususiy korxonalarning huquqiy mavqeini mustahkamlash; xususiy mulkchilik huquqini ta’minlash va shartnomalarga amal qilishni kafolatlash; korxonalar, resurslarni yetkazib beruvchilar va iste’molchilar o`rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonuniy bitimlarni ishlab chiqish va boshqalar.Davlat tomonidan ijtimoiy muhitni ta’minlash o`z ichiga ichki tartibni saqlash, mahsulot sifati va og`irligini o`lchash standartlarini belgilash, tovar va xizmatlar ayirboshlashni yengillashtirish uchun milliy pul tizimini muomalaga kiritish kabilarni oladi.Bozor tizimi pul daromadlarini va milliy mahsulotni jamiyat a’zolari o`rtasida taqsimlashda birmuncha tengsizliklarni keltirib chiqaradi. Shu sababli davlat o`z zimmasiga daromadlar tengsizligini kamaytirish vazifasini oladi. Bu vazifa bir qator tadbir va dasturlarda o`z ifodasini topadi. Birinchidan, transfert to`lovlari muhtojlarni, nogironlarni va birovning qaramog`ida bo`lganlarni nafaqalar bilan, ishsizlarni ishsizlik nafaqalari bilan ta’minlaydi. Ijtimoiy ta’minot dasturlari orqali pensionerlar va qariyalarga moliyaviy yordam ko`rsatiladi. Ikkinchidan, davlat bozorni tartibga solish yo`li bilan, ya’ni talab va taklif ta’sirida o`rnatiladigan narxlarni o`zgartirish yo`li bilan ham daromadlarning taqsimlanishiga ta’sir ko`rsatadi.Davlat jamiyat a’zolari o`rtasida daromadlarni qayta taqsimlashda soliq imtiyozlarini belgilash orqali soliq tizimidan ham keng foydalanadi.

Download 57,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish