Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ma'naviy dunyoqarashini shakllantirishda kitobxonlikning o'rni va ahamiyati annotatsiya



Download 71,5 Kb.
bet1/2
Sana09.07.2022
Hajmi71,5 Kb.
#764112
  1   2
Bog'liq
maqolaaa



BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA MA'NAVIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHDA KITOBXONLIKNING O'RNI VA AHAMIYATI
Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarida ma'naviy dunyoqarashini shakllantirishda kitobxonlikning o'rni va ahamiyati, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar kitobning paydo bo‘lishi va shakllanish, ustivor vazifalarni amalga oshirishda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining intellektual-ma’naviy darajasini takomillashtirish haqida to'liq bayon etilgan.
Kalit so'zlar: kitobxonlik madaniyati, axborot-kutubxona faoliyati, kitobxonlik, elektron dasturiy mahsulot.
Annotation: In this article, the role and importance of reading in the formation of the spiritual worldview of primary school students, lessons aimed at developing the culture of reading, the emergence and formation of the book, the implementation of priorities to improve the intellectual and spiritual level of his students.
Key words: reading culture, information and library activities, reading, electronic software products.
Аннотация: В данной статье рассмотрены роль и значение чтения в формировании духовного мировоззрения учащихся начальных классов, уроки, направленные на развитие культуры чтения, появление и становление книги, реализация приоритетов по совершенствованию интеллектуального и духовный уровень своих учеников.
Ключевые слова: культура чтения, информационно-библиотечная деятельность, чтение, электронные программные продукты.


Mavzuning dolzarblig: Mamlakatimiz kelajagi bugun maktablarimizda ta`lim-tarbiya olayotgan yosh avlodga, ularning har tomonlama yetuk va barkamol inson bo`lib voyaga yetishiga uzviy bog`liqdir. Shuning uchun hozirgi kun o`qituvchisi o`quvchilarga ta`lim-tarbiya berish bilan birga kunning dolzarb yangiliklaridan xabardor bo`lishi, zamonaviy texnologiyalardan foydalana olishi va ayni vaqtda ushbu texnologiyalarni amaliyotga tadbiq qila bilishi juda muhimdir. O`quvchilarning fikr doirasi, ongi dunyoqarashini o`stirish, ularni erkin fikrlaydigan, o`z fikr-mulohazalarini to’liq bayon qila oladigan erkin ishritirokchiga aylantirish kun tartibidagi eng asosiy muammolardan biridir[3; b.27].
Ustivor vazifalarni amalga oshirishda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining intellektual-ma’naviy darajasini takomillashtirishda kitobxonlik madaniyatining pedagogik imkoniyatlarini shakllantirish va rivojlantirish, jumladan amaliyotga tatbiq qilish kerakliligini ham nazariy, ham amaliy tomondan ilmiy asoslashda quyidagi masalalar o‘z yechimini topishi kerak:
-boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining intellektual-ma’naviy darajasi shakllanishida kitobxonlik madaniyatining tashkiliy-metodik va didaktik ta’minotini rivojlantirish;
-boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida elektron kitob o‘qish ko‘nikmasini rivojlantirish va ularda mutolaa madaniyatini takomillashtirish uchun elektron dasturiy mahsulot yaratish;
-boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining intellektual-ma’naviy darajasi shakllanishida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish asosida takomillashtirish zarur.
Bunda:
• umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi axborot-resurs markazlari fondlarini rivojlantirishda o‘quv adabiyotlari bilan bir qatorda badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop adabiyotlarni ko‘paytirish;
• umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida, ayniqsa, maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda o‘qish madaniyati va mutolaa malakalarini shakllantirish;
• umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sinfdan tashqari o‘qish uchun tavsiya etilgan o‘zbek va chet el adiblarining mumtoz va zamonaviy asarlarini tanlash va o‘quv jarayoniga mutolaa qilingan asarlar yordamida insho yozish tizimini joriy qilish, adabiyot to‘garaklari faoliyatini moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish;
• umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yozuvchi-shoirlar ishtirokida kitob bayrami va yarmarkalarini tashkil qilish, kitobxonlar, bosma va elektron kitob ishlab chiqaruvchilar, kitob sotuvchilar hamda kutubxonachi va targ‘ibotchilar orasida tanlovlar (“Yilning eng yaxshi kitobi”, “Eng yaxshi kitobxon oila”, “Yilning eng yaxshi bolalar kitobi”, “Yilning eng yaxshi audio kitobi”, “Yilning eng yaxshi elektron kitobi” kabi) o‘tkazish tizimini rivojlantirish[6; b.43].
• ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kitoblarni, ayniqsa, bolalarga mo‘ljallangan adabiyotlarni chop qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
• axborot-kutubxona axborotlarining imkoniyatlari, kutubxonasi resurslari-resurs markaz kutubxonalari fondlari, tashkilot va tashkilotlarning «Ma'naviyat xonalari»ni o'quv-uslubiy, texnik adabiyotlar, adabiy-badiiy, ma'rifiy va ilmiy-ommabop kitoblar bilan boyitish, material-texnika bazasini sifatli kabilardan iborat.
Bugungi globallashuv davrida turli xil sohalarda erishilgan natijalarni o‘lchash metodikalari bor. Ammo, ta’lim vaqtida o‘quvchilarning intellektual-ma’naviy takomillashtirish darajalari, baholash vositasida ularni shakllantirish parametrlari maxsus tatqiq qilinmagan. Shu nuqtai nazardan o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarni baholashda quyidagilarga e’tibor qaratish kerak:
• o‘zlashtirilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda va o‘z onglarida qayta aks ettirish;
• o‘zlashtirgan bilimlarni tanish vaziyatlarda berilgan namunaga qarab qo‘llay olishlarini ta’minlash;
• o‘zlashtirgan bilimlarini yangi, notanish vaziyatlarga ko‘chirgan holda qo‘llay olishlariga erishish;
• o‘quvchilarning intellektual-ma’naviy hamda ijodiy faoliyat ko‘rsata olish ko‘nikmalarining sifatini baholash.
Mamlakat bo`ylab “Yosh kitobxon”, “Eng faol kitobxon guruh”, “Eng kitobxon oila” tanlovlarining tashkil etilishi va g`olib kitobxonlar qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlanishi buning isbotidir.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi 781-sonli Qaror tasdiqlandi[1]. O`quvchilarda kitobga bo`lgan mehr-muhabbatni yozishda, maktabgacha oila ta`lim muassalari bilan bir qatorda maktab juda muhim yuk ega. Biz hayotda sinf o'quvchilariga e'tibor bergan bo'lsak, ular darslikda berilgan hikoya, ertak, qissa va hatto roman parchalarni ham juda katta yuk va sinchkovlik bilan mutoala qiladilar. Shulardan biri hikoya janridir[7; b.61].
Boshlang`ich sinflarda mavjud bo'lgan materiallar asar janrlaridan biri bu hikoyadir. Hikoya – badiiy adabiyotda kichik epik janr, hayot hodisalari ixcham ifodalagan nasriy asar bo`lib, mustaqil adabiyot janr sifatida faqat yozma shakllangan. O`zbek hikoyachiligi juda qadimdan. Ilk yozma adabiyot yodgorliklar - “Kultegin” va “To`nyuquq” bitiklarida bayon qilingan voqealar ishtirok etuvchilar tomonidan hikoya qilingan. Alisher Navoiyning “Hayrat-ul abror” dostonining beshinchi maqolotidagi “Hotami toy” hikoyati, yigirmanchi maqolotidagi “Ul qul hikoyati”, “Sabbai sayyor” dostonidagi “Yetti musofir” hikoyalari ham bu janrning uzoq tarixga egadan dalolat beradi.
Adabiyotshunos Safo Matjonov ta’kidlaganidek, «Ilmiy asarlar g‘aflat va jaholatdan qutqarsa, badiiy asarlar dag‘allik va razolatdan xalos etadi. Unisi ham, bunisi ham kishilarning ma’rifatli, baxt-saodatli bo‘lishi uchun bab-baravar foydali va zarurdir»[2; b.13].
Darhaqiqat, kitob o‘zida rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi ulkan imkoniyatlarni saqlaydi, o‘quvchini insoniyatning ma’naviyat yordamiga oshno etadi, uning aqlini rivojlantiradi, his-tuyg‘ularini yuksaltiradi. U yoki bu asar o‘quvchi tomonidan chuqur va to‘liq qabul qilinsa, bu asar uning shaxsiyiga shunchalik kattalik ta’sir ko‘rsatgan, o‘z o‘z oldiga katta maktab qo‘yib, yomon illatlardan o‘zini saqlaydi. Buning uchun ham ta’limning maqsadlaridan biri o‘quvchilarda kitobda o‘tkazilgan o‘yin jarayoni, undagi va hodisalarni tahlil qilish bo‘yicha o‘rgatishdir. Buning uchun avvalambor, har bir o‘qituvchi u qaysi fandan dars berishidan qat’iy nazar, o‘quvchini kitob o‘qishga oshirish yo‘llari, shart sharoitlarini bilishi zarur[4; b.39].
– o‘quvchilar qanday kitoblarni o‘qishga yuki va tafakkuri qay darajada baho;
– o‘quvchining tafakkur qilish faoliyatini anglashi, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘lish ko‘nikma va malakalarini oshirishga e’tibor qaratish;
– hisobiga mos asarlarni o‘qib, mazmunini so‘rab borish orqali kitob o‘qish ko‘nikmasini hosil qilish, shu o‘rinda ushlab turishga o‘rgatishi;
– yozma nutqni talaffuzda ifodalash, matnni ifodali o‘qiy olish malakasini oshirishi kabilardir.

Download 71,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish