Bola yashaydigan xonaga qo’yiladigan talablar Reja: Bola yashaydigan xonaga qo’yiladigan talablar Chaqaloq parvarishi



Download 48 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi48 Kb.
#20228

Aim.uz

Bola yashaydigan xonaga qo’yiladigan talablar
Reja:

1. Bola yashaydigan xonaga qo’yiladigan talablar

2. Chaqaloq parvarishi.

3. Chaqaloqni cho'miltirish.

4. Chaqaloqdagi patologik holatlar, ich dam bo'lishi, qabziyat.

Tayanch iboralar: Liqildoq- boshning suyagi yo'q joylari, chaqaloq parvarish, chaqaloqni cho’miltirish, yo'rgaklash.

1. Momolar o' giti. Onalik muborak bo'lsin! Avlodlar zanjirini jismi bekam zurriyot bilan ulashlik ulug'ligi, o’zidan yana bir o’zini yaratish qodirligini tuyush va bunday yuksalish muborak bo’lsin.

Olloh ikki jonni hamisha salomat qilsin!

Momolarimiz o'giti hech qachon esdan chiqmasin:

• Har gal chaqaloqni qo'lingizga olib emiza boshlaganingizda yaratuvchiga shukur qilib, uning ulug'ligini tan oling.



"Bismillahir rohmanir rohim" bilan ko'krak tuting.

Keksalarimiz shundan bolaning yuzi farishtali qalbi nurli bo'ladi deyishadi.

• Hadislarda ayollarga homilador bo'lish, bola tarbiyasidan tashqari erlari bilan yaxshi muomilada bo'lib, namoz ham o'qisalar jannatga kirishlari shubhasiz deyilgan.

• Chillali chaqaloq xonasida ham tunlari chiroq yonib tursin.

• Momolarimiz asraydi deb chaqaloqning yostig'i ostiga kulcha non qo'yishgan, keling yaxshi irimni biz ham tark etmaylik.

• Chaqaloqqa ism qo'yganda xosiyatli kunlarni tanlash lozim.

Qarindoshlar ismini qo'ymaslikka odatlangan ma'qul.

• Bolani emizishdan oldin poklanib olish kerak.

• Emizikli ayol oldida ovoz ko'tarilmaydi, aks holda sut qochadi deyishadi.

• Bolani emizib bo'lgach qolgan sutni sog'ib oling va uni duch kelgan yerga to'kmay, gulning ostiga ohista to'king.

• Keksalar bolaning sochini gulning tagiga tirnoqlarini toza joyga ko'mish darkor deydilar.

• Chaqaloqning kiyimlari alohida sovunda, alohida tog'orada yuviladi. Uning kiyimlari qorong'ida qolmasin, yo'qsa uchinadi deydi momolarimiz.

• Bolaning idish-tovog'ini alohida tutib, ustiga toza sochiq yopib qo'yiladi.

Pichoq, qaychi, bolta kabi keskir narsalarni va issiq choy, choynak-piyola, ovqat solingan boshqa idishlarni boladan uzoqroq tuting.

Bolani emizayotganda, yo'rgaklayotganda sochlarni turmaklab, ro'mol o'raladi.

Kechasi emizayotganda uxlab qolmang.

Bola tug'ilgandan keyin 3 haftagacha davr kichik davri, 6 ti haftagacha davr katta chilla davri deyiladi. Bola 1 yoshga to'lguncha go'daklik davri deb yuritiladi. Yoshigacha kasalga chalinmagan bola sog'lom o'sadi deydi momolarimiz.

Homiladorlikni 39 haftasidan keyin tug'ilgan bola yetilib tug'ilgan hisoblanadi. Uning vazni o'rta hisobda 3, 300 bo'ladi. Lekin vazni 2, 500dan 4-5 kg gacha bo'lishi mumkin.

Chaqaloq dastlabki kunlari boshini tutib tura olmaydi. Boshi yumshoq, suyaklar birikkari joylarda liqildoqlar bor. Katta liqildoq 18 oyda kichigi esa 8 oyda bitadi, terisi yupqa, pushti rangda. Ko'pincha bolalar tug'ilgan zahotiyoq siyadi. Dastlabki 2 kunda ichagidan yashilroq, deyarli qop-qora, qora moyga o'xshash modda mekoniy keladi.

Chaqaloq ko'radi, lekin uning sezgisi kattalarga nisbatan 20 marta pastroq bo'ladi. U yaltiroq, qizil narsalarni ko'radi. 10 kunlik bo’lganida hididan, 5 haftada ovozidan, 3-5 oylikda ko'zi bilan taniydi.

Eshitish: olimlarning aytishicha chaqaloq ona qornidayoq eshita boshlaydi.

2. Chaqaloq parvarishi. Bola yashaydigan xona iloji bo'lsa alohida, ozoda, quruq va yorug', t° 20-25°S atrofida bo'lishi zarur.

Derazalardagi katta pardalar, gilam, turli yumshoq mebel, tuvakdagi gullar va shu kabi narsalar boshqa xonaga chiqarilishi lozim, chunki bular o'ziga chang yig'ib bolaga allergik reaksiya berishi mumkin. Xonada faqat bolaning beshigi yoki krovatchasi va shkafcha bo'lishi kerak. Krovat yohud beshik xonaning yorug', issiq joyida turishi kerak.



Chaqaloq uchun zarur parvarish buyumlari: Vannacha, ko'zacha yoki krujka, 3 ta termometr (suv, tana va uy havosi uchun), mochalka, bolalar sovuni, sochiq, №1 klizma ballonchasi, grelka, steril paxta, bint, vazelin, 6-dona so'rg'ich, 2 ta tomizg'ich, qaynatilgan o'simlik moyi, yod, brilliant yashili kabilar bo'lishi lozim.

3. Chaqaloqni cho'miltirish. U tug'ruqxonadan kelgan kuniyoq cho'miltirish kerak. O'zbeklarda ko'proq buvilar, onalar bu muolajani boshlab berganlar va yosh onalarga o'rgatganlar. Cho'miltirishdan avval yuqondagi kerakli parvarish buyumlari tayyorlab qo'yiladi. Vannacha tozalab yuvilib, bola tanasini biroz kuymaydigan qilib suv quyiladi.

T°36.537°S, bo'lishi kerak..Xona t° 25°S. Bola asta-sekin yo'rgagi bilan suvga tushiriladi. Olti oygacha har kuni, keyin kun ora cho'miltiriladi. Cho'miltirishda bolani boshi va orqasini chap qo'l bilagiga qo'yiladi, o'ng qo'l bilan dumba va oyog'idan ushlab turib suvga tushiriladi. Keyin o'ng qo'l bilan badani suvlanadi, sovunlab chaqaloq boshini peshonasidan orqaga, ensa tarafga qaratib yuviladi, shunda bola ko'ziga sovun tushmaydi. Boshiga qaynatilgan o'simlik moyini surtib qo'ygan bo'lsangiz sovunli latta bilan artib olinadi. Boshidagi ko'pikni yuvib tashlagach, qo'lni yana sovunlab quloq orqasi, bo’yni, ko'krak, biqinlari va osti yuviladi. Suv quyishda bolani old tarafi bilan pastga qaratib, chap bilakka osilib turgandek holatda tutiladi. Cho'milgan bolani tezda choyshab yoki sochiqqa yotqizib avval boshi o'rab quritilgach, tanasi va oyoqlari bot-bot bosib quritiladi. Iloji boricha kechki payt 8-9 larda cho'miltirish kerak.



Cho'miltirish muddati 5-7 minutdan oshmasligi kerak. Cho'miltirib bo'lgach ovqatlantiriladi. Kundalik cho'miltirishdan tashqari har kuni erta bilan yuvib taraladi. Emizib bo'lgach terisi, bo’yni, qo'ltiqlari, choti, taqim, tirsak, qu­loq orqasida qizargan bichilgan joylar bor-yo'qligini tekshiriladi va o'sha joylarga steril vazelin yoki o'simlik moyi surtiladi. Chaqaloq yuzi va qo'llari qaynagan suvga paxta xo'llab artiladi, shunday paxta bilan, burun, tomoq artiladi. Burunda qatqaloq bo'lsa bir tomchi o'simlik moyi tomizilib, paxta pilik bilan tozalanadi.

Og'zi choy sodasi ko’shilgan eritma bilan artiladi. Chaqaloq sutkada 1-5 marta siyadi, 3-5 marta ichi keladi. Har safar osti tozalanib yuviladi. Qiz bola ostini oldidan orqa tomoniga qaratib yuviladi.



4. Chaqaloqdagi patologik holatlar, ich dam bo'lishi, qabziyat. Agar terisi toza turmasa infeksiya tushishi mumkin, agar terida mayda yiringli toshmalar paydo bo'lsa uyga shifokor chaqirtiriladi. Chunki bola bir oylik bo'lguncha poliklinikaga olib chiqilmaydi.

Uyga kelganingizda hali kindik yarasi suvchirab turgan bo'lsa 3-4 kun 3% pereks vodorod bilan yuviladi va zelyonka surtiladi.



Yo'rgaklash: avval adyol yozilib, ustiga paxmoq yo'rgak, bolalar kleyonkasi, chit yo'rgak va uch burchak qilib taxlangan taglik qo'yib tayyorlanadi.

Yo'rgaklashda bola kindigidan yuqon ko'tariladi, taglikning ikki uchi bola qorniga o'ralib, uchunchisi oyoqlari orasiga qo'yiladi, keyin belidan chit yo'rgak o'raladi, so’ngra paxmoq adyolga o'raladi.



Sayr: chaqaloqni yilning har qanday faslida ham 2-3 mahal sayr qildirsa bo'ladi.

Chaqaloq yig'isi asosan atrofdagilar bilan muloqot qilishidir: U tagi xo'l bo’lganda, ichi dam bo’lganda, ichi qotganda yoki qulog'i shamollaganda yig'laydi. Yoki "qornim och", "chanqadim", "isib ketdim", "sovqotdim", "qisib yo'rgakladingiz", zaylida yig'laydi.



Ich dam bo'lishi: bola bezovtalanib, oyoqlarini tipirchilatib qorniga tortadi qorni qattiq bo'ladi. Shunda bolani chalqancha yotqizib, qorni soat strelkasi bo'yicha silanadi, yel chiqib ketadi.

Ich kotishi: bola noto'g'ri emizilsa, suv ichirib turilmasa sutkasiga 1 marta ham ichi kelmasa, uni qorni bilan yotqizish, keyin soat strelkasi bo'yicha silash, agar naf bermasa tozalovchi klizma qilinadi.

5. Beshikriirig afzalligi. Beshik hozir yana taomilga kirib, qo'llana boshladi. Bunda bolaning osti quruq bo'ladi, suyagi tekis, chiroyli o'sadi, qishda sovqotmaydi, yozda elvizakdan himoya qiladi.

Shu o'rinda chaqaloq va emizilik davr ya’ni 1 yoshgacha davr to'g'risida qisqacha to'xtalib o'tamiz.



Ona suti:

1. Bola uchun eng to'yimli ovqatdir.

2. Bolaga oson singib, to'la hazm bo'ladi.

3. Bolani infeksiyalardan saqlaydi.

4. Bola ona mehridan bahramand bo'ladi.

5. Yaxshi o'sishini ta'minlaydi.

6. Onani bemavrud bo'yida bo'lishdan saqlaydi.

7. Onaning salomatligini saqlaydi.

Ona sutida 100 dan ortiq zarur moddalar bor, unda oqsil, yog', uglevodlar 1:2:3: nisbatda bo'ladi va bola ehtiyojini to'la qondiradi. Ona sutidagi oqsil oson singiydi, almashtirib bo'lmaydigan aminokislotalar ko'p bo'ladi. Sigir sutidagi yog'lar mayda yog' zarralari bo'ladi va ona sutidagiga nisbatan 50-60 marta qiyin hazm bo'ladi.

Ona suti tarkibida lipaza fermenti bor, u yog'larni parchalaydi, sigir suti yoki sun'iy aralashmalarda bu ferment sutni qaynatish va qayta ishlashda parchalanib ketadi.

Bundan tashqari ona sutida laktoza degan uglevod bo'lib u bolaning ichak yo'lida ovqat hazmini yaxshilaydi.

Bolalarda ayrim hollarda laktoza fermentining etishmasligi bilan ifodalangan kasallik bo'ladi. Ona sutiga to'ymagan, sigir suti va sun'iy boqilganda ko'p uchraydi. Bu kasalliklarda bola ko'p bezovtalanadi, ichi buzilib tez-tez ketadi, axlati suyuq va bijg'igan bo'ladi. Kasallik boshlanishida bolani qayta ona sutiga o'tkazishning iloji bo'lsa — bu yaxshi. Ona sutida temir, kal'siy, fosfor, magniy, ruh, kaliy, ftor zapasi ko'p, ayniqsa ona sutida temir moddasining ahamiyati katta.

Temirning o'zlashtirilishi ona sutida 70%, sigir sutida 30%; sun'iy aralashmalarda 10% ni tashkil etadi. Ona sutidagi vitamin miqdori bola ehtiyojini dastlabki oylarda to'liq qoplaydi. Ona suti tarkibida to'yinmagan yog' kislotalar bo'lib ular sigir suti yoki sun'iy aralashmalarda kam bo'ladi. Ular bolaning yaxshi o'sishiga bosh miyasining rivojlanishida, ko'rish organining rivojlanishida faol qatnashadi.

Ona suti tarkibidagi yog' miqdori bolaning emishiga qarab har-xil, oldingi sutda yog' kamroq, oqsil, uglevodlar ko'proq, oxirgi sutda esa yog' ko'proq, sut quyuqroq bo'ladi. Shuning uchun iloji boricha ko'krakka yig'ilgan hamma sutni emdirishga harakat qilish lozim.

Bola kun davomida necha marotaba emishini bola o'zi belgilaydi. Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining 1992 yilgi tavsiyasiga ko'ra, bola ko'krakni xohlagan vaqtida emishi yaxshi natija beradi.

Bolani besh oylikdan qo'shimcha ovqatlantiriladi, uni emizishdan oldin 2 choy qoshiqdan bera boshlanadi.

Dastlab sabzavot pyuresi berila boshlaydi. Besh oylik bola to'rt mahal emadi, bir mahal sabzavot pyuresi, va pishirilgan tuxum sarig'ini eydi. Olti oyda bo'tqa (guruch -manniy ) berila boshlaydi. Ettinchi oydan yog'siz sho'rva berila boshlaydi. Sakkiz oylikdan uch mahal, 11-12 oy­likdan bir mahal emiziladi. Shu davrdan boshlab bolani butunlay ko'krakdan ajratish mumkin.



Nazorat uchun savollar:

1. Chillali chaqaloq bor xonadonda qanday tadbirlar ko'riladi, momolar o'gitlarini eslang.

2. Bola vazni haqida tushuntirib bering.

3. Chaqaloqning ko'rishi, hid bilishi, sezgilari haqida so'zlab bering.

4. Chaqaloq turadigan xona.

5. Chaqaloqqa ishlatiluvchi parvarish buyumlar.



6. Chaqaloq qanday yuvintiriladi?


Aim.uz


Download 48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish