Bir narsani esdan chiqarmang hushyor bo’ling.
Oilang, ayoling tejamkor bo’lmasa, beandisha behayo, betga chopar, og’zi, tili yomon bo’lsa, o’ziga oro berib, ko’chalarda bozorga aylanishni yaxshi ko’rsa, bolalarini toza kiyintirmay, vaqtida ovqatlantirmay beparvo bo’lsa. Ovqat yemay, idish tovoqlarni kechqurun yuvmay ertaga qoldirsa. Bolalarini oldida eri bilan urishib, bolalar oldida baqirib, qarg’anib gapirsa, erini urug’larini, qaynota qaynonasini hurmat qilmasa, yolg’onchi, chaqimchi, ig’vogar bo’lsa, behayolik qilib avratlarini ochib begonalar va qo’shnilar bilan har xil bemani suhbat qilsa. Unday xotindan vafodor ayol chiqmaydi, uni bolasi ham aqli past, beandisha bo’lib o’sadi. Umring behuda o’tadi, obro’ying ketadi. Topgan pulingda baraka bo’lmaydi. Qariganda xor bo’lasan, unday ayolni bolasini ham o’ylamay bahridan kech. Boshqasini ko’rib, o’ylab adashmay avlodini so’rab uylan….
Ayoling, kelin aqilli bo’lsa, ota-ona bolaga suyanadi. Kelin beaqil qalbi g’araz bo’lsa ota-ona qariganda bolasiga emas hassaga suyanib qoladi. Ota-onani dili ranjisa, uying xarob bo’lib, farokanda bo’lib yo’qalib ketasan.
Oilada erkaklarni vazifasi va aqli past erkakni yomn odamlarni, hamda oilani tarbiyasini buzilishi. Erkakni vazifasi, oilani bolalarni tarbiyasiga har soat e’tibor berish, oila va bolalarini boqish. Oila va bolalariga yaxshi gapirib tarbiyalash o’z oilasini obro’sini, oriyatini, nomusini saqlashi, yomon ishlardan oilasini sherday, burgutday bo’lib himoya qilishi kerak. Oilasi ham shunday erga mos bo’lishi, aqilli va tejamkor bo’lishi kerak. Bolalarini hushyor, ziyrak va hunarmand qilib tarbiyalashi kerak.
Eslatmalar:
Ba’zilar hajga borib keldim deb o’zlarini baland chog’lab, o’zlarini avliyodek his qilishadi. Uni haji qabul bo’ladimi yo’qmi uni Olloh biladi. Hajga borganlar , men hojiman deb aytishi ham noto’g’ri. Ular kamtar va nasihatgo’y bo’lishi kerak. “Yoshinga mag’rur bo’lib qilma haqorat yoshni, yo’lga sol qo’lingdan kelsa aqli past beboshni”… va hokazolar.
Jamoa ichida baland ovozda Oyatlar Fotixalar o’qiladi. Ba’zilar qiroat-tilovat qilganda qiroat bilan Oyatlarni to’g’ri o’qiydi. Ba’zilar mullolar o’qiganda to’g’ri o’qishni o’rganib o’zlari bilgan usulda o’qiydi. Bu ham yaxshi. Kimki duduq soqov gapirishga tutilib gapiradiganlarga. Jamoa ichida ovoz chiqarib oyat o’qishlari mumkin emas. Duduqlar uylarida ovoz chiqarmay o’qishlari mumkin. Oyatni iloji boricha to’g’ri o’qing.
Aqli past nodon erkaklarni, oilasiga qiladigan muomalasi va ro’zg’orini oilasini buzilshi, ajralib ketishi sabablari.
Aqli past erkak deyarli bir joyda ishlamaydi, ishlasa ham ichib kelib, oila va bolalarini haqorat qilib asabini buzib, har kuni behuda janjallar oqibatida oila va bolalarini kasallanib qolishiga, oilasini dardiga e’tibor bermay yurishi, sababli, Ayolni to’shakda yotib qolishi va bafot etishiga sabab bo’ladi….
Hech qanday sababsiz janjal qilib, ro’zg’origa oila va bolalariga azob beradigan erkaklardan – ajralib, bolalarini ham o’ylamay ajralgan maqul. Hatto o’sha erkak boyvachcha bo’lsa ham bahridan kech.
Yomonga xudo ham bas kelolmaydi.
Hech qanday jiddiy sababsiz Oila va bolalarini urib azob beradigan ichib kelib yo’q joydan janjal qiladigan aqli past erkak bilan yashama. Tayoq yeb azob chekib 50 yoshga bormay o’lib ketasan….
Oilasini bolalarini uradigan erkak ohida azob chekib xor bo’lib o’ladi va hokazolar….
Do'stlaringiz bilan baham: |