Biotsenoz va uning strukturasi. Reja



Download 45,69 Kb.
bet1/5
Sana25.02.2022
Hajmi45,69 Kb.
#462280
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4-семинар

4-Mavzu: Ekotizim va ularning tasniflanishi. Biotsenoz va uning strukturasi.



Reja:
1.Yer biotasining ta’rifi va tabiatda moddalar va energiya almashinuvi.
2.Biotsenozlar yoki Biotik turkumlar.
3.Ekotizimning mahsuldorligi. Biotsenoz.
4.Populyatsiyalar strukturasi va rivojlanishi.
Tayanch iboralar: ekotizim, produtsentlar, konsumentlar, redutsentlar,biogeotsenoz, ozuqa zanjiri, biologik mahsuldorlik,swsiklik o’zgarishlar, tasodifiy o’zgarishlar, suksessiya, bentos, perifiton, plankton, neyston, nekton, substrat xarakter, Populyatsiya, populyatsiya soni va zichligi, populyatsiya tuzilmasi. Jins va yosh tuzilma, masofaviy tuzilma. Organizmlar tarqalishini chegaralovchi omillar. Tug’ilish va o’lim. maydonga oid, yoshga oid, jinsga oid tuzilishi, emigratsiya va immigratsiya, zotlar sonini o’zgarish usullari.Yashab qolish egri chizig'i.
Yer yuzining quruqlik va suv sharoiutida turli mikroorganizmlar, o’simlik va hayvonlar turlaridan tashkil topgan birlik (uyushma)lar uchraydi va harakat qiladi. Tabiiy biologik birliklarga kirgan organizmlar bir-birlari va muhit omillari bilan doim, tinimsiz aloqada va munosabatda bo’ladi.Tabiiy biologik birliklar-tirik tabiatning bir bo’lagining ma’lum joyida tirik organizmlarning har xil turlari hosil qilgan bir butun birlikdir. Birlik (yoki jamoa) ichidagi ayrim organizmlar hayoti yakka-yakka emas, balki birlikda qaraladi. Bir tur vakillarining qalingili, tug’ilish, o’lish, o’zgarib turish, tarqalish kabi holatlari, bir-biriga munosabnatlari hosil qiladigan biologik birliklarda yuqori darajada tashkil topgan bo’ladi. Bu yerda har xil turlar xosil qilgan populyatsiyalar birlashmasalari tushuniladi.
Biologik birliklar hususiyatlariga turlarning xilma-xilligi ular ichidagi raqobat, tuzilish, ozuqa halqalari, maxsuldorlik, turlarning mintaqalararo bo’yicha tarqalishi kabi xislatlar kiradi. Shu keltirilgan hislatlarning har biri ma’lum joyda organzimga sezilarli va chegaralovchi omil sifatida namoyon bo’ladi. Tabiiy birliklarda uchraydigan organizmlar to’la o’rganiladi, lekin ayrim hollarda biologik birliklar ichidagi bir sistematik guruh, organizmlar (o’simliklar yoki hayvonlar ayrim guruhlari, qushlar) o’rganiladi. Albatta, bunday xollarda birliklar tarkibi, xislatlari tuzilishi, maxsuldorligi qonuniyatlari to’la ochilmay qoldi.
Tabiatda har xil turlar populyatsiyalari birlashib, yuqori tuzilish va xususiyatlariga ega bo’lgan biologik birliklar yoki biotsenozlarni hosil qiladi. Biotsenazlar – bu o’simlik, hayvon va mikroorganizmlar populyatsiyalari guruhlaridan iborat bo’lib, ma’lum joyda birgalikda yashashga moslashgan biologik birikmalardir.Biotsenozlarning chegaralari har xildir, ya’ni daraxt shohi va qobig’i ustida uchraydigan birlikdan tortib, ko’llar hovuzlar atrofidan to cho’l va dashtda uchraydigan turli turlar hosil qilgan biologik uyushmalar kiradi . Har qanday biotenoz abiotik muhitning ma’lum qismi – biotopni egallaydi . Biotop bu ma’lum darajadagi bir xil sharoit bo’lib , unda har xil organizmlar birliklari tarqalgan . Har bir biotopning ekologik yashash joyi bo’lib, shu joy turlar soni , qalinligi, tuzilishi bo’ladi , muhitning asosiy abiotik omillari (harorat yorug’lik, namlik, bosim ,joy, ozuqa ) va boshqalar ta’siriga organizmlar reaksiya qiladi .” Biotsenoz” atamasi 1977-yil nemis zoolog olimi Myobius fanga kiritgan . Myobius biotsenozni quyidagicha tariflaydi , ya’ni ;
1) Biotsenozga ma’lun joyda uchraydigan mikro va makroskopik formalar , o’simlik va hayvonlarning hamma massasi kiradi.
2) Biotsenozni hosil qiluvchi turlar bir-birlari bilan bog’langan va bir-birlariga qaramdir.
3) Biotsenoz tashqi muhit omillari ta’sirida bo’ladi .
4) Biotsenoz vaqt bo’yicha doim turg’un va bir xil holatda bo’ladigan guruhlardan iborat bo’ladi .
5) Biotsenozni hosil qiluvchi vakillar o’z joylarida , biotsenoz ichida ko’payish xususiyatlariga egadir.
Hozirgi vaqtda Myobius ko’rsatib o’tgan biotsenozning shu belgilari o’zining tabiiy xususiyatlarini saqlab qolgan .
Demak , biotsenoz – bu tirik organizmlar guruhlari bo’lib, ular ma’lum turlar tarkibiga va ular bir-birlariga bog’liq, aniq makonni egallaydi .
Biotsenoz turli katta –kichikliklarda bo’ladi va ko’p xil murakkabligi bilan farqlanadi . Masalan, o’rmon ,tundra, dasht , cho’l biogeotsenozlari va muhit omillarining yig’indisi emas , balki tabiatning bir butunligi, sifat jihatdan moslashgan ,o’z holicha rivojlanuvchi va ta’sir qilish qonunlariga ega bo’lgan murakkab birlikdir .
Biotsenoz o’z navbatida quyidagi komponentlarga bo’linadi: fitotsenoz – o’simliklar , zootsenoz-hayvonlar , mikrotsenoz-mikroorganizmlar guruhlari.
Biotsenoz va uning komponentlari bir-biridan ajratib bo’lmaydi, ularni har xil tur va darajadagi bir biologik uyushma deb qarash kerak .
Hozirgi vaqtda sun’iy , ikkilamchi agrobiogeotsenozlar yoki agrotsenozlar hosil bo’lgan , ular qishloq xo’jaligining asosi bo’lib , o’zlarining tarkibi , tuzilishi , muhit omillarining ta’siri , o’zgarishi va maxsuldorligi bilan tabiiy biotsenozlardan tubdan farq qiladi . Tabiiy birliklar ko’pincha chegaralari aniq bo’lmasdan bir – birlariga qo’shilib ketadi . Lekin shunga qaramasdan tabiatda har bir biologik guruhlar, biotsenozning chegarasi bor, bu obyektiv va real haqiqatdir.
Tabiiy sharoitda biotsenozni chegaralashda bir hil fizik-kimyoviy iqlim sharoiti va biotik munosabatlardagi joy tanlab olinadi. Ajratilgan joyda uchraydigan hamma hayvonlar turlarini yig’ish mumkin bo’lmaganligi uchun hayvonlar katta-kichikligi, sistematik o’rniga qarab, asosiy guruhlarning vakillaridan namunalar to’planadi . Ular uchraydigan joylardagi o’simliklar ularni o’zgarib turishi inobatga olinadi. O’t o’simliklar va ayniqsa, o’rmonzorlarda hayvonlar yaruslar bo’yicha to’planadi .tuproqda uchraydigan hayvonlardan namunalar to’plaganda tuproq yuzasidagi barg, shox qoldiqlari tagidan boshlab tuproqning har 5 sm chuqurligidan namunalar olinadi, uchraydigan hayvonlarning turlari ,soni,uchrovchanlik darajalari aniqlanadi.
Tur tarkibi uning xilma-xilligi biologic birliklarni xarakterlaydigan belgilarning biridir. Biotsenozni o’rganishda va tariflashda, asosan turlar bir-birlariga nisbatan ajratiladi. Tur sistematik o’rni aniqlangandan keyin, turlarni har xillik aspekti va biotsenoz tuzilishi belgilanadi.

Download 45,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish