Biotsenoz va uning strukturasi. Reja



Download 45,69 Kb.
bet5/5
Sana25.02.2022
Hajmi45,69 Kb.
#462280
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-семинар

1. Produtsentlar-yashil o‘simliklar bo‘lib, ular quruqlikdagi har qanday biotsenozning asosiy tarkibi va energiya manbai sifatida xizmat qiladi. Ular assimilyatsiya jarayonida to‘plangan energiyasini boshqa organizmlarga beruvchilardir.
Fotosintez qiluvchi organizmlar quyosh energiyasi ishtirokida organik moddalami sintez qilib. yorug‘Iik energiyasini bog‘langan kimyoviy energiya sifatida to‘playdi.
2.Konsumentlar-bu guruhga hayvonlar kiradi. Ular o‘simliklar tomonidan to‘plangan organik moddani iste'mol qiluvchilar hisoblanadi.
Birinchi tartibdagi konsumentlarga produtsntlar bilan oziqlanuvchi o‘txo‘r hayvonlar kiradi. Quruqlikdagi keng tarqalgan birinchi tartibdagi konsumentlar hasharotlaming ko‘pchilik vakillari, sudralib yuruvchilar. qushlar, sut emizuvchilardir.
Eng muhim birinchi tartibdagi konsumentlar sut emizuvchilarning o‘txo‘r guruhlari, kemiruvchilar va tuyoqlilar hisoblanadi. Ularga ot, tuya, qo‘y, echki va qoramollar kiradi.
Ikkinchi va uchinchi tartibdagi konsumentlar. Ikkinchi tartibdagi konsumentlar o‘txo‘r hayvonlar bilan oziqlanadi. Bular uchinchi tartibdagi hayvonlar bilan birga etxo‘r hayvonlar deb qaraladi. Ikkinchi va uchinchi tartibdagi konsumentlar yirtqichlar blishi mumkin. Shuningdek, o‘laksa bilan oziqlanishi yoki parazit hayvon ham bo‘lishi mumkin.
Avtotroflar (asosan yashil o‘simliklar. Organik moddalarni sintezlash uchun atrofdagi anorganik birikmalardan foydalanadi).
Geterotroflar ( hayvon, odam, zamburug‘, bakteriyalar. Avtotroflar hosil qilgan taor organik moddalar bilan oziqlanadi).
Mahsuldorlik deganda mahsulot ishlab chiqarish qobiliyati tushuniladi. Biotsenozda birlamchi va ikkilamchi mahsulotlar ajratiladi. Birlamchi mahsuldorlik (BM) produtsentlar tomonidan anorganik moddalardan hosil bo‘lgan mahsulot hisoblansa. konsumentlar va redutsentlar mahsuli ikkilamchi (IM) hisoblanadi. Shuningdek, yalpi birlamchi mahsulot va sof birlamchi mahsulotlarga ajratiladi. Yalpi birlamchi mahsulot(YaBM) ma'lum vaqt oralig‘ida o‘simliklar tomonidan hosil qilingan hamda nafas olishda sarf bo‘lgan va geterotroflar tomonidan o‘zlashtirilgan mahsulotlardan iborat bo‘ladi. Agarda yalpi mahsuldorlikda nafas olishga sarf bo‘lgani chiqarib tashlansa, birlamchi mahsuldorlik qoladi. Sof birlamchi mahsuldorlik *(SBM) esa nafas olishga sarf bo‘lgandan so‘ng geterotrof organizmlar hayotini o‘tkazish uchun qolgan mahsulotdir. Energiya oqimi.Ekotizimlardagi organizmlaming hayot faoliyati va moddalamging aylanishi uchun energiya talab etiladi. Yashil o‘simliklar hayot uchun zarur bo‘lgan kimyoviy moddalami olib, fotositez jarayonida organik birikmalar to‘playdi va quyosh energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi. Bunday organizmlar-avtotroflar deyiladi.O‘simliklar va boshqa jonivorlar bilan oziqlanib yashovchi geterotroflar esa oziqlanish jarayonida organik moddalami karbonat angidrid, suv va mineral tuzlarga aylantiradi. Ular organik moddalami o‘simlik takror foydalanishi uchun yaroqli bo‘lgan darajagacha parchalaydi. Shunday qilib, biogen moddalar tabiatda uzluksiz aylanib turadi.
Geterotroflar-yani hayvonlar, zamburug‘ va bakteriyalar ikki guruhga bo‘linadi. Bulardan birinchisi-iste'mol qiluvchilar, ya"ni konsumentlar bo‘lib, ozuqa sifatida tirik organizmlardan foydalanib. organik moddalami o‘zgartiruvchi, qisman parchalovchilardir. lekin bu organizmlaming biror turi ham o"simliklardagi organik moddalarni oxirigacha parchalay olmaydi. Ular organik moddalari muayyan darajagacha parchalay oladi. Bunday turlardan qolgan chiqindilar boshqa geterotrof organizmlarga yem bo‘ladi. Bular-redutsentlar. ya'ni parchalovchilar-zamburug‘lar, bakteriyalar bo‘lib, o‘lgan organizmlardagi murakkab organik moddalarni parchalab oddiy mineral birikmalarga aylantirib beradi. Bu birikmalar yana tabiiy muhitga qaytadi va avtotrof organizmlar ( yashil o‘simliklar ) tomonidan qaytadan o‘zlashtinladi.Moddalarning bunday davriy aylanishi-hayotning davom yetishi uchun zarur sharoit hisoblanadi, bu uzoq evolyutsiya jarayonida vujudga kelgandir. Shunday qilib, uzoq evolyutsiya jarayonida vujudga kelgan bir-biriga bog‘liq turlardan barqaror zanjirlar paydo bo‘ladiki. bular boshlang‘ich ozuqa moddalardan energiya va moddalarni birin-ketin olib. turli yillar bilan tabiatda moddalarning davriy aylanishini ta'minlab turadi. Organizmlar quyosh energiyasini kimyoviy. mexanik va issiqlik energiyalariga aylantiradi. Bunda boradigan hamma o‘zgarishlar energiyam yo‘qotish bilan bog‘liq bo‘lib, u oxirida issiqlikga aylanib tarqalib ketadi.Jamoalardagi ozuqa zanjirlari juda murakkab bo‘lib. ular aslida yashil o‘simliklar tomonidan hosil qilingan energiyani 4-6 bo‘g‘in orqali o‘tkazadi. Bunday qatorlar boshlang‘ich energiyaning sarflanish yo‘li hisoblanib. ozuqa zanjiri deb ataladi.
Shunday qilib, organizmlar orasida oziq uchun o‘zaro munosabatlar o‘rnatiladi. Natijada oziqlanish zanjiri hosil bo‘ladi. Oziq zanjiri esa uchta asosiy zvenodan iborat bo‘ladi. ya'ni produtsentlar, konsumentlar. redutsentlardan. Har bir oziq zanjirida ma'lum bir trofik bosqich shakllanadi: yashil o‘simliklar-organik moddalarni hosil qilib, birinchi trofik bosqichni; fitofaglar ikkinchi, etxo‘rlar uchinchi va hokazo bosqichlarm hosil qiladi. Oziq zanjiridagi hamma zvenolar o‘zaro bog‘liqdir. Bularning orasida birinchisidan to oxirigacha modda va energiya berilishi amalga oshiriladi.
Biomassa deganda-jamoadagi barcha tirik organizmlar umumiy og‘irligining yig‘indisi tushuniladi.Oziq zanjiridagi hamma oziqalar o‘sish uchun, ya'ni biomassa to‘planishi uchun sarflanmaydi. Balki uning yarimi organizm energiya sarflanishini qoniqtirish uchun: nafas olishga, harakat qilishga. ko‘payishga, tana haroratini saqlab turishga shartlanadi. Bunda bitta zvenoning biomassasi keyinga zveno tomonidan to‘liq qayta ishlab chiqilmaydi. Oziq zanjirining har bir keyingi zvenosida-oldingisiga qaraganda biomassaning kamayib borishi ro‘y beradi. Masalan : 1 t. o‘simlikdan o‘rta hisobda 10 kg o‘txo‘r hayvon gavdasi massasi hosil bo‘lishi mumkin. Oziq zanjirining asosi hisoblangan o‘simlik massasi o‘txo‘r hayvonlarning umumiy massasidan doimo bir necha barobar ko‘p bo‘ladi. Shunday qilib, tabiatda ekologik piramida hosil bo‘ladi. Hosildorlik piramidasi-energiyaning ozuqa zanjirlarida sarflanish qonuniyatini ifodalaydi. Yuqorida bayon etilgan ozuq zanjirida biomassaning kamayib borishi qoidasi grafik holida chizilsa, u piramidani eslatadi. Bunday holat birinchi marta 1927 yil Ch. Elton tomonidan o‘rganilib. Elton piramidasi yoki o‘simliklar biomassasi piramidasi deyiladi.(2-sxema)

2-sxema.
Piramidaning asosini o‘simliklar-produtsentlar hosil qiladi. Yuqorisini esa-yirik yirtqichlar konsumentlar hosil qiladi. Piramidaning balandligi oziq zanjiri uzunligiga teng keladi. Mustaqil ish topshiriqlari. Tabiiy va sun'iy ekotizimlarni o‘rganish, misollar keltirish. Farg‘iga yetish. U yerda uchraydigan o‘simlik turlaridan gerbariy to‘plash. o‘simlik turlarini o‘simlik aniqlagichidan foydalanib aniqlash.
Evolyutsiya jarayonida quruqlikda yashovchilarda o‘ziga xos anatomo-morfologik, fiziologik. Xulqiy va boshqa moslanishlar kelib chiqgan. Ularda nafas olish jarayonida kislorodni o‘zlashtirish uchun organlar hosil bo‘lgan. Masalan: o‘simliklarda og‘izchaning bo‘lishi; hayvonlarda o’pka va traxeya. Noqulay sharoitdan himoyalanish uchun murakkab moslanishlarishlab chiqilgan (hayotiy sikllarning davriyligi va maromi, to‘qimalarning tuzilishi); tuproq bilan aloqaning o‘rnatilishi*(o‘simlik ildizi, hayvonlar qoldig‘i); ozuqa axtarish maqsadida hayvonlarda judayam kuchli harakatchanlikning ishlab chiqilishi; uchuvchi hayvonlarning paydo bo‘lishi-ular esa havo oqimi bilan o‘simliklarning meva, urug‘, changlarini bir joydan ikkinchi joyga tashiydi. Yer yuzasidagi ekotizimlar ko‘p yarusli bo‘lib, ular har hil balandliklarda vertikal joylashgan qatlamlarga ega. Masalan. o‘rmonlarda bir necha yaruslarni ajratish mumkin:
l. Daraxtlar
2.Butalar
3.Butachalar
4.Ko‘pyillik
5.Biryillik
6. Lianalar va xakozo
Hayvonlar ham o‘rmonda har xil yaruslarni egallab, ya'ni har xil balandlikda yashaydilar. Ko‘pgina qushlar o‘z inlarini yerda qursa,ayrim daraxtlarning ustiga kuradi. Uar bir yarusdagi mayjud o‘simlik, umurtqali va umurtqasiz hayvonlar o‘rtasida kuchli bog‘lanishlar kuzatiladi. Quruqlik muhitida suv muhiti kabi aniq ajratilgan iqlim zonallikni ko‘rishimiz mumkin.O‘simlik va xayvonlar har qaysi zona uchun xos bo‘lgan sharoit bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. chunki ular shu yerlarda yashaydilar va birinchi navbatda kopleks iqliim omillariga moslashadilar. Bu esa tuproq sharoitiga, relyefiga, geografik va joyning boshqa xususiyatlariga ham bog‘liq bo‘ladi.

Asosiy adabiyotlar.

4. Yormatova D., Xushvaktova X. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish.

Toshkent, Fan va texnologiyalar, 2017.

5. Yormatova D., Xushvaktova X. Ekologiya i oxrana prirodы. Tashkent Fan va texnologiyalar, 2017.


Download 45,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish