Baxtiyor mengliyev


UMISning  takrorlanishi  va  AHVOning  betakrorligi



Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/227
Sana31.10.2020
Hajmi1.62 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   227
UMISning  takrorlanishi  va  AHVOning  betakrorligi
“Umuman  kitob”  UMISi  har  bir  kitob  AHVOsida  yuzaga 
13


chiqaveradi. Borliqda qancha AHVO bo‘lsa ham, har birida UMIS 
o‘zining bir qirrasini namoyon qilaveradi. Lekin AHVO sifatidagi 
muayyan  kitoblar  takrorlanmaydi.  Deylik,  yoqib  yuborilgan  bir 
kitobni qayta tiklashning iloji yo‘q. Ammo qancha kitob yoqilgani-
yu  nashr  etilgani  bilan  umuman  kitob  UMISi  o‘zgarmasdan 
turaveradi. Demak, UMIS – barqaror, AHVO – o‘tkinchi. 
UMISning  chekliligi  va  AHVOning  cheksizligi.  Ongimizda 
UMIS  sifatida  “umuman  kitob”  bitta.  Ammo  kitob  AHVOlari 
cheksiz. Shu kungacha mavjud bo‘lgan va kelajakda yozilib, nashr 
etiladigan  kitoblar  sonini  tasavvur  qilib  bo‘lmaydi.  Ammo  UMIS 
bittaligicha turaveradi.  
Tilda  UMIS  va  AHVOning  xususiyatlari.  Endi  falsafiy 
UMIS  va  AHVOning  til  hodisalarida  voqelanishi  haqida  fikr 
yuritamiz.  Qalin,  qora,  katta  so‘zlaridagi  a  tovushlarini  talaffuz 
qilaylik.  Sezgilarimiz  4  ta  a  unli  tovushni  his  qiladi.  Bundagi 
birorta  a  tovushini  qayta  talaffuz  qilib  bo‘lmaydi.  Qayta  aytilgani 
esa endi beshinchi a tovushi bo‘ladi. Talaffuz qilingan a tovushini 
(boshqa tovushlarni ham) qayta talaffuz qilish mumkin emas va har 
bir  qayta  aytilgan  tovush  yangi  ekan,  demak,  nutqimizdagi  a 
tovushlari  cheksiz,  hech  qachon  takrorlanmaydi  va  sezgi  a’zolari 
yordamida  his  qilinadi  (aytilganda  eshitiladi,  yozilganda  o‘qiladi). 
a tovushi AHVO bo‘lib, u  yuqorida zikr etilgan “alohida kitob”ga 
o‘xshaydi. 
AHVOlar  qanchalik  ko‘p,  rang-barang  bo‘lishiga  qaramay, 
ongimizda ularning umumlashmasi sifatidagi yakka [a] UMISi bor. 
Bu  [a]  yuqorida  aytilgan  “umuman  kitob”  kabi  moddiylikka  ega 
emaslik  (ongda  mavjudlik),  barcha  a  tovush  (AHVO)larida 
takrorlanuvchanlik,  miqdoran  cheklilik  (ya’ni  bittalik)  xossalariga 
ega.  
Nutq  tovushi  AHVO,  ko‘plab  bir  xil  tovushlarning 
umumlashmasi bo‘lgan fonema UMIS deb yuritiladi. 
Falsafiy  UMIS  va  AHVOning  leksikada  voqelanishiga  diqqat 
qilamiz.  Misollar:  1.  Men  kitob  o‘qishni  boshladim.  2.  Bu  kitobni 
Halim nega keltirdi?  3. Кitob qiziqarliligi bilan meni tezda  o‘ziga 
rom qildi gaplarida uchta kitob so‘zi mavjud. Bu so‘zning ham har 
biri  “muayyan  o‘rik”,  “muayyan  a  tovushi”  kabi  moddiy 
14


voqelanganlik, takrorlanmaslik belgilariga ega va ular qatorini yana 
cheksiz  davom  ettirish  mumkinligi  sababli  AHVOlarning 
barchasiga xos belgilarni o‘zida mujassamlashtirgan. Cheksiz kitob 
so‘zlarining  zamirida  esa  “umuman  kitob”  UMISi  yashiringan.  U 
nutqqa chiqadigan barcha kitob so‘zlari uchun doimiy asos sifatida 
yashaydi.  Chunki  berilgan  gaplardagi  ikkinchi  kitob  so‘zi 
birinchisining takrori emas. U – yangi so‘z. Qolgan barcha so‘zlar 
uchun shunday fikrni aytish mumkin.   
Morfologiyada  -ni  tushum  kelishigi  shaklining  turli  nutqiy 
qo‘llanishlari  morfologik  AHVOlar,  bu  qo‘shimchalar  ongdagi  
[-ni] UMISi (morfemasi) asosida voqelangan.  
 
Sintaksisda  UMIS  va  AHVO  munosabati  quyidagi  tarzda 
namoyon  bo‘ladi.  Masalan,  Кitobning  varag‘i,  uyning  eshigi, 
Halimning savoli, qog‘ozning qalinligi, ruchkaning qopqog‘i kabi 
so‘z  birikmalari  mazmuni  alohida-alohida  AHVOlar,  ularning 
umumiy qolipi – [qaratqich kelishigidagi mustaqil so‘z + egalik 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
ishlab chiqarish
fizika matematika
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati