O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Sharqshunoslik Instituti Bajardi: Bahromov Behruz Tekshirdi: Bo’ronov Suhrob
CASA-1000
Umumiy ma’lumot:
Elektr energiya iqtisodiyot darajasini rivojlantirish, ish joylari va zamonaviy hayotni yaratish uchun kerakdir. Usiz kambag’allik darajasini pasaytirish sezilarli darajada sekinlashadi.
Qirg’iziston va Tojikiston Markaziy Osiyodagi eng yirik suv ko’rinishidagi ekologik toza gidroenergiyaga ega davlatlardir. Ikkala davlatda ham asosan yozda ortiqcha suv manbalariga ega bo’ladilar. Janubiy Osiyoda esa Afg’oniston va Pokiston elektr energiyaga muhtoj davlatlar sirasiga kiradi. Pokiston o’z xalqining elektr energiya talabini qondirolmaydi. Asosan yozda Pokiston elektr enrgiyaga muhtojligi sababli mahalliu ishlab chiqarish katta zarar ko’radi, ish o’rinlari qisqaradi va natijada ijtimoiy muammolar kelib chiqadi. Bundan tashqari millionlab aholi elektrsiz yashamoqda.
Ushbu loyiha - Qirg’iziston, Tojikiston, Afg’oniston va Pokiston tarixidagi eng yirik hamkorlikdir. CASA-1000 elektr tarmog’i Markaziy va Janubiy Osiyodagi mintaqaviy elektr bozorini (CASAREM) shakillantirishda dastlabki muhim qadam bo’ladi. Loyihani shakillantirish uchun Millatlararo Kengash tuzilgan bo’lib, bu birinchi o’rinda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Ushbu kengash loyihaga tegishli barcha masalalarni: ekologik va standard xavfsizlik, texnika hamda umumiy qoidalarni birgalikda hal qiladi.
CASA-1000 loyihasini ro’yobga chiqarish uchun deyarli barcha infrostrukturalar tayyor. Loyiha bitgach yuqori voltdagi elekt tarmog’i Qirg’iziston Respublikasidan Tojikistonga (477 km), Tojikistondan esa Afg’oniston va Pokistonga (yana 750 km) yuboriladi.
CASA-1000 loyihasini yaratish uchun :
500 kv kuchga ega “ Datka” stansiyasidan to Xo’jandgacha (477 km) elektr tarmog’ini uzatish
Sangtutada 1500 mVt ni o’tqazadigan potstansiyani qurish va undan Kobul va Peshovarga 750 km uzoqlikdagi doimiy yuqori voltli elektr tarmog’ini uzatish
Kobulda 300 mVt ni o’tqaza oladigan podstansiyani qurish.(elektrni import va eksportini ta’minlash uchun)
Peshovarda 1300 mVt ni o’tqaza oladigan podstansiyani qurish.
Qirg’iziston
“Milliy elektr tarmog’i” matbuot xizmati rahbari Elzoda Sargashkaeva Qirg’izistonda CASA-1000 loyihasini yaratilishi to’g’risida: Turk kompaniyasi MITAS Qirg’izistondagi CASA-1000 loyihasini bir qismini quradi deb ma’lumot berdi. 2018-yil 26-sentabrda Tojikistondagi Sangtuda stansiyasidan Pokistondagi Naushera stansiyasiga 500 kv yuqorivoltli elektr utqazish to’g’risida shartnoma imzolangandi.
Ammo Qirg’iziston exportni faqat yozda amalga oshirmoqchi shunda ham suv sathi pasaygan mavsularda exportni to’xtatib qoymoqchi.
Tojikiston
Tojikistonda CASA-1000 loyihasi qurilishida Hindiston ( Kalpa- Taru Power Transmission Limited) va Shvetsiya (ABB) kompaniyalari tenderda g’olib chiqishdi. CASA-1000 loyihasining umumiy 70% Tojikiston, 30% Qirg’izistonga tushgan.
Loyihaning umumiy qiymati 1 mlrd $ etib berilgan. Bunda Tojikistonga 320 mln $, Qirg’izistonga 233 mln $, Afg’onistonga 354 mln $, Pokistonga 209 mln $ ga to’g’ri keladi. Bunda Jahin Banki 526,5 mln$ garand va kreditlar ajratgan. Arab va Quvayt fondlarini 65 mln $, Islom rivojlaish Banki esa 70 mln $ yordam bermoqda.
Bundan tashqari loyihani ro’yobga chiqarish uchun Millatlararo rivojlanish agentligi (AQSH USAID) AQSH Davlat Departamenti, Buyuk Britaniya Millatlararo Hamkorlik Vazirligi (DFID), Australiya Millatlararo rivojlanish agentligi (AusAID) va boshqalar homiylik qilmoqdalar.
- ISLOMOBOD – Pokiston qishki mavsumda CASA-1000 hududiy elektr uzatish liniyasi orqali Tojikistonga elektr energiyasi eksport qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Pokistonning The News nashri chorshanba, 2018-yil 5-dekabr kuni mamlakat rasmiylaridan biriga tayanib xabar qildi.
- Gidroenergetikaga qaram boʻlgan Tojikiston daryolar muzlaydigan qish mavsumida elektr energiyasi tanqisligidan aziyat chekib keladi.
- CASA-1000 nomi bilan mashhur boʻlgan Markaziy Osiyo Janubiy Osiyo elektr uzatish va savdo loyihasi 2016-yil may oyidan amalga oshirila boshlangan. U Qirgʻiziston va Tojikistonda yoz oylarida ishlab chiqariladigan ehtiyojdan ortiq elektr energiyasini Afgʻoniston va Pokistonga uzatishni koʻzda tutadi.
- CASA-1000 loyihasi 2020-yilda tugallanishi kutilmoqda.
Loyiha toʻliq ishga tushirilgach, Pokiston may oyidan sentabrga qadar Tojikistondan 1000 mVt elektroenergiya import qilishni rejalashtirmoqda
Islomobod rasmiylari ikki mamlakat oʻrtasida qishki mavsumda Tojikistonga 1000 mVt elektr energiyasi yetkazib berishga oid kelishuvni joriy qilmoqchi. Bu haqda The News nashriga Pokistonnning energetika tizimidagi mulozimlaridan biri maʼlum qilgan.
Pokiston 30 ming mVt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega, uning qishki mavsum uchun ehtiyoji esa koʻpi bilan 11-13 ming mVtni tashkil qiladi. Shu tariqa ortiqcha energiya Tojikistonga eksport qilinishi mumkin, dedi amaldor.
CASA-1000 liniyasining maksimal oʻtkazuvchanlik quvvati 1000 mVtga teng boʻlishi kutilmoqda.
O’zbekiston CASA-1000ga qo’shilmoqchi:
Bu haqida 2018-yil 28-noyabrdagi Afg’oniston bo’yicha Xalqaro konferensiyada Tashqi Ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov aytib o’tgandi.
“Surxon-Puli-Xumri” loyihasi O’zbekistonga Afg’onistonga yuboradigan elektr energiyasini 70% ga oshirishga ya’ni yiliga 6 mlrd kVt ni yetqazishni ta’minlab beradi.
“Surxon-Puli-Xumri” loyihasi bo’yicha kelishuv O’zbekistong va Afg’oniston o’rtasida 2017-yil dekabr oyida kelishib olingan. Uning o’tqazish quvvati 1000 mVt ni tashkil etadi. Loyiha 2019-yil dekabrgacha bitqazilishi kelisgilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |