Bajardi : Aslonova Gulnoz Burhonovna
Ijtimoiy sohaning rivojlanishi?
Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: 1. Oylik va maoshlar, pensiya va ijtimoiy nafaqalarning bosqichma-bosqich oshib borilishi; 2. Aholi bandligini oshirishning samarali usullari; 3. Aholini arzon va zamonaviy uy-joylar bilan ta'minlash; 4. Aholining yashash sharoitini yaxshilash; 5. Ijtimoiy infratuzilmani modernizatsiya qilish; 6. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimi; 7. Ta'lim va fan sohasini rivojlantirish; 8. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish
Ilm-fan va madaniyatning rivojlanishi?
Markaziy Osiyo xalqlari uzoq tarixga egadir. Bu davrda u qadimgi Sug`d, Xorazm, Farg`ona. Usrushana, Chag`oniyon kabi o`lkalardan iborat bo`lib, G`arb bilan Sharq mamlakatlarini bog`lovchi “Ipak yo`li” markazida joylashgan va madaniy jihatdan ancha rivojlangan mintaqani tashkil etar edi. VIII asr oxiri IX asr boshida xalifalikning markazi Bag`dodda ilm-fan rivojlandi, qadimgi yunon olimlari Platon (Aflotun), Aristotel (Arastu), Sokrat (Suqrot), Gippokrat (Buqrot), Galen (Jolinus), Yevklid (Iqlidus) kabilarning asarlari arab tiliga tarjima qilindi. Xristian va islom olimlari o`rtasida hamkorlik ishlari amalga oshirildi. Xalifa Xorun ar-Rashid o`limidan (813 yil), so`ng, uning o`g`li al-Ma'mun xalifa etib tayinlandi. U ilm-fan, madaniyatga qiziqqan odam bo`lib, unga qadar xalifalikning Markaziy Osiyo va Xuroson bo`yicha vakili sifatida Marvda (xarobalari hozirgi Mari yaqinida) hokimlik qilar edi. Otasining o`limidan so`ng xalifa sifatida Bag`dodga ko`chgach (819 y.), u yerda ilmiy Markaz tashkil etib, unga barcha musulmon o`lkalari, jumladan, Movarounnahrdan ham olimu fozillarni to`pladi. Bu markazda Movarounnahr, Xurosondan chiqqan Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg`oniy, Marvaziy, Marvarudiy, Javhariy kabi olimlar faoliyat ko`rsatib. Bag`dod ilmu madaniyatini, arab ilmini olamga mashhur qilishda ulkan hissa qo`shdilar. Bu ilmiy markaz tarixda “Bayt ul-hikma” (“Donishmandlar uyi”) nomi bilan mashhurdir. Markaziy Osiyoda ilm-fan, madaniyat rivojida X asr oxiri XI asr boshida faoliyat ko`rsatgan Xorazmdagi shoh Ma'mun ibn Ma'mun Abul Abbos boshchiligidagi ilmiy jamoa – akademiya muhim rol o`ynadi. Ma'mun I ning dahshatli, qonli harbiy voqealar, uzoq-uzoq mamlakatlarga qilingan yurishlar va murakkab siyosiy fitnalar bilan to`lib-toshgan podsholik davri tugagach, bir oz vaqt uning to`ng`ich o`g`li hukmronlik qiladi, shundan keyin Xorazm tarixida yorqin davr – Ma'mun I ning o`g`illaridan bo`lmish Ma'mun ibn Ma'munning davri boshlanadi. Bu haqda keyinroq batafsil ma'lumot beramiz. “Bayt ul-hikma”dagi ilm-fan va ilmiy yo`nalishlar. “Bayt ul-hikma”da asosan riyoziyot, tibbiyot, ilmi-nujum, jo`g`rofiya, astrologiya, handasa va shunga o`xshash boshqa fanlar o`rgatilgan. Olimlardan Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg`oniy, Javhariy, Sobit ibn Qurra, Abu Abdulla Muhammad ibn Yusuf Xorazmiy, al-Xo`jandiy, as-Sijiziy va boshqa olimlar ishlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |