Bahorgi teng kunlik



Download 14,58 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi14,58 Kb.
#204400
Bog'liq
dilnoza


Bahorgi tengkunlik - dunyo xalqlarining o'ziga xos bayrami"

Reja:

1 Bahorgi teng kunlik

2 Navro’z bayrami tarixi

3 Mamlakatimiz bo’ylab Navzo’z sayillari

4 NAVRO‘Z umumxalq bayramini nishonlash

Bahorgi teng kunlik – Quyosh osmon sfsrasining Janubiy yarim sharidan Shimoliy yarim shariga oʻtishida osmon ekvatorini kesish nuqtasi. Quyosh Bahorgi teng kunlik k.da boʻlganda Yer yuzidagi hamma geografik kenglamalarda sharq nuktasida chiqib, gʻarb nuqtasida botadi. Bu har yili 21 mart atrofida sodir boʻladi. Bunda ufq tekisligi osmon ekvatorini teng ikkiga boʻladi. Shuning uchun Bahorgi teng kunlik k. paytida Quyoshning ufq ustidagi va ostidagi yoʻllari bir-biriga teng boʻladi, yaʼni kun bilan tunning uzunligi tenglashadi.

Navro'z bayrami fors-tojik va turkiy xalqlarning qadimiy bayramlaridan biridir. Bu bayram 21-mart kuni nishonlanb, aynan kun va tun teng bo'lgan paytga mos keladi. Tarixiy manbalarda keltirilishicha va olimlarimiz fikriga ko'ra, Navro'zning shakllanish davri - eng qadimgi zamonlardan „ zardushtiylik"ning paydo bo'lishigacha davom etgan asrlarni o'z ichiga olgan ekan. Navro'z so'zi fors-tojik tilidan olingan bo'lib "Yangi kun" degan ma'noni bildiradi. Qadim-qadimdan Navro'z xolis niyatli kishilarning sevimli ayyomi bo'lib kelgan. O'sha kunlarda hatto urush-janjallar ham to'xtalgan, gina-qudratlar kechirib yuborilgan. Shohlar el ichidan eng munosib kishilarni taqdirlashgan, ayrim mahbuslarning gunohidan o'tishgan ". Darhaqiqat, Navro'zning qachon va qanday vujudga kelganligini aniq ko'rsatish qiyin bo'lsa-da, shuni aytish mumkinki, bu bayram dono kishilar tomonidan kashf qilingan.


Qorli-qirovli kunlar ortda qoldi. Ko‘ngillar ko‘klam sururidan yayramoqda. Ona zamin uzra bahoriy nasim esa boshladi. Tabiatda mo‘jizaviy uyg‘unlik kuzatilmoqda: kechagina oppoq qordan qaddi-basti egilgan, qahraton sovuqda diydiragan dov-daraxtlar bugun kurtak yozdi. Nozik novdalarga gul bitdi, qiyg‘os gullagan bog‘lar kapalak va bolarilarga oshyon bo‘ldi. Quyoshning qaynoq taftini sog‘ingan maysalar ko‘zni quvnatib, ko‘kka bo‘y cho‘zadi. Butun borliqda uyg‘onish, yangilanish, yasharish manzaralari. Borliqdagi uyg‘onish, yangilanish va yasharish ozod va obod Vatanimizga boqiy bayram, qut-baraka, to‘kinlik va mehru oqibat ramzi – Navro‘zi olam kelganidan darak beradi. Saylda xalqimizning tarixi, madaniyati, urf-odat va an’analarini aks ettirgan ayvonlar, yo‘lak bo‘ylab ustayu hunarmandlar, ganchkorlar, kashtado‘zu chevarlar milliy liboslarimizni, do‘mbira, doira kabi xalq cholg‘u asboblarini, milliy buyumlarni namoyish etmoqda. – Navro‘z nafaqat o‘zbek xalqining, balki shu zaminda hamjihatlikda istiqomat qilayotgan barcha millat vakillarining eng go‘zal bayramlaridan biriga aylangan


Navro‘z bayrami mamlakatimizda yashayotgan millati, tili, dinidan qat’i nazar, barcha vatandoshlarimiz orziqib kutadigan umumxalq bayramiga aylangan. Bugun mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari ahil va inoq yashamoqda. Ular umumiy uyimiz – O‘zbekistonimiz ravnaqi yo‘lida barcha sohalarda fidokorona mehnat qilmoqda.
Uzoq va davomli tariximizdan ma’lumki, Navro‘z bir kun emas, bir oy mobaynida bayram qilinadi va joylarda odamlar tabiat bilan hamohang bo‘lib, bu ayyom quvonchini ko‘pchilik bilan baham ko‘radi. Xalqimizning mana shunday bayramlarni har qaysi voha va vodiyning mahalliy iqlim va tabiiy sharoitidan kelib chiqqan holda o‘tkazishi har tomonlama e’tibor va qo‘llab-quvvatlashga munosibdir. Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika tashkiliy qo‘mitasiga bayram munosabati bilan markazda va joylarda belgilangan barcha tashkiliy-amaliy ishlarni keng jamoatchilikni jalb qilgan holda, yuksak darajada o‘tkazish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rish vazifasi topshirildi.

MURTAZAYEVA DILNOZA 9-B SINF




Download 14,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish