Mirzo Ulug’bekning “ziji jadidi kuragoniy” asaridan
Reja:
Oliyjanoblik, halollik, kamtarinlik, mehnatga hurmat va talabchanlik mavzusida:
1-bob, “Ta’dilni ma’rifat qilish haqida”
2-bob, “Jayb (kissa, sinus) va sahmni ma’rifat qilish”
3 - bob, “Z i l l n i (soyani, tangensni) v a m i q y o s n i m a′ r i f a t q i l i sh”
4 - bob, “Falaku-l-buruj ajzo′sining mua′ddalii-n-nahorga (kuzgi va bahorgi teng kunlik nuqtalariga) nisbatan mayilligini m a′ r i f a t q i l i sh h a q i da ”
B o b u p a n j o′ m. D a r m a′ r i f a t i b o′ ′ i d e k a v k a b a z m u ′ a d d a l i n i n a h o r
Fanni, xususan matematikani rivojlantirishda, bizning ulug’ bobokalonlarimizning va hozirgi O’zbekiston Respublikasi olimlarining ham xizmati katta. YUNESKO tomonidan Mirzo Ulug’bek va al-Farg’oniylarning hayoti va ijodiyatiga bag’ishlangan tadbirlarning va xalqaro ilmiy simpoziumlarning o’tkazilishi ularga qilingan katta ehtirom va yuksak bahodir. Xalqaro astronomiya uyushmasining qaroriga muvofiq Oyning bizga ko’rinmas tomonidagi ayrim kraterlar, tog’lar va sh.o’ larga al-Xorazmiy, al-Farg’oniy, Abu-l-Vafo, al-Beruniy, ibn-Sino, al-Forobiy, al-Battoniy, Ali Qushchi, al-Koshiy, Nasriddin Tusiy, Abu Ali ibn al-Xaysam, Sobit ibn Kurra va bir qator boshqa allomalarning nomi berlgani ham bunga bir misol. Dunyoning ko’pgina mamlakatlarida allomalarimiz bergan ma’lumotlar hatto darsliklar va o’quv qo’llanmalariga ham kirgizilganini ko’ramiz.
T o p sh i r i q: 5-rasmda Oyning bizga ko′rinmas narigi tomonining xaritasi berilgan. Undagi ayrim ob′yektlarga kimlarning nomi berilgan? Ular qaysi olimlar? Mirzo Ulug′bek nomi berilgan kraterning koordinatalarini taxminan bo′lsa-da aniqlang.
Qadimda Samarqand ilm-fanning markazi bo’lgani ma’lum. Bobokalonlarimizdan bizga ulkan ilmiy meros qolgan. Studentu-talabalarni ular bilan tanishtirish , va shugina emas, balki bu bilimdan amaliy va ta’lim-tarbiya maqsadlarida foydalanish –bizning vazifamiz.Shuni qayd etamizki,bizgacha yetib kelgan ma’lumotlar nafaqat tarixiy jihatdan bebaho, balki ular ichida, ko’p yillar o’tishiga qaramay, hanuzgacha o′zining ilmiy va amaliy qiymatini yo’qotmaganlari ham ko’p. Bu manbadan hozirgi vaqtda o′quv mavzulariga bog′lab o’z o’rnida foydalanishi mumkin. Shu kabi intilish yangi darsliklar va o’quv qo’llanmalarida ham asta-sekin joriy etilayotganini ko’ramiz. Ushbu mavzu ham shu maqsadlarga ko′maklashishni ko’zda tutadi. U asosan O’zFA Sharqrhunoslik instituti va Samarqand universiteti fondlarida saqlanayotgan ayrim qo’lyozma asarlarini mutolaa qilish asosida tuzilgan. Ba’zi o’rinlardagina matbuotda e’lon qilingan manbalardan ham foydalanildi, ular ko’rsatib o’tiladi.
Bayonni, fikrimizcha , alohida tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan ayrim ma’lumotlarni keltirish bilan boshlaymiz.
Movaraunnahr sultoni Muhammad Tarag′ay ibn Shoxruh ibn Timur Kuragon
ﻜﻮرگان تيمور ابن ﺸﺎﻫﺮﺥ ابن ﻤﺤﻤﺪ (22 mart 1394 yil – 27 oktabr 1449 yil). Uning otasi Shoxruhmirzo, onasi Gavharshod-oqa (Chig′atoy urug′idan) . Ulug′bek 1409-1449 yillard poytaxti Samarqand bo’lgan Movaraunnahr sultoni, otasi o′lgach (1447) timuriylar sulolasining boshlig′i, yoshlik chog′ida bilimdon va tajribali murabbiylar tarbiyasi ostida diniy va dunyoviy bilimlar asoslarini o′rgangan, arab va fors tillarini mukammal bilgan.
Ulug′bek ilmdor odamlarga rahnamolik qilgan, o′z saroyida yuzdan ortiq olimlarni to’plagan, o’sha davr uchun ulkan hisoblangan astronomik observatoriya (rasadxona) qurdirgan va unda kuzatishlar olib borgan, vaqt hisoboti, Oy va Quyosh tutilishi, sayyoralar harakati va boshqa bir qator muammolarga oid ilmiy tadqiqotlarni bajargan, Samarqand, Buxoro, G′ijduvonda madrasalar (ﻤﺪﺮﺴﺔ - dars beriladigan joy, o′quv yurti), Moriyda (Abdu-r-Razzoq) xayr-ehson joylari, hashamatli binolar, bog′lar, hammomlar barpo ettirgan. Uning kutubxonasida 15 mingdan ortiq kitob bo′lgan. Ko′p asarlarni arab va fors tillaridan qadimgi o’zbek (turkiy) tiliga tarjima qildirgan. Uning asosiy ilmiy asari “Ziji jadidi Kuragoniy” (“Kuragoniy yangi jadvallari”) bo′lib, u muqaddima, maqolatlar (bo′limlar) va jadvallardan iborat. Muqaddimaning hajmi katta. Nazariy va amaliy ahamiyatga ega ma′lumot to′rt qismga bo′linib bayon qilinadi: Sharq xalqlarida bayon qilingan yil hisobi (Muhammad erasi – bunda hijriy-qamariy taqvimi, Quyoshning yillik harakatiga asoslangan taqvim, Yazdigird erasi, Malikiy yoki Jalol-ad-din erasi, xitoylar va uyg′urlar erasi), amaliy astronomiya masalalar, sayyoralarning harakat nazariyasi, astrologiya. Ulug′bek o′zining bu ishida turli matematik jadvallar (jumladan , sinuslar jadvali - ﺍﻠﺠﻴﺐ ﺠﺪﻮﻞ , 683 ta aholi punkktining geografik
- 8 -
koordinatalari, 1019 ta yulduzning koordinatalari ko′rsatilgan kataloglarni keltiradi. Ular katta aniqlikka egadirlar. Ulug′bekning qadimgi turkiyda yozgan “Ta′rixi arba′i ulus” (“To′rt ulus tarixi”) asarining asli va qadimgi nusxalari Istambul va Londonda salanmoqda. Unda XIII asr – XIV asrning birinchi yarmida Chingizxon va uning avlodlari tomonidan zabt etilgan mamlakatlardagi siyosiy ahvol bayon qilingan. Ulug’bek va uning ilmiy maktabi namoyon-dalari o’z dunyoqarashlarida O’rta va Yaqin Sharq mamlakatlarida vujudga kelgan ilg’or ijtimoiy-falsafiy fikrlarni himoya qilganlar. Uning ilmiy maktabi uchun garchi olamning geosentrik tuzilishi asos bo′lgan bo′lsa-da, unda geliosentrik dunyoqarash ham yot bo′magan. Chunonchi, Ulug′bekning shogirdlaridan biri Maxmud ibn Muhammad (Meriyem Chelebiy, Qozizoda Rumiyning nevarasi) sayyoralar harakatini kuzatish uchun olam markazi sifatida Yerni emas, balk boshqa nuqtan olish qulayroq bo′ladi, degan fikrni aytgan. Ulug′bek maktabi namooyondalrining faoliyatida ilmiy asoslardan keng foydalanish, umuman, kuzatish metodi katta o′rin tutgan.
Ulug′bek 1449 yilda siyosiy raqiblari tomonidan xoinona o′ldiriladi.
Alisher Navoiy Mirzo Ulug′bek haqida:
Temurxon naslidin Mirzo Ulug′bek,
Ki olam ko′rmadi sulton aningdek,
Ki davr ahli biridin aylamas yod
Aning obnoyi jinsi bo′ldi barbod
Valek ul ilmi sari topdi chun dast
Ko′zi olindi, bo′ldi osmon past.
Rasadkim bog′lamish zebi jahondur
Jahon ichra yana bir osmondur
Bilib bu nav ilmi osmoniy
Ki odin yozdi “Ziji Kuragoniy”
(Asarlar, 7-tom, 1954 yil, 404-bet; “Xamsa” asari).
“Ota bila o′g′ildin, o′ila bila ota orasida farqlar bor. … Ulug′bek Mirzo farzandlaridin Abd al-Latif mirzodek … tengrilik o′rtadadur”.
(Asarlar, 13-tom, 128-bet, “Munshoat” asari).
“Boburnoma” dan (Toshkent, 1960 yil, 104-bet): “Temurbekning va Ulug′bek Mirzoning imoroti va bog′oti Samarqand mahallotida ko′ptur”.
Do'stlaringiz bilan baham: |