Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yangi imkoniyatlari
Bugungi kunda ko‘plab vazirlik va idoralar, turli hukumat tashkilotlari tomonidan yaratilayotgan ixtisoslashtirilgan axborot tizimlari yagona Milliy axborot tizimining bir qismiga aylanmoqda. Shu o‘rinda Milliy axborot tizimi nima, uning tuzilmasi nimalardan iborat, qanday rivojlanish istiqbollari va yo‘nalishlariga ega, degan savol tug‘iladi. “UZINFOCOM” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazining Milliy axborot tizimini shakllantirish departamenti texnik qo‘llab-quvvatlash va ekspluatatsiya guruhi boshlig‘i Shahnoza Abduvohidova O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA muxbiriga shular haqida so‘zlab berdi.
– O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunining 15-moddasida Milliy axborot tizimiga davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek, yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari kirishi belgilangan, – deydi Sh.Abduvohidova. – Boshqacha aytganda, Milliy axborot tizimi – bu shunchaki axborot tizimlari to‘plami emas, balki fuqarolar, xo‘jalik sub’ektlari va davlat hokimiyati organlarining axborot sohasida samarali hamkorligini ta’minlaydigan, ularning axborot mahsulotlari hamda xizmatlariga bo‘lgan ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarini qondiradigan axborot makonini yaratish vositasi va texnologik manbaidir. Milliy axborot tizimini shakllantirishdan maqsad davlat organlarida foydalaniladigan axborot tizimlari, resurslar va ma’lumotlar bazasini integratsiyalashtirish, shuningdek, “Elektron hukumat”ni joriy etish uchun interfaol davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha yaxlit texnologik yechimni ta’minlashga doir yagona texnik siyosatni ishlab chiqishdan iborat.
– Milliy axborot tizimining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
– Telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish, davlat organlari faoliyati va markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasini avtomatlashtirish bo‘yicha axborot tizimlarini yaratish Milliy axborot tizimini shakllantirishning asosiy vazifalari hisoblanadi. Axborot resurslari, texnologiyalari va tizimlari, jumladan, axborot xavfsizligini ta’minlash tizimlarini rivojlantirish inobatga olingan holda, davlat organlari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning axborot tizimlarini integratsiyalashtirish, AKT sohasini tartibga solish tizimini takomillashtirish uning eng muhim vazifasidir. Bugungi kunda Milliy axborot tizimi tarkibiga 84 turli axborot tizimini o‘z ichiga olgan 32 axborot tizimi kiradi. Ularning barchasi 2012-2014-yillar mobaynida integratsiyalashtirilishi shart.
–
Do'stlaringiz bilan baham: |