Annotatsiya: Mazkur ishda O’rta Osiyodan yetishib chiqqan qomusiy olimlarning hayoti va ularning asarlari, shuningdek, jahon fani rivojiga qo’shgan ulkan hissa qo’shgan ilmiy asarlari va tadqiqotlari hususida qisqacha so’z yuritilgan



Download 25,91 Kb.
bet1/2
Sana04.06.2022
Hajmi25,91 Kb.
#634593
  1   2
Bog'liq
Sharq mutafakkirlari birinchi Renessans davrida 111

Sharq mutafakkirlari birinchi Renessans davrida


Shaxzodxo’ja Abdurazzaqov
Namangan davlat unversiteti tarix yo’nalishi
2-bosqich talabasi
Annotatsiya: Mazkur ishda O’rta Osiyodan yetishib chiqqan qomusiy olimlarning hayoti va ularning asarlari, shuningdek, jahon fani rivojiga qo’shgan ulkan hissa qo’shgan ilmiy asarlari va tadqiqotlari hususida qisqacha so’z yuritilgan.
Kalit so’zlar: Muhammad al-Xorazmiy, riyoziyot, falakiyot, Rayodo, Ahmad al-Farg’oniy, an-Nasoiy, Abdulloh ad-Dorimidiy as-Samarqandiy, Abu Saloama as-Samarqandiy, Abu-l Lays as-Samarqandiy.
“O’zbekiston – allomalar yurti” degan iborani barchamiz juda ko’p eshitganmiz. Zero, ushbu so’zlar zamirida shunday ulkan haqiqat va ibratli e’tirof yotadiki, ularga sazovor bo’lish dunyodagi sanoqli o’lkalargagina nasib etgani bizni juda hursand qiladi. Lekin tarix gardishi bilan ushbu haqiqat uzoq yillar davomida hascho’plab kelindi, uning umuminsoniy ahamiyati ataylab pastga urilib talqin etib kelindi. Bugunga kelib zamon o’zgardi, xalqimiz istiqlol nashidasini surmoqda, barcha moddiy va ma’naviy xazinalariga o’zi egalik qilmoqda. Jumladan, nafaqat musulmon olamining rivoji, balki yuksalishiga banazir hissa qo’shgan ajdodlarimizni yangidan kashf etmoqdamiz.
IX-XI asr Sharq xalqlari fani madaniyatidagi ilmiy yuksalish, shubxasiz, ko’p jihatlari bilan O’rta Osiyo mutafakkirlarining samarali ijodi tufayli vujudga keldi. Bu davrda riyoziyot, falakiyot, tabobat, kimyo, jug’rofiya, tilshunoslik, hadisshunoslik, adabiyot va hatto musiqa sohalaridagi yangi kashfiyotlarni O’rta Osiyo olimlarining xizmatlarisiz tasavvur etib bo’lmaydi.1 Fikrimizning isboti uchun tarixiy dalillarga murojaat etamiz.
Mutaxasislarining fikriga ko’ra, algebraning fan sifatida shakllanishi va tanilishi bevosita xorazmlik mashhur olim Muhammad al-Xorazmiy (783-850) nomi bilan bog’liqdir. U riyoziyotning bir necha tarmoqlari va asosiy ta’limotlarini yaratib, uni ma’lim sistemaga soldi. Al-Xorazmiy arifmetikaga 0 (nol) sonini ishlatilishini rasmiy ravishda va shu tufayli hisoblashning hozirda foydalanilayotgan o’nlik pozitsion tizimi butun dunyoga tarqaldi. O’nlik pozitsion tizim hindlar tarafidan kashf etilganiga qaramasdan al-Xorazmiyning xizmatlari bois keng muomalaga kiritildi.2 Shuning barobari ila u falakiyot va jug’rofiya fanlarining rivojiga ham turki bo’ldi desak aslo yanglishmagan bo’lamiz.
Shunday allomalardan yana biri, farg’onalik Ahmad al-Farg’oniy. U taxminan 798-865-yillarda yashab o’tgan mashhur qomusiy olim hisoblanadi. U O’rta Osiyo fan yutuqlarini Bog’dodda namoyon etgan mashhur allomadir.3 O’z asarlari bilan falakiyot, jug’rofiya va riyoziyot fanlarining rivojiga munosib hissa qo’shdi va astronomic jihozlar yasashda yuqori malakaga ega ekanligini butun dunyoga namoyon eta oldi. Bundan tashqari, uning 86-yilda Rayodo orolidagi (Misr) nilometrni ta’mirlagani fikrimizni yaqqol dalili bo’la oladi. Olimning o’nga yaqin asari bo’lib, ulardan ba’zilari YUNESKO ning qarori bilan 1998-yil oktabrda xalqaro miqyosda nishonlangan O’zbekistonda o’tkazilgan 1200 yillik tantanalari arafasida ona yurti – O’zbekistondan nashrdan chiqarildi.
Sirdaryo qirg’og’idagi Forob (O’tror)da tug’ilib, O’rta Osiyo ilmiy maktabi an’analari ta’sirida shakllangan yana bir qomusiy olim Abu Nasr al-Farobiy (873-950) edi. O’z ilmiy salohiyatini asosan, falsafa, mantiq, sotsiologiyaga yo’naltirgan al-Farobiy riyoziyot, tabobat, musiqa va boshqa fanlarga oid 160 dan ortiq asarlar yozib qolirgan. Uning ulkan me’rosi yuqorida zikr etilgan fanlar taraqqiyotida benazir o’rn egallaydi.
Tabobat sohasida eng katta olimlardan sanalgan Abu Bakir ar-Roziy (865-925) kelib chiqishi ham arab xalifaligining eng ziyoli o’lkasi – Xuroson va Movarounnahr bilan belgilanadi. U aslida Ray shahrida tavallud topgan. Olimning tabobatdan tashqari alkimyo, falsafa, fizika, falakiyot, riyoziyot va boshqa fanlar sohasidagi faoliyati ham g’oyatda muhim ahamiuyat kasb etib kelmoqda.
Hadis ilmoning sultoni deb tan olingan Muhammad Ismoil al-Buxoriy (810-870) va undan keying hadisshunos mutafakkirlar: Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824-894), an-Nasoiy (IX asr),Abdulloh ad-Dorimidiy as-Samarqandiy (798-869), sunniy kalom ilmining asoschsi Abu Mansur al-Moturudiy (853-944) keyingi kalomshunos olimlar: Abu Saloama as-Samarqandiy (XI asr) va Abu-l Lays as-Samarqandiy (tax. 920-1000) kabi iste’dod sohiblari ham O’rta Osiyo zamini farzandlari bo’lishgan.
Xorazmlik Maxmud az-Zamaxshariy (1075-1144) o’z davrining tengi yo’q olimlaridan edi. Ilmga bo‘lgan chanqoqlik uni Buxoro, Marv, Nishopur, Isfahon, Shom, Bag‘dod, Hirot va Makkada hayot kechirib, arab tili va adabiyotini, diniy ilmlarni, xattotlik san’atini, arab maqollari va urf-odatlarini chuqur o‘rganishiga sabab bo‘ldi. U mintaqa geografiyasiga doir ma’lumotlarni to‘playdi. Mahmud Zamaxshariy turli soha ilmlariga oid 50 dan ortiq asarlar yozib qoldirdi. Ayniqsa, uning arab tili fonetikasi va morfologiyasiga bag‘ishlangan “Al-Mufassal”, Qur’oni karim tafsiriga oid “Al-Kashshof” asari musulmon olamida mashhurdir. Zamaxshariy “Arab va g‘ayri arablar ustozi”, “Xorazm faxri” kabi sharafli nomlar bilan ulug‘langan.4 U ko‘p asarlarini Makkada yozganligi uchun “Jorulloh” (“Allohning qo‘shnisi”) degan sharafli nomga muyassar bo‘ladi. Qohiradagi dunyoga dong‘i ketgan. Al-Azhar diniy dorilfununining talabalari hozir ham “Al-Kashshof” asosida Qur’oni karimni o‘rganadilar. U, shuningdek, tarixdagi birinchi ko‘p tilli lug‘at – arabcha-forscha-turkiy lug‘atning asoschisi bo‘lgan. Mahmud Zamaxshariy 1144-yilda Xorazmda vafot etgan. 1995-yilda O‘zbekistonda Mahmud Zamaxshariyning 920 yilligi keng nishonlandi.5
Tadqiqotlarimiz qamrab qamrab olgan davr (IX-XI) ning nihoyasida yashab, ilmiy adabiyotlatda batafsil o’rganilgan va shu sababdan ham bizning izlanishimiz doirasidan chetda qolgan xorazmlik Abu Rahyon Beruniy (973-1048), buxorolik Abu Ali ibn Sino (980-1037) kabi tom ma’noda buyuk qomusiy olimlarni nafaqat mutaxasislar, balki keng jamoatchilikka ham tanishtirib o’tishning xojati ham yo’q. Chunki ularning benazir iste’dodi va ulug’vor ilmiy me’rosi barchaga ayon.
Abu Rayhon Beruniy (973–1048) Xorazmning Kat shahrida tug‘ilib, Urganchda ta’lim olgan. Xorazmshoh Abul Abbos Ma’- mun II saroyida to‘plangan olimlar bilan birgalikda Ma’mun akademiyasida ijod qilgan. Xorazm Mahmud G‘aznaviy tomonidan bosib olingach, Beru niy va boshqa olimlar bilan birga G‘azna shahriga olib ketiladi va umrining oxirigacha shu yerda ijod qildi. Beruniy 1048-yilda G‘aznada vafot etadi. Beruniy astronomiya, geografiya, ma te matika va tarix fan lari bo‘yicha 160 dan ortiq asarlar yozgan. Uning “Qa­ dim gi xalq lar dan qolgan yodgorliklar”, “Hin dis ton”, “Mine­ ralogiya”, “Geode ziya” kabi yirik asarlari shular jumlasi dan- dir. U o‘zining astronomiyaga oid asar larida Kopernikdan qa riyb besh asr muqad dam Yerning Quyosh atrofida ayla ni- shi haqidagi fikrni o‘rta asrlarda birinchi bo‘lib ilgari sur- di. Beruniy Yerning dumaloq shaklda ekanligini asoslab berdi. U 1029 ta yulduzning koordinatlari kattaliklari qayd etilgan yulduzlar jadvalini hamda dunyoning geografik kar- tasini tuzgan.6 Beruniy yevropalik olimlardan 450 yilcha oldin Amerika qit’asi mavjudligini taxmin qilib, o‘z asarlarida bir necha bor yozgan. Beruniyning g‘arbiy yarim sharda katta quruqlik borligi to‘g‘risidagi fikri XV–XVI asrlarda o‘z tasdig‘ini topdi. Beruniy Yer aylanasi uzunligini o‘lchashda yangi usul – matematik usulni ishlab chiqdi. U birinchi bo‘lib Yer shari globusini yaratgan. Beruniyning ilmiy va falsafiy ulkan merosi shubhasiz jahon fani va madaniyati xazinasiga qo‘shilgan ulkan hissa bo‘ldi.
Abu Ali ibn Sino 980-yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qish log‘ida mahalliy amaldor oilasida dunyoga keldi. Maktabni bitirgach, us- tozi Abu Abdullohdan mantiq, falsafa, riyo ziyot va fiqh ilmlarini o‘rganadi. O‘n olti yoshidan boshlab turli fanlar bo‘yicha Sharq va G‘arb olimlarining ilmiy asar- larini mustaqil o‘rgandi. Ibn Sino o‘n yetti yoshidayoq e’ti borli hakim va olim bo‘lib yetishadi. U amir Nuh ibn Mansurni davolab tuzatgach, somoniylarning saroy kutub xonasidan foydalanishga ruxsat oladi. Ibn Sino taqdir hukmi bilan Gurganchdagi (Urganch) Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari qatorida ijod qiladi. U 1037-yilda vafot etadi va Hamadonda dafn etiladi.
Ibn Sino 450 dan ortiq, shu jumladan, tibbiyotga doir 43 ta asar yozgan. Uning 5 jildli “Al-qonun­fit-tib”­(“Tib qonunlari”) nomli qomusiy asarida kasalliklarning kelib chiqish sabablari va manbalari, tashxis, muolaja usullari, dorivor o‘simliklar va dori-darmonlarning xususiyatlari, parhez, inson salomatligi uchun jismoniy tarbiyaning ahamiyati kabi tabobatning g‘oyat muhim masalalariga alohida e’tibor berilgan. Uning “Al­qonun fit-tib”­ asari XII asrdayoq lotinchaga tarjima qilinib, to XVII asrgacha Yevropa tabobatida asosiy qo‘llanma sifatida foydalanilgan.
Biz sanab o’tgan olimlar ilmiy me’rosining kattagina qismi turli sabablarga ko’ra yo’qolib ketgan, lekin saqlanib qolgan asarlarning o’zi ham jahon fani xazinasining noyob durdonalariga aylangan. Mazkur asarlarning aksariyati Yevropa tillariga tarjima etilib, u yerlarda keng tarqaldi. Muhimi, Yevropada yuz bergan madaniy yuksalish – Renessansning shakllanishiga asos bo’lgan.

Download 25,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish