Mavzu: Sinfdan tashqari o`qish metodikasi Reja: - Reja:
- 1.Sinfdan tashqari o`qishning maqsad va vazifalari
- 2.Sinfdan tashqari o`qish bosqichlari
- 3. Sinfdan tashqari o`qish uchun kitob tanlash tamoyillari.
- 4.STO`da rahbarlik shakllari
Sinfdan tashqari o`qish o`quvchilarni kitobni mustaqil o`qiy oladigan, uni tushunadigan, ma`lum mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazeta va jurnallarni mustaqil o`qiy oladigan faol kitobxonni tarbiyalaydi.
STO` ning maqsadi- o`qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o`qiydigan, o`qilgan kitobni to`g`ri tanlay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalash STO` ning maqsadi- o`qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o`qiydigan, o`qilgan kitobni to`g`ri tanlay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalash - Vazifasi- o`quvchida badiiy kitoblarni o`qishga havas uyg`otish, bolalar adabiyotining mashhur adiblar hayoti va ijodi bilan tanishtirish.
- 1-2-sinfda haftada 1 marta
- 3-4-sinfda 2 haftada bir marta o`tkaziladi
- Savod o`rgatish jaryonida haftadagi oxirgi alifbe darsining 17-20 daqiqasi ajratiladi
Sinfdan tashqari o`qish bosqichlari - 1-tayyorlov bosqichi. Bu 1-sinf savod o`rgatish davriga to`g`ri keladi.Uning o`ziga xos xususiyati shundaki, o`qituvchi asarni o`zi tanlaydi va o`zi o`qib beradi.Asarning kichik hajmda bo`lishiga e`tibor beriladi.o`quvchilarni asarni eshitishga va uni idrok etishga, unga baho berishga, asar mazmuni bilan sarlovhaning mosligini aniqlashga, asar mazmunini hikoya qilib berishga o`rgatiladi.
2-Boshlang`ich bosqich. Bu 1-sinfning 2-yarim yilligiga to`g`ri keladi va haftada 1 marta 45 daqiqalik dars uyushtiriladi.Asarni o`qishdan oldin o`quvchilar asar nomi va muallifi bilan tanishadilar. Tanlangan asar yaxshi o`qiydigan o`quvchiga maxsus tayyorgarlikdan so`ng o`qitiladi.Oson o`qiladigan joylarini bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchiga o`qitish mumkin.
3-asosiy bosqich. Bu bosqich 2-4-sinflarga to`g`ri keladi.bu davrda o`quvchilarning o`qish malakalari mustahkamlanadi. Bunda o`quvchilarning sinfdan tashqari o`qiganlari baholanadi: o`qigan kitoblarining sifat o`zlashtirishlariga, miqdoriga, o`qigan kitobiga munosabat bildira olishga e`tibor beriladi. Yana muayyan mavzuga oid bir necha asralarni o`qib keladilar, ularning ayrim o`rinlarini ifodali o`qib beradilar, o`qigan asarlarni o`zaro taqqoslaydilar.
Sinfdan tashqari o`qish quyidagi tamoyillarga asoslanadi 1.Kitob tanlashda tarbiyaviy maqsad ko`zda tutiladi.Bunda o`quvchilarga vatanimizni asrash, xalq qahramonlari, maktabda va jamoat joylarida yuzga keladigan axloqiy muomamolar haqidagi, tabiat va uni asrab avaylash haqidagi kitoblar tavsiya qilinadi 2. KITOB TANLASHDA ASARLAR JANRI VA MAVZUSI XILMA XILLIGIGA E`TIBOR QARATILADI. O`quvchilar asosan, hikoyalar, ertaklar, she`rlar, topishmoqlar, maqollarni o`ishga qiziqqanlari uchun shu janrlardan foydalansa maqsadga muvofiq bo`ladi 3. Kitobning o`quvchilar Yoshi va saviyasiga mosligi hisobga olinadi. Ya`ni 1-sinfda kichik hikoya va ertaklarni o`qish tavsiya qilinadi, 2-4 sinflarda esa mavzu doirasi kengaytirilib kundalik turmushda ro`y beradigan mavzularni tanlasa ham bo`laveradi. 4. Kitob tanlashda o`quvchilarning shaxsiy qiziqish va mustaqil o`qishi hisobga olinadi. O`quvchilar o`zlari qiziqqan o`zbek va xorijiy bolalar adabiyoti yozuvchilarining asarlarini o`zi tanlashi muhim ahamiyatga ega. 5. Kitob tanlashda mavsumiy tamoyilga amal qilinadi. Ya`ni kitobni to`g`ri tanlash sinfdan tashqari o`qish muavafaqiyatini ta`minlashning muhim shartidir Sinfdan tashqari o`qish rahbarlik shakklariga quidagilar kiradi: 1. Kitobni targ`ib qilish. 2. Yakka tartibdagi yordam yoki kundalik tekshiruv.o`uvchilarning o`qigan kitoblari yuzasidan suhbat uyushtiriladi 3.STO` yuzsidan ommaviy ishlar. Viktorinalar, adiblar bila uchirashuv, adabiy ekskursiyalar uyushtiriladi. 4.Kutubxonaga yozilish 5.O`quvchilar o`qiganini hisobga olish. Ya`ni 1-sinf o`quvchilari 2-yarim yillikdan boshlab kitobxonlik kundaligiga yozuvchining ismi, familiyasiva kitob nomini, 2-sinfda esa unga nashr etigan joy va yilini qo`shib yozadilar. 3-4-sinfda o`qigan kitobining qisqacha mazmunini yozib, unga o`z fikrlarini yozib qo`yadilar E’TIBORINGIZDAN XURSANDMIZ!
Do'stlaringiz bilan baham: |