Dasturlash tillari



Download 20,67 Kb.
Sana23.05.2023
Hajmi20,67 Kb.
#942716
Bog'liq
DASTURLASH TILLARI


DASTURLASH TILLARI
Dasturlash tillari haqida maʼlumot[tahrir | manbasini tahrirlash]
Inson kabi kompyuter ham oʻziga xos tilda muloqot qiladi. Bu til faqat kompyuter tushunadigan til boʻlib, u cheklangan lugʻat va qatʼiy yozish qoidalaridan iboratdir. Kompyuter tushunadigan va muloqot olib boradigan „til“ DASTURLASH TILI deb ataladi. Istalgan dasturlash tilini bilgan shaxs óz dasturini bemalol tuza oladi.
Protsessor dasturlash tilida yozilgan dasturni toʻgʻridan - toʻgʻri tushunmaydi. Buning uchun dasturni protsessor tiliga tarjima qiladigan (raqamli oʻtkazib beruvchi) tarjimon tili - translyatordan foydalaniladi. Tarjimon tilining ikkita turi mavjud: kompilyator va interpretator.
1)KOMPLIYATOR dasturlash tilida yozilgan dastur kodini tólaligicha oʻqib, mashina kodiga tarjima qiladi va tarjima natijalarini bajariladigan yaxlit bitta faylga yigʻadi.
2)INTERPRETATOR dasturlash tilida yozilgan kodni bosqichma -bosqich mashina kodiga aylantirib, tahlil qiladi va berilgan buyruqlarni ketma- ketlikda bajaradi. Agar xatolik sodir bólsa, ósha zahoti xabar beradi. Dasturlash tillari juda koʻl boʻlib, ularning har biridan oʻziga xos masalalarni yechishda foydalanish mumkin. Quyida ularning eng mashhurlari haqida maʼlumotlar bilan tanishamiz.
C kompyuter operatsion tizimlarini yozish uchun moʻljallangan til. JAVASCRIPT interfaol web- saytlarni yozish uchun moʻljallangan til. SCRATCH dasturlarni oʻrganish uchun eng mos vizuallashgan dasturlash tili. JAVA kompyuter, mobil telefon va planshetlar uchun moʻljallangan dastur yozuvchi til. PHP dinamik web-saytlar yaratish uchun moʻljallangan til. PYTHON turli masalalarni yechish, sunʼiy intellekt tizimlari uchun moʻljallangan dasturlash tili. Aksariyat dasturlash tillari, xususan, C++, Pascal, Java, Python va boshqalar integrallashgan dasturlash muhiti (IDE)ga ega.IDE (Integrated Development Environment- integrallashgan dasturlash muhiti) — dasturiy taʼminot yaratish uchun dasturiy vositalar majmuasi.
Dastur yaratish jarayonida[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tizimli va amaliy dasturlarni yaratish uchun dasturlash tillaridan foydalaniladi. Dastur yaratish jarayoni katta hajmga ega bólib, dasturlash tillarida Tizimli va amaliy dasturlarni yaratish uchun dasturlash tillaridan foydalaniladi. Dastur yaratish jarayoni katta hajmga ega boʻlib, dasturlash tillarida dastur yozish shu jarayonning bir qismi sanaladi. Kompyuter dasturlarini yaratish jarayoni ham kompyuterda masalani yechish jarayoniga oʻxshash boʻlib, bir necha bosqichni óz ichiga oladi, dastur yozish shu jarayonning bir qismi sanaladi. Kompyuter dasturlarini yaratish jarayoni ham kompyuterda masalani yechish jarayoniga oʻxshash bólib, bir necha bosqichni oʻz ichiga oladi.
Dastur yaratish bosqichlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Birinchi bosqichda dastur uchun talab aniqlanadi. Ushbu jarayonda dasturning qanday maqsadda qoʻllanilishi, kirish va chiqish maʼlumotlari aniqlanadi. Dastur va resurslarni ishlab chiqish, uni joriy etishning narxi baholanadi. Ikkinchi bosqichda dastur loyihasi ishlab chiqiladi. Dasturchilar uchun texnik topshiriq va vazifalar shakllantiriladi. Ishchi hujjatlar hamda ish rejasining grafigi tuziladi Uchinchi bosqichda dastur kodi yoziladi. Bu kodlash (dasturlash) jarayoni boʻlib, tuzilgan algoritm dasturlash tilida yoziladi. Toʻrtinchi bosqichda kodlash jarayoni tugab, dasturdagi xatoliklarni aniqlash va testlash boshlanadi. Bu jarayonda dasturning oʻgʻri tuzilganligi, ishlash samaradorligi va boshqa parametrlariga aniqlik kiritiladi. Beshinchi bosqichda dastur amaliyotga joriy etiladi. Agar dastur aniq buyurtmachi talabiga muvofiq yaratilgan bólsa, u holds bu bosqich eng muhim bosqich sanaladi. Bunda avvalgi dasturda foydalanilgan qurilma va maʼlumotlar yangi dasturga moslanadi. Ushbu dastur bilan ishlovchi mutaxassislar óqitiladi. Oltinchi soʻnggi bosqichda qoʻllab- quvvatlash amalga oshiriladi. Bu bosqichda foydalanuvchilarga tavsiyalar beriladi.[2]
Dasturlash — kompyuterlar va boshqa mikroprotsessorli elektron mashinalar uchun dasturlar tuzish, sinash va oʻzgartirish jarayonidan iborat. Odatda dasturlash yuqori saviyali dasturlash tillari (PHP, Java, C++, Python) vositasida amalga oshiriladi. Bu dasturlash tillarining semantikasi odam tiliga yaqinligi tufayli dastur tuzish jarayoni ancha oson kechadi.
Dasturlash 1. Elektron mashinalarda masalalarni yechish hamda ularda har xil aqliy mehnat turlarini bajarish nazariyasi va usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan fan; algoritmlar nazariyasining amaliy boʻlimi; insonning mashina bilan aloqa qilish vositasi. Asosiy vazifalaridan biri elektron mashinalar uchun programma (dastur) tuzish usullari, ularni tekshirish va takomillashtirishdan iborat. Yechilishi lozim boʻlgan masala algoritmi Dasturlashda „mashina tili“ga oʻtkaziladi.
Dasturlash — bevosita dasturlash va avtomatik dasturlashga boʻlinadi. Bevosita Dasturlashda programmaning umumiy sxemasini ishlab chiqishdan kodlash va mashinaga kiritishgacha boʻlgan barcha ishni programmachi bajaradi. Avtomatik dasturlashda esa programmachi faqat programma sxemasini tuzib, uni qisqartirilgan simvolik kurinishda yozadi, programma tuzish va uni kodlash kabi texnikaviy ishlarni esa mashinaning oʻzi maxsus dasturlash programmasi yordamida bajaradi.
Dasturlash jarayoni, odatda, quyidagi bosqichlarga boʻlinadi: masalaning qoʻyilishi; masalaning algoritmik tavsifini tuzish; masalani yuqori darajadagi programma tilida Dasturlash; masalani taxminiymashina tilida Dasturlash; masalani mashina tilida Dasturlash
Dasturlash tili programmalar tuzishning asosiy vositasidir. Bu tillar konkret mashina komandalari sistemasiga bogʻliq boʻlmasligi va iboralar strukturasi jihatidan umumiy xususiyatga ega boʻlishi bilan boshqa tabiiy tillarga oʻxshab ketadi. Iboralar ikki turga — operatorlar hamda tavsiflarga boʻlinadi, ularning bir-biri bilan bogʻliqligi qavslar bilan, alohidaligi nuqtali vergul bilan ajratiladi. Operator tilning amal birligi boʻlib, oʻz navbatida, oʻzgaruvchan kattalikka qiymat beruvchi operatorlar, shartga muvofiq tegishli hisoblash tarmogʻini tanlovchi (shartli) operator va takroriy hisobni amalga oshiruvchi sikl operatorlariga boʻlinadi. Tavsifda oʻzgaruvchan kattalik va boshqa belgilar xususiyatlari yoziladi. Biror xususiy masalani yechish uchun tuzilgan programmani simvolik ravishda funksional belgilash mumkin. Bunday belgilash va tavsif birgalikda kichik programma deb yuritiladi. Yangi programmalar tuzishda kichik programmalardan tayyor holda foydalanish mumkin.
Juda koʻp dasturlash tillari (algol-60, q. Algol), muhandislik va ilmiy masalalarni yechish uchun fortran, iqtisodiy hisoblashlar uchun kobol, matematik modellar uchun si mula, tako-millashgan algol-68, PL/I yaratildi. Ularning har biri uchun shu tillarda ifodalangan masalalarga qarab mashina programmasini avtomatik tarzda qaytatuzuvchi translyatorlar mavjud. Taxminiy mashina tili ikkilik sistemadan koʻra yanada qulayroq simvollarda ifodalangan mashina komandalari terminlaridagi programmalar boʻlib, bunda koʻpincha, yuqori darajadagi til sifatida blok sxemalardan foydalaniladi.
Dasturlashning programma tuzilgandan keyingi yana bir asosiy bosqichi „tekshirish“ (otladka) boʻlib, bunda yoʻl qoʻyilgan xatolar topiladi va tuzatiladi. Programmalar kodlanadi va mashinaga maxsus qurilma yordamida kiritiladi. Amaliyotda Dasturlashning yangi va tezkor usullari bor (2004); 2) matematik dasturlash — amaliy matematikaning bir boʻlimi; umumiy maʼnoda — biron-bir funksiya fo (x) ning ekstremumini (qarang Ekstremum) topish masalasi tushuniladi.[1]
2021-yil oxirida ko‘plab nufuzli platformalar yil yakunlarini sarhisob qildi va keyingi 2022 yil uchun taxminiy reytingni tuzdi. Bu jarayon mashhur dasturlash tillari mavzusini ham chetlab o‘tmadi.
Statistik ma'lumotlar, reytinglar va tadqiqotlarga ko'ra, etakchilarning umumiy ro'yhati tuzilgan. Bugun biz Tiobe, GitHub va IEEE platformalariga ko'ra 2022 yil uchun TOP 6 ta eng yaxshi dasturlash tillarini ko'rib chiqamiz.
Tiobe
Tiobe dasturiy ta'minotlarni sinovdan o'tkazuvchi kompaniya, 2021 yilda mashhur dasturlash tillari - Python reytingida chempionlikni qo'lga kiritdi. U Java va C# tillarini siqib chiqardi, ular bir necha yillar davomida roʻyxatning eng yuqori pogʻonasida turishar edi.
Nima uchun bu sodir bo'ldi? Python yetakchiligining asosiy sabablari suniy intelektlardagi katta yutuqlar, Python Package Index (PyPI) dan ko‘plab dasturiy ta’minot kutubxonalari, engil fraymwork va Data Science mavjudligi. Shu sababli, Tiobe indeksiga ko'ra, til 2022 yilda birinchi o'rinda qoladi. Bundan tashqari, u o'tgan yil davomida reytingdagi eng katta o'sish koefitsientini oldi.
Tiobe reytingi Google, Bing, Amazon, YouTube, Wikipedia, Yahoo! va Baidu dasturchilarining so'rovlariga asoslangan.
Ikkinchi o'rinda C#, uchinchi o'rinda Java. Shuningdek, eng yaxshi 10 talikka quyidagilar kiradi: Swift, C, C++, JavaScript, SQL, Visual Basic va Assembly Language.
Shuni ta'kidlash kerakki, Tiobe indeksi Python-ning to'liq etakchiligini bildirmaydi, bu faqat 2021 va 2022 yillarda turli platformalardagi dasturchilar ushbu tilga eng ko'p qiziqish bildirganligining ko'rsatkichidir.
IEEE
Elektrotexnika va elektronika muhandislari instituti - IEEE ham 2022 yil uchun eng mashhur dasturlash tillari reytingini tuzdi. Ularning fikriga ko'ra, yetakchi yana Python bo'lib, u o'z unvonini ketma-ket 4-yildan beri ushlab turibdi. Birinchi beshlik 2021 yilgi reytingdagidek - mos ravishda Python, Java, C, C++ va JavaScript.

C# ham tez o'sish ko'rsatgichiga ega. Uni tilning yangi 9-versiyasi va Windows 11-ning chiqarilishi bilan solishtirish kerak.


Hammasi bo'lib IEEE reytingiga 55 ta dasturlash tillari kiritilgan. Shuningdek, u eng mashhur saytlardan to'plangan boshqa dasturchilarning fikrlari asosida qurilgan.
GitHub
GitHub hamjamiyatida 73 000 000 dan ortiq dasturchilar mavjud bo'lib, ularning har biri eng mashhur dasturlash tillari reytingiga hissa qo'shadi. 2021 yilda jamiyatdagi dasturchilar soni 17 millionga oshgan. Ularning orasida rossiyaliklar soni 2 millionni tashkil etadi, 2020 yilda esa atigi 1,5 million foydalanuvchi bor edi.
Boshqa platformalardan farqli o'laroq, GitHub Python-ni o'z imkoniyatlari bo'yicha unchalik yuqori baholamadi va uni reytingda ikkinchi o'rinda qoldirdi. Xizmatning sevimli tili JavaScript birinchi, Java uchinchi o'rinni egalladi.
Xulosa
Biz Tiobe, GitHub va IEEE eng nufuzli tadqiqot platformalarining 3 ta reytingini ko'rib chiqdik. Ularning ma'lumotlariga ko'ra, 2022 yil uchun TOP 6 ta eng yaxshi dasturlash tillari qatoriga quyidagilar kiradi:
1 - Python. Tiobe va IEEE ikkita platformasi reytingi e'lon qilinganidan keyin u uzoq vaqt davomida ro'yhat yetakchisi bo'lib qoladi. Kam ishlatilishiga qaramay, til yangi boshlovchilar uchun juda qulay.
2 - Java. U hali ham chempionlik uchun kurashadi va o'z o'rnini boshqa birovga berib qo'ymaydi. Murakkab, fundamental va barqaror til Android ilovalarini ishlab chiqish uchun rasmiy til hisoblanadi.
3 - C. O‘z maqomidan butkul chetda qolgan keksa va donishmand eski avlod. U yuqori mahsuldorlik va tezlik bilan ajralib turadi, shuning uchun u OT ni ishlab chiqish uchun ideal dasturlash tili hisoblanadi, Keksa va eski - biz hushomad ma'nosida !.
4 - C#. Microsoft uchun asosiy dastur tili bo'lgan ko'p funksiyali til. U server ilovalaridan tortib mobil o'yinlargacha hamma narsani qila oladi.
5 - C++. O'yinlarni rivojlantirishning oltin standarti dasturchilarni tezligi va funksionalligi bilan xursand qiladi. Ob'ektga yo'naltirilgan dasturlash kontseptsiyasi va C sintaksisining kombinatsiyasi tufayli u uzoq vaqt davomida ko'pchilik dasturchilarning sevimlisi bo'lib qoladi.
6 - JavaScript. Interaktiv veb-saytlarni yaratishingiz mumkin bo'lgan front-end uchun guru, ko'p yillar davomida etakchi bo'lib qoladi.

Eslatib o'tamiz, barcha ma'lumotlar aniq baho emas va har bir dasturchi o'zi ishi uchun eng qulay dasturlash tilini tanlashi kerak.
Download 20,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish