Aim.uz
AMIR XUSRAV DEHLAVIY (1253-1325)
Xusrav Dehlaviy Keshda yashagan Hazorai Lochin turk qavmidan bo`lgan. To mug`ullar istilosigacha ular Poimurg va Keshda tirikchilik o`tkazgan. Mug`ullar bostirib kirgach mazkur qavm Hindistonga ko`chib boradi va uning otasi Sayfiddin Mahmud Dehlidagi bir Sultonning qo`lida xizmat qiladi. Otasi 1261-yilda (hijar 651) Hindistonda mug`ullarga qarshi kurashda halok bo`ladi. Maktab va madrasa tahsilini olgach u 1273-yili Sulton Mamluk xizmatiga o`tadi. Keyinchalik Dehlida G`iyosiddin Balban, 1281-yili G`iyosiddin Muhammad Sulton uni xizmatiga oladi. 1286-yili u Patyoliyga onasi va ukasini oldiga qaytadi. Amir Xusrav Dehlaviy tasavvuf ilmini o`rganib, darveshlikni ixtiyor qildi va Shayx Nizomiddin Dehlaviyga murid tushdi. 1299-yilda uning boshiga musibat tushdi, ya'ni onasi va ukasi vafot etdi. Bu g`amni u «Layli va Majnun» asarida ham tilga oladi. Tarixiy manbalarda keltiradiki, Amir Xusraviyning yetti farzandi bo`lgan:
-
Mastura
-
Ma'sud
-
Xizr
-
Rukniddin
-
Afifa
-
Ayniddin Muborak
-
Malik Ahmad
Dehlaviy merosini quyidagilar tashkil qiladi: «Chor devon»
«Tuhfat-us-sig`ar» (yoshlik ayyomi, 1272)
«Vasat ul-hayot» (o`rta yosh, 1286)
«G`urrat ul - kamol» (kamolot davri, 1302)
«Baqiyat-ul-naqiya» (qarilik, pirlik 1314)
Nizomiy Ganjaviyning «Xamsa»siga javoban «Panj ganj» ini yozadi:
«Matla'-ul-anvar», «Maxzan-ul-asror» ga javob tarzida bitilgan
«Shirinu Xusrav»-«Xusravu Shirin»
«Majnunu Layli»- «Layliu Majnun»
«Hasht behisht»- «Haft paykar»
«Oynai Iskandariy»-«Iskandarnoma»
Tarixiy mavzularda quyidagi asarlarni yozgan:
«Duvalroiy va Xizrxon»
«Qiron-us-sa'dayn»
«No`h sipehr»
«Tug`luqnoma»
«Ruh ul-oshiqin»
«Mantiq ul-ushshoq»
«Xazoin ul-futuh»
Xusrav Dehlaviy maktablarini yig`ib, «E'chozi Xusraviyni» tuzgan bo`lsa, insholarini «Inshoi Amir Xusraviy» sarlavhasi bilan tartib berdi. Amir Xusraviy yozgan «Xamsa»ning besh dostonini to`liq tahlil etishning iloji yo`qligi bois «Matla'-ul- anvar»dagi boblarning mavzularini ko`rib chiqamiz. Mazkur asarni shoir ikki hafta ichida yozgan. U 3310 baytdan iborat bo`lib, musallasi maqsur vaznida yozilgan avvalgi maqolat baland darajada va martabaga ega inson haqida. Muso payg`ambar to`g`risidagi hikoyat fikrlarning isboti yang`lig` ko`zga tashlanadi:
Charx turo bahri sharaf soxta,
Tu tani xud degi alaf soxta.
Dil, ki zi pasty so`i bolo shitoft,
Har chy furo` did, hamma hech yoft.
Ikkinchi aqola ilm fazilati va johillik xususida bo`lsa, uchinchisi qalb, ruh va shuurga ma'naviy ta'sir etuvchi suxan, to`rtinchisi Ollohning yagonaligi hamda musulmonchilikning 5 asosi, beshinchisi pokiza ahloq, oltinchisi so`fiylik va tarkidunyochilik, yettinchisi nafs pokiziligi, sakkizinchisi ishq martabasi, to`qqizinchisi do`stlik, o`ninchisi ota-ona va farzand hamda xesh taborlarning munosabati, o`n birinchisi javonmardlik, saxovat, xusumat, o`n ikkinchisi islom g`oziylari-podshohlari, o`n uchinchisi- mamlakat hukmdorlari, o`n to`rtinchisi-diyonat, o`n beshinchisi-shaxsning adabi, o`n oltinchisi-insonning surat va siyrati, o`n yettinchisi umrning uch fasli-yoshlik, yigitlik, qarilik, o`n sakkizinchisi vahdat ul-vujud, o`n to`qqizinchisi dunyoi dundan shikoyat, yigirmanchisi farzandga nasihat xususidadir. Ayni shu «Matla' ul-anvor» ni yozayotganda shoir yetmish yoshda bo`lib, asarni qizi Masturaga nasihat bilan xotimalaydi.
Ey ruhu tu chashmu charog`i dilam,
Xubtarin meva zi bog`i dilam
Garchi ki ixvoni tu nek axtarand,
Ne zi tu dar didai man behtarand.
(Ihvon-barodaron-birodarlar)
Xusravning mazkur nasihatlarini faqat qizi Masturaga tegishli deb tushunish xato bo`lardi. U barcha farzandlarga taalluqli. Har qanday farzand uchun qanoat, sabr-toqat, munosib ahloq bezak sanaladi. Xulosa qilib aytish mumkinki, Amir Xusrav Dehlaviy so`z san'atkori, shoir, nosir, olim, tarixchi. Garchi Hindistonda yashagan bo`lsa-da, XIII-XIV asr fors-tojik adabiyotining yetuk vakili sifatida ko`pgina janrlarda ijod qildi. xamsachilik ana'anasini davom ettirib, besh mustaqil dostondan iborat «Panj ganj» ni tartib berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |