Foilotun foilotun foilotun foilun



Download 13,79 Kb.
Sana25.02.2022
Hajmi13,79 Kb.
#464736
Bog'liq
Bir g\'azal tahlili


Mashhur bu g’azal shoirning ishqiy-falsafiy mavzuda bitilgan g’azali hisoblanadi. G’azal ramali musammani mahzuf vaznida bitilgan.
Foilotun foilotun foilotun foilun
G’azal usluban tariff va tavsifga qurulgan bo’lib, asarning mazmun- mohiyati o’n sakkiz yoshdagi muayyan siymoni vasf etishga qaratilgan. O’n sakkiz yosh insonni vasfi bilan birgalikda inson umrining navqiron pallasi hamda husn-u jamoli haqida falsafiy mushohadalar bilan aks ettirilgan. Chunonchi, matlada o’n sakkiz yoshli dilbarning sarvinozligidan ko’ra, uning shu yoshdagi ma’naviy-ruhiy ahvoliga e’tibor qaratilgan.
Bu o’rinda “o’n sakkiz ming olam” ushunchasiga to’xtalsak. Bu turg’un birlik bo’lib, olam o’n sakkiz ming olamdan tashkil topgan,olamning cheksizligi kiabi qadimiy tasavvurlardan kelib chiqqan. Shoir “ Sarvinozimning boshida o’n sakkiz ming olam g’avg’osi bor, lekin bundan ajablanmaslik kerak, chunki u o’n sakkiz yoshdadur” der ekan bu o’rinda jumuman insonning o’n sakkiz yoshiga tavsif beradi.
Keying baytlarda ham g’oyaviy mazmun tadrijiy davom etadi. 2-3- baytlarda matladagi kamolotga yetishgan insonni yashovchanligi haqida so’z boradi.

Desa bo’lg’aykim, yana ham o’ sakkiz yil husni bor


O’n sakkiz yoshinda muncha fitnakim boshindadur.

O’n sakkiz yil dema, yuz sakson yil o’lsa, uldurur


Husn shohiki, ul balolarkim, ko’zu qoshindadur.
Ushbu baytlartdan boshlab lirik qahramon umumlashma obrazlilikdan biroz chekinadi. Bu baytlardan boshlab ayol zotigagina xos xislatlar qalamga olinadi. Lekin Navoiy g’azallari tag zaminida ilohiy husn timsoli turishini sedan chiqarmaslik kerak. Uchinchi baytdagi “husn shohi” iborasi aynan shunga dalolat beradi. Shoir ikkinchi baytda aytilgan “o’n sakkiz yil bu malohat va qobilyatni saqlay oladi” degan fikrdan qaytib, balki “yana yuz sakson yil bo’lsa hamki, ko’z –u qoshida bu balolar jilva qilar ekan u husn shohi sifatida go’zallik saltanatida hukmronlik qilaveradi. Shoir bu o’rinda ruju san’atidan foydalangan. Ruju’ning muhiyati mana shu o’zini-o’zi inkor etib ma’noni kuchaytirishdadir.
Hayrat etmon husni naqshidaki, har hayratki bor,
Barchasi ezid taolo sun’i naqqoshindadur.
Navoiyning dunyoqarashicha, har qanday hayratomuz go’zallikning yaratuvchisi va ijodkori “ sun’ naqqoshi”, yani Xudodir.
Navbatdagi baytda sarvinozning nihoyatda go’zal, ammo beqiyos bag’ritoshligiga kinoya tarzida bitilgan.
Tan anga siymu ichinda tosh muzmar ko’nglidin,
Aqlg’a yuz hayrat, ul oyning ichi toshindadur.
Sarvinozning tanasi kumushday tovlanib o’ziga maftun etadi. Ammo bu kumush bujud shundaysirga egaki, uning ichida ko’ngil yashiringan toshdan iborat. Bu sinoat oldida inson aqi yuz karra hayron-u lol qoladi
G’azalda an’anaviy maqtadan oldin mayfurushga murojaat qilinadi.
May keltur, ey mug’ki, yuz hayrat aro qolmish Masih,
Bul ajablarkim, bu eski dayr xuffoshindadur.
Oldingi baytlarda lirik qahramon o’zining hayratlarini izhor etgan edi. Bu baytda esaMasih “yuz hayrat aro qolganini aytadi. Ya’ni bu ko’hna mayxona(dunyo) ajoyibotlariga lirik qahramon (Navoiy) yuz hayrat izhor qilganidan Masih ham yuz chandon hayrat ichidadir deyiladi.
Bun yerda “xuffosh”-ko’rshapalak obraziorqli lirik qahramon ko’hna mayxona (dunyo) ajoyibotlarini ko’rguncha mayxonaga kirib , vahdad mayidan qonmaguncha, g’ofil edi. “Eski dayr “ eski dayr ajoyibotlarini idrok etgach ko’zlari yarq etib ochildi va yuz hayratga tushdi. Bunday mo’jizadan Masih ham yuz hayratga tushdi, chunki u tiriltirishi bilan mashhur, lekin ko’zga nur ato etishi bilan emas.

Maqtaga kelib tariff va tavsif oyga, quyoshga qadar ko’tariladi.


To Navoiy to’kti ul oy furqatidin bahri ashk,
Har qachon boqsang, quyosh aksi uning yoshindadur.
Navoiy ul oy firoqiga duchor bo’lganidan beri yig’laydi va ko’z yoshlarida ul quyosh – ilohiy tal’atning aksi mudom jilolanib turadi. G’azal yuksak badiiyat tufayli shuhrattutdi, xalqda sevilib o’qilib dildan dilga o’tdi.
Download 13,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish