Amaliy sanʼat va uning turlari



Download 17,69 Kb.
Sana11.02.2023
Hajmi17,69 Kb.
#910130
Bog'liq
Amaliy sanat


AMALIY SANʼAT VA UNING TURLARI”
Annotatsiya: Ushbu maqolada tasviriy san’at va amaliy bezak san’ati haqida tushuncha berilgan, amaliy bezak san’atining turlari haqida, amaliy sanʼatda bezak, naqsh bilan tasviriy san’atning bog‘liqligi haqida, amaliy san’atning paydo boʻlishi va rivojlanishi haqida bayon qilingan.
Kalit soʻzlar: amaliy san’at, bezak, naqsh, shakl, asr, xom-ashyo
O‘zbek xalqining ko'p asrlik tarixida xalq amaliy bezak san'ati turlari boy va rang-barang madaniy merosimizning eng ajoyib va ommaviy kismini tashqil etadi. O‘zbek diyorida vujudga kelib gullab yashnagan san'at turlari bemisil va betakrorligi bilan dunyoga mashxur. Bunday taraqqiyot bosqichlari haqida fikr yuritadigan bo‘lsak, o‘zbek amaliy bezak san'ati turlarining shoh ildizlari insoniyatning bolaligi, ya'ni ibtidoiy jamiyatga borib taqalishining guvohi bo‘lamiz.O‘lkamiz zaminidagi qatlamlarini qazishlar natijasida topilgan yodgorliklarning guvohlik berishicha, insonning jismga badiiy ishlov berish usulida buyum yaratish faoliyati tosh asridayoq boshlangan va asrlar osha hozirgacha davom etib kelmoqda.
Amaliy bezak san’ati – bezak san’ati sohasi hisoblanadi. Ijtimoiy va shaxsiy turmushda amaliy ahamiyatga ega boʻlgan badiiy buyumlar tayyorlash va kundalik turmush ashyolari (asbob-anjomlar, mebel, mato, mehnat qurollari, kiyim-kechaklar, taqinchoqlar, oʻyinchoqlar va boshqalar)ni badiiy ishlash bilan bogʻliq ijodiy mehnat sohalarini oʻz ichiga oladi.
Amaliy sanʼat asarlari koʻz bilan koʻrish, his etish va anglashga moʻljallangan. Amaliy sanʼat asarlari va buyumlari insonning moddiy muhitini goʻzallashtirishga, estetik boyitishga xizmat qiladi, ayni paytda oʻzining koʻrinishi, tuzilishi, xususiyatlari bilan insonning ruhiy holati, kayfiyatiga ta’sir etadi, bezatilgan narsalar hayotda foydalanilishidan tashqari badiiy qimmati boʻlgani uchun ham qadrlanadi. Shuning uchun xom-ashyoning goʻzalligi va nafis xususiyatlarini namoyish etish, unga ishlov berish mahorati va usullarining koʻpligi amaliy sanʼat da estetik ta’sirni oshiruvchi ahamiyatga ega faol vositalardir.
Narsalarning tuzilishi badiiy buyumlarning mujassamotida muhim rol oʻynaydi. Xom ashyoning goʻzalligi, qismlarning mutanosibligi, tuzilishining maromi buyumning ta’sirchan umumlashma qiyofasini ifodalovchi yagona vositalardir. Ta’sirchan mazmunli shakllar koʻpincha taqlidan yaratilganda mazmuni ortadi. Buyumda hosil boʻlayotgan bezak uning obraz tuzilishiga ham sezilarli ta’sir etadi. Bezagi tufayli buyum amaliy sanʼat asariga aylanadi.
Amaliy sanʼatda bezak yaratishda naqsh bilan tasviriy san’at (haykaltaroshlik, rangtasvir, ayrim hollarda grafika) qismlari (alohida yoki turlicha birikuvlari) keng qoʻllaniladi. Ba’zan naqsh yoki tasvir buyumlarni shakllantiruvchi asosga aylanadi (panjara guli, toʻr; gilam, mato gullari va hokazo).
Amaliy sanʼat asarining uygʻunligi avvalo badiiy buyumning badiiy va amaliy vazifasining yagonaligida, shakl va bezakning oʻzaro birikuvida, tasvir va buyum tuzilishida namoyon boʻladi. Bezakning shakl, tasvirning buyum koʻlami va xususiyati, uning amaliy va badiiy vazifasi bilan uygʻunlashtirishning zarurligi tasviriy boʻlaklarni oʻzgarishiga, talqinda shartlilikka va narsa qismlarini oʻxshatib yaratishga olib keladi.
XIX asr 2-yarmidan ilmiy adabiyotlarda amaliy sanʼat asarlari foydalanilgan xom ashyosi (yogʻoch, sopol, ganch, tosh, metall, suyak va boshqalar) va ijro usuli (boʻyash, oʻyib-kesib ishlash, quyish, kashta tikish, toʻqish va boshqalar)ga qarab farqlana boshlandi. Bu esa oʻz navbatida buyumlarga ishlov berishni loyihalash (dizayn) va uni ishlab chiqarish bilan bogʻlanishi (badiiy sanoat)ga zamin yaratdi.
Amaliy san'atga bu qadar chuqur falsafiy yondoshish natijasida shartlilik, stilizasiya -ramziylikka asoslangan badiiy bezak asarlari yaratish kuchaygan. Ushbu tarixiy omil o‘zbek milliy bezak san'atining gurkirab rivojlanishiga turtki bo‘lganki, hozirda jahonga mashxur me'morchilik ѐdgorliklarimiz ulardagi ganchkorlik, koshinkorlik, naqqoshlik, xattotlik, toshtaroshlik va boshka turdagi san'atlarning ajoyib darajada uyg’unligidan va mujassamligidan iboratdir. Xalq amaliy bezak san'ati kishilarning ma'naviy olamini boyitadi, badiiy didini shakllantiradi, ruhiyatini tarbiyalaydi.
Shuning uchun ham o‘zbek xalq amaliy san'ati kishilarni badiiy axloqiy, umuminsoniy tarbiyalab, ularning ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirishda, hamda madaniy darajasini oshirishda eng zarur manbalardan biri hisoblanadi.
Yaqin o‘tmishda o‘zbek amaliy bezak san'atining eng rivojlangan naqqoshlik, ganchkorlik, tosh va suyak o'ymakorligi, kandakorlik, pichokchilik, bo‘yrachilik, zargarlik, kashtachilik, zardo‘zik, gilamduzlik, kigizchilik, savatchilik kabi turlarining o‘ziga xos bajarish texnologiyalari, haqiqiy milliy nomlari, ularga xos atamalar, bu san'atlarga xos maktablar, uslublar hamda shu soxalarda nom qozongan ustalarning xizmatlari butun jahonga dong’i ketgan. O‘rta Osiyo naqqoshlik san'ati qadimdan dunyoga mashxur. O‘tmishda ota-bobolarimiz qurgan muhtasham binolar hozirgi kungacha maftunkor jilvasini yo‘qotmagan. Yuksak did bilan ishlangan naqshlar hozirgacha bizni hayratga solib kelmoqda. Naqsh arabcha tasvir, gul degan ma'noni bildiradi. Kush, xayvon, usimlik, geometrik va boshka shakllarni ma'lum tartibda takrorlanishidan xosil qilingan bezakdir. Islom talablariga buysunish oqibatida jonivorlar, parrandalar va odamlarni tasvirlash yo'qolib borib naqqoshlik rivoj topdi. Arab yozuvi o'zlashtirildi. Natijada naqshlar bilan yozuv (epigrafika) uslubi paydo bo‘ldi. Arab yozuvi naqshlar bilan birga chizildi. Arab ѐzuvi ham bezak, ham duo- afsunlar vazifasini bajardi. Naqqoshlik xalq-amaliy bezak san'atning bir turi sifatida qadimdan o‘zbek madaniyatining muhim bo‘lagi hisoblanadi. Ko'p asrlar mobaynida uning badiiy an'analari vujudga keldi. Naqshlarda san'atning boshqa hamma turlaridan farqi ravishda avlodlarning chambarchas boglqigini, an'analarning davomiyligini ko‘rish mumkin. Naqqoshlik an'analari san'atning ana shu turini o‘rganish metodlari sifatida ham bobodan otaga, otadan o'g‘ilga o‘tib kelgan. Ana shu davomiylik tufayli naqsh san'ati hozirgacha saqlanib kelmoqda. Naqshning eng yaxshi namunalari boy ijodiy fantaziya orqali birlashtirilgan shakllarning maksadga muvofiqligi va go'zalligi bilan farqlanadi.
Bunda xalq ustalarining atrof muhitga karashlaridagi tafovut aks etadi. Naqshdagi chizgilar uyini musikadagi oxang singari, qo'shiq va ertak kabi “xalq hayotiy tajribasining katta umumlashmasidan” iborat bo‘ladi.Badiiy naqqoshlik ranglarning uyg'unligida va o‘ziga xos kompozisiyalarda go'zallik yaratish san'atidir. Naqqosh usta o'z ishida rangning tabiiy jilosidan, bejirim shakldan, material fakturasidan mohirlik bilan foydalanib erkin ifodalikka erishadi.
Hozirgi vaqtda maktablarda va maktabdan tashkari muassasalarda to‘garaklar tarmog’ini iloji boricha kengaytirish vazifasi qo‘yilmokda. Xalq naqqoshlik san'atini o‘rganish insonlarda badiiy didni, mexnatsevarlikni rivojlantirishga va qator foydali bilim hamda malakalarni tarkib toptirishga xizmat qiladi. Ularning ijodiy qobiliyatlarini aniqlash va o'stirishga yordam beradi. Xalq amaliy san'atining qaysi bir turi bo‘lmasin uning zaminida naqsh elementlaridan to‘qilgan kompozisiya yotadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.Axmetova A.S., Ismatullayeva M.Z.“Xalq hunarmandchiligi”.-T.: «Iqtisod-Moliya» 2009.
2.Bulatov S. “Oʻzbek xalq amaliy bezak san’ati”.-T.: «Mehnat» 1991.- 382 b.
3.Golovin N.N. “Kustarniye promisli Turkistana”.-T.: 1999.-98 b.
4.Zasipkin P.SH. “Mastera uzbekskogo zodchestva”.-T.: 1967.-132 s.
Download 17,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish