Almashlab ekish Agrokimyo va agrotuproqshunoslik yo’nalishi 202-guruh talabasi Maxmudova Ominaxon



Download 2,92 Mb.
Sana29.12.2021
Hajmi2,92 Mb.
#86502
Bog'liq
Almashlab ekish

Almashlab ekish

Agrokimyo va agrotuproqshunoslik yo’nalishi 202-guruh talabasi Maxmudova Ominaxon

Reja:

Reja:

1.Almashlab ekish va uning ahamiyati.

2.Almashlab ekish rotatsiyasi va sxemasi.

3.Almashlab ekishni loyihalashtirish va joriy etish

Almashlab ekish – qishloq xoʻjaligi ekinlarini dalalar va yillar bo‘yicha il-miy asoslangan navbatlab ekish. Tuproq unumdorligini ta’minlash va ekinlarning hosildorligini oshirishning samarali tadbiri hisoblanadi. Almashlab ekish – dehqonchilik tizimining eng muhim qismidir.

.

Ekinlarni tartibi bilan belgilangan sxemada har bir dalaga ekish uchun ketgan vaqt Almashlab ekish rotatsiyasi deyiladi; Almashlab ekishga kiritilgan ekinlarning guruhi ro‘yxati va ularni navbatlash tartibi yoki almashlab ekiladigan ekinlar bilan band bo‘ladigan dalalarning bir-biriga nisbati Almashlab ekish sxemasi deyiladi. Almashlab ekish joriy etilmay, bir yerning o‘ziga bir xil 359ekinlar surunkasiga ekilgan (yakka ziro-atchilik)da tuproqning fizik xususiyatlari yomonlashadi, ekinlar hosildorligi pasayadi, har xil kasallik va zararkunan-dalar, shu sharoitga moslashgan begona o‘tlar ko‘payadi (mas, poliz ekinlarida shumg‘iya, g‘o‘zada vilt, boshoqli g‘alla ekinlarida qorakuya va boshqalar). Ekinlar kasalliklari, zararkunandalariga qarshi kurashda, dalalarni begona o‘t bosib ketishini bartaraf etishda Almashlab ekish sinalgan agrotexnik chora hisoblanadi. Almashlab ekish ni tasniflash ikki belgiga asoslanadi. Bularning biri – Almashlab ekish da yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi mahsuloti (paxta, don, ozuqa, sabzavot va boshqalar)ning asosiy turi. Ikkinchisi – biologik xususiyati, yetishtirish texnologiyasi va tuproq unumdorligiga ko‘rsatadigan ta’siri jihatidan bir-biridan farq qiladigan ekinlar guruhlari nisbati (dukkakli don, don-li va texnika ekinlari, sabzavot-poliz ekinlari, ko‘p yillik o‘tlar). Birinchi belgisi jihatidan Almashlab ekish dalali, yem-xashak va maxsus Almashlab ekish bo‘linadi.

Dalali Almashlab ekish da ekin maydonining yarmidan ko‘prog‘i asosiy (g‘o‘za, don ekinlari, kartoshka va boshqalar) ekinlar yetishtirishga ajratiladi. Yem-xashak Almashlab ekish da ham ekin maydonining yarmidan ko‘prog‘ini yem-xashak ekinlari egallaydi. Maxsus Almashlab ekish da maxsus agro-texnika, alohida sug‘orish usullari va boshqalarni talab qiladigan ekinlar yetishtiri-ladi. Ularga sabzavotlar, poliz ekinlari, tamaki, sholi va boshqa kiradi. Ikkinchi belgisi jihatidan Almashlab ekish ekinlar guruhi, asosiy tovar mahsuloti, dalalar soni, rotatsiya muddati va boshqa belgilariga ko‘ra tur (tip)larga bo‘linadi. Almashlab ekishning g‘o‘za –g‘alla – beda; don ekinlari – toza shud-gor; don ekinlari – o‘tlar – chopiqtalab ekinlar; don ekinlari – o‘tlar; o‘tlar – chopiq-talab ekinlar; chopiqtalab ekinlar – sideratli ekinlar; o‘tlar – dalali va boshqa tur (tip)lari bor. Almashlab ekish turiga qarab ekin turlari bilan band dalalar soni nisbati raqamlar bilan ifodalanadi. Mas, g‘o‘za-beda Almashlab ekish 3: 7 nisbatida birinchi raqam bedapoya dalalarini, ikkinchisi g‘o‘za dalalarini ko‘rsatadi (beda ekin maydonining 30,0%ni tashkil etadi). O‘zbekistonda xo‘jalikning qaysi soha bo‘yicha ixtisoslashgani va tuproq-iqlim sharoitiga kura Almashlab ekishning har xil sxemasi qo‘llanilishi mumkin.

Oʻzbekistonning iqlim sharoitida bir dalaga takroriy ekin ekib, yil davomida ikki marta hosil olish mumkin. Mas, sabzavot ekinlarining 8 da-lali almashlab ekish sxemasida (3:4:1) 1-dalaga beda (birinchi yili beda makkajoʻxori yoki arpa bilan birga ekiladi), 2-dalaga beda (ikki yillik beda), 3-dalaga beda (uch yillik beda), 4-dalaga oʻrtagi sabzavot (pomidor, bodring), 5-dalaga kechki sabzavot (kechki sabzavotdan oldin ertagi kartoshka ekiladi), 6-dalaga kechki kartoshka (kechki kartoshkadan oldin ertagi sabzavot ekinlaridan karam ekiladi), 7-dalaga sabzavot (piyoz), 8-dalaga kechki sabzavot (kechki sabzavotdan oldin ertagi kartoshka) ekiladi. Almashlab ekish tizimi q. x. fanlarining yangi yutuqlari va toʻplangan tajribaga muvofiq takomillashtirib boriladi.

 Iqtisodiy jihatdan baho berishda quyidagi ko`rsatkichlardan foydalaniladi: almashlab ekish joriy etilgan maydonning har bir gektaridan olingan mahsulot miqdori (natura va qiymat shaklida). mehnat unumdorligi darajasi. mahsulot tannarxi va rentabellik darajasi. almashlab ekishning biror-bir tizimini o`zlashtirish va qo`llanilishi bilan bog`liq kapital sarflar va ularni qoplash muddatlari.

XX asrning ikkinchi yarmida va XXI asrning boshlarida qator global muammolar vujudga keldiki insoniyatning bundan keyingi taraqqiyoti ana shu muammolarni hal qilishga bog’liq bo’lib qoldi. Global muammolar, kishilik jamiyati hayotining barcha tomonlarini, dunyo siyosatini, iqtisodini, davlatlararo va millatlararo munosabatlarni qamrab olmoqda. Keyingi vaqtda eng muhim global muammolardan biri – ekologik muammolar bo’lib qolmoqda. O’zbekiston uchun ham eng muhim imperativ ( yechilishi va hal qilinishi absolyut zarur bo’lgan muammolar ) muammolardan biri yerlarning eroziyaga uchrashi – cho’llashishdir.

Etiboringiz uchun raxmat!


Download 2,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish