AMALIY MASHG’ULOT
BEDANING OZIQAVIYLIK AHAMIYATI SISTEMATIKASI VA MORFOLOGIYASI.
Beda o’t-dalali, yem-xashak va dala almashlab ekishlarda ko’k massa, pichan, senaj bostirish uchun toza holda va boshqa ekinlarga qo’shib ekiladi. Beda avlodiga (Medicogo) 50 ta tur kiradi, bularning orasida bir yillik va ko’p yilliklari uchraydi. Eng ko’p tarqalgan turlari:
1. Ekma beda, ko’k beda – M. Sativa L.
2. Sariq beda – M. Falsatye L.
3. Zangori beda – M. Soyerula L.
4. Duragay beda – M. Media L.
5. Xmelsimon beda – M. Lupulina L.
Beda o’simligidan xilma-xil oziqalar tayyorlash mumkin. Bu oziqalar to’yimliligi bilan ajralib turadi. Bedaning tarkibida hayvonlar uchun zarur bo’lgan vitaminlar mavjud-A, V1, V2, D, S, Ye, K. Beda ko’kati sersuv bo’ladi, tarkibida 70-75 % suv bo’ladi. Beda agrotexnik ahamiyatiga ham ega. Beda bir gektar yerda 250-340 kg azot va 150-184 ildiz qoldiqlarini to’playdi. Beda ekilgan yerlarda tuzlarning miqdori kamayadi Sug’oriladigan madaniy yaylov barpo etishda bedaning roli katta. 100 kg beda pichani 48,8, shuncha ko’k massasi 17,2 oziqa birligiga teng.
Beda birinchi yili 20-40 s, ikkinchi yili 60-80, uchinchi yili 100-150 s/ga pichan beradi. Urug’ hosili seleksion navlarda 4-6 s/ga. Amalda urug’ hosili ancha kam. Hozir yer yuzida beda 30 mln.ga yerga ekiladi. O’zbekistonda 200 ming.ga yerga ekiladi.
Biologiyasi - Beda dukkaklilar oilasiga mansub bir, ikki va ko’p yillik o’simlikdir. Eng ko’p ekiladigani ko’k beda. Bu ko’p yillik o’simlik.
Beda urug’i 1-3 °С da unib chiqadi, muqobil harorat 18-20°С, maysa -6 °С sovuqqa chidaydi. Qor qalin bo’lsa beda -40°С ham chidaydi. Bahorda beda 5-7°С da o’sa boshlaydi. Namsevar, urug’ bo’rtishi uchun 100-120% suv sarflaydi, o’suv davrida tuproq namligi 70-75 % bo’lishi kerak. Ildizi yaxshi rivojlanganligi uchun beda tuproqning chuqur qatlamidan suv o’zlashtira oladi, shuning uchun lalmi yerlarda ekiladi. Beda yorug’sevar uzun kun o’simligi. Bir tonna pichan yetishtirish uchun 26 kg azot, 6,6 kg fosfor va 15 kg kaliy sarflaydi. Unumdor, g’ovak, sho’rlanmagan, muhiti rN 6-7,5 bo’lgan tuproqlarni talab qiladi.
Yaxshi sharoitda ekilgan beda 5-6 kunda unib chiqadi, maysa mayda bo’ladi, qatqaloq bo’lsa ko’p nobud bo’ladi. Maysa ko’ringandan 3-4 kundan keyin birinchi chin bargi ko’rinadi, o’simlikda 15-20 chin barg chiqadi. Maysalanishdan 40-60 kun o’tgach shonalash davri boshlanadi, yana 10-15 kundan keyin gullaydi. Bahorda ekilgan beda 90-110 kunda gullaydi, 140 kunda urug’i yetiladi. Ekish muddati, yiliga, o’rimiga qarab har bir o’rim 25-65 kunda yetiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |