1
O`ZBEISTON RESPUBLIKASIOLIY VA O`RTA
MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND
DAVLAT UNIVERSITETI
MAGISTRATURA BO`LIMI BIOLOGIYA
YO`NALISHI
Mavzu:
BIOXILMA-XILLIKNI ASRASHNING MILLIY
STRATEGIYASI VA MILLIY HARAKAT REJASI
Bajardi: Ismoilov K.
Tekshirdi: Nomozova Z.
Samarqand-2015
2
MAVZU: BIOXILMA-XILLIKNI ASRASHNING MILLIY
STRATEGIYASI VA MILLIY HARAKAT REJASI
Reja
Kirish……………………………………………………………………………. 3
Asosiy qism
1.Bioxilma-xillikni saqlash—barqaror rivojlanish omili……………………. 4
1.1 Bioxilma-xillikni asrashning milliy strategiyasi………………………… 6
1.2Milliy strategiyani shakllantirish ………………………………………….. 7
1.3 Strategiyaning maqsad va vazifalari……………………………………... 7
2. Alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hudular tizimining tahlili…………. 8
2.1 Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar huquqiy holatining tushunchasi va
xususiyatlari ……………………………………………………………………..9
2.2 Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning asosiy turlari………………… 10
3. Bioxilma-xillikni asrashning milliy harakat rejasi………………………….18
3.1Harakat rejasi, maqsadlari, hal qilish yo’llari…………………… ………. 23
3.2 Bioxilma-xillik resurslaridan barqaror foydalanish……………. ………. 26
3.3 Qo’riqxonalar misolida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar milliy tizimi.
barqarorligini ta’minlash…….. ………………………………………………29
Xulosa…………………………………………………………………………. 31
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………. 34
3
KIRISH
Biologik xilmaxillik‖ deganda yerda, dengizda va boshqa ekotizimlarda
yashaydigan hamda o‗sadigan hamma jonli organizmlar tushunilib, ushbu
tushunchaga bitta tur doirasidagi, turlararo va ekotizimlar xilmaxilligi ham
kiradi(Bioxilmaxillik to‘g‘risidagi konventsiyaning 2-moddasi)
Bioxilmaxillik resurslarining kamayishi birinchi navbatda inson faoliyati
ta‘sir oqibatida yuz beradi. Oxirgi 50 yil ichida sayyoramiz aholisi soni 3,5
barobarga, iste‘mol qilinayotgan ichimlik suv hajmi 11 barobarga, haydaladigan
yerlar maydoni 2 martaga, ro‗yxatdan o‗tgan transport vositalari soni 10 martaga,
neftь mahsulotlaridan foydalanish 7 martaga, elektr stantsiyalari quvvati 21
martaga oshdi. Hayvonot va o‗simlik olami turlari esa 20 foizga kamaydi. Har yili
atmosfera havosiga 5 milliard tonna karbonad angidrid gazi, 200 million tonna
uglerod oksidi, 146 million tonna sulьfat oksidi, 35 million tonna azot oksidi
tashlanmoqda. Insonning nooqilona faoliyati natijasida biosferada ko‗plab qaltis
jarayonlar sodir bo‗lmoqda. Birgina Orol fojiasi insonning ekologik muammolarga
nisbatan mas‘uliyatsizligining yaqqol namunasidir. So‗nggi qirq yil mobaynida
dengiz maydoni 7 martadan ortiqroqqa qisqardi, suv hajmi esa 13 barobarga
kamaydi. Uning minerallashuvi bir necha o‗n martaga oshgani sababli dengizda
jonli organizmlar uchun noqulay muhit vujudga keldi. Natijada dengiz flora va
faunasining barcha turlari yo‗q bo‗lib ketdi. Bugun Orolbo‗yi hududlarida nafaqat
global ekologik, balki murakkab ijtimoiy-iqtisodiy va demografik muammolar
paydo bo‗ldi.
Kech bo‗lsa-da, insoniyat tabiiy muhitga ehtiyotkorona va oqilona
munosabatda bo‗lish kerakligiga ishonch hosil qildi. Ekologik muvozanatni
saqlash barcha davlatlardan kuchli iroda va katta siyosiy kuchni ishga solishni
talab etmoqda. 1992 yilning iyunь oyida Rio-de-Janeyro shahrida bo‗lib o‗tgan
Atrof-muhit va rivojlanish bo‗yicha BMT konferensiyasida XXI asrda
insoniyatning rivojlanishi uchun muhim bo‗lgan hujjatlar qabul qilindi. Mazkur
anjumanda ilk marta tabiatdan foydalanishning amaldagi bozor-iste‘moli modeli
insoniyatni juda tezlikda tabiat inqiroziga, hatto halokatga olib kelishi mumkinligi
to‗g‗risidagi muhim xulosaga kelindi.
Anjumanda ikkita xalqaro bitim imzolandi hamda Butun jahon barqaror
rivojlanish maqsadlari prinsiplari va Asosiy Harakatlar rejasi to‗g‗risidagi ikkita
bayonot qabul qilindi. Bu o‗rinda ―Biologik xilmaxillik to‗g‗risida‖gi Konventsiya
muhim ahamiyatga ega bo‗lib, ushbu hujjat talablariga binoan uni imzolagan
barcha tomonlar ekotizimlar va tabiiy yashash joylarini, turlar populyatsiyalarini
saqlash uchun barcha choralarni ko‗rishi, milliy qonunchilikni takomillashtirishi,
yo‗qolib borayotgan biologik turlarni saqlash va tiklash bo‗yicha harakatlar rejasi
va boshqaruv strategiyalarini ishlab chiqishi lozim. Shu bilan birga, biologik
xilmaxillik komponentlaridan barqaror foydalanishni ta‘minlash hamda genetik
resurslardan foydalanish va tegishli texnologiyalarni almashish bilan bog‗liq
daromadlarni adolatli taqsimlash zarur.
4
―XXI asr kun tartibi‖ — kelgusi yuz yillikka mo‗ljallangan, Rio-de-Janeyro
shahrida 170 dan ortiq davlat vakillarining umumiy kelishuvi asosida qabul
qilingan ulkan dastur hisoblanadi. Barcha davlatlar tomonidan qabul qilinadigan,
kelajakda atrof-muhitga ta‘siri bilan bog‗liq ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish qarorlari
Rio deklaratsiyasida mustahkamlangan asosiy tamoyillarga asoslanishi shart.
Vaqt o‗tishi bilan ―barqaror rivojlanish‖ tushunchasi barqaror ekologik
rivojlanishga tenglashdi. Barqaror rivojlanish Kontseptsiyasi 2002 yil sentyabr
oyida Yoxannesburgda bo‗lib o‗tgan BMTning Ming yillik Sammitida yangi
bosqichga ko‗tarildi. O‗sha sammitda butun dunyo mamlakatlari rahbarlari
qashshoqlikka barham berish va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun
BMTning Ming yillik rivojlanish deklaratsiyasini qabul qildilar.
2002 yilning aprel oyida Gaga shahrida bo‗lib o‗tgan ―Biologik xilmaxillik
to‗g‗risida‖gi Konventsiya tomonlarining VI anjumanida ―O‗simliklarni saqlash
global strategiyasi‖ qabul qilindi.Uning asosiy va uzoq muddatli maqsadi o‗simlik
xilmaxilligining uzluksiz qisqarib borishini to‗xtatishdir. Shu maqsadda ushbu
dasturga genetik xilmaxillik, sistematika va taksonomiya, ekologik va biologik
usullar bilan o‗simliklarni himoya qilish masalalar bo‗yicha ham yovvoyi tabiat,
ham inson faoliyati sharoitida ilmiy tadqiqotlarni olib borishga yordam ko‗rsatish
kabi vazifalar kiradi.
1. Bioxilma-xillikni saqlash—barqaror rivojlanish omili
Tabiatni muhofaza qilish hamda barqaror rivojlanish uchun biologik
xilmaxillikni saqlab qolishning o‗ta muhimligiga katta ahamiyat bergan holda,
1995 yilda O‗zbekiston Respublikasi ―Biologik xilmaxillik to‗g‗risida‖gi
Konventsiyaga a‘zo bo‗ldi. 1998 yili hukumatimiz tomonidan ―O‗zbekiston
Respublikasining biologik xilmaxillikni saqlash bo‗yicha Milliy strategiya va
Harakatlar rejasi‖ning qabul qilinishi asnosida Konventsiya doirasidagi
majburiyatlarni bajarish yo‗lida ilk qadam tashlandi. Mamlakat umumiy
maydonining 10 foizidan ortig‗ida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning
barqaror tizimini yaratish mazkur strategiyaning asosiy vazifalaridan biri
hisoblanadi.
―O‗zbekiston Respublikasining biologik xilmaxilligini saqlash bo‗yicha
Milliy strategiya va Harakatlar rejasi‖ni bajarishga yo‗naltirilgan ―G‗arbiy Tyan-
Shanda biologik xilmaxillikni saqlash bo‗yicha hamkorlik to‗g‗risida‖gi, ―Atrof-
muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasida hamkorlik
to‗g‗risida‖gi, ―O‗simliklar karantini sohasida hamkorlik to‗g‗risida‖gi hukumat-
lararo bitimlar imzolandi. Hukumat tomonidan 2008 yil 19 sentyabrь kuni qabul
qilingan ―2008-2012 yillarda O‗zbekiston Respublikasining atrof-muhitni
muhofaza qilish bo‗yicha harakat dasturi‖da ham biologik xilmaxillikni saqlash
tabiatni muhofaza qilish faoliyatining asosiy yo‗nalishlaridan biri sifatida aks
etgan.
O‗zbekistonning yuqorida qayd etilgan Konvensiyaga qo‗shilishi biologik
xilmaxillikni
saqlash,
muhofaza
etiladigan
tabiiy
hududlar
tizimini
5
takomillashtirish sohasida tashqi investitsiyalarni jalb qilish hamda xalqaro
moliyaviy manbalardan foydalanishga keng yo‗l ochib berdi. Hozirgi paytda
mamlakatimiz bioxilmaxillikni saqlash masalalari bo‗yicha bir qator xalqaro
moliya institutlari va tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari bilan yaqindan
hamkorlik qilmoqda. Konventsiya doirasida respublikada ―G‗arbiy Tyan-Shanning
bioxilmaxilligini saqlab qolish bo‗yicha transchegaraviy loyiha‖ amalga tatbiq
etildi. Loyiha mablag‗lari Chotqol biosfera qo‗riqxonasi va Ugom-Chotqol milliy
bog‗i infratuzilmasini yaxshilashga yo‗naltirildi. Bundan tashqari, mintaqaviy
miqyosda (O‗zbekiston, Qozog‗iston, Qirg‗iziston) biomintaqaviy rejani tuzish
bo‗yicha ishlar olib borilyapti. Shuningdek, GEF va BMT Taraqqiyot Dasturi bilan
hamkorlikda ―O‗zbekistonda bioxilmaxillikni saqlab qolish uchun model sifatida
Nurota-Qizilqum biosfera rezervatini tashkil etish‖ va ―Qoraqalpog‗iston
Respublikasi Amudaryo daryosi delьtasi to‗qay o‗rmonzorlarini saqlash va
muhofaza etiladigan hududlar tizimini mustahkamlash‖ loyihasi amalga oshirildi.
1997 yildan boshlab O‗zbekiston ―Yo‗qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi
fauna
va
flora
turlari
bilan
xalqaro
savdo
qilish
to‗g‗risida‖gi
Konvensiyani(Vashington, 1973 yil) imzolagan tomon sifatida respublika
hududidan qo‗riqlanadigan turlarni olib chiqish va respublikaga olib kirishga
ruxsat berish tizimini joriy etib, savdo operatsiyalarini litsenziyalashtirish,
hayvonlar va o‗simliklarni olib kirish va olib chiqishning doimiy nazoratini yo‗lga
qo‗ydi.
―Yovvoyi hayvonlarning ko‗chib yuruvchi turlarini muhofaza qilish
bo‗yicha Konvensiya (Bonn, 1979 yil) doirasida Jizzax viloyatidagi ―Tuzkon‖,
Buxoro
viloyatidagi
―Dengizko‗l‖
va
―Qoraqayiro
Qoraqalpog‗iston
Respublikasidagi ―Oqushpa‖ ko‗llarida ornitologiya qo‗riqxonalari yaratildi.
Samarqand,Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarining cho‗l tumanlarida yo‗qolib
borish xavfi ostidagi qush — tuvaloqning uyalashi, ko‗payishi va uchib o‗tish
joylarini
hamda
Ustyurt
platasida
ko‗chib
yuruvchi
sayg‗oqlarning
populyatsiyasini muhofaza qilish maqsadida buyurtmaxonalar tashkil etildi.
O‗zbekistonda bioxilmaxillik qisqarishining ekologik muammolari
taranschegaraviy xarakaterga ega. Shu bois, respublikamizda fauna ob‘ektlarini
muhofaza qilish va saqlash maqsadida Qozog‗iston bilan ―Sayg‗oqni saqlab qolish,
tiklash va undan barqaror foydalanish bo‗yicha hamjihatlik haqidagi Memorandum
va Harakat rejasi‖ imzolandi. Shuningdek, Afrika — Yevroosiyoda ko‗chib
yuruvchi suv-botqoq qushlarini muhofaza qilish bo‗yicha bitim imzolangan bo‗lib,
mamlakatimiz ―Suvda suzuvchi qushlarni va Markaziy Osiyo uchish yo‗lidagi suv-
botqoq hududlarini muhofaza qilish strategiyasi‖ni ishlab chiqish loyihasida
ishtirok etdi.―Asosan suvda suzuvchi qushlar yashash joylari sifatida xalqaro
ahamiyatga ega bo‗lgan suv-botqoq joylari to‗g‗risida‖gi Konvensiya (Ramsar,
1971
yil)
talablarini
bajarish
va
respublikada
suv-botqoq
hududlari
bioxilmaxilligini saqlash maqsadida aniq yo‗naltirilgan ishlar olib borilmoqda.
Tayyorlangan hujjatlar asosida ―Dengizko‗l‖ va ―Aydar-Arnasoy‖ ko‗llar tizimi
xalqaro ahamiyatga ega bo‗lgan suv-botqoq hududlari sifatida Ramsar ro‗yxatiga
kiritildi. Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish xalqaro fondi (WWF) bilan
6
hamkorlikda
Qoraqalpog‗iston
Respublikasidagi
―Sudochьe‖
ko‗li
bioxilmaxilligini muhofaza qilish va monitoringi bo‗yicha loyiha amalga oshirildi.
Buning natijasida mazkur ko‗lni xalqaro ahamiyatga ega bo‗lgan suv-botqoq
hududlari ro‗yxatiga kiritish uchun asosli hujjatlar tayyorlandi.
Respublika Fanlar akademiyasi ma‘lumotlariga ko‗ra, O‗zbekiston
florasida o‗simliklarning 4600 dan ortiq turi mavjud. Ularning 3000 dan ortiq turi
yovvoyi holda o‗sadi. Respublika faunasi 97 tur sutemizuvchilar, 424 tur qushlar,
58 tur sudralib yuruvchilar, 83 turdagi baliqlardan iborat. Bu yurtimiz flora va
faunasi naqadar boy ekanligidan dalolat beradi.
O‗simlik va hayvonot dunyosi ob‘ektlaridan samarali va oqilona
foydalanish maqsadida Fanlar akademiyasining Bioxilmaxillikdan foydalanish
bo‗yicha Idoralararo komissiya tomonidan 1991 yildan boshlab hayvonot
dunyosini tabiatdan olishning ruxsat etilgan kvotalari, 1993 yildan esa o‗simlik
xomashyosini tayyorlash bo‗yicha kvotalari o‗rnatildi.
1.1 Bioxilma-xillikni asrashning milliy strategiyasi
1996 yilda O`zbekiston BMTning Biologik Xilma-Xillik Konventsiyasida
belgilangan majburiyatlarini bajarib, Global Ekologik Fond tomonidan mablag`
bilan ta`minlangan loyihani boshladi. Bu loyiha 1998 yilda Hukumat tomonidan
ma`qullangan Biologik Xilma-Xillikni Saqlash Strategiyasi va Amaliy Rejasini
paydo bo`lishiga olib keldi. Ushbu hujjat O`zbekistonda atrof muhit sohasida qabul
qilingan dastlabki muhim siyosiy va rejalashtirish hujjati, Biologik Xilma-Xillikni
Saqlash Strategiyasi va Amaliy Rejasi bo`yicha O`rta Osiyoda tayorlangan va
ma`qullangan dastlabki hujjat bo`ldi. Biologik Xilma-Xillikni Saqlash Sekretariati
barcha hukumatlar biologik xilma-xillikni saqlash borasidagi faoliyatida zarur
axborot va texnologiyaga ega bo`lish imkoniyatini yaratib, xalqaro «Vositachilik
Mexanizmi»ni tayinladi.
Maqsadlar
Biologik Xilma-Xillikni Saqlash Strategiyasi va Amaliy Rejasini tadbiq qilish
borasida bor imkoniyatini aniqlash orqali hukumatga biologik xilma-xillikni
saqlash Konventsiyasidagi majburiyatlarini samaraliroq bajarishiga yordam berish.
Bunga qo`shimcha ravishda, loyiha BXXS Sekretariatidagi xalqaro markazga
bog`langan biologik xilma-xillikni saqlash axborot boshqaruvi uchun samarali
milliy Vositachilik Mexanizmi tizimini o`rnatishda hukumatga yordam beradi.
Kutilayotgan natija
Quyidagi to`rtta ustuvor soha ichida Biologik Xilma-Xillikni Saqlash
Strategiyasi va amaliy rejasini tadbiq qilishga aloqador imkoniyatlarini aniqlash:
(I) Milliy rejalar, strategiya va qonunchilikni o`z ichiga olgan holda
manbalardan unumli foydalanish va biologik xilma-xillikni saqlashning umumiy
chora-tadbirlarini tadbiq qilish;
(II) Hayvonot va o`simlik dunyosini tasniflashni o`z ichiga olgan holda,
boshqaruv dasturlarini baholash;
7
(III) Rag`batlantirish chora-tadbirlarini va tadbiq qilish mexanizmlarini ishlab
chiqish;
(IV) Daromadni bo`lish va genetik manbalarga aloqador institutsional kadr
imkoniyatlarini va mavjud siyosat chora-tadbirlarini baholash.
Biologik xilma-xillikni aniqlash menejerlari va siyosatchilarning haqiqiy
ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan moliyaviy va texnik jihatdan yashovchan
boshqaruv tizimlarini ishlab chiqish;
1.2Milliy strategiyani shakllantirish
Biologik xilma-xillik axborotini boshqarish va tarqatish uchun O`zbekistonda
milliy Vositachilik Mexanizmini tayinlash. Buning ichiga davlat agentliklari,
O`zbekiston Fanlar Akademiyasi, ta`lim va trening loyihalarini tadbiq qilish uchun
fuqarolik jamiyati o`rtasida o`zaro hamkorlikni kuchaytirish uchun Internet asosida
interfeysni yaratish; ilmiy hamkorlik; mablag` bilan ta`minlash imkoniyatlaridan
foydalanish; texnologiyadan foydalanish va uni o`tqazish; va BXXS Sekretariati
bilan axborot almashish kiradi.
Olib borilgan tahlil natijasida asosiy muammolar belgilanib olindi,
bioxilma - xillikni asrashning milliy strategiyasi xuddi ana shu masalalarni
уechimini topishga qaratilgan bo‗lishi lozim. Bu muammolarni quyida ularning
muhimligiga qarab keltiriladi.
Allaqachon ta'kidlangandek O‗zbekistonda mavjud muhofaza qilinadigan
hududlar tizimi, uning umumiy maydoni, e'tibori, konsepsial yondashishlari,
moliyalashtirishi, qonunchilik negizi va menejment yoki tashkiliy boshqarish
nuqtai nazaridan cheklanishlarga ega. Ma'lumki, oxirgi 30 yilda O‗zbekistonning
biologik xilma - xilligi jiddiy kamaydi, bu ekosistemalar hayotchanligini va
mamlakat rivojlanishi istiqbollarini xavf ostida qoldiradi.
Alohida ta'kidlangandek O‗zbekistonda mavjud muhofaza qilinadigan
hududlar tizimi, uning umumiy maydoni, e'tibori konseptual yondashishlari,
moliyalashtirish, qonunchilik negizi va menejmet yoki tashkiliy boshqarish nuqtai
nazaridan cheklanishlarga ega. Ma'lumki, oxirgi 30 yilda O‗zbekistonning biologik
xilma-xilligi jiddiy kamaydi, bu ekosistemalar hayotchanligini va mamlakat
rivojlanishi istiqbollarini xavf ostida qoldirdi.
Aloxida muhofaza qilinadigan hududlar tizimi nafaqat yashab qolishi kerak,
balki rivojlanishi ham kerak, qaysiki tabiat muhofazasi uchun yangi ijtimoiy -
iqtisodiy va siyosiy realliklarga javob beradigan, yangi konseptual va metodologik
yondashishlarni ishlab chiqish nihoyatda zarurdir. Tizim o‗zini saqlash uchun
qilingan harakatlarni qoplashi, mamlakat rivojlanishini barqarorligi uchun aniq
ko‗rinadigan foyda bilan ta'minlashi zarur. Respublika fuqorolariga iqtisodiy va
ijtimoiy foyda keltirishi, ayniqsa qishloqda yashovchilaga, tabiiy landshaftlar va
bioxilma-xillikni asrashni taminlashi zarur bo‗ladi, bularsiz kelajak avlodlarning
iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy manfaatlarini qondirib bo‗lmaydi.
SHunday qilib,muhofaza qilinadigan hududlarni qayta ko‗rib chiqish,qayta
tuzish va kengaytirish,besh yil mobaynida (1998-2002y) olib borilgan.
8
1.3 Strategiyani maqsadi va vazifalari
Maqsadi: Asrash va barqaror foydalanish yo‗li bilan, O‗zbekiston bioxilma-
xilligini himoyalash va qo‗llab quvvatlash, hozirgi va kelajak avlodlar, hamma
respublikada yashovchilar manfati yo‗lida uning barqaror rivojlanishiga eng
muhim komponent sifatida qarash.
Vazifalari: Muhofaza qilinadigan tizimlar yaratish birinchi vazifadir.
Jamoatchilikning bilim darajasi va ta'lim masalalari ikkinchi muhim vazifadir.
Bioxilma-xillikdan barqaror foydalanish uchinchi vazifa.
Bioxilma-xillik bo‗yicha mintaqaviy va mahalliy harakat rejalariga ega bo‗lishlik
to‗rtinchi muhim vazifadir.
Strategik ahamiyatga ega bo‗lgan muammolarni aniqlab olish kelajakda
biologik sektorni barqaror rivojlanishi va o‗z ehtiyojlarini ta'minlashi uchun
O‗zbekiston уechimini topishi zarur bo‗ladi.
Alohida muhofaza qilinadigan hududlarning samarali va barqaror tizimini yaratish,
qaysiki atrof – muhit muhofazasi sifati va bioxilma-xillikni to‗liq asrashga
erishishni ta'minlashga qaratilishi;
Bioxilma-xillik masalalari bo‗yicha ta'lim va jamiyat xabardorligi darajasini
oshirish, barcha harakatlarni qo‗llab-quvvatlash va ularni hayotga tadbiq etish
choralarini ko‗rish;
Bioxilma-xillikdan barqaror foydalanish yo‗llarini ishlab chiqish va baholash,
foydani adolatli taqsimlashni ta'minlash.
2. Alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimining tahlili.
Hozirda, oxirgi 10 yil ichida ushbu maydonlarning soni o`zgarmagan.
O`zbekistonnning o`simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilishga qaratilgan
zakazniklar tashkil etilgan bo`lib, ularning umumiy maydoni 1563 ming gektarni
tashkil etadi1.
Shuni ta'kidlash joizki, respublikamizdagi barcha muhofaza etiladigan tabiiy
hududlar qonun bilan muhofaza qilinmog‘i va huquqiy tartibga solinishi maqsadga
muvofiqdir.
O‘zbekiston Respublikasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil
etish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlar
―Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida‖gi qonundan, shuningdek yer,
suv, o‘rmon to‘g‘risidagi qonunlar, yer osti boyliklaridan foydalanish to‘g‘risidagi,
atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi hamda atrof tabiiy muhitni
muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlardan iborat.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tog‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi
qonunlarining vazifalari tipik, noyob, qimmatli tabiiy obyektlar va majmualarni,
o`simliklar va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolishdan, inson faoliyatining
9
tabiatga salbiy ta'sir ko`rsatishi oldini olishdan, tabiiy jarayonlarni o`rganishdan,
atrof tabiiy muhit monitoringini olib borishdan, ekologik ma'rifat va tarbiyani
takomillashtirishdan iborat.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ta'rifi va ularni huquqiy maqomi
―Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida‖gi qonunning 4-moddasida
quyidagicha ko‘rsatilgan.
Yerning va (yoki) suv kengliklarining (akvatoriyalarning) ustuvor ekologik,
ilmiy, madaniy, estetik, rekreatsiya va sanitariya-sog`lomlashtirish ahamiyatiga
molik bo`lgan, xo`jalik maqsadidagi doimiy yoki vaqtincha foydalanishdan to`liq
yoki qisman chiqarilgan uchastkalari muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
hisoblanadi.
Tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko`paytirish va tiklash
maqsadida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda muhofaza qilish va foydalanish
rejimi o`rnatiladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar biologik, landshaft rang-barangligini
ta'minlash va ekologik muvozanatni saqlab turish uchun mo`ljallangan yaxlit
ekologik tizimni tashkil etadi.
Tabiat rang-barangligini saqlab qolish, ekologik muvozanatni va biosfera
monitoringini saqlab turishga, shuningdek shikast yetgan tabiiy majmualarni
tiklashga mo‘ljallangan yagona tizimni tashkil etuvchi O‘zbekiston
Respublikasining muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni xo‘jalik maqsadida
foydalanishdan to‘liq yoki qisman, bir umrga yoki vaqtincha tortib olinishi
mumkin.
Tabiiy zaxiralardan foydalanish va ularni Muhofaza qilishga doir rejalar va
dasturlar, yer tuzilishi va joylarni tekislash kesmalari hamda boshqa rejalarni ishlab
chiqishda Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hisobga olinadi (1-rasm).
1-rasm. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar(landshaft)
Do'stlaringiz bilan baham: |