Al bukhari university komiljonov Jahongir 13group mantiqiy asoslash nazariya va amaliyot uyg‘unligi



Download 0,87 Mb.
bet1/2
Sana23.06.2022
Hajmi0,87 Mb.
#694285
  1   2
Bog'liq
AL BUKHARI UNIVERSITY

AL BUKHARI UNIVERSITY Komiljonov Jahongir 1.13group mantiqiy asoslash nazariya va amaliyot uyg‘unligi


Mantiqiy asoslash: nazariya va amaliyot uyg'unligi
Nazariya nima?
  • Nazariya nima?
  • Nazariyaning muhim jihatlari
  • Amaliyot daganda nima tushuniladi?
  • Amaliyotning ahamiyati

Nazariya nima?
Nazariya-bilimning biror sohasiga oid asosiy gʻoyalar tizimi; voqelik qonuniyatlari va undagi muhim aloqalar haqida bir butun tasavvur beradigan bilim shakli. Nazariya muayyan sohasga oid boʻlgan tajribalardan umumlashtirilgan maʼlumotlar asosida kelib chiqadi
. Ilmiy bilishda nazariyaning asosiy vazifasi tajribalar bergan dalillarni izohlash, shu bilan birga, narsa va hodisalarning mohiyatiga chuqurroq kirib borish, yuzaga keladigan yangi narsa va hodisalarni oldindan koʻra olishdan iborat.
. Bilishning negizini amaliyot tashkil etadi. Bu insonning butun bilish jarayoni sezgilardan boshlab ilmiy mavhumliklarga qadar ijtimoiy-amaliy faoliyat asosida rivojlanishi, uning ehtiyojlari va muvaffaqiyatlari bilan belgilanishi va yo‘lga solinishini anglatadi
Har qanday Nazariya ilmiy bilishning natijasi sifatidagi bilish shakli boʻlsada, lekin uni tugallangan, oʻzgarmas, mutlaq bilim deb qaramaslik kerak. Nazariya bilish jarayonidabiz toʻplagan bilimlarning natijasigina emas, balki yangi bilimlar hosil qilish yoʻlidagi boshlangʻich asosdir. Nazariya hamma vaqt amaliyot bilan uzviy boglik boʻladi va shundagina u harakat va rivojlanishning quroliga aylanadi.
Nazariyaning boshlangʻich shakli gipotezalmr. Amaliyotda gipotezaning toʻgʻri, haqiqat ekanligi isbotlansa, shu asosda yangi Nazariya yuzaga kelishi mumkin. Ilmiy bilish jarayonida kishilarning ilmiy Nazariyalar bilan qurollanganligi unga ilmiy oldindan koʻrish — ilmiy bashorat qilish imkoniyatini beradi. Bu esa, oʻz navbatida, yangi qonuniyat va yangi Nazariya larning shakllanishiga olib keladi.
Amaliyot nima?
Amaliyot - bu biror bir ishning qayta-qayta takrorlash yoki uni yaxshilash yoki o'zlashtirish uchun qayta-qayta mashq qilish harakati.
Amaliyot mazmuni va shakllariga ko‘ra, moddiy ne'matlar yaratish; ijtimoiy-siyosiy faoliyat; ilmiy-amaliy faoliyat kabi turlardan iborat.Shuningdek amaliyot odamlar ijtimoiy-tarixiy faoliyatining rang-barang shakllarini qamrab oladi.
Ijtimoiy amaliyot ehtiyojlari doim bilish rivojlanishining negizi va harakatlantiruvchi kuchi sifatida amal qiladi. yer maydonlarini o‘lchash, vaqtni hisoblash, savdoda hisob-kitoblarni amalga oshirish zarurati matematik bilimlarning rivojlanishiga yo‘l ochdi. Binolar, ariqlar, to‘g‘onlar, kemalar, mashinalar va hokazolarni qurish ehtiyojlari mexanikaning rivojlanishiga olib keldi.
Antik jamiyatda jismoniy mehnatni bajarish qullarning vazifasi hisoblangan. Hatto san'atga ham past nazar bilan qaralgan. Dono odamning mushohada qilishi faoliyatning eng oliy shakli sifatida tan olingan. Borliqqa nisbatan bunday yondashuv amaliyot muammosini inson aqli sohasiga ko‘chirgan.
Amaliyot haqidagi ta'limot (praksiologiya) axloq, yaxshi xulq haqidagi ta'limot sifatida amal qiladi. Axloqni o‘rganish antik falsafaga ham, qadimgi hind falsafasiga ham xos. Amaliyotni axloqiy tushunish an'anasi butun jahon falsafasi orqali o‘tadi. Qadimgi manbalardan biri “Avesto”da amaliyot inson moddiy va ma'naviy hayotini yaxshilashga intilishida namoyon bo‘ladi.
Diniy ta'limotlarga ko‘ra inson faoliyati Xudoning unga bergan in'omidir. Xudo o‘zida oliy fazilatni ifoda etadi. Xudo insonni yaxshilik sari yetaklaydi, biroq bu yo‘ldan borish uchun nafs balosini yengish lozim. Xristianlikda mehnatga Xudo insonga yuborgan la'nat sifatida qaragan. Faoliyatning asosiy shakli Xudoga xizmat qilish, ya'ni sig‘inish, ibodat qilish va shu kabilar bilan bog‘langan.
Yangi davrda sxolastikaga qarshi kurashda falsafaning amaliyotga qaratilganligi ingliz faylasuflari (Bekon, Gobbs, Lokk) tomonidan qayd etildi. Hayotga tatbiq etiladigan falsafani yaratishga urinish aqlning qudratiga asoslanadi. Darhaqiqat yangi davr falsafasida tafakkur faoliyatning haqiqiy shakli sifatida qaraladi.
Kant bu fikrni rivojlantiradi: u yaxshi maqsadlarga intilishni emas, balki asosiy axloqiy qonunni amalga oshirishni eng katta yutuq deb hisoblaydi. Maqsad muammosi mavjud narsalar sohasida emas, balki bo‘lishi kerak bo‘lgan narsalar sohasida yechiladi.
Gegel amaliyotni sub'ektiv yondashuvdan xalos etish yo‘lida dadil qadam tashlagan. U o‘z e'tiborini vosita kategoriyasiga qaratadi. Gegel fikriga ko‘ra, vosita maqsaddan «mavjud borliqning umumiyligi» bilan ustun turadi. Sub'ektiv narsalar yakka, vosita esa umumiydir.

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish