Amaliyotning tarkibiy qismlari 1) maqsad; 2) maqsadga muvofiq faoliyat; 3) amaliyot vositalari; 4) amaliy harakat ob'ekti; 5) harakat natijasi kabilar.
Maqsad sub'ektga yoki odamlar guruhiga xos. Maqsad – erishish mo‘ljallangan kelajakning sub'ektiv obrazi. Pirovard maqsad muqarrar tarzda muayyan predmetlarga bog‘lanadi, deb o‘ylash yaramaydi.
Insonning chegara bilmas intilishi bilan tavsiflanadigan ideal ham maqsad bo‘lishi mumkin. Maqsad haqidagi falsafiy ta'limot teleologiya deb ataladi. Amaliyot o‘z maqsadlarini ko‘zlovchi odamning faoliyatidir. Shu sababli u maqsadga muvofiq faoliyat hisoblanadi.
Amaliyot natijasiga erishish bosqichida sub'ekt o‘z harakatlarining samaradorligini, ularga yo‘ldosh bo‘lgan emotsional va oqilona jihatlarni baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Amaliyot haqiqat mezoniga aylanadi. Amaliyot haqiqatning birdan-bir mezoni emas, biroq u haqiqatni baholashning bosh mezonlaridan biri sifatida tan olinadi
Inson o‘z tafakkurining haqiqiyligini, uning butun qudratini amaliyotda isbotlab berishi lozim. Amaliyot tarkibida har xil ahamiyatga ega bo‘lgan nisbatan mustaqil jihatlar mavjud bo‘lib, ular falsafiy ta'limotlar mazmunida o‘z aksini topadi. Kantchilar amaliyotni tahlil qilishda sub'ektning faolligidan kelib chiqadilar. Markschilar amaliyot vositalarini birinchi o‘ringa qo‘yadi.
Dunyodagi barcha narsalar va hodisalar kabi amaliyot ham u yoki bu darajada rivojlangan shakllarda mavjud bo‘ladi. Nafaqat ijtimoiy ishlab chiqarish, balki insonning har qanday faoliyati amaliyot hisoblanadi. Masalan, individual tafakkur jarayoni ham amaliyotdir.
Amaliyotda nafaqat ishchi va muhandis, balki siyosatchi, olim, xullas, har bir odam ishtirok etadi. Agar tabiiy jarayonlar inson faoliyati sohasi bilan bog‘liq bo‘lmasa, ular amaliyot sohasiga kirmaydi. Nazariya va amaliyot o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etish lozimligi to‘g‘risida ko‘p so‘z yuritiladi, demak, nazariya amaliyotga zid bo‘lishi mumkin.
Amaliyot va bilish birligi. Falsafada amaliyot deganda inson ehtiyojlarini qondirish maqsadida o‘zini qurshagan dunyoni yoki uning ayrim qismlarini o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat tushuniladi. Amaliyotning asosiy shakli mehnat bo‘lib, uni amalga oshirish jarayonida inson tabiat bilan to‘qnashadi.
Amaliyotning muayyan ehtiyojlari insoniyatning bilishga bo‘lgan ehtiyojlari va vazifalari, umuman faoliyat turi sifatidagi bilishning o‘zi yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. Masalan, Qadimgi Misrda ziroatchilik geometriya va matematika paydo bo‘lishini rag‘batlantirgan, kemachilik va savdo ishi esa astronomiya va boshqa fanlarning rivojlanishiga turtki bergan.
ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |