AKT vaziri Samarqand viloyatida BPO markazi ochilishida ishtirok etdi
Bugun, 11-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Samarqand viloyatida faoliyatini tashkil etayotgan “KMS Trans SO” QK BPO markazining ochilishida ishtirok etdi.
Mazkur markaz logistika sohasida faoliyat olib borishi tashkil etilib, AQSHdagi yuk avtomobillarining harakatini nazorat qilishi maqsad qilingan. Bugungi kunda markazga 20 nafardan ziyod yoshlar ishga qabul qilinib, ularning har biriga 3 mln. So`mdan 10 mln. So`mgacha oylik maosh berilishi rejalashtirilgan. Xodimlarga ishlashlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan bo`lib, ularni ishga olishda ingliz tilida erkin so`zlasha olishlari va kompyuterda ishlash ko`nikmalariga ega bo`lishlari talablari qo`yilishi aytib o`tildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |