PEDOGOGIK KEYSLAR Tursunaliyeva Shahzoda Muxsinali qizi NamDU Lingvistika (o‘zbek tili) 1-kurs magistranti
1-KEYS. Talaba darsda juda faol ishtirok etdi. O`z taqdimotini namoyish etdi. O`qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob berdi. O`qituvchi talabaga “4” baho qo`yganligini aytganda ,butun auditoriya hayron bo`ldi.
Savollar: 1.Nima uchun o`qituvchi talabaga “5” baho qo`ymadi?
2.Talaba va ustoz o`rtasida shaxsiy adovat bo`lishi mumkinmi?
3. Siz qanday fikrdasiz, o`qituvchi tomonidan bildirilgan fikrlar asos bo`la oladimi?
4. Siz bu muammoni qanday hal etgan bo’lar edingiz.
Talabalarga tavsiya etiladigan manbalar: Manba.Pedagogika oid adabiyotlar.
Talaba uchun ko’rsatmalar: Keys mohiyatini yetarlicha anglab oling.
Shunga o’xshash vaziyatlarni o’rganing.
Ish tajribasiga ega o’qituvchilardan maslahat so’rang.
Muammoning yechimini topishga xizmat qiluvchi omillarni aninqlang.
Ko’rsatilgan yechimlardan eng maqbulini tanlang.
Keysni yechish jarayoni: 1.Tinglovchi keys mohiyatini u bilan tanishish orqali kichik guruhda muhokama qiladi.
2.Tinglovchi kichik guruih a’zolari bilan hamkorlikda muamoni hal etishga zamin tayyorlaydigan omillarni aniqlaydi.
3.Muammoni hal etishga yordam beradigan omillardan eng muhimlari ajratib olinadi.
4. Kichik guruh a’zolari eng muhim omillar asosida o’z fikrlarini bayon etadi.
5. Kichik guruh fikrlari tahlil etiladi va umumiy xulosaga kelinadi.
Yechimi: Bu vaziyat boshqa talabalarning darsga va o`qituvchiga bo`lgan e`tiborini susaytiradi. Avvalo, o`qituvchi adolatli bo`lishi va shaxsiy adovatlarni darsga mutlaqo aralashtirmasligi kerak. Past baho qo`yganligini yetarlicha asoslab berish orqali o`z obro`sini saqlab qolishi mumkin.
2-KEYS. Dars boshlandi.O’qituvchi o’quv xonasiga kirdi va doskada o’zining karikatura shaklida chizilgan suratini doskada ko’rib jahli chiqdi.Talabalarga baqira ketdi va bu ishni kim qilganligini so’radi,lekin hech kim buni kim qilganini aytmadi.O’qituvchi bundan juda asabiylashdi va butun dars davomida talabalarga jahl qildi Butun guruhga suratni kim chizganligini aytmaganlari uchun 2 baho qo’ydi.Talabalar bundan norozi bo’lib butun dars davomida o’qituvchiga bo’ysunmay shovqin ko’tarishdi.O’qituvchi bunday vaziyatda haq edimi?Talabalrchi?
Savollar:
1.Talabalarning o’qituvchiga nisbatan qilgan ishini to’g’ri deb baholaysizmi?
2.O’qituvchi yuz bergan vaziyatda o’zini to’g’ri tutdimi?
3.Uning talabalarga nisbatan bo’lgan munosabati pedagogga xosmi?
4.Agar siz o’qituvchi sifatida shunday vaziyatga duch kelsangiz qanday yo’l tutgan bo’lar edingiz?