Aeradrom qoplamalari konstruksiyalarini tadqiq etish natijalarini statik baholash



Download 33,31 Kb.
Sana15.06.2022
Hajmi33,31 Kb.
#675604
Bog'liq
Aeradrom qoplamalari konstruksiyalarini tadqiq etish natijalarini statik baholash


Aeradrom qoplamalari konstruksiyalarini tadqiq etish natijalarini statik baholash
Aerodromlar qurilishi murakkab jarayon bo‘lib aniq ehtimoliy xarakterga ega. Qurilish ishlarining hisobiy muddati va haqiqiy davomiyligi o‘zaro keskin farq qiladi, shuningdek, material-texnik va mehnat resurslarining hiso- biy va amaliy talablari ham farq qiladi.
Aerodromlarni qurish xususiyatlari quyidagi- lardan iborat:
birinchidan, Aerodromlar qurilishining o‘ziga xosligi, ya’ni chiziqli va jamlangan, maydon qurilishidagi ishlarni birlashtirish va boshqalar. Bu ishlarning har biri uchun alohida ishlash usullari va tamoyillarini qo‘llash mumkin;
ikkinchidan, uzoq muddatli iqlim prognozida, ayniqsa, bahor va kuz fasllarida katta chetlanishlar sababli ishni bajarish usullarini aniq belgilab bo‘lmasligi;
uchinchidan, chiziqli er ishlarining hajmi trassa bo‘ylab uzaro yonma-yon joylashgan yo‘l uchastkalarida turli xil texno- logiya va ishlarni tashkil qilishni taqozo qiladi;
to‘rtinchidan, qidiruv davrida yomon bajarilgan geolo- gik, gidrologik va boshqa tekshirishlar qurilishda avariya va talofotga olib keladi, bu holat ba’zida ishni tashkil etish loyihasi (ITEL) va ishlab chiqarish loyihasini (ICHL) keskin o‘zgartirish va o‘z navbatida, hisobiy muddatga tuzatishlar kiritishini taqozo kiladi.

SHuni ham ta’kidlash kerakki, erosti va er usti kommuni- katsiya va boshqalarni yo‘l mintaqasidan chetga chiqarish ishla-


rini bajaruvchi subpodryad (bosh ijarachi) va turdosh tashki- lotlarning bajaradigan ishlari muddatini belgilashda bir qancha muammolar mavjud.
Ishlab chiqarishda mehnat jarayoni davomiyligining o‘zga- rishi mehnat sarfi va material-texnik resurslar, mehnat si- g‘imi mikdorining o‘zgarishini keltirib chiqaradi.
Qurilish jarayonidagi har qanday oldindan hisoblangan ko‘rsatkichlardan chetlanish vaqt o‘tishi bilan ortib boradi va bu qurilish ishlarini tugatilish bosqichiga ishni tashkil qilish, qurilish jarayoni texnologiyasiga o‘zgartirishlar kiri- tishga olib kelishi mumkin.
Masalan, avtomobil yo‘llarining yo‘l poyini qurish mud- dati etakchi mashinaning ish unumdorligi asosida belgila- nadi. Amalda esa mashinaning ish unumdorligi ko‘tarmaning balandligi yoki o‘ymaning chuqurligiga binoan o‘zgaradi. Ishni bajarish muddati mashinaning ish unumdorligiga asosan egri chiziqli bog‘lanish bo‘yicha o‘zgaradi.
Aerodromlarqurilishida tashkiliy va texnologik echimlarini optimallapggirishda tizimli analizdan foyda- lanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunda optimallikning asosiy mezoni samaradorlikdir. Mahalliy mezon shunday tanlanishi kerakki, unda mahalliy optimum butun tizim ko‘rsatkichlarini yaxshilashga xizmat kilishi kerak.
Aerodromlar qurilishida asosiy ishlar bir- biridan farq qilishiga qaramay (er ishlari, suv utkazish inshootlari, yo‘l to‘shamasi qurish va boshqalar) ularni echish quyidagi bosqichlarda olib boriladi:
Boshlang‘ich ma’lumotlarni shakllantirish.
Tabiiy omillar ta’sirining hisobi.
3 . Vaqtdan foydalanish tartibi.
Ishlash hajmi, resurslarga talab.
Ishlab chiqarish imkoniyati va ish muddati.
Ishni tashkil qilish.
Ishlab chiqarish bazasi.
Transport ta’minoti.
Ishlab chiqarish zaxirasi, ularni sozlash imkoni.
Mahsulotning sifat nazorati.
11 Tashkiliy-boshqaruv echimlarini asoslash.
Xususiy masalani echishning bunday bochqichlari axborot- ni ketma-ket boyitish va murakkablaiggirish, yangi ko‘rsatkich- lar va natijalarni inobatga olib, texnologik va boshqaruv echimlarini qabul qilish imkonini beradi.
Boshlang‘ich ma’lumotlarni mavjud bilim bosqichi buyicha birlamchi, deb qaraladi va uning asosida masalani echish boshlanadi. Bu bosqichda quyidagilar kullanilishi mumkin:
a) turli me’yoriy hujjatlar;
b) qurilish bo‘yicha tajribalarni umumlashtirish;
v) analog ob’ektlar bo‘yicha bajarilgan ishlar.
Bu tizim mazmuni yo‘naltirilgan maqsad bo‘yicha har xil variantlarni turli sathda - injenerlik echimidan tortib, to ishlab chiqarish jarayonigacha hisoblash, imitatsiyalash, model- lash orqali kerakli asoslangan texnologik yoki tashkiliy echimlarni olishdan iborat. Buning asosida modeldagi asosiy bog‘lanish, aloqalarni bilish va ularni sozlash imkoniyati yaratiladi.
Texnologiya va uning qurilishdagi axamiyati
Texnologiya - bu mashina va mexanizmlar yordamida ishlab chiqarish jarayonida mahsulotni tayyorlash, ishlov berish, xusu- siyatini o‘zgartirish bilan bogliq bo‘lgan usullar yig‘indi- sidir.
Texnologik ishlab chikarish jarayonlari ma’lum ketma- ketlikka ega. Texnologik jarayonlarning turg‘un boglanishiga ish, deyiladi. Ishlar yo‘l qurilishida er ishlari, asos va qop- lama kurish ishlari, beton ishlari va boshqalarga ajratiladi.
Aerodromlar qurilishining o‘ziga xosligi bunda qurilish jarayonida tayyorlangan mahsulot qo‘zg‘almas bo‘lib joyda qoladi, mehnat quroli esa harakatlanadi.
Qurilishda «texnologiya» so‘zi o‘zaro bog‘liq usullar maj- muasi bo‘lib, ular natijasida avtomobil yo‘llari, qurilish konstruksiya va mahsuloti, bino va turli maqsadga mo‘l- jallangan inshootlar yaratiladi. Io‘l qurilishiga yangi avlod mashinalari kirib kelishi amaldagi texnologiyada o‘zgartirish va tuzatishlarni taqozo qiladi. Aerodromlarqurili- shida texnologik jarayonlar natijasida tayyor Aerodromlaryoki uning tashkil etuvchilari - er polotnosi, suv o‘tkazish inshootlari, yo‘l to‘shamalari va boshqalar yaratiladi.
Qurilish texnologiyasi alohida mehnat jarayonlaridan iborat. Mehnat jarayoni murakkabligi bo‘yicha oddiy, murak- kab va kompleks bo‘lishi mumkin.
Oddiy mehnat jarayoni, deb texnologik jihatdan o‘zaro bog‘liq ishchi operatsiyalar yig‘indisiga aytiladi. Masalan, gruntni qazish, tashish, yoyish, zichlash va boshqalar.
Murakkab mehnat jarayoni bir necha oddiy jarayonlardan tashkil topadi. Masalan, asfaltbeton qorishmasini tayyor- lash, uni yo‘lga yotqizish, zichlash.
Kompleks jarayon, deb bir vaqtda bajariladig‘an oddiy va murakkab jarayonlar yig‘indisiga aytiladi va bular tashkiliy jihatdan oxirgi mahsulotni tayyorlashda o‘zaro uzviy bog‘liq Masalan,ssementbeton qorishmasini tayyorlash, tashish, yo‘lga yotqizish, zichlash, pardozlash va boshqalar.
Texnologik jixatdan bir turli va tashkiliy bo‘linmas mehyat jarayoni ishchi operatsiya, deyiladi. Ishchi operatsiya mehnat quroli va mehnat predmeti, ijrochilar tarkibi o‘zgar- masligi bilan xarakterlanadi. Ishchi operatsiya ishchi usullar yig‘indisidan iborat. Usullarda ishchi harakatlar ketma-ket keladi. Ishchi operatsiya bajariladigan joyda mehnat quroli joylashgan va u ish joyi, deb ataladi.
Ishchilar zvenosiga ajratilgan ish uchastkasi bo‘lim, deb ataladi, brigadaga ajratilgan uchastka esa - ish qamrovi, deyi- ladi. Ish bo‘limlari va ish qamrovini o‘lchamlari brigada yoki zvenoga shu joyda kamida yarim smenali ish hajmiga etarli bo‘lishi kerak. Ish fronti, deb qurilish ob’ektida texnologik mashina va mexanizmlar, brigada va ishchi zvenolarni qurilish maydonida joylashib, bajaradigan ish hajmiga aytiladi. Ish fronti o‘lchamlari pogon metr, kvadrat metr va boshqacha bo‘lishi mumkin.
Mehnat resurslari
Qurilish mahsulotini tayyorlash har xil kasbdagi ishchi- larni, ishni o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun yuqori mala- kali mutaxassislarni jalb etish talab etiladi. Ularni max- sus o‘quv yurtlari, kurslarda ishlab chiqarishdan uzilmagan va uzilgan holda o‘qitiladi.
Bir kasb ishchilari nazariy va amaliy bilim va tajriba- siga binoan har xil malakaga ega bo‘ladilar. SHuning uchun o‘qishni tugatish vaqgida ishchilarga ularning kasbi, mutaxas- sisligi va razryadini tasdiqlovchi guvohnoma beriladi. Kasb bilan mutaxassislikning farqi bor. Kasb bu keng ma’noli tushuncha. Masalan, yo‘l ishchisi kasbiga ega, uning mutaxassis- ligi (tor mazmundagi ma’nosi) - asfaltbeton yotqizuvchi, betonchi va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Yo‘l ishchilari odatda 2-5 kishilik zveno yoki brigada bo‘- lib ishlaydilar. YUqori malakali ishchilar esa murakkab ishni bajaradilar. Hozirgi kunda ixtisoslashgan va kompleks brigadalar keng tarqalgan. Ixtisoslashgan brigada bir kasb ishchilaridan tashkil topib bir turdagi ishni bajaradilar, masalan, betonchilar, armaturachilar brigadasi va boshqalar.
Kompleks brigada turli kasb va mutaxassislikka ega bo‘lgan ishchilardan tashkil topadi va ularning tarkibi ishning xarakteri va tashkil etilishiga qarab belgilanadi hamda qurilish mahsulotini sifatli o‘z vaqtida bajarili- shini ta’minlaydi.
Texnologik jarayon sifati
Yo‘l qurilish mahsuloti sifatining asosiy omillaridan biri bo‘lib, inshootlarning qurilish bahosi, ularning ishonch- liligi va barqarorligi hisoblanadi.
Sifat atamasi bir qancha izohlarga ega. Texnologik jarayon mahsulotiga nisbatan «sifat» atamasi, degan mahsu- lotni iste’molchi talabiga mos kelishi tushuniladi.
«Sifat» bu - tizimli tushuncha va har qanday tizimning ajralmas bir elementidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida chiqarilayotgan mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmat sifati har qanday korxona samarador- ligining asosiy ko‘rsatkichidir. Yuqori sifat darajasiga sifat tizimini yaratish va uni tatbiq qilish bilan erishish mumkin.
Uzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan mahsu- lot va ko‘rsatilayotgan xizmatlar xalqaro talablarga moslash- moqda. Bular ichida asosiy vazifa sifat tizimini ISO-9000 seriyasi standartiga moslashtirishdir.
ISO-9000 seriya standarti talabi bo‘yicha sifat tizimi- ning asosiy maqsadi - bu istemolchi talabi bo‘yicha mahsulot va xizmat sifatini ta’minlash va unga shu sifatni ta’minlash bo‘yicha korxona kafilligini taqdim etishdir. SHunday kafil- likni sertifikat beradi, uni faqat korxonada sifat tizimi mavjud bo‘lgan va qabul qilingan sifat darajasi bo‘yicha mahsulot chiqaruvchi korxonalarga vakolatli tashkilotlar tomonidan beriladi. Sifat tizimi sertifikatiga ega bo‘lish korxonaning raqobatdoshligini ko‘rsatadi.
Texnologik jarayonlarning ishonchliligi
Ishonchlilik, deb tizimning o‘rnatilgan sharoitda o‘zini asosiy ko‘rsatkichlarini saqlagan holda berilgan funksiya- larini bajarishdagi majmuaviy xususiyatiga aytiladi.
Qurilishda ishlab chiqarish - bu ehtimoliy tizimdir. Barcha tizimlar kabi u ham ma’lum darajadagi ishonchlilik bilan xarakterlanadi. Uning ishlashi texnik vositalar, mate- rial elementlari va mehnat resurslariga bogliq va u doim tashqi muhit ta’sirida bo‘ladi.
Qurilish jarayoni ishonchliligining miqdoriy ko‘rsatkich- larini aniqlash uchun avval uning har bir elementi, so‘ngra ularni birgalikda ishlashdagi ishonchliligi hisoblab chiqi- ladi.
Qurilish jarayonida ishonchlilikni rad etish sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin: texnik vositalarning buzili- shi, suv, elektr ta’minoti va boshqalarning izdan chiqishi, texnik vositalardan foydalanishdagi me’yorlarga amal qil- maslik, tabiiy sharoit tufayli ishlarning to‘xtatilishi, ke- rakli malakali kasbdagi ishchilarning etishmasligi va boshqalar.
Jarayon elementlarining ishonchliligini baholashda, ularni ishonchlilikni rad etish sabablari va uni tiklash uchun sarf etilgan vaqg haqida axborot yigiladi.
Yig‘ilgan axborotlar asosida qurilish jarayonining ishonchliligi baholovchi miqdoriy ko‘rsatkichni xususiy va majmuaviy ko‘rsatkichlar yordamida hisoblanadi. Element- larning miqdoriy ishonchliligi aniqlangandan so‘ng butun yo‘l qurilish jarayoni uchun ishonchlilik aniqlanadi.
Texnologik loyihalash
Texnologik loyihalash ikki turda bo‘lishi mumkin:
ma’lum qurilish sharoiti uchun amaldagi me’riy hujjatlar va namunaviy texnologik sxemaga asoslanib ishlab chiqarish loyihasini (ICHL1 yaratish;
qurilish jarayonini tubdan takomillaigtirish va o‘zgar- tirish asosida yangi texnologiya va texnologik operatsiyalarni yaratish. Odatda, bunday texnologik loyihalash ishlarini il- miy tekshirish va loyiha-konstruktorlik tashkilotlari baja- radilar. Texnologik karta - qurilish ishlarida tez-tez tak- rorlanib turuvchi ishlab chiqarish texnologiyasini ratsional bajarilishini belgilovchi hujjatdir.
Texnologik loyihalashning maqsadi barcha zaxiradan minimal foydalanib, belgilangan muddatda, sifatli qurilish mahsulotini yaratish uchun texnologik va tashkiliy sharoit- larni ishlab chiqishdan iborat.
Texnologik karta ishlab chiqarish loyihasining asosiy tashkil etuvchisi bo‘lib, qurilish jarayonlari uchun ishlab chi- qariladi. Uning natijasida tugallangan yo‘l poyi, yo‘l to‘sha- masining konstruktiv qatlamlari va boshqalarni yaratish sxemasi keltiriladi.
Texnologik kartada:
ob’ektni tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar va qurilish ja- rayonini bajarish uchun zaruriy va etarli ish fronti, yo‘l qu- rilish materiallari konstruksiyalarining tayyorlik holati bo‘yicha talablar;
avtomobil yo‘li konstruktiv elementlarining eskizi, qurilish maydoni va ish zonasini tashkil qilish buyicha qu- rilish mashinalari, yuklash, tushirish qurilmalari, material va mahsulotlarning asosiy omborxonasi, yaqinlashish yo‘llari, energiya va suv ta’minoti ko‘rsatilgan sxemalari;
ish zonasi va qurilish maydonidagi konstruksiya, yo‘l qurilish materialining zaxirasi bo‘yicha ko‘rsatmalar;
ishlab chiqarish ketma-ketligi va usullari, binoni ish uchastkalariga, qamrovlarga va yaruslarga rejalash, material- larni tashish usuli, ishlatiladigan havoza, montaj moslama- larining turlari;
quruvchilar tarkibi, ularning kasbiy va malakaviy darajasi;
ishni bajarish grafigi va mehnat sarfi kalkulyasiyasi keltiriladi.
SHuningdek, texnologik kartada:
mehnat jarayonlarini texnologik kartaga bog‘lash bo‘yicha ayrim ishchi jarayon va operatsiyalarni bajarishda ishchilar- ning ish bajarish usullarining ratsional tashkili;
ish sifatini baholash va nazorat qilish bo‘yicha ko‘rsat- malarda sifat nazoratining operatsion sxemalari, uning ro‘y- xati, tarkibi, muddati va usullari hamda ularga standartlar talabi va ruxsat etilgan chetlanishlar keltiriladi, yopik ishlar tarkibi va qurilish jarayonida ularga tuzilgan guvoh- lik aktlari ro‘yxati;xavfsizlik texnikasi, yong‘in va portlash xavfsizligi bo‘yicha maxsus hisoblangan va asoslangan ishlanma qarori ko‘rsatiladi.
Namunaviy texnologik kartani ob’ektning sharoitiga va loyihadagi echimlarga bog‘lash uchun ish hajmi, mexanizatsiya vositalari, mehnat va material texnik resurslarga talablar hamda qurilish jarayonini tashkil etish aniqlanadi.
Mehnat jarayoni kartasini tatbiq etishdan maqsad qurilishga yuqori samarador usullar va mehnatni ratsional tashkil etish shakllarini joriy etishdir.
Mehnat jarayoni kartasi quyidagi bo‘limlardan iborat:
Kartani qo‘llash sohasi va samaradorligi.
Tayyorgarlik ishlari va jarayonni bajarish shartlari.
Ijrochilar, predmetlar va mehnat qurollari.
Texnologiya jarayoni va mehnatni tashkil etish.
Texnik meyorlash
Texnik me’yorlash - bu ishlab chiqarish zaxiralari sarfi- ni izlanishdagi ilmiy tizimdir. Uning asosida mehnat sarfi me’yorlari, mashinalarning ish unumdorligi, materiallar sar- fining birlik mahsulot yaratishdagi miqdorlari aniqlanadi. Unda mehnatni texnik me’yorlash va materiallar sarfini texnik me’yorlash ajratilgan.
Kurilishda mehnatni texnik me’yorlash mohiyati vaqg sarfini quyidagi maqsadlarda o‘rganishdan iborat:
ishlab chiqarish me’yorlarini loyihalash va yaratish;
qurilish mashinalarini va ishchi vaqgdan unumli foydalanish uchun tadbirlarni ishlab chiqish va tatbiq qilish;
qurilish ishlarini bajarishda ishni tashkil qilish usullarini yaxshilash.
Vaqt me’yori Mv - bu mehnatni to‘g‘ri tashkil etilgan sha- roitdagi malakali mutaxassis ishchi tomonidan sifatli bir- lik mahsulotni yaratish uchun sarf etilgan vaqg miqdoridir.
Qurilishda mehnatni texnik me’yorlash bo‘yicha vaqt sarfining odam-soat birligidagi o‘lchovi qabul qilingan.
12
Mehnat sigimi, deb ishchilar sonini ular ishlagan vaqt ko‘- paytmasiga aytiladi. SHunday qilib, odam-soat - bu mehnat si- g‘imi birligidir.
Mehnat sig‘imi T quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:

bu erda t - ishni bajarish uchun sarf etilgan vaqt, s;
p - ishchilar soni.
Mehnat sig‘imini bajarilgan ish hajmining vaqt me’yo- riga ko‘paytirish bilan aniqlash mumkin

bu erda V - mahsulot hajmi;
Mv - vaqt me’yori, odam-soat.
Vaqt me’yori bilan mehnat sarfi ishchilarning ishlab chiqarish qobiliyati va mashinalarning ish unumdorligiga bog‘liq, va u quyidagi formula bilan aniqlanadi.

bu erda U-mashinaning vaqt birligidagi ish unumdorligi;
V-birlik ish hajmi;
Mv-birlik ish hajmini bajarish uchun ajratilgan vaqt me’yori.
Mehnat sarfi me’yori - bu kerakli kasbiy malakaga ega bo‘lgan ishchining mehnat sharoitini ratsional tashkil etilgan holdagi birlik mahsulotni yaratish uchun sarf qilgan mehna- tidir. Birlik ish uchun vaqt me’yorini bilgan holda ish unumdorligini me’yoriy topish mumkin. Ish unumdorligi me’yori - bu ishni to‘gri tashkil etilgan holatdagi malakali mutaxassis ishchi yoki zveno tomonidan tayyorlanishi kerak bo‘lgan sifatli mahsulot miqdoridir. Uning birligi bir smenada bajariladigan shu ish birligi bilan o‘lchanadi.
Aerodromlarniqurishda atrof- muhit muhofazasi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Dunyo hamjamiyatining turg‘un rivojlanish tamoyillarini e’lon qilgan va unda
insonlarning xo‘jalik faoliyati inobatga olingan. Ularga kuyidagilar kiritilgan:
insonlar to‘xtovsiz taraqqiyot markazida bo‘lib, ular sog‘- lom unumli yashash huquqida tabiat bilan hamohang bo‘lishlari kerak;
taraqqiyot huquqini ta’minlashda atrof-muhitni hozir- gi va kelajak avlod uchun saqlash;
atrof-muhit muhofozasi taraqqiyot jarayonining ajral- mas qismini tashkil etishi kerak.
Transport qurilishida yuqorida keltirilgan tamoyil- larga asosan ekologik tizim yondashuvi ishlab chiqilgan va u ushbu fanning shakllanayotgan bir qismidir. Transport ekologiyasi fanida transportning tabiat bilan o‘zaro ta’siri, atrof-muhitni injenerlik himoyalash usullari, biosferada to‘xtatib bo‘lmas jarayonlarning hosil bo‘lishini oldini olish masalalari o‘rganiladi. SHu yondashuvga binoan tabiat-texnik tizim (TTT) va uning transport tizim bo‘lagi (TTTT) tushun- chalari kiritilgan. Birinchisi - insonlar xujalik faoliyati natijasini aks ettiradi, ikkinchi esa uning bir bo‘lagidir. Asosiy yondashuv bu transport ob’ekti loyihalash, kurish, foydalanish va qayta qurish davrida ob’ektning xavfsiz- ligini ta’minlashni boshqaruvchi usul yaratishdir. Bunday usulni tatbiq etishda har bir avtomobil yo‘l loyihasi bo‘yi- cha atrof-muhit himoyasi tadbirlari ishlab chiqiladi. Tadbir- larda atrof-muhitga etkazilishi mumkin bo‘lgan zararni oldini olish yoki uni tiklash usullari amalga oshiriladi. Ekologik zararni oldini olishda texnik echimlarning ekolo- gik eng xavfsizini tanlashga va tiklash usuli TTTTni xafli ta’sirlash omiliga turg‘unligini oshirishga qaratilgan.
Avtomobil yo‘l-transporti qurilishida kelib chiqadigan ekologik muammolarni quyidagi qurilish echimlari bo‘yicha guruhlash mumkin:
erdan foydalanish;
arxitekturali rejalashtirish;
konstruktiv;
- texnologik.
Avtomobil yo‘l quruvchilari erdan foydalanuvchilardan bo‘lib, unga davlat fondidan er maydoni ajratiladi. Amaldagi qonunchilikka binoan, zaruriyat uchun vaktinchalik ajratilgan er maydonlaridan foydalanuvchilar o‘z mablag‘lari hisobidan rekultivatsiya - erni tabiatga tiklab qaytarish bo‘yicha ishlar bajarishga majburdirlar.
Rekultivatsiyani qurilish davrida, buni imkoni bo‘lmaganda esa, ishlar tugatilgandan so‘ng bir yil davomida bajaradilar. Unumdor tuproq qatlamining buzilishi bilan bog‘liq ishlarda qatlam yuzadan ko‘chiriladi, uyum holatda saqlaniladi, agar lozim bo‘lsa, uyumga kerakli suv va o‘g‘itlar bilan parvarish kilinadi. Unumdor tuproq qatlami o‘z maqsadi bo‘yicha qayta ishlatiladi. Erning rekultivatsiya ishlari texnik hujjatlarning bir qismi bo‘lib, er uchastkasini ajratishni rasmiylashtirish uchun kerakli organlarga taqdim etiladi.
Aerodromlarqurilishida avtomobil yo‘li uning atrofidagi inshootlar bilan bir qatorda grunt rezervida, karerlarida er maydonlari ishlaniladi. Bunday maydonlar ish tugatilgandan so‘ng tekislanib, unumdor tuproq bilan qop- lanib, qishloq xujalik uchun yaroqli holga keltirilishi kerak.
Karer o‘rnida suv havzalari hosil qilinganda, uning qirg‘oqlari ko‘chki hosil bo‘lmasligi uchun atrofida obodonlashtirish ishlari bajariladi.
Parmalash-portlatish ishlari bajarilganda, portlash ener- giyasini atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish uchun bir vaqgda portlatiladigan zaryadlar massasiga cheklovlar qo‘yiladi, zaryad- larni portlatish vaqgi oralig‘i ko‘paytiriladi. Uloqtiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan portlatuvchi moddalar o‘rniga yumshatuvchi portlatish moddalarini ishlatish va so‘ngra yumshatilgan tog jinsini er qazuvchi mashinalar bilan qazish ishlarini bajarish kerak.



Download 33,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish